INTERNET VA AXBOROT KOMMUNIKATSIYASI, KIUF
СтатистикаInternet va axborot kommunikatsiyasi fakulteti 인터넷정보통신학과
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 39
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 67
- 1/48двое суток
- 76
- 1/72трое суток
- 82
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
AT-kompaniyalarda talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bor. Biz sizga noldan o‘rgatamiz!🔥 Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi 18–24 yoshli qizlar uchun School 21, Women in Tech Uzbekistan va UNICEF hamkorligida (Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida) amalga oshirilayotgan “Digital Kaleidoscope” dasturiga qabul rasman ochildi! Sizni nimalar kutmoqda: 📍 Farg‘onada 3 kunlik oflayn-intensiv: AT-hamjamiyatiga qo‘shilib, o‘qish davomida ajoyib do‘stlar orttirasiz. 💻 6 oylik qulay onlayn-format: o‘qish yoki ishingizni tark etmagan holda istalgan joydan turib bilim olish imkoniyati. 💼 3 oylik real amaliyot: AT-kompaniyalarda amaliyot o‘taysiz va portfoliongizni real loyihalar bilan to‘ldirasiz. 🌐 Xalqaro ekspertlar va har bir soha bo‘yicha mentorlar: xalqaro kompaniyalarda faoliyat yurituvchi ekspertlar hamda ushbu yo‘lni siz bilan birga bosib o‘tadigan va barcha savollaringizga javob beradigan mentorlar bilan muloqot. 📜 Sertifikat: Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan sertifikat taqdim etiladi. 4 ta talab yuqori bo‘lgan yo‘nalish: Data Science | BSA | QA testlash | Dasturlash 📆 Asosiy sanalar: • 15-sentyabrgacha — arizalar qabul qilinadi • 20-sentyabrgacha — saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi • 2026-yil oktyabr – 2027-yil iyun — ta’lim, amaliyot va bitiruv 👉 AT sohasida o‘z o‘rningizni egallang — havola bo‘ylab o‘ting va anketani to‘ldiring 📩 Savollar uchun: f.ataxanova@21-school.uz @eudeluzb | @unicefuzbekistan | @unfpauzbekistan| @unwomenca ______________________ IT-компании охотятся за этими специалистами. А мы обучим тебя с нуля! 🔥 Официально открыт набор на "Digital Kaleidoscope" — программу от School 21, Women in Tech Uzbekistan и UNICEF (при финансовой поддержке Европейского Союза) для девушек 18–24 лет из Ферганской, Андижанской и Наманганской областей. Что тебя ждёт: 📍 3 дня офлайн-интенсива в Фергане: ворвёмся в IT-сообщество, заведём классные знакомства и начнем обучение. 💻 6 месяцев удобного онлайн обучения: учись откуда угодно, не бросая учёбу или работу. 💼 3 месяца реальной стажировки: сразу работаешь с IT-командами и добавляешь кейс в портфолио! 🌐 Международные специалисты и менторы: эксперты из международных компаний, а также менторы по трекам, которые пройдут этот путь вместе с тобой и ответят на любые вопросы. 📜 Сертификат об окончании: По итогу успешного прохождения программы ты получаешь Сертификат от организаторов. 4 топовых направления: Data Science | BSA | QA тестирование | Разработка ПО 📅 Основные дедлайны: • До 15 сентября — подача заявок • До 20 сентября — отбор • Октябрь 2026 – Июнь 2027 — обучение, стажировка и выпуск 👉 Забирай своё место в IT — жми сюда и заполняй форму 📩 Вопросы: f.ataxanova@21-school.uz @eudeluzb | @unicefuzbekistan | @unfpauzbekistan| @unwomenca #events 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube 🔹LinkedIn
RO'YXATDAGI BITIRUVCHILAR ZUDLIK BILAN DIPLOMLARINI OLIB KETSIN!!!
👨🎓🧑🎓👩🎓 Bitiruvchilarni ishga joylashishiga ko'maklashish maqsadida "KIUF Bitiruvchilari 2026" Telegram kanali tashkil etildi (https://t.me/+0p4D9Q0-cNxmYTAy). Barcha bitiruvchi talabalar mana shu guruhga qo'shilib oling. Sizlar uchun foydali ma'lumotlar berib boriladi.🤝🤝🤝
⚡⚡⚡2026 YILGI BITIRUVCHILAR DIQQATIGA⚡⚡⚡ 1. BARCHA BITIRUVCHILARNING DIPLOMLARI CHOP ETILGAN VA TASDIQLANGAN. 14.08.2026 (JUMA) KUNIGA QADAR SHAXSAN KELIB DIPLOMNI OLIB KETINGLAR. PASSPORT ASL NUSXASI VA 1 DONA 3X4 RASM BILAN KELING. SHU SANADAN KECH QOLGANLAR SENTYABRDA DIPLOM OLISHLARI MUMKIN. DIPLOM TOPSHIRISH UCHUN MAS'UL SHAXS DAM OLISH TA'TILIGA CHIQADI. 2. 19.08.2026 (CHORSHANBA) KUNI BITIRUVCHILARNI TAQDIRLASH VA KOREYAGA KETAYOTGAN TALABALARNI KUZATISH MAROSIMI BO'LIB O'TADI. TADBIRGA OILA A'ZOLARINGIZNI HAM TAKLIF QILISHINGIZ MUMKIN. TADBIRDA QATNASHADIGAN BARCHA BITIRUVCHILARGA ESDALIK SOVG'ALARI VA DIPLOMLARI TOPSHIRILADI. LEKIN UNGACHA SIZ DIPLOMIZNI O'QUV BO'LIMIDAN OLIB KETGAN BO'LISHIZ KERAK. TADBIR MANZILI: SAN'AT SAROYI TADBIR VAQTI: 16:00~
❗️Nodavlat oliygohlarga o'qishini ko'chirish istagidagi talabalar diqqatiga! Respublikadagi nodavlat oliygohlarga talabalar o’qishini ko’chirish (boshqa sabablarga ko'ra ham) shuningdek, bir nodavlat oliygohi doirasida oʻqishni koʻchirish hamda oʻqishni qayta tiklash boʻyicha arizalarni qabul qilish muddati 10-avgustga qadar uzaytirildi. Eslatib oʻtamiz, respublikadagi davlat va nodavlat oliygohlaridan oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash transfer.edu.uz platformasi orqali; Xorijiy oliygohlardan o'qishni ko'chirish my.uzbmb.uz platformasi orqali amalga oshiriladi. 🗓 2026/2027 oʻquv yili uchun arizalar 2026-yil 10-avgustga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi. ❗️Belgilangan muddatdan keyin taqdim etilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi. 🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
⚡⚡⚡DIQQAT MUHIM ESLATMA⚡⚡⚡ BUGUN 05.08.2026 (CHORSHANBA) KUNI O'QISHNI TIKLASH UCHUN ARIZALARNI QABUL QILISHNING OHIRGI KUNI. ARIZALAR FAQAT transfer.edu.uz SAYTI ORQALI QABUL QILINADI. AGAR SHU MUDDATDA ARIZA TOPSHIRILMASA O'QISHNI TIKLASH KEYINGI YILGA AMALGA OSHIRILADI.
🇰🇷🇺🇿AI Training Center— Toshkentda AI bo’yicha 12 haftalik bepul o’quv dasturi Moliyalashtirish: To’liq; bepul Til talabi: Ingliz tili (erkin muloqot) Kimlar uchun ➡️Talabalar, davlat tashkilotlari xodimlari, xususiy sektor vakillari ariza topshirishlari mumkin; ➡️Haftada 3 kun soat 18:00 dan keyin darslarda qatnasha olish kerak. Foydali tomonlari ➡️Oʻqish 100% bepul; ➡️Microsoft Azure AI-900 sertifikat imtihoni toʻlovi grant hisobidan toʻliq qoplanadi; ➡️Eng yuqori koʻrsatkichga erishgan tinglovchilarga Galaxy planshetlari topshiriladi; ➡️Haq toʻlanadigan amaliyot oʻtash imkoniyati beriladi. Dastur haqida ➡️Ushbu dastur sun’iy intellekt bo’yicha 12 hafta davomida offlayn formatda Toshkent Xalqaro Universitetida o’tkaziladi. 🕓Oxirgi muddat: 16-avgust, 2026 🔗Batafsil: grantgo.uz/go/wxa2nk #Koreya #Oʻzbekiston #bepul #kurslar 💼 GrantGO | MentorGO | EventGO
Bojxona qo'mitasiga vakantlar bor ekan. Qiziqqanlar uchun topshirib ko'ringlar. https://new.customs.uz/uz/services/vacancy
‼️DIQQAT‼️ 108-PBT imtihoni uchun to'lovni amalga oshirmagan imtihon qatnashchilari 24-iyulgacha imtihon raqamlarini olishlari kerak bo'ladi. 🕘 Ish vaqti: 09:00~18:00. 🍽 Tushlik vaqti: 12:00~13.00
YUNESKOning “O‘z hissangizni qo‘shing: yoshlar media va axborot savodxonligi kelajagini loyihalashtirmoqda” mavzusidagi Yoshlar xakatoni YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi tomonidan YUNESKOning “O‘z hissangizni qo‘shing: yoshlar media va axborot savodxonligi kelajagini loyihalashtirmoqda” mavzusidagi Yoshlar xakatoni – 2026 xalqaro tanlovi o‘tkazilishini e'lon qildi Mazkur tashabbus yoshlarni media va axborot savodxonligi, sun’iy intellekt, raqamli xavfsizlik hamda noto‘g‘ri ma’lumotlarga qarshi kurashish yo‘nalishlarida innovatsion va amaliy yechimlar ishlab chiqishga jalb etishga qaratilgan. Tanlovda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilardan tashkil topgan, 2 nafardan 6 nafargacha a’zoni o‘z ichiga oluvchi milliy va xalqaro jamoalar qatnashishi mumkin. Jamoalarni shakllantirishda gender muvozanati va inklyuzivlik tamoyillariga rioya etish tavsiya etiladi. Tanlov g‘oliblari o‘z loyihalarini 2026-yil 26–28-noyabr kunlari Gretsiyaning Saloniki shahrida bo‘lib o‘tadigan “Ovozlar: Yevropa jurnalistikasi va OAV erkinligi” xalqaro festivalida taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. (Tanlov haqida batafsil ma’lumot quyidagi havolada: https://www.unesco.org/en/articles/unesco-youth-hackathon-2026) Tanlov materiallarini 2026-yil 16-avgust kuniga qadar quyidagi havola orqali elektron shaklda topshirish mumkin: https://tally.so/r/MePkYk
Assalomu alaykum hurmatli ustozlar 108-TOPIK imtihoniga roʻyxatdan oʻtishga ulgurmagan talabalar diqqatiga! Sizni hali ham imkoniyatingiz borligini maʼlum qilamiz. Hozirda qoʻshimcha roʻyxatdan oʻtish uchun vaqt mavjud.
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Assalomu alaykum, hurmatli dekanlar! Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz! degan ijodiy tanlov o'tkazilyapti ekan. - She'r, esse, hikoya, maqola yozish kerak ekan. - G'oliblarga pul mukofoti bor ekan. Batafsil ma'lumot uchun rasmlarga qarashingiz so'raladi. Talabalarga e'lon berishingizni so'raymiz. Ishtirok etmoqchi bo'lganlar berilgan manzilga yoki telegram profilga jonatishlari mumkin ekan. @insho2026_bot
⚡️Xitoyliklar yangi turdagi internet kabelida 51,3 Tbit/s tezlikka erishdi Bu oddiy 100 Mbit/s internetdan 513 ming marta tezroq. Tasavvur qilishingiz uchun, bu tezlik bilan bir sekundda 128 ta 4K formatli filmni yuklab olish mumkin bo‘ladi Yangi kabelda signal shisha ichidan emas, havo kanali orqali uzatiladi. Shu sababli internet ancha tez ishlaydi 🦾 Kun.uz | Texnologiya
🚀 Toshloq AI Hackathon musobaqasiga tayyormisiz? Sun'iy intellekt texnologiyalari yordamida haqiqiy va kreativ loyihalar yaratish istagida bo'lgan barcha dasturchi hamda IT ixlosmandlarini kutib qolamiz! O'z g'oyalaringizni hayotga tatbiq etish uchun ajoyib imkoniyatni qo'ldan boy bermang. 📅 Sana: 8-9 iyul kunlari 📍 Manzil: Toshloq tumani, IT Shaharchasi 💻 Muhim shart: Ishtirokchilar o'zlari bilan shaxsiy noutbuklarini olib kelishlari zarur. 🏆 Sovg'alar: Eng kuchli loyiha egalari va musobaqa g'oliblarini qimmatbaho sovg'alar kutmoqda! O'z iqtidoringizni namoyon qiling va g'alaba nashidasini suring. 🔗 Hoziroq ro'yxatdan o'ting: Ro'yhatdan o'tish Shoshiling, o'z jamoangizni yig'ing va xakatonda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'ting!
https://www.instagram.com/reel/DaUUsn-IyDc/?igsh=MTdtenZxN3RuNHl2ZA== 🤖 Arduino aslida qayerda yaratilganini bilasizmi? Bugungi kunda millionlab loyihalarda ishlatilayotgan Arduino qanday paydo bo'lgan? Kim yaratgan? Va nega u dunyodagi eng mashhur mikrokontroller platformasiga aylandi? 🎥Ushbu videoda Arduino'ning qisqacha tarixini qiziqarli tarzda bilib olasiz! 💬 Siz birinchi marta Arduino bilan qanday loyiha qilgansiz? Izohlarda yozib qoldiring. Eng qiziqarli javoblarni o‘qiymiz! 👇 📦 Arduino va boshqa robototexnika mahsulotlari: 📍 ROBOSHOP 📞 +998 91 797 99 92 ✈️ @roboshop_admin
#Eʼlon #Tanlov 🏆 Startaplar uchun 6 million AQSH dollari miqdoridagi qo‘llab-quvvatlash dasturlari e’lon qilindi 2026-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekistondagi texnologik startaplar uchun “President Tech Award” hamda sun’iy intellekt yo‘nalishidagi innovatsion loyihalar uchun “President AI Award” tanlovlariga arizalar qabuli boshlandi. “President Tech Award” tanlovining umumiy mukofot va investitsiya jamg‘armasi 5 million AQSH dollarini tashkil etadi. Mazkur tanlov doirasida 70 tagacha startap jamoasini qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilgan. Shuningdek, sun’iy intellekt asosidagi yechimlarni ishlab chiquvchi startaplar uchun “President AI Award” tanlovi tashkil etilgan bo‘lib, loyihalar quyidagi beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha qabul qilinadi: ⚫️ davlat boshqaruvi; ⚫️ sanoat va biznes; ⚫️ sog‘liqni saqlash; ⚫️ ta’lim; ⚫️ yashil iqtisodiyot va agrotexnologiyalar. Tanlovda 18 yoshdan katta ishtirokchilardan iborat 3–8 kishilik jamoalar qatnashishi mumkin. Unda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan bir qatorda mamlakat hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham ishtirok etish huquqiga ega. “President AI Award” tanlovining umumiy investitsiya jamg‘armasi 1 million AQSH dollarini tashkil etadi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha 3 tadan g‘olib loyiha aniqlanib, jami 15 ta startap investitsiya jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 📝 Tanlovlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan jamoalar arizalarini awards.gov.uz platformasi orqali topshirishlari mumkin. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram