tgindex
Islamic Banking & Business School

Islamic Banking & Business School

Статистика

🌙 Эй, Одам болалари, ҳар бир ибодат чоғида ӯз зийнатингизни олинг. Эб-ичинг ва исроф қилманг. Чунки У исроф қилувчиларни суймас _ (Аъроф:31) 🌙 ✔️ Ислом молияси ва банкчилиги & Жаҳон иқтисодиёти @Ansor_63

Последний пост
27 мая
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
14 авг.
Подписчики
214
−1 за 1 дн.
Сутки
−1
−0,47%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
343
20 постов
Вовлечённость
160,3%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • видео или голосовое, без подписи

  • 30 мар.3393из islom_banklari_uz

    #foydali 📚 Islom moliyasini qayerda o'qib-o'rgansam ekan, deganlar uchun «Islom banklari» kanali tomonidan maxsus post: 📚 Islom iqtisodiyoti yo‘nalishidagi eng nufuzli 30 ta ta'lim dargohi – 2026 DinarStandard tashkiloti SalaamGateway bilan hamkorlikda global Islom iqtisodiyoti rivojiga munosib kadrlar tayyorlab berayotgan oliy ta’lim muassasalarining «Islom iqtisodiyoti yo‘nalishidagi eng nufuzli 30 ta ta'lim dargohi (biznes maktabi) – 2026» global reytingini e’lon qildi. 📚 Mazkur reyting ta'lim dargohlari faoliyatini quyidagi uchta asosiy mezon asosida baholab chiqdi: 1️⃣ O‘quv dasturining qamrovi (45%): Islom biznesi va moliyasi bo‘yicha ta’lim dasturlarining mazmuniy chuqurligi. 2️⃣ Muassasaning nufuzi (35%): Xalqaro akademik nufuz va global akkreditatsiyalarning mavjudligi. 3️⃣ Ekotizimni qo‘llab-quvvatlash (20%): Sanoat tarmoqlari bilan aloqalar va amaliy faoliyat bilan integratsiyani ifodalash. 🟢 Asosiy ko‘rsatkichlar: 🇲🇾Malayziya global reytingda 9 ta ta’lim muassasasi bilan yetakchilik qilib, Islomiy moliya ta’limi markazi sifatidagi mavqeini yanada mustahkamladi; 🥇INCEIF universiteti ixtisoslashgan Islomiy moliya ta’limi bo‘yicha jahon andozalarini belgilab bergan holda, reytingda 1-o‘rinni egalladi; ➡️Dunyoning yetakchi muassasalari qatoridan, shuningdek, 🇬🇧Durham biznes maktabi (2-o‘rin), 🇲🇾Malayziya universitetining Biznes va iqtisodiyot fakulteti (3-o‘rin) hamda 🇮🇩Indoneziya universitetining Iqtisodiyot va biznes fakulteti (4-o‘rin) joy oldi. 🇦🇪BAA (4 ta muassasa) va 🇸🇦Saudiya Arabistoni (3 ta muassasa) iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish strategiyalari doirasida mintaqaviy ta’lim va Islom iqtisodiyoti xablari sifatida o‘zlarining kuchli salohiyatini namoyon etdi. 🕌 «Islom banklari» kanali, yaxshilikni ulashing va kanalga obuna bo'ling

  • 11 сент. 2025 г.67341из IslomMoliyasi

    #мақола Ислом молияси хизматлари номидан нотўғри фойдаланишнинг олдини олиш: Ислом молияси хизматларини кўрсатувчи ташкилотлар учун мезонлар Сўнгги йилларда бутун жаҳонда, шунингдек юртимизда ҳам ислом молияси маҳсулот ва хизматларига бўлган талаб сезиларли даражада ошди. Мазкур талабнинг ортишига бир қатор омиллар таъсир кўрсатмоқда. Бунда асосий омиллар сифатида жамиятимизда шариат талабларига мос келувчи молиявий хизмат ва маҳсулотларга ҳамда ҳалол инвестиция манбаларига бўлган талаб ва эҳтиёжнинг ортиб бораётгани, шунингдек жаҳон банк-молия тизимида ислом банклари ва молиявий маҳсулотларининг изчил ривожланаётганлигини кўрсатиш мумкин. Бироқ, бу имкониятлар билан бир қаторда, эҳтиёж ва имкониятлардан ўз ғаразли мақсадлари йўлида фойдаланиш ҳолатлари ҳам юзага келмоқда. Аҳоли ичида “ҳалол насия” ва “исломий молиялаштириш” каби ном остида фаолият юритаётган, аслида эса шариат талабларига тамомила зид равишда ёки уларга фақат қисман риоя қилиш асносида тан олинган Шариат экспертлари ва кенгашлари хулосаларини олмасдан фаолият юритаётган шахслар ва ташкилотлар сони кўпайиб бормоқда. Бундай компаниялар кўпинча ноаниқ ҳамда мижозларни чалғитувчи маркетинг усулларини қўллашади, тузилаётган шартномаларнинг мазмун-моҳиятини етарлича ошкор этишмайди ва албатта бунинг натижасида фуқаролар нафақат моддий зарар кўришмоқда, балки энг нозик нуқта – ўз эътиқодлари томондан маънавий зарба ейишмоқда.... 🟢 тўлиқ мақолани ўқиш учун: 🌐 https://islommoliyasi.uz/uz/8833/ ✅ @IslomMoliyasi телеграм саҳифаси

  • 11 авг. 2025 г.52921из IslomMoliyasi

    #маълумот Иcлом банк амалиётида муаммоли қарздорлар икки тоифага бўлинади: 1. Гарчи молиявий аҳволи имкон бeрcа-да, қарзни тўлашдан қочадиган виждонсиз қарздор. Бундай мижозлар мумосил дeйилади. 2. Молиявий қийин аҳволда бўлгани учун қарзини ўз муддатида қайтара олмайдиган қарздор. Унга муъсир дейилади. Қарз берган томон (масалан, банк) ўз маблағини қайтариб олиш учун биринчи тоифага аниқ жазо чораларини қўллаши кўзда тутилган. Иккинчи тоифа учун эса, Қуръон карим ояти асосида қарздорнинг молиявий ҳолати тиклангунича қарзни қайтариш муддатини кeчиктириш тавсия этилади. @IslomMoliyasi

  • 🌙"... “Har bir qavmning o‘z bayrami bor, bu (Iyd kuni) bizning bayramimizdir..." _deb aytgan nabiyyimiz Muhammad Mustafoga salovotu salomlar bo'lsin. Alloh barcha ummati Muhammadiyga Iyd al-Azhoni muborak aylasin.

  • 21 апр. 2025 г.5381из chiroylimoliya

    Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniyning AAOIFI Shariat Kengashlari 23-yillik anjumanidagi kirish nutqidan ayrim asosiy fikrlar (2025-yil 20-aprel) Islom bankchiligi — bu shunchaki an’anaviy bank amaliyotlarini Shariatga moslashtirish emas. U yuksak maqsadlar va ezgu qadriyatlar asosiga qurilgan. Islom bank tizimi oddiy bank tizimidan faqat texnik jihatdan emas, balki mohiyat jihatdan ham farq qilishi kerak. Biz bu sohaga nisbatan kengroq fikrlab, uzoqni ko‘rishimiz va chuqurroq fikrlashimiz lozim. Bu qarash Qur’onda Alloh tomonidan ko‘rsatilgan ilohiy maqsadda ifodasini topgan: (لكي لا يكون دولة بين الأغنياء منكم) “Boylik faqat boylar orasida aylanishi uchun emas” (Suratul-Hashr, 59:7) Bugungi banklar — hatto ayrim islom banklar ham — ko‘pincha boylar doirasidagi manfaatlarga xizmat qilmoqda. Aholining keng qatlamlari esa moliyaviy xizmatlarning haqiqiy foydasidan uzoq qolmoqda. Shu sababli, biz islom iqtisodiyotning chin maqsadlariga bosqichma-bosqich yaqinlashishimiz shart. Avvalo — jamiyatdagi boylikning adolatli va axloqiy asosda taqsimlanishini ta’minlash lozim. Bu maqsad har bir qarorimizda, har bir amaliyot va tashabbusda yo‘nalishimiz bo‘lib qolmog‘i zarur. @chiroylimoliya — iz qoldirganlarning fikrlaridan

  • 13 апр. 2025 г.413из chiroylimoliya

    https://www.youtube.com/watch?v=F5aFdpXM3XQ&ab_channel=IslomMoliyasi @chiroylimoliya TrumpTarifFitnalari...

  • 3 апр. 2025 г.3611из chiroylimoliya

    🇺🇸 Make America Great Again yoki… Make America Pay This Time? Bugun tongdagi fikrlar… Kechagi Tramp tashabbuslariga qaraganda, uning “Amerikani yana buyuk qilish” yo‘li – bu, ehtimol, uni (va Amerikani) o‘zini tanazul sari olib boruvchi yo'l. U ochiqchasiga global tizimni “buzmoqchi” – aynan turli davlatlar o‘rtasidagi ixtisoslashuv va o‘zaro manfaatli hamkorlik asosida qurilgan tizimni. Qiziq tomoni shundaki, u boshlagan global tizimni "kapital tamirlash choralari" Xitoy va Global Janub davlatlarini yanada kuchaytirmoqda. Xitoy esa bu jarayonda ancha strategik harakat qilmoqda. Savdo urushlarida barcha tomonlar zarar ko‘radi. Bu esa hatto fiqhni “Zarar bermang va zararga javoban zarar qilmang” muhim qoidasiga ham zid. Ammo Tramp jahon iqtisodiyotini hatto “nol efektli o'yinlari” deb emas, balki “manfiy effektli o'yinlar” deb biladi – bu yerda hamma yutqazishi kerak. Ammo uni "xayoliy e'tiqodida", AQSh albatta g‘alaba qozonadi. Quyidagi oddiy misollarda uning ko'zlagan oqibatlarni manfiyligini ko'rsatman. U ixtisoslik va ishonch asosidagi global (yoki mintaqaviy) mehnat taqsimoti tizimini buzmoqchi bo‘lyapti. Bu tizim esa hozirgacha barcha tomonlar uchun “win-win” (ikkala tomon uchun foydali) holat yaratib, global iqtisodiyotning o‘sishi va rivojlanishini ta’minlab kelgan. Asosiy foyda oluvchilar esa Xitoy va Global Janub davlatlari bo‘lgan. Oddiy misol: Amerikalik oila har oyda taxminan $1,000 oziq-ovqatga sarflaydi (bu ularning umumiy xarajatlarining atigi 15%ini tashkil etadi). Bu oziq-ovqatlarning katta qismi import qilinadi. Agar AQSh importga boj qo‘ysa, ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarishni AQShga ko‘chirishga majbur bo‘ladi – bu jarayon ancha vaqt oladi va narxlar keskin oshadi. Natijada, oziq-ovqat narxlari ancha ko‘tariladi, ko‘plab oilalar bunga dosh berolmaydi, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning sotuvlari pasayib ketadi va aholining daromadlari tushadi.  Yana bir misol: Texaslik Jo ilgari meksikalik ustani 1,000 dollarga yollagan – hamma rozi edi. Endi (agar noqonuniy ishchilar chiqarib yuborilsa), Jo amerikalik ustalar brigadasini yollashi kerak bo‘ladi. Ular esa shu remont uchun $5,000 talab qiladi. Qolaversa, qurilish materiallari ham qimmatlashgan. Jo bu xarajatlarni ko‘tara olmaydi. Natijada: Jo ning uyi remont qilinmaydi va ustalar ishsiz qo'ladi. Qisqa qilib aytganda Trampning tarif siyosatining yaqin oqibatlari import mahsulotlar qimmatlashishiga va bu esa AQSh iqtisodiyotini susayishiga olib keladi. Federal tizim (FRS) bu safar yordam bera olmaydi - inflyatsiya bunga yo‘l qo‘ymaydi. Undan tashqari, Xitoy, Yevropa Ittifoqi va boshqa davlatlar o‘z javob tariflarini joriy qilishadi. Tramp yana qarshi javob beradi — natijada savdo urushi yangi bosqichga o‘tadi. Eksportyorlar boshqa yo‘llarni izlay boshlaydi. Natijada, “seriy” sxemalar, uchinchi davlatlar orqali tranzitlar va alternativ yetkazib berish yo‘llari rivojlanadi. Xulosa: Bunday (hozircha) taxminiy, ammo real bo‘lishi mumkin bo‘lgan ssenariylar shuni ko‘rsatadiki, Tramp siyosati narxlarni oshiradi, turmush sifatini pasaytiradi va avval ko’rilmagan global geo-siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy salbiyliklarga olib keladi. Xullas uning MAGA shiorlari Make America Ghost Again bo‘lib qolishi hech gap emas… @chiroylimoliya shaxsiy fikrlar Amerika ko‘priklarni buzish orqali emas, ularni qurish orqali buyuk bo‘ladi. Buyuklar quradi, buzmaydi.

  • 🌙"... “Har bir qavmning o‘z bayrami bor, bu (Iyd kuni) bizning bayramimizdir..." _deb aytgan nabiyyimiz Muhammad Mustafoga salovotu salomlar bo'lsin. Alloh  barcha ummati Muhammadiyga Iyd al-Fitrni muborak aylasin.

  • 20 мар. 2025 г.2622из alijon_ravshanov

    Нима учун АҚШ аҳолиси пул жамғармайди? Тўлиқ видеони томоша қилиш учун: youtu.be/VCWhI4P2pfA?si=IvYEGevOfa6ML9Pc @alijon_ravshanov

  • #Oltin Oltin bozorining kapitalizatsiyasi $20 trln dan oshdi 2025-yil fevral oyida jahon oltin bozorining kapitalizatsiyasi $20 trln dan oshdi va 14-martga kelib $20,8 trln ga yetdi. Ma'lumotlarga ko'ra, hozirga qadar 272 000 metrik tonna oltin topilgan, shundan 217 000 tonnasi qazib olingan, yana 55 000 tonnasi zaxirada qolmoqda. 2024-yilda jahon bo‘yicha oltin ishlab chiqarish 3 670 tonnani tashkil etdi, yana 1 370 tonna esa qayta ishlash hisobiga qo‘shilgan. @jahon_insights       📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

  • 9 мар. 2025 г.234из zakotim

    Закот билан 20 йилда дунёда камбағаллик йўқ бўлади Закотнинг ислом иқтисодиётидаги ўрни, жамиятга таъсири ва камбағалликни йўқотишдаги роли ҳақида қизиқарли суҳбат. Подкастдаги баъзи мавзулар: 🔴Ислом иқтисодиётининг ўзига хос жиҳатлари 🔴Тижорий фаолият ва ижтимоий фаолият 🔴Ислом цивилизацияси дунёда устун бўлган вақтда иқтисодий тартибот қандай бўлган? 🔴Вақф, садақа, закот ва қарзи ҳасаннинг иқтисодий функциялари 🔴Солиқлар ва закот моҳиятан қандай фарқ қилади? 🔴Дунёда закотни тасарруф қилиш бўйича марказлашган ва марказлашмаган қандай тизимлар ва ташкилотлар бор? Уларнинг закот сиёсати қандай? 🔴Закот бўйича Ўзбекистонда қилинган ишлар. Меҳмонимиз – ислом молияси бўйича эксперт Музаффар Ҳусниддинов. Манба: 📱 Alif Uzbekistan https://youtu.be/f7mvoY9DNEo?si=95J_AKudWImhgkt3 Zakotim – Закот калькулятори! Facebook | Instagram | Telegram | YouTube

  • 28 февр. 2025 г.2171из xushnudbek

    ☪️ O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo markazi 2025-yil uchun zakot, fitr va fidya miqdorini e'lon qildi Unga ko‘ra: ● Ramazon oyi uchun tilla qiymatidan zakot nisobi 61 mln 200 ming so‘m etib belgilandi. Demak, kimda zaruriy ehtiyojidan tashqari 61 mln 200 ming so‘m va undan ortiq pul mablag‘i yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moli bo‘lsa, jami mablag‘ining qirqdan biri (2,5 foizi)ni zakot niyatida haqdorlarga beradi; ● Fitr sadaqasining miqdori quyidagicha belgilandi: 2 kg bug‘doydan – 10 ming so‘m; 4 kg arpadan – 16 ming so‘m; 2 kg mayizdan – 110 ming so‘m; 4 kg xurmodan – 180 ming so‘m. Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan biri yoki uning qiymatini fitr sadaqasi niyatida berishi mumkin. ● Fidya miqdori fitr sadaqasining miqdori bilan bir xil bo‘ladi. Har kim o‘z imkoniyatiga qarab, ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fidya miqdorini ajratishi mumkin. 👉 @xushnudbek 👈

  • Global Islamic Economy Report 2024-25.pdf

  • видео или голосовое, без подписи

  • 1001 Kashfiyotlar | Sirlar kutubxonasi | Muslim Mind. O’zbek tilida

  • 29 янв. 2025 г.34513из alijon_ravshanov

    ИСЛОМ МОЛИЯСИГА ЎЗБЕКИСТОНДА ЭҲТИЁЖ ҚАНДАЙ? Бу видеода сиз Ислом молияси ва Ислом Тараққиёт Банки (ИТБ) билан боғлиқ қуйидаги масалалар билан танишасиз: 1:11 – Кириш 3:51 – Ислом Тараққиёт Банки (ИТБ) ҳақида 6:37 – Ўзбекистонда ИТБга илк қадам 8:05 – ИТБ ҳозирги кунда қай даражада фаолият кўрсатмоқда? 11:03 – ИТБ ва давлатимиз ўртасидаги алоқа қай даражада ривожланиши мумкин? 13:15 – Ер юзида Ислом молиясининг тутган ўрни 24:16 – Ўзбекистонда Ислом банклари очиллиши мумкинми? (халқнинг бунга бўлган муносабати қандай?) 27:18 – Мамлакатимиздаги Ислом молияси (бу соҳада олиб борилаётган ишлар) 31:26 – Ислом молияси (унинг тарихи) 38:39 – Ўзбекистонда Ислом молияси соҳасида қонунчилик қачон жорий этилади? 53:44 – Хулоса "YouTube"да томоша қилиш учун👇 https://youtu.be/c2tAylyrU8Y?si=iS3afqgUgC1pzVii @alijon_ravshanov

  • https://m.youtube.com/watch?v=VahrGlqEKok

  • 25 янв. 2025 г.2081из chiroylimoliya

    Payg'ambar Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) abstrakt tushunchalar bilan emas, balki ko‘proq hikoyalar va misollar orqali gapirardilar. "Mo‘min asalari kabidir...", — der edilar, so‘ng esa, ularning ikkalasi ham (mo'min va asalari) pok narsalarni yig‘ib, foydali narsalarni yaratishini tushuntirardilar. Qiyin savollar berilganda, fikrlarini tushuntirish uchun qumga chizib ko‘rsatardilar. PowerPoint'dan 1400 yil oldin masalani vizual/tasviriy yetkazish va ilm berish! Ular o‘z "auditoriyalarini" juda yaxshi tushungan edilar va o‘z xabarlarini aynan murojat qiluvchilarga moslashtirgan edilar. - Cho‘ldagi savdogarlarga savdo haqida gapirar edilar. - Cho‘ponlarga suruvlari haqida. - Jangchilarga jasorat haqida. Va ularning eng kuchli saboqlaridan biri intizom va davomiylik edi. 23 yil davomida ularning so‘zlari amallaridan ajralmas edi. Hatto eng ashaddiy dushmanlari ham "Amin/ishonchli va ishonishga loyiq" deb atashardi. Agar haqiqatan ham muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lsak, to‘qima boylik, sun’iy "mukammallik" yoki soxta muvaffaqiyatlar ortiga yashirinmasligimiz kerak, chunki bu narsalar bo‘m-bo‘sh qobiqdir. Balki eng komil insonning hayoti orqali ixlos va samimiyatga murojaat qilishimiz kerak. Muvaffaqiyat — hayratlantirishda emas, ilhom berishda. U ishonchdan tug‘iladi, ishonch esa tabiiylikni, o‘zligingni saqlashdan. @chiroylimoliya insonlar haqiqat va sarobni his qiladi, ajrata oladi....

  • 13 янв. 2025 г.2011из IslomMoliyasi

    #фойдали Ислом шариати асосидаги молиявий хизматлардан фойдаланмоқчимисиз? Бунинг учун қаерга мурожаат қилиш кераклиги ҳақида ўйлаяпсизми? 📹 Батафсил видеода танишишингиз мумкин: https://youtu.be/d4khtKaoLFU Манба: @trastbank_press ✅ @IslomMoliyasi канали

Islamic Banking & Business School — tgindex