tgindex
🖤์์์I ۰۪۫J۪۫۰ O ۰۪۫D۪۫۰ K ۰۪۫O۪۫۰ R ۰۪۫L۪۫۰ A ۰۪۫R۪۫۰์์์์์์์์์์์์์์์์์์์์์์์์์์์์์์์🖤 ຶຶຶຶຶຶຶຶຶຶຶຶຶຶຶຶ𝄂꯭꯭꯭𑲭𑲭

🖤์์์I ۰۪۫J۪۫۰ O ۰۪۫D۪۫۰ K ۰۪۫O۪۫۰ R ۰۪۫L۪۫۰ A ۰۪۫R۪۫۰์์์์์์์์์์์์์์์์์์์์์์์์์์์์์์์🖤 ຶຶຶຶຶຶຶຶຶຶຶຶຶຶຶຶ𝄂꯭꯭꯭𑲭𑲭

Статистика
@Ijodkorlar_uzzузбекский

1⛓ Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar 2⛓ Kanalimizga hush kelibsiz 3⛓ Ush bu kanal sizlar uchun yoqimli She'rlar 4⛓ Va muzika lar vidyo lar sizlar uchun 5⛓ Taqming etadi buning uchun shu Kanalga 6⛓Obuna bo‘ling azizlar 7 Kanalimiz 24 08 23 yil 05 :12 da

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
5
Всего постов
802
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
76
0 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
8
40 постов
Вовлечённость
10,5%
к подписчикам
Постов в день
0,7
всего 802
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
3
1/48двое суток
3
1/72трое суток
3

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 14 авг.4из Komila_Qiz_7848

    Bandaman men ham bir xatosi bisyor, Siz yomon o‘zimni yaxshi demasman. Qanotsiz farishta ko‘rsating kim bor, Hammaga yoqishga majbur emasma. Taningiz boshqadir menga yetti yot, Men uchun berilgan meniki hayot, Ayab o‘tirmayman bo‘ling ehtiyot, Hammaga yoqishga majbur emasman. Boshimga tushgan xar g‘amim ketkazib, Borimni oshirib yo‘g‘im yetkazib, Qo‘yganingiz yo‘q-ku menga o‘tkazib, Hammaga yoqishga majbur emasman. Qandaydir talablar to‘ssa ham yo‘lim, Borimcha bo‘laman kelguncha o‘lim, O‘zgarmas zahardan zahar bu tilim, Hammaga yoqishga majbur emasman. Odamlar chalgan kuy toriga o‘ynab, Ovvora bo‘lmayman kimnidir o‘ylab, Menga nima foyda o‘zimni qiynab, Hammaga yoqishga majbur emasman. Nima ham qilardim hozir shu zamon, Yaxshiga yashiman yomonga yomon, Sizlarga yoqmasam qulamas osmon, Hammaga yoqishga majbur emasman. Tunlar ming hayolda dardda o‘rtanib, Yashashni qaytadan boshdan o‘rganib, Ba'zilar aytgandek tubdan o‘zgarib, Hammaga yoqishga majbur emasman. Allohim yaratgan bir kam dunyo bu, Bandalar gunohkor bir benuqson u, Shunday qabul qiling meng borim shu, Hammaga yoqishga majbur emasman. Muallif: Komila Qiz.✍️ Muallif huquqi himoyalangan. @Komila_Qiz_7848

  • ✍AYLAR YUKSAL. 🎙 Shoiraginam Sevara. Bir baho beringlarchi.

  • #𝙋𝙍𝙀𝙈𝙔𝙀𝙍𝘼. 📜SO'NIB BORAR ISHQIM QUYOSHI,....! So'nib borar ishqim quyoshi, Ko'nglimning qariga asta qorayib. Zulmatlarga ko'mildi dardlar, Bilmadim menda yo sendami ayb . Shamollarga uchirdim xatlar Kozim yoshi bilan satrlar yozdim Sen ketgan o'sha zulmatli kundan Bilmadim anglolmay aqldan ozdim. Ne derdim yakuni shu ekan ishqni, Dengizlar qariga otildi yurak Erkinligi qoʻldan ketgan qush kabi Endi yuraksiz yashasam kerak. E hayot so'zlarim kitobga yozsam, Ulkan bir qissaga aylanar balki Sen bir kun o'qisang osha kitobni Men qayta hayotga qaytarman yoki Sen ketding chorasiz qolgan men edim, Afsuslar zanjirga boylandi mangu Xatto tabassumlar tark etdi qara, Endi koʻrinmaydi yuzimda kulgu. Nogohon uyg'ondim bundayin tushdan. Yuragim og'riqqa bazo'r ko'nmoqda Ming shukur tush ekanku bari Og'riqli dardidan yurak yonmoqda Ammo hammasi haqiqat asli, Tongimga nur sochib kelmoqda quyosh. O'tmishim alvido qo'l siltab deyman, Seni deb aslo to'kmayman ko'z yosh. Tushlarim qariga ko'mdim alamim Men faqat nur tomon boraman endi Kulguga almashib armonlarimni Kelishin kutaman o'sha chin sevgi. Alvido o'tmishim xayr bevafo. © Shoiraginam Sevara....✍😒11/08/2026 00:20.

  • #ПРЕМЬЕРА 🔥АКАМГА... Барча олам бахтларини, Акамга бер худойим... Омадларнинг тахтларини, Акамга бер Худойим... Армон уни танимасин, Кулгулари аримасин, Юз ёшда ҳам қаримасин, Акамга бер Худойим... Озорланмай жисму жони, Қувончларга тўлсин ёни, Шодликларин бу дунёни, Акамга бер Худойим... Ёнмасин ғам фироғида, Ёш турмасин қароғида, Юрсин кўнгил ардоғида, Акамга бер Худойим... Кўплар тилин тишлатиб қўй, Дилин бахтга хушлатиб қўй, Омад қушин ушлатиб қўй, Акамга бер Худойим... Яқин қилгин ҳамма кўзга, Гап қолмасин ёмон сўзга, Сўрорим йўқ бундан ўзга, Акамга бер Худойим... Барча олам бахтларини, Акамга бер худойим... Омадларнинг тахтларини, Акамга бер Худойим... 📝Муаллиф: Зоҳид Зиё... ➪ @ONAMGAA 🍃Ота онасига мехрибонлар канали Яқинларингизга улашинг, обуна бўлишни унутманг!!! @Ijodkorlar_uzz

  • #𝙋𝙍𝙀𝙈𝙔𝙀𝙍𝘼. #to'rtlik So'zlasam qalbingga yo'limni topsam, Ishqim olovida beayov yoqsam, Noz bilan kipriklar ostidan boqsam, Ko'zlarimni rangi muhimmi senga. ✍Shoiraginam Sevara.... (Bir kun davom ettiraman)

  • Шайтон нағма чалиб турганда, Қўлингизга шароб тутганда. Бу юракни дардлар ютганда, Нафсга қул, бўлманг одамлар. Достон қилиб бировнинг дардин, Ерга уриб энг баланд қадрин. Унутинг сиз унинг бор айбин, Нафсга қул бўлманг одамлар. Давлатингиз кўпайиб кетса, Макp қилиб шайтон йўл урса. Ҳалолингиз ёнингизда турса, Нафсга қул бўлманг одамлар. Кечиринг сиз бўлсангиз ҳам хақ, Ҳақ инсонга жаннат бўлар нақт. Адашиб гар бўлсангиз нохақ, Нафсга қул бўлманг одамлар. Кўнгил уйи вайрон бўлмасин, Чин мўминнинг кўнгли синмасин. Аллоҳ жаннат ваъда қилганда, Бизни шайтон йўлдан урмасин. ✍ ПАХЛАВОН ШОДИЕВИЧ https://t.me/Pahlavon_navo

  • Senga ko‘ngil bergandima, Menga ko‘ngil berolmading. Seni chindan sevgandima, Nega mandek sevolmading?. Sevgin deya nido qildim, Yuragimni ado qildim, Nahot sevib xato qildim, Nega mandek sevolmading?. Yosh boshimda g‘amim ko‘mi Boshqalardan kamim bormi, Yashirmasdan aytgin ho‘pmi, Nega mandek sevolmading?. Yagonamsan derdim axir, Bor-u yo‘g‘im berdim axir, Yolg‘iz sani sevdim axir, Nega mandek sevolmading?. Tikilgancha ko‘zlaringa, Oydan go‘zal yuzlaringa, Ishonibman so‘zlaringa, Nega mandek sevolmading?. Ishqda yo‘qmidi adolat? Topganim bo‘ldi malomat, Yor shirinmikan xiyonat? Nega mandek sevolmading?. Xar ne kelar hayolimga, Qolma deyman uvolimga, Javob ber shu savolimga, Nega mandek sevolmading?. Muallif: Komila Qiz.✍ Muallif huquqi himoyalangan. Qo‘shiq uchun berilgan.🎶 @Komila_Qiz_7848

  • Oʻtxoʻr sherlarim tishi oʻtmas Yomgʻir yogʻganda boʻlgan loylarim Sanoqli asli ozgincha koʻpmas Oʻzicha osmon yangi boylarim Soʻngi vairiant oxirgi ulov Kibr qulida mensimas birov Arslon, mustaqil qilolmaydi ov Oʻzicha osmon yangi boylarim Bekda u davra toʻrin talashar Zoʻri kelsa gar poyin yalashar Sunnatga qoʻl uchida qarashar Oʻzicha osmon yangi boylarim Oʻtmas tigʻlarni tillarin tilgan Oʻzini yana Firavin bilgan Hotin tomoni ular boy qilgan Oʻzicha osmon yangi boylarim Sindirar qadrin qarichlar qarchin Shayton ulfati niyyat Oybarchin Sizlarga yolgʻon Umidgaku chin Oʻzicha osmon yangi boylarim Soʻzlaydi dunyo oʻtkinchi roʻyo Otasi polon oʻtganda goʻyo Farishta huddi yana avliyo Oʻzicha osmon yangi boylarim 13.06.2026.✍Umid Mahzum

  • Ассалому алайкум азизларим анча вақтдан бери ижод қилишга вақт бумаганди, яна бошладик бир қуллаб юборасизлар дустлар. Юракка жойлаб покиза ишқим, Яшагин шодон ҳамиша жоним. Рашк ўти қалбимни асло тилмасин, Бегона кўзларга қарама жоним. Май тўлдир ишқингни жомига, Исмингни такрорлар хар оним. Чўкайин шу кўзларинг домига, Бегона кўзларга қарама жоним. Хаётим мазмуни борим бўл, Илтимос, қайнатма бу қоним. Халоватим ўғирлаб олгансан, Бегона кўзларга қарама жоним. Биттаю бирдонам ўзингсан, Сен билан нурлидир хар оним. Айланай шу қаро кўзингдан, Бегона кўзларга қарама жоним. Кўзларинг маст этган бор боқиб, Бўласан суюкли жаноним. Чаккангга бир дона гул тақиб, Бегона кўзларга қарама жоним. ✍ ПАХЛАВОН ШОДИЕВИЧ https://t.me/Pahlavon_navo

  • #ПРЕМЬЕРА 🔥Фақат сенгагина қўлим етмади... Ҳаётнинг ҳар берган ўйнида ютдим, Кутиш керак бўлса бир умр кутдим, Қўл чўзиб юлдузлар зуҳросин тутдим, Фақат сенгагина қўлим етмади... Истасам пойимда тиз чўкди тоғлар, Теграмда ястаниб гуллади боғлар, Аммо ҳеч битмади кўнглимда доғлар, Фақат сенгагина қўлим етмади... Билсанг соғинчлардан чарчадим толдим, Ишқимнинг сўнгида озорлар олдим, Беркинган жойингни тополмай қолдим, Фақат сенгагина қўлим етмади... Оҳ кўксим тилгувчи фироқ экансан, Бир зумда сўнгувчи чироқ экансан, Ҳатто кўзимдан ҳам йироқ экансан, Фақат сенгагина қўлим етмади... Айт кимга айтаман қалбим зорини, Турибман сийпалаб сочим қорини, Бу олам кафтимга сочди борини, Фақат сенгагина қўлим етмади... Ҳаётнинг ҳар берган ўйнида ютдим, Кутиш керак бўлса бир умр кутдим, Қўл чўзиб юлдузлар зуҳросин тутдим, Фақат сенгагина қўлим етмади... 📝Муаллиф: Зоҳид Зиё... ➪ @ONAMGAA 🍃Ота онасига мехрибонлар канали Яқинларингизга улашинг, обуна бўлишни унутманг!!! @Ijodkorlar_uzz

  • ######## 📜𝘿𝙄𝙇 𝙉𝙄𝘿𝙊𝙎𝙄. Sen kelgan bekatga kelmasman qaytib, Xatto borligingga qilmasman parvo. Ketganing yaxshiyov ortingga qaytib, Bekatimiz boshqa yurak beparvo. Biror bir so'z dema ro'ziman ishon, Bilsang xotiramdan ketishing mumkin. Va lekin  bildirmay sevaman hamon, Men indamay ishqdan yonishim mumkin. Xotiralar tomon tashlayman qadam, Men o'zimni xissiz ko'rsatgancha jim, Unutmoqqa va'da beraman shu dam Manguga qalbimda "Sen" bo'lgan sirim, Shaksiz va shubxasiz yonar xasta jon, Ammo men hamisha tik oyoqdaman. Sen yaxshi bo'lgin hop men esa yomon, Qara! Sensizlik tomonlarda sayohatdaman. Ikkimiz uchrashgan bekat yodimda, Lek bugun turibmiz begonalardek  , Armon-u ,sog'inch-u ,vidolar bilan, Ikkimiz boshqa tomonga ketdik. Masofalar boshqa manzilimiz bir. Balki boshqa manzilda baxting toparsan. Sog'inchdan bo'lsada yuragim sil-sil, Ketayapman azizim yaxshi qolarsan. ©𝙈𝙪𝙖𝙡𝙡𝙞𝙛 𝙎𝙚𝙫𝙖𝙧𝙖....✍ ©𝙏𝙖𝙭𝙖𝙡𝙡𝙪𝙨 𝙎𝙝𝙤𝙞𝙧𝙖𝙜𝙞𝙣𝙖𝙢...✍ P/s qayta tashlandi

  • Yaxshilarni duoda, Yodimga olib qo‘ydim. Yomonlarning barini, Xudoga solib qo‘ydim. Yo‘lim poylasa g‘anim, Do‘stman degan dushmanim, Yagona ishonganim, Xudoga solib qo‘ydim. O‘zini zo‘r bilganni, Yuragimni tilganni G‘iybatimni qilganni Xudoga solib qo‘ydim. Urushmay deb u bilan, Talashmay deb bu bilan, Teng kelmay deb shu bilan, Xudoga solib qo‘ydim Ketsa ham jondan o‘tib, Yiqilmay o‘zim tutib, Alamim ichga yutib, Xudoga solib qo‘ydim. Ishonib ko‘p pandlar yeb, Qaytarishni ko‘rmay ep, Senlarga xudo bor deb, Xudoga solib qo‘ydim. Yuragimga tegsa o‘q, Bandasidan arzim yo‘q, Ko‘rguvchidan ko‘nglim to‘q, Xudoga solib qo‘ydim. Qarg‘amasdan so‘kmasdan, Belim yetti bukmasdan, Ko‘zyoshimni to‘kmasdan, Xudoga solib qo‘ydim. Muallif: Komila Qiz. Muallif huquqi himoyalangan. @Komila_Qiz_7848

  • Asiri boʻldim bolmidi soʻzing Yo menga aytar bormidi soʻzing Taqdir oʻzgaga boqmoqda koʻzing Boʻrinomsan sen hayolim buzgan Qandoq toʻzonlar koʻrgandim qara Senmi u asli bitmagan yara Manzil nomalum boʻlganim marra Boʻrinomsan sen hayolim buzgan Taqdiri aniq boʻlganim gulim Afsuski sendan ayrodur yoʻlim Kechir qoʻlingni tutolmas qoʻlim Boʻrinomsan sen hayolim buzgan Sinovli dunyo imtihonim sen Ishq qastin olgan intiqonim sen Soʻngra baxt tilar boʻlganingman men Boʻronimsan sen hayolim buzgan Hamon hayo bor ikkimiz aro Sevgi armonni qildi yoʻbaro Kechirgin meni koʻzlari qaro Boʻrinimsan sen hayolim buzgan Gulyuzim senga kulgu yarashar Boylarga hamon baxtlar qarashar Umid ishqiga armon qalashar Boʻronimsan sen hayolim buzgan Ne oʻzgardi ayt yolgʻiz men sevdim Hatto hayolan gʻamingni yevdim Ertadan gunoh oʻylashim devdim Boʻronim mening hayolim buzgan 11.06.2026.✍ Umid Mahzum

  • Hayot baland pastida, O‘zingizcha zo‘rsizlar. Boshqachamas aslida, Hammangiz bir go‘rsizlar. Siz deb bag‘rimni tildim, Aytganingiz ko‘p qildim, Ishim tushganda bildim, Hammangiz bir go‘rsizlar. Yaxshi desang urar do‘q, Tillar zahar ko‘zlar o‘q, Hech kimsaga ishonch yo‘q, Hammangiz bir go‘rsizlar. Akangman deganingiz, Ukangman deganingiz, G‘amimni yeganingiz, Hammangiz bir go‘rsizlar. Jonlarga bo‘lib jafo, Qilasiz kayf-u safo, Vafoliga yo‘q vafo, Hammangiz bir go‘rsizlar. Opalik ham vaqtincha, Singillik ham vaqtincha, Zo‘r emassiz aksincha, Hammangiz bir go‘rsizlar. Yolg‘on bergan so‘zingiz, Boqib aldar ko‘zingiz, Tan olmaysiz o‘zingiz, Hammangiz bir go‘rsizlar. Necha to‘kildim to‘ldim, Tirikligimcha o‘ldim, Bunga ko‘p amin bo‘ldim, Hammangiz bir go‘rsizlar. Muallif: Komila Qiz.✍️ Muallif huquqi himoyalangan. @Komila_Qiz_7848

  • Rahmatli ustoz shoir Muhammad Yusuf sheridan ilhomlanib yozdim. #Yangisi Hudo hohlasa Sabr qilganimiz balki bilgandur Nasib duolarim oʼzin oqlasa Bizga ham atalgan baxti qolgandur Baxtli boʼpqolarmiz Hudo hohlasa Yoʼqchilik yoʼqolib yursa naridan Mansabmi?, boylikmi?, bari, baridan "Ol qulim" deb berib gʼoyiblaridan Baxtli boʼpqolarmiz Hudo hohlasa Aliklar olishgan qoʼlning uchida Jigarim dedirib pulning kuchida Bizni mensimagan elning ichida Baxtli boʼpqolarmiz Hudo hohlasa Oʼtib ketmasmanov hayolim bilan Kunda takrorlangan savolim bilan Peshonamga bitgan ayolim bilan Baxtli boʼpqolarmiz Hudo hohlasa Yoʼllarim yorishib, omadim yelib Qirq yilda bir marta taqdirim kulib Oxir oqibatda navbatim kelib Baxtli boʼpqolarmiz Hudo hohlasa Muddati muhimmas mazmunli yashab Yaxshiga yor boʼlib jonimni toʼshab Ustozim Muhammad Yusufga oʼxshab Baxtli boʼpqolarmiz Hudo hohlasa 21:51. 23.05.2026-yil. 📝Muʼallif:Nurmuxammedov Samandar Ikromjon oʻgʻli.

  • @Ijodkorlar_uzz

  • https://t.me/utopia_nova

  • https://t.me/utopia_nova

  • Shu she'rga shunchaki xazilomus javob she'r😁 Seni ko‘rsam yuragim, Boshqacha bo‘laverar. Urishmayman desam ham, Urishgim kelaverar. Boshdan olib aqlingni, Totayin deb zahringni, Ko‘rgim kelib jahlingni, Urishgim kelaverar. Yoqar qovoq uyishing, Lablaringni burishing, Yana araz qilishing, Urishgim kelaverar. Mavrid-u, vaqtin poylab, Kun ora, hafta oylab, Zerikmay deb ataylab, Urishgim kelaverar. Xazillashib kuldirib, Ba'zan soching yuldirib, O‘zimcha rashk qildirib, Urishgim kelaverar. Ko‘rsam kelar yeb qo‘ygim, Urishqog‘im deb qo‘ygim, Ne qilay Mumtozbegim, Urishgim kelaverar. Muallif: Komila Qiz. 31.07.2026.✍ @Komila_Qiz_7848

  • Olib berardim! Yillar qaritmoqda birma bir oʻtib Avval yuzingizda shodlik koʻrardim Sotilganda edi jonimni tikib Ona sizga yoshlik olib berardim Yoningizdan quvib, xastalik,dard,gʻam, Faqat quvonch etsin koʻzlaringiz nam Bozoriga oʻtlar qoʻyib boʻlsa ham Ona sizga yoshlik olib berardim Borsizki yuragim turar yorishib Omadim gullaydi ishim yurishib Ketmasdan sochingiz oqqa qorishib Ona sizga yoshlik olib berardim Kayvoniy boʻlmasdan yosharib hurdek Vaqt taʼsir qilmagan chiroyli durdek Yuzlarga kirsakda oʻzgarmay birdek Ona sizga yoshlik olib berardim Munisim,gulim siz,aziz insonim Oyoqlari osti jannat oshyonim Robbim ruxsat etib yetsa imkonim Ona sizga yoshlik olib berardim 08:11. 29.03.2026-yil. ✍️ Muʼallif:Nurmuxammedov Samandar Ikromjon oʻgʻli