tgindex
IT Ladies Uzbekistan

IT Ladies Uzbekistan

Статистика
@ITLadiesUzbekistanузбекский

IT sohasida muvaffaqiyatga erishayotgan ayol va qizlarimiz haqidagi online jurnal

Последний пост
5 июн.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
24
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
596
−5 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
598
24 постов
Вовлечённость
100,3%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 24
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 5 июн.42059из mitcuz

    👨‍💻 AT sohasida xotin-qizlarning rolini oshirish maqsadida "GAP" ayollar IT-klubining navbatdagi uchrashuvi tashkil etiladi AT sohasiga qiziqadigan xotin-qizlar uchun tashkil etilayotgan ushbu uchrashuvda AT sohasidagi imkoniyatlar, jumladan, IT Park Uzbekistan huzuridagi Inklyuziv loyihalarni va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan “Sabriya” loyihasi, xalqaro ta’lim grantlari, “El-yurt umidi” jamg‘armasi hamda “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga ariza topshirish jarayoni va unda muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun zarur ko‘nikmalar haqida so‘z boradi. 📌Tadbir davomida ishtirokchilar: – soha mutaxassislaridan foydali tavsiyalar va ilhomlantiruvchi tajribalarni tinglash; – “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali grant yutib, xorijda ta’lim olgan tengdoshlarining shaxsiy tajribasi bilan tanishish; – ta’lim, karyera va shaxsiy rivojlanish yo‘lida yangi imkoniyatlarni kashf etish imkoniga ega bo‘ladilar. 🎁 Shuningdek, tadbir davomida interaktiv sessiya tashkil etilib, faol ishtirok etgan qatnashchilar esdalik sovrinlarini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 🗓Sana: 12-iyun ⏰ Vaqt: 14:30 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://forms.gle/7WeGikFRoPXLV5vQ9 ⚡️AT sohasiga qiziqadigan, o‘z bilim va salohiyatini rivojlantirishni istagan barcha xotin-qizlarni tadbirda faol ishtirok etishga taklif etamiz! Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X

  • 15 мая52911из GameFestUz

    🔥 START BERILDI: Game Fest 2026 Ochiq deb e’lon qilinadi! 🚀 Sarlavha: Kutish tugadi - biz boshladik! Renessans Hall hozirda geymerlar va kreativ energiya bilan to‘la! Yilning eng yirik festivali o‘z eshiklarini ochdi. Hozirda tadbir markazida atmosferaning qaynoq nuqtasidamiz! Agar siz turli sabablarga ko‘ra bizning safimizda bo’lmasangiz tushkunlikka tushmang. Biz sizga jarayonlarni onlayn kuzatish imkonini beramiz‼️ Festivalning eng hayajonli lahzalarini, katta sahnadagi janglarni va ekspertlar chiqishlarini JONLI EFIRDA kuzatib borishingiz mumkin. 📺 Efirda nimalarni ko‘rasiz? • Xalqaro spikerlarning chiqishlari; • Festivalning eng qiziqarli lahzalari va intervyular. Hech narsani o‘tkazib yubormang! Hozirning o‘zida quyidagi havola orqali efirga qo‘shiling: 👉 [JONLI EFIR HAVOLASI SHU YERGA]https://youtube.com/live/uJSICcIn7ig?feature=share Geyming olami sizni kutyapti! Izohlarda bizga onlayn qo‘shilganlarni ko‘raylik - kimlar efirda? 👇

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 14 мая3412из Uzbekistan_Creative_Association

    🎮GameFest 2026 doirasida Markaziy Osiyodagi eng yirik Game Jam boshlandi! Bu yilgi Game Jam’ga 98 ta jamoa tarkibida qariyb 300 nafar dasturchi, game designer va rassom ariza topshirdi. Saralash natijasida 200 nafar ishtirokchi final bosqichiga yo‘l oldi. Endi esa ular oldida bitta vazifa: ⏳ 36 soat ichida noldan o‘yin MVP yaratish. Bu yerda faqat g‘oya emas, tezlik, jamoaviy ishlash va real product thinking ham sinovdan o‘tadi. Game Jam - bu shunchaki musobaqa emas. Bu yangi studiyalar, startup’lar va kelajakdagi GameDev liderlari shakllanadigan maydon. 💰 Musobaqaning umumiy yutuq fondi esa: 🥇 1-o‘rin - 75 000 000 so‘m 🥈 2-o‘rin - 50 000 000 so‘m 🥉 3-o‘rin - 25 000 000 so‘m ⭐️ Maxsus nominatsiyalar - 15 000 000 so‘m 🎮 Bu yilgi musobaqada quyidagi jamoalar o‘z mahoratlarini namoyish etishmoqda: AdAstra, ALCHRONE, All Hail Uncle Bao, Alpha Core, Arcanoids, ArtEast, Azikton Games, BALBESIKI, Bismillahpeek, Blastborn, Breathles, BSMI, Byte-Forge Interactive, Central Asian University, Chill Games, Chukuruk, Cloud, Cthyllar, Cub3, Cutscene, DaVidos, Dcore, Dermox, Djuraeva Zuhra, DNX, Doʻppi, Dreambyte, Exbo Games, FanPlov, FLVE, Galvanix, Glitch Garden, GlobalX, Grimoire, Hollow, HyugaHouse, IDK, Igris, Imran Abdurahmanov, Impact Games, INDI Games, IT PARK TEAM, JMD, JustGames, Kage, Kimchi-Devs, Kinsford Studios, KNYAZ, LawlietSquad, LingoPRO, Lobster Entertainment, Med A1, MikuuLovesCoffee, Milliybiz, MoonLight, Nemo, New Tech, Nirvana, Off Course, PANINI, Pied Piper, Plan B, Plagen, Power UZB, QIWUL, Qoraqalpoq Digital Heritage, Samarkand Samsa, SERA-ZERA Team, Shavkat Games, SinabonGame, Solijonov, Sonions, Sova Team, Space Y, SU Games, TEAM 37, Team1, Texno Game, The Deadliners, Tomchi Studio, Ttoki, Uktam, UwU, Veni, Vidi, Abii, Verilate, Vetka, Walhalla, WePotoke, Yukario, 7075… va boshqa ko‘plab jamoalar. Ushbu musobaqa Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magida, Uzbekistan Creative Association, IT Park Uzbekistan hamda “Mirzo Ulug‘bek vorislari” o‘quv kurslari hamkorligida tashkil etilmoqda. #GameFest2026 #GameJam #GamedevUzbekistan #UzCA #ITParkUzbekistan

  • 23 апр.47321из shshermatov

    23-aprel — AKT sohasida xalqaro qizlar kuni munosabati bilan Prezidentimiz tomonlaridan ayollarning ushbu yo‘nalishda rivojlanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlari tobora kengayib borayotganini yana bir bor eslatib, qizlarimizni yanada ko‘proq o‘z ustilarida ishlab, zamonaviy bilimlarni o‘rganishga, bizni sohada karyera qilishlariga hamda o‘z startaplarini yaratishlariga undaymiz. Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin, bayram muborak!

  • AI Incubator 2026 dasturiga qabul ochildi! Agar siz anchadan beri o‘z mahsulotingizni ishga tushirishni xohlayotgan bo‘lsangiz, aynan o‘sha vaqt keldi! AI Incubator'da biz ko‘p asoschilarning muammosi — kuchli dasturchilar va bozorni tushunadigan va mahsulotni…

  • AI Incubator 2026 dasturiga qabul ochildi! Agar siz anchadan beri o‘z mahsulotingizni ishga tushirishni xohlayotgan bo‘lsangiz, aynan o‘sha vaqt keldi! AI Incubator'da biz ko‘p asoschilarning muammosi — kuchli dasturchilar va bozorni tushunadigan va mahsulotni foydalanuvchilarga yetkazib bera oladigan mutaxassislarni birlashtiramiz. 💡 Sizni nimalar kutmoqda? ◾️Texnik yoki biznes-hamkor bilan jamoada ishlash; ◾️ Real vazifalar uchun yechimlar yaratish; ◾️ G‘oyadan MVP va ilk foydalanuvchilargacha bo‘lgan yo‘lni o’tish; ◾️ Kuchli xalqaro va mahalliy trekerlar va mentorlar qo‘llab-quvvatlashi; ◾️ Hech qanday tartibsizliklarsiz, bozorga nima kerakligini aniq anglagan holda ishlash. 📍 Dastur formati 2026-yil may — AI Mentorship (1 oy) Sun’iy intellekt asosida zamonaviy IT-mahsulotlar yaratishni o‘rganing va tajribangizni oshiring. 2026-yil yozi — AI Incubator (10 hafta) Eng kuchli ishtirokchilar uchun to‘laqonli startapni ishga tushirish bosqichi. 👥 Kimlar uchun mos keladi? 🟢Dasturchilar va AI mutaxassislari; 🟢G‘oyasi bor va bozorni tushunadigan asoschilar; 🟢Biznes mutaxassislari - texnik mahsulotlarni ishga tushirisga tayyor bo’lish talab qilinadi. 🎯 Natija Dastur yakuniga ko‘ra sizda quyidagilar bo‘ladi: — O‘z MVPingiz; — Real foydalanuvchilar bilan tekshirilgan g‘oya yoki ishga tushirilgan mahsulot; — Dastlabki daromad sari tashlangan ilk qadamlar. ✍️Ariza yuborish — http://ai-incubator.org 📱Aloqada qoling — https://t.me/ai_incubator_org Ushbu AI Inkubator dasturi AQSh Davlat departamentining Alumni Engagement Innovation Fund granti orqali amalga oshirilmoqda.

  • 📢 Amity Career Fest 2026 — Kelajagingizni shu yerdan boshlang! ✅Sizni yetakchi kompaniyalar va soha ekspertlari bilan uchrashishga taklif etamiz. Tadbirda networking, ish imkoniyatlari va foydali master-klasslar kutmoqda. 🔺Tadbirning asosiy qismlari: Networking: British Council, Yandex, Beeline va Huawei kabi top kompaniyalar bilan muloqot. Career Talk: "Ermak" asoschisi Valijon Salikhovdan muvaffaqiyat sirlari. Workshoplar: CV yozish va Startup qurish bo‘yicha amaliy darslar. Ochiq muloqot: Alisher Tojiev bilan maxsus sessiya. $0 dan $10M gacha: Haqiqiy startap yo‘li. Ma'lumotlar: • 🗓 Sana: 6-aprel • ⏰ Vaqt: 12:00 – 16:00 (Ochilish marosimi: 14:00). • 📍 Manzil: Amity University (Labzak, 70). • 👔 Tavsiya: Rasmiy kiyinish va o‘zingiz bilan rezyume (CV) olish. Ro‘yxatdan o‘tish: 🔹 Nomzodlar uchun: https://forms.gle/tJEe3PGwX4zTu3av8 🔹 Kompaniyalar uchun: @amitycareer 😜Telegram 😂Facebook 😀Instagram 😅Youtube 😃Linkedin

  • 27 мар.5522613из ITEducationAssociation

    15 yoshda 10 dan ortiq startap va ijtimoiy loyihalarga asos solgan qiz Kamilla Beknazarova — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi IT maktabining 10-sinf o‘quvchisi. Qahramonimiz — yosh bo'lishiga qaramay xalqaro sahnalarda O‘zbekiston nomidan chiqish qilayotgan, qizlar uchun imkoniyatlar yaratishni o‘z missiyasiga aylantirgan yosh liderlardan. Kamilla xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlik qilgan holda qizlarga o‘z yo‘lini topishga yordam berish missiyasini o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Kamilla bilan texnologiya sohasidagi shaxsiy tajribasi, orzu va maqsadlari hamda yoshlarning dunyoni shallantirishidagi o‘rni borasida o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi. 🎞To'liq intervyu: https://youtu.be/PNcigRfUnrk

  • 16 мар.58519из Amityuz_Tashkent

    Xalqaro IDEATHON 2026 🔥Haqiqiy muammolarga yechim bo‘la oladigan g‘oyangiz bormi? Uni taqdim etish uchun ayni imkoniyat! ✅Toshkent shahridagi Amity universiteti 11-aprel kuni Xalqaro IDEATHON 2026 musobaqasiga mezbonlik qiladi. Tadbir innovatsion fikrlovchi yoshlarni birlashtirib, real muammolarga yechim bo‘la oladigan g‘oyalarni taqdim etish imkoniyatini yaratadi. 🎓 Musobaqa 9-, 10- va 11-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. 🔺G‘oliblar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi: 1-o‘rin — 12 000 000 so‘m 2-o‘rin — 8 000 000 so‘m 3-o‘rin — 5 000 000 so‘m 🗓 Ro‘yxatdan o‘tish 12-martdan 3-aprelgacha davom etadi. 🔗 Ishtirok etish uchun postdagi QR-kodni skanerlab ro‘yxatdan o‘ting. Musobaqa yo‘nalishlari va qoidalari haqida batafsil ma’lumotni ushbu faylda topishingiz mumkin. ✨ Innovatsion g‘oyalaringizni namoyish eting va kelajakni shakllantiradigan yechimlarning bir qismiga aylaning. Tadbir homiysi: Fido Biznes 😜Telegram 😂Facebook 😀Instagram 😅Youtube 😃Linkedin

  • без подписи

  • 12 мар.64624из shshermatov

    Navbatdagi “Yoshlar kuni” doirasidagi uchrashuvga ro‘yxatdan o‘ting! Prezidentimiz barcha vazirlik va idoralar rahbarlariga yoshlar bilan uchrashib borish bo‘yicha vazifa belgilagandilar. O‘tgan hafta Surxondaryoda uchrashgandik, bugun sohamizdagi yoshlar va ularni yetakchilari bilan ham gaplashib oldik, shu jumladan kelgusi uchrashuvlarni yanada foydali tashkil etish yuzasidan. Ushbu uchrashuvlar tizimli bo‘lishi hamda aynan uchrashish niyatidagi yoshlarni qamrab olish uchun navbatdagi uchrashuvlarda qatnashish niyatidagi yoshlarimizni ushbu forma orqali ro‘yxatdan o‘tishga taklif qilamiz. Muammo, taklif yoki loyiha haqida aniqroq yozilsa, uchrashuvgacha ham imkoni boricha masalalarni bizni mas'ullar tomonidan yechilib borishiga ham yordam bo'ladi.

  • O‘zbekiston uchun ajoyib yangilik! Mamlakatimizda gender tengligini ilgari surish va ayollar uchun imkoniyatlarni kengaytirish borasidagi yutuqlar xalqaro miqyosda e’tirof etilmoqda. Bu haqda Germaniyaning yirik nashrlaridan biri Berliner Zeitung maqola e’lon qildi. Maqolada O‘zbekiston so‘nggi yillarda global gender tengligi reytinglarida sezilarli darajada yuqori pog‘onalarga ko‘tarilgani, shuningdek, mamlakatimizda ayollarning ta’lim, texnologiya va jamiyat hayotidagi ishtiroki faol qo‘llab-quvvatlanayotgani alohida qayd etilgan. Bu biz uchun juda muhim signal, ya’ni, qizlar va ayollar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan ishlar xalqaro maydonda ham e’tibor qozonayotganini ko‘rsatadi. Biz esa o‘z o‘rnida ta’lim, IT va innovatsiyalar sohasida ayollar uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar yaratish ustida ishlashda davom etamiz. #WomenInTech #Uzbekistan #GenderEquality #Education

  • Aziz va nafis IT Ladies Uzbekistan hamjamiyati a’zolari! Sizlarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin dildan tabriklaymiz! Bugun ayollar IT sohasida nafaqat faol ishtirok etmoqda, balki yangi g‘oyalar, innovatsiyalar va yetakchilik orqali kelajakni shakllantirmoqda. Sizlarning jasoratingiz, bilimga chanqoqligingiz va bir-biringizni qo‘llab-quvvatlashingiz ko‘plab qizlar uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qilmoqda. Har biringiz o‘z yo‘lingiz bilan texnologiyalar dunyosida muhim iz qoldirmoqdasiz. Sizlarga yangi yutuqlar, katta imkoniyatlar, cheksiz ilhom va yorqin g‘alabalar tilaymiz! Bayramingiz muborak bo‘lsin! #ITLadies #WomenInTech #8mart #Uzbekistan

  • 3 мар.2 5404117

    📣Xushxabar AyTi sohasida faoliyat yuritayotgan uch nafar qiz “Zulfiya” mukofotiga munosib deb topildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori bilan IT sohasida faoliyat yuritayotgan faol va iqtidorli qizlarimiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi: Ibrogimova Nodira Jurabekovna - Toshkent shahridagi «Shkola 21» nodavlat ta’lim muassasasi loyiha rahbari (Surxondaryo viloyati) Jo‘raboyeva Dilafruzxon Sardorjon qizi - Xalqaro frilanserlik platformalari frilanseri (Farg‘ona viloyati) Mavlonova Sevinch Sanjar qizi - «Yangi O‘zbekiston» universitetining 2-bosqich talabasi (Toshkent shahri) Biz qizlarimizni nufuzli mukofot bilan muborakbod etamiz va IT sohasidagi keyingi faoliyatlarida omadlar tilab qolamiz.