AHSAN academy
Статистика• Phd candidate @Hajar_bintufazliddin • Bu yerda doimiy rivoj, kitoblar, tartib intizom, arab tili va ingliz tili haqida gaplashamiz • Ilmiy mulohazalar • filtrdan o'tgan kontent • Bolalar ta'lim tarbiyasi bo'yicha yig'gan bilimlarim
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 36
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 18
- 1/48двое суток
- 20
- 1/72трое суток
- 22
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Hozirgi yoshlar rasvo, juda aynib ketgan. Hamma rasvogarchilik shulardan chiqyapti. Tag‘in chidab bo‘lmaydigan darajada mahmadona! Mana biz — zo‘r edik, tartib bor edi, hurmat bor edi. Hozir-chi? RASVO! 😁😂😂😂
https://youtu.be/MVCOBMg_mYc?si=NjNvyO7OFpr-4Mtm
33 yoshdan keyin eng qo'rqinchli narsa - bu yosh emas, balki hayotning qanchalik tez o'tib ketishidir Kechagina iyun edi, bugun esa avgustning o'rtasi. Bolaligimizda yoz kichik bir hayotdek edi, hozir esa bir ko'z yumib ochguncha u o'tib ketyapti. Ish, vazifalar, dedlaynlar va go'yo yana nimadir o'tkazib yuborgandek odam. Ammo muammo yoz qisqarganida emas, shunchaki hayot juda bir xil bo'lib qolganida. Bolalikda har kuni yangi narsa sodir bo'lardi, shuning uchun vaqt boshqacha sezilardi. Kunlar bir-biriga o'xshash bo'lganda esa, xotira ularni bitta kichik faylga siqib qo'yadi: ish, uy, telefon, uyqu. Shuning uchun sentabrgacha yozni quvib yetishga shoshilish kerak emas. Yaxshisi, shunchaki to'xtab, chuqur nafas olish, hech narsa rejalashtirmaslik kerak. Dam olish kunlari telefonni o'chirib qo'ying, tabiat qo'ynida sayr qiling, sport bilan shug’illaning, shaharda o'zingiz hech qachon bo'lmagan yangi yo'nalishni tanlang, nodatiy odamlar yeg’iladigan joylarga boring. Chunki ba'zida bizga ko'proq vaqt emas, balki vaqtni qaytadan payqashni o'rganish kerak bo'ladi. ©Shahzod Polatov
“Nima o‘qishni tavsiya qilasiz?” Shaxsiyga bir xil savol tinmay kelaveradi: “NIMA KITOB O‘QIY?!” Tavsiya olmoqchimisiz, marhamat, quyidagi ma’lumotlarni bildiring: 1. O‘zingizni tanishtiring: kimsiz, yoshingiz nechida, nimaga qiziqasiz, kasbingiz nima, tajribangiz qanday, nechi yillik tajriba, nimaga erishmoqchisiz, nima uchun kitob haqida tavsiya so‘rayapsiz, nima sabab? 2. Qaysi tillarni bilasiz, qaysi tillarni o‘rganyapsiz, bilim qay darajada? 3. Oxirgi o‘qigan 3ta asar/maqola nomini ayting, qachon o‘qidingiz? Tushunarli bo‘ldimi? Yoqdimi? Qancha vaqt sarfladingiz? 4. Juda qiyin bo‘lmagan (boshlang‘ich o‘quvchi kitobi emas) yozilgan matnni eng qulay bo‘lgan til va alifboda qanday o‘qiysiz? a) so‘zlarni harfma-harf yoki bo‘g‘inlarga ajratib o‘qiysiz b) so‘zlarni bittada ilg‘ab o‘qiysiz v) ikkita-uchta so‘zni bitta qarashda ilg‘ab o‘qiysiz. g) ko‘zingiz yugurib o‘qiydi, so‘zlarda to‘xtalmaysiz d) qatorni bir qarashda butunlayigacha yoki qatorning yarimini bir qarashda ilg‘aysiz 5. Qanday kitobni o‘qish siz uchun qulay: qog‘oz, elektron, audio – yoki farqi yo‘qmi? 6. Matn o‘qiganda noqulayliklar sezasizmi? Masalan bosh og‘rig‘i, yurak siqilishi, uyqu tortishi, asab o‘ynashi, qorin ochishi, hojatga chaqiriq, esnoq, allergiya, ko‘ngil aynish, bosh aylanish, qichima, nafas bo‘g‘ilishi, havo yetishmasligi va shunga o‘xshash. 7. Umringizda shunday holatga tushganmisiz: “Kitob o‘qiyotib xuddi kino ko‘rgandek bo‘laman, xatto o‘zimni boshqa olamga tushib ketgandek his qilaman”, “muallif bilan suhbatlashayotgandek bo‘laman”. a) Doim yoki ko‘p hollarda shunday bo‘ladi b) Har doim emas, ammo o‘qilayotgan asarga qarab shunday bo‘laman. v) Bu bolalikda qolib ketdi. Hozir buni istasam ham qaytara olmayman. g) Bu menga notanish holat. Yozuvlarni o‘qib qanday “kino ko‘rish”, “o‘zga olamga tushish”, “suhbatlashish” mumkin?! 8. Sizda shu holat bo‘ladimi: “O‘qigan narsam bilan ta’sirlanman. O‘qilgan mazmun, voqealar, qahramonlari haqida o‘ylab yuraman. Odamlarga aytib bergim keladi. Asosiy g‘oyasi yoki qiziq ko‘ringan joyini qiziqish bilan aytib bera olaman. Kitob/hikoyadan ta’sirlanib kulgan yoki yig‘lagan holatlarim bo‘lgan. Kitob kayfiyatimga ta’sir qila oladi”. a) Menda ko‘p uchraydi bu holat b) Asarga qarab shunday bo‘ladi, har doim emas. v) Deyarli bo‘lmaydi. Qachondir bo‘lgandir, hozir hech qaysi kitob ta’sir qilmay qo‘ygan. Real muammolar xayolimni egallagan. g) Qattiq ta’sirlanmayman, lekin o‘qigan narsamni tushunman, eslay olaman. d) O‘qilgan matnni uzoqqa bormay qisman unutib yuboraman. Matnga qaytsam, nima o‘qiganim esim tushadi. e) O‘qilgan matn mutlaqo unutilib ketadi. Matnga qaytganda yangidan ko‘rayotgandek bo‘laman. j) Hozir men nima o‘qiyapman o‘zi? (matnning avvaliga qaytib, shoshmasdan boshidan o‘qing). 9. “O‘qilgan kitob/maqoladan matnda ko‘rsatilmagan yangi ma’no mazmunlar kashf qila olaman (sintez), avvallari o‘qigan boshqa asar matnlari bilan umumiylik, ziddiyat, bir birini to‘ldiradigan ma’nolar xayolimga keladi. Ba’zan o‘qish jarayonida bog‘liq bo‘lmagan masalaga javob xayolimga keladi.” a) Doim yoki ko‘pincha shunday bo‘ladi b) Kam hollarda bo‘ladi v) Mutlaqo notanish holat 10. Kitob o‘qish muhitida o‘sganmisiz? a) Oilamizda kitobxonlik odatiy. Yaxshi kitob talash bo‘lardi. O‘qilgan narsa haqida gaplashib turamiz. b) Uyimizda darsliklardan boshqa kitob bo‘lmagan. Kattalar ish-umush bilan ovora bo‘lib o‘qishga vaqtlari bo‘lmagan. Gazeta ham o‘qishmasdi. v) Oilamizda kitobxon bo‘lsa ham atrof do‘stlarim kitobdan ancha uzoq. Menga ham o‘qish qiziq bo‘lmagan. g) Uyimizda kitob javoni uyning bezagi bo‘lgan. Shkaflarda taxlanib turgan kitobni olib o‘qish hech kimning xayoliga kelmasdi. 11. Hozirgi kitob javoningiz rasmini jo‘nating. Kitoblar nomi ko‘rinsin. Undan nima o‘qiganingizni ayting. 12. Yuqoridagi matnni o‘qib ma’nosini tushundingizmi? a) Ikki yoki ko‘proq marta o‘qishga to‘g‘ri keldi. Tushunish qiyin bo‘ldi. b) Xaliyam tushunmadim, bu nima savollar, nimaga kerak? Kitob ro‘yxatini bering, tamom. ©subnazar
Bilganidan foydalanmagan kishi go‘yo johildir . Imom Moturidiy #moturidiy
#tavsiya Farzandingizda creativity ni rivojlantirishni, birgalikda rasmlar chizishni oʻrganmoqchi boʻlsangiz isteʼdodli illustrator Dilzoda mutlaqo bepul marafon boshlagan. Marafon linki: https://t.me/+T2uNhVn84JpmNzA6 3-8 yoshli bolajonlar uchun.
Oʻz qobigʻiga qamalib, “depressiya”daman deb oʻylaydigan doʻstimga nimalarni tavsiya qilar edim: Kun tartibini saqlab qolish. Ayniqsa uyquni. Bir vaqtda uygʻonib, bir vaqtda uxlash. Bu juda muhim. Oʻrnini yigʻish, xonasini tartibga keltirib koʻrish. 10 daqiqa boʻlsa ham yayov yurish. Koʻpincha tartibsizlik stressni yanada oshiradi. Kichik boʻlsada harakat qilish. Sababi bunday vaqtda harakatdan keyin kayfiyat kelishi mumkin. Yoqmasa ham oʻzini biror kichik harakatga majburlash. Xonasini tartibga keltirish, oʻziga nonushta tayyorlash, biror mashq bajarishi yoki 10 daqiqa kitob oʻqish. Bu ragʻbat tizimini faollashtiradi. “Hech nima qilolmayapman” degan jarlikdan asrab turadi. Odamlar bilan aloqani uzmaslik. Bu vaqtda odam bilan gaplashish yoqmaydi, lekin aynan depressiyada yolgʻizlik odamga salbiy ta’sir qiladi. Izolyatsiya bu davrni faqat choʻzadi, yordam bermaydi. Biror odamga hozir “qiyinligini” ayta olish kerak. Ichki holatni tushuntirish shart emas, shunchaki ichki qaynab turgan vulqonni dimlab turaverish kerak emas. Bu eng kichkina detallar, lekin foydali.
Oʻzbekistondagi 19 milliondan ortiq ayol-qizlar ichidan aynan siz bu xabarni oʻqiyotganingiz bejiz emas. Ehtimol, bu siz kutgan imkoniyatdir. ⚠️ Kanalga qabul cheklangan. Obunachilar soni 1000 nafarga yetishi bilan roʻyxat yopiladi. Keyin afsuslanmaslik uchun shu bot orqali hoziroq ro’yhatdan o’ting: @ChashmaGoBot
🩷🩷🩷 Nega odamlar bilimga pul sarflashni xohlamaydi? Chunki bilim og‘riqli. Ilm esa seni o‘zing bilan yuzlashtiradi. U savollar beradi. U senga: “O‘zgar”, — deydi. Bugun yaxshiroq restoran, salqin ichimlik, bir lahzalik ko‘ngilochar zavq — bu darhol “tasalli” beradi. Lekin bitta kitob... seni qulay zonangdan olib chiqadi. Bitta trening... sen hali kuchsiz joylaring borligini eslatadi. Bir mentor... o‘z ustingda ishlash kerakligini aytadi. Shuning uchun ko‘pchilik, bir kechaga pul sarflaydi, lekin bilim uchun emas, o‘z kelajagi uchun emas. Bilimga sarflangan pul – bu xarajat emas, bu erkinlik uchun investitsiya. Ilm — sening kelajakdagi ishonching. Bilim — seni muhtojlikdan olib chiqadigan yo‘l. O‘zingga qimmatbaho sovg‘a qilmoqchimisan? O‘zingga bilim sovg‘a qil! Bugun nimaga pul sarflamoqchisan, vaqtinchalik taskinga... yoki butun hayotingni o‘zgartiradigan bilimga? ✈️ https://t.me/Ihsan_academy
#quran_listening
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Masjid Ul-Haram imomi Al-Buxoriy qabrini ziyorat qilmoqda
xatmi kabir va xatmi sag‘ir haqida ikki og‘iz to‘xtalib o‘tamiz. Qur’oni karimni Fotiha surasidan Nosgacha to‘liq o‘qib chiqish xatmi kabirdir. Ixlos surasini uch marta o‘qish esa xatmi sag‘ir deyiladi. Zero, mazkur sura Qur’onning uchdan biriga teng ekani haqidagi ko‘p rivoyatlar keltirilgan. Abu Dardo roziyallohu anhu rivoyat qiladi: Nabiy sollallohu alayhi va sallam: – Sizlardan biron kishi kechasi Qur’onning uchdan birini o‘qishga qodir emasmi? – dedilar. Odamlar so‘rashdi: – Qanday qilib Qur’onning uchdan birini o‘qiy oladi? – Ixlos surasi Qur’onning uchdan biriga teng, – ta’kidladilar u zot (Buxoriy, Muslim, Termiziy, Dorimiy va Ahmad rivoyat qilgan). Ixlos surasini bir marta o‘qigan odam Qur’onning o‘n porasini o‘qish savobini oladi. Bir pora – 10 varaqqa (20 betga) teng. Yana bir hadisi sharifda: “Alloh Qur’onni uch qismga bo‘ldi. Ixlos surasini uning bir bo‘lagi qildi”, deyilgan (Muslim, Dorimiy, Ahmad va Bayhaqiy rivoyat qilgan). Odatga ko‘ra, xatmi sag‘irda Ixlos surasi uch marta, keyin Falaq va Nos suralari bir martadan o‘qiladi. Vallohu a’lam!
#Hadis Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sallollohu alayhi va sallam : Xatmning eng kami 3 kun eng ko'pi 40 kun deganlar! Imom Termiziy rivoyati
#кун_эслатмаси Дуонинг арабча матни: لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ وَحْدَهُ لَا شَرِيكَ لَهُ، لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ، يُحْيِي وَيُمِيتُ، وَهُوَ حَيٌّ لَا يَمُوتُ، بِيَدِهِ الْخَيْرُ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ Дуонинг маъноси: «Аллоҳдан ўзга илоҳ йўқ. Аллоҳнинг шериги йўқдир, барча мулк Уникидир, мақтовлар Унгадир, У тирилтиради ва ўлдиради, аммо Ўзи тирикдир, ўлмайди. Яхшилик Унинг ихтиёридадир ва У ҳамма нарсага қодирдир». «Ҳадис ва Ҳаёт» 35-жуз» китобидан @quranuz
Intellektning eng yuqori shakli — bu metakognition: o'z fikrlaringizni kuzatish qobiliyati — darhol reaksiya qilmaslik, autopilot rejimida yashamaslik, balki fikrlaringizni yuzaga kelayotgan paytda kuzatish. Ko'pchilik buni qilmaydi. Ular reaksiya qiladi, takrorlaydi, o'zgarmay qoladi. Lekin o'z fikrlaringizni kuzatish uchun bir lahza to'xtagan vaqtingizda, ichkarida chuqurroq bir narsa boshlanadi. Neuroscientistlar miyaning ma'lum bir qismi faollashishini aniqladilar — bu interior prefrontal cortex. Bu miya qismi vazifasi harakatlanish yoki reaksiya emas. U kuzatish uchun mavjud. U faollashganda, diqqatingiz ichkariga buriladi. Endi siz fikr ichida emassiz — siz unga tashqaridan qarayapsiz, va bu hamma narsani o'zgartiradi. Siz patternlarni seza boshlaysiz, reaksiyalarni to'xtatаsiz. Ko'pchilik hech qachon bu nuqtaga yetmaydi. Ular autopilot rejimida qoladi, hech qachon ko'rmasdan bir xil looplarda aylanishda davom etadi. Metakognition shakillanganlar esa boshqa hamma kishidan tezroq rivojlanadi.