- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 212
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 221
- 1/48двое суток
- 1 399
- 1/72трое суток
- 1 509
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
⚡️Дарс бўлмаган даврда ҳам ўқитувчилар мактабда фаолият юритиши зарур ❓Савол: Мактабларда таътил бўлган вақти ҳам ўқитувчи ишга чиқиши керакми? ✅Жавоб: Ўзбекистон Республикаси Меҳнат кодексининг 114-моддасига мувофиқ, ходим иш тартиби ёки графигига ёхуд меҳнат шартномаси шартларига мувофиқ ўз меҳнат вазифаларини бажариши лозим бўлган вақт иш вақти ҳисобланади. Меҳнат кодексининг 125-моддасида иш берувчи ходимнинг ишлаган вақтини ҳисоблаб бориши шартлиги белгиланган. Иш берувчи ходимга бажарган иши учун ҳақ тўлайди (Меҳнат кодексининг 154-моддаси). Қонунчиликка мувофиқ, умумий ўрта-таълим муассасалари педагог ходимлари ўз фаолиятини намунавий йиллик иш режа асосида амалга оширишади. ✅Педагоглар иш режаси икки йўналишдаги тадбирлар мажмуасидан иборат бўлиб, қуйидаги икки йўналишда шакллантирилади: ➡️ ўқув-тарбия жараёнига оид; ➡️ ўқув-тарбия жараёнининг методик таъминоти ва ташкилий-педагогик жараёнга оид. Ўқув-тарбия жараёнининг методик таъминоти ва ташкилий-педагогик жараёнга оид йиллик иш режада ҳар бир педагог ходимнинг лавозим мажбуриятлари ҳамда у билан тузилган меҳнат шартномасида белгиланган вазифалар билан бир қаторда ўқувчиларни баркамол ва маънавий етук инсон этиб тарбиялаш мақсадида уларнинг қобилият ва истеъдодларини ривожлантиришни назарда тутган ҳолда, фанларни ўзлаштиришда қийналаётган ва иқтидорли ўқувчилар билан алоҳида машғулотлар олиб бориши ҳамда педагог ходимнинг ўз устида мустақил ишлаши назарда тутилади. Ўқув-тарбия жараёнининг методик таъминоти ва ташкилий-педагогик жараён умумий ўрта таълим муассасасида олиб борилишини инобатга олган ҳолда, мактабда дарс бўлмаган даврда ҳам ўқитувчилар мактабда фаолият юритиши зарур. 👉 @Oylik_hisoblashbot - Ойлик ҳисоблаш учун бот. Асосий каналимизга уланиш учун сўров қолдиринг 👇👇👇 https://t.me/+jdDEcMOPTegwNTc6 https://t.me/+jdDEcMOPTegwNTc6
#ҳуқуқий_саводхонлик #правовая_грамотность Ўқитувчида касбий сертификат бўлмаса ишдан бўшатиладими? ➡️ https://idum.uz/uz/archives/21757 ————————— Могут ли уволить учителя без профессионального сертификата? ➡️ https://idum.uz/ru/archives/21757 📱 @talim_obrazovaniye 👉 Ойлик маошни ҳисоблаш
‼️ Pedagog va xodimlarga maktab hududida quyidagilar taqiqlanadi Yangi odob-axloq qoidalariga asosan: ❌ jamoa aʼzolari va boshqalarning shaxsiyatini, qadr-qimmatini kamsitish, ruhiy, jismoniy va boshqa zoʻravonlik koʻrsatish; ❌ oʻquvchilarni dars mashgʻulotlaridan sababsiz chiqarib yuborish yoki kiritmaslik; ❌ dars qoldirish holatlarini rasmiy tartibdan tashqari “oʻzboshimchalik” bilan hal qilish; ❌ oʻquvchining holatidan shaxsiy manfaat yoʻlida foydalanish, norasmiy pul yigʻish, moddiy bosim oʻtkazish; ❌ oʻquvchining oilaviy ahvoli, millati, jinsi, sogʻliq holati yoki ijtimoiy maqomi asosida farqlash; ❌ oʻquvchi bilan kasbiy chegaralarni buzuvchi munosabat oʻrnatish; ❌ “Chiqish” qoʻngʻirogʻi chalingandan keyin oʻquvchilarni sababsiz sinf xonasida ushlab turish; ❌ dars mashgʻulotlarida diniy tashviqot olib borish; ❌ taʼlim muassasasiga spirtli ichimliklar va kuchli taʼsir etuvchi moddalar isteʼmol qilgan holda kelish; ❌ taʼlim muassasasining hududi va binosida spirtli ichimliklar hamda tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish; ❌ muassasa hududi va binosida oʻquvchilarning taʼlim-tarbiyasiga aloqasi boʻlmagan turli xil tadbirlarni tashkil etish; ❌ taʼlim muassasalarida oʻtkaziladigan barcha tadbirlar va ularga tayyorgarlik ishlarini dars mashgʻulotlari vaqtida oʻtkazish. ✅Asos: MMTV vazirining 2026-yil 19-yanvardagi 18-sonli buyrugʻi ✔️ @Ochiqdarsim - Kreativ ustozlar kanali!
Қонун бўйича қайси синфлар биринчи сменада, қайсилари эса иккинчи сменада ўқиши керак? Янги ўқув йили яқинлашгани сари кўплаб ота-оналарни фарзандлари қайси сменада ўқиши ҳақидаги савол қизиқтиради. Айниқса, ўтган йили биринчи сменада дарсга қатнаган бошланғич синф ўқувчиларининг ота-оналарида бу масалада саволлар кўп туғилади. ➡️ https://idum.uz/uz/archives/25344 ———————— Какие классы по закону должны учиться в первую смену, а какие — во вторую? С приближением нового учебного года многие родители интересуются, в какую смену будут учиться их дети. Особенно часто этот вопрос возникает у родителей учеников начальных классов, которые в предыдущем году посещали занятия в первую смену. ➡️ https://idum.uz/ru/archives/25344 ✅ @talim_obrazovaniye ⚡️ Ойлик маошни ҳисоблаш
Darslarni adolatsiz taqsimlangan direktorga 4 mln so‘mgacha jarima solinishi mumkin Maktab direktori yoki boshqa mansabdor shaxslar tomonidan dars soatlarini taqsimlash borasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilmasa, ularga nisbatan javobgarlik bor. Bu haqda batafsil saytimizda o'qing. Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1293 Telegramda o'qish Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring. Telegram l Instagram l YouTube
#Sõragan_edingiz Dekret ta’tilidan qaytgan o‘qituvchilarga faqat ta’tildan avvalgi dars soatlarigina beriladimi? Savol Sentyabrdan ishga qaytmoqchiman. Dekretdan qaytganlar faqatgina ta’tildan avvalgi darsini o‘ta oladi xolosmi? Masalan, dekret ta’tiliga chiqmasdan avval dars 10 soat edi. Ishga qaytganimdan keyin ham shu 10 soatga ishlaymanmi? Javob — https://xalqtaliminfo.uz/post/756 Telegramda o'qish Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring. Telegram l Instagram l YouTube
️Navbatdan tashqari attestatsiya va kasbiy sertifikat sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lov miqdori 50 foizga tushirildi ✔️ Pedagog kadrlar attestatsiyasining navbatdagi majburiy hamda kasbiy sertifikatlash sinovlarida birinchi marta ishtirok etish bepul! 🔤Ma’lumki, navbatdan tashqari pedagog kadrlar attestatsiyasi hamda kasbiy sertifikatlash sinovlariga murojaat yuborishda davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undirilar edi. ✨ Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-son qaroriga asosan, endilikda pedagoglarga ushbu yig'im bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdorida etib belgilandi! 🔹 Pedagoglar murojaat yuborishda quyidagi usullardan foydalanishlari mumkin: ➖ Vazirlikning rasmiy pedagog.uzedu.uz platformasi orqali ➖ Davlat xizmatlari markazlari orqali ➖ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 👉 Ma'lumot uchun: hozirgi kunda kasbiy sertifikatlash sinovlarida ishtirok etish uchun murojaat yuborish davom etmoqda. Qabul joriy yil 31-iyulgacha davom etadi. ➖ Avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka (test) sinovlarida ishtirok etish uchun qabul 1-avgustdan boshlanishi rejalashtirilgan. ©Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi 💰Oylik bot O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!✅️ 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/uqituvchiga_hujjat
⚡️DARS TAQSIMOTI BO'YICHA 3271-SONLI QAROR, YANGI VARIANTI. Qo'shma qaror 2025-yil 28-oktabr. Adliya vazirligidan 3271-1 son bilan ro'yxatdan o'tkazildi. Hujjat 2026-yil 1-avgustdan kuchga kiradi. 💰Oylik bot O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!✅️ 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/uqituvchiga_hujjat
Ўқитувчининг тоифаси бўлмаса, унга дарс берилмайдими❓ Бу ноқонуний! Дарсни адолатли ва қонуний тақсимланг ҳурматли мактаблар! Дарс берилмаслиги ноқонуний. Чунки Низом бўйича олий маълумотли тоифасиз устозларга ҳам дарс бериш. Меҳнат шартномаси борми, демак дарс беришга мажбур педагогик кенгаш! Вазирлар маҳкамасининг қарорида белгиланган тартибда тақсимланади. 30.06.2020 йилдаги "Умумтаълим муассасаларида синфларни комплектлаш ҳамда тарификация рўйхатларини шакллантириш тартиби тўғрисида"ги 3271-сонли низомнинг 15-бандига асосан, дарс тақсимоти 15-сентябрга қадар амалга оширилиши белгиланган бўлиб, 1 август санасидан дарс тақсимотининг тартиби ўзгарган ✅ Устуворлик кетма-кетлиги: ➖ олий малакали ўқитувчилар (амалдаги аттестация сертификатига кўра); ➖ фани бўйича миллий/халқаро сертификатга эга ўқитувчилар (сертификат даражаси ва муддатига кўра); ➖ биринчи малакали ўқитувчилар; ➖ иккинчи малакали ўқитувчилар; ➖ олий маълумотли, тоифасиз ўқитувчилар; ➖ қайта тайёрлаш дипломига эга ўқитувчилар; ➖ ўриндошлик асосида ишловчи олий маълумотли ўқитувчилар; ➖ ОТМнинг педагогика йўналиши 3-курс ва ундан юқори талабалари; ➖ олий маълумотли кадрлар келгунича — ўрта махсус/профессионал маълумотли (фақат бошланғич синфлар); ➖ олий маълумотли кадрлар келгунича — мактабнинг тегишли мутахассислиги бўйича раҳбар ходимлари. Мактаб маъмурияти дарс сеткасини шакллантиради, педагогик кенгаш 48 соат ичида кўриб чиқади. Тақсимот қарори 15 сентябрга қадар қабул қилиниб, ўқитувчиларга маълум қилинади. Ўқув йили давомида кадрларда ўзгариш бўлса, педагогик кенгаш қайта тақсимот қилиш ҳуқуқига эга. Biz bilan yangiliklar yana-da yaqin! Ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling! 👇 Telegram | Instagram | Facebook | Yotube
❤️🔥❤️🔥❤️🔥 💛💛💛 💠 "Pedagog" platformasi orqali Malaka toifasining "Navbatdan tashqari" attestatsiyasi uchun murojaat yuborish bo‘yicha batafsil video qo‘llanma bilan tanishib chiqishingiz mumkin. 🫥Ushbu video orqali siz: ⏺Platformaga kirish tartibi; ⏺Ariza yuborish bosqichlari; ⏺Muhim ogohlantirishlar va tavsiyalar; ⏺Murojaatni muvaffaqiyatli yakunlash jarayonlari bilan tanishishingiz mumkin. 🎥 Video qo‘llanma ayniqsa ilk bor murojaat yuborayotgan pedagoglar uchun sodda va tushunarli tarzda tayyorlangan. 📌 Video sizga foydali bo‘lsa, uni hamkasblaringiz bilan ulashishni unutmang. Bu ko‘plab pedagoglarga murojaatni xatosiz yuborishda yordam beradi. 💤 Bizdan uzoqlashmang! 👍 Obuna bo'ling: @pedagoguzedu
🌸 Assalomu alaykum, hurmatli jismoniy tarbiya fani ustozlari! Bahorgi attestatsiyaga tayyorlov guruhimizda tahsil olgan ustozlarning barchasi attestatsiya sertifikati, 70 foizlik ustama hamda milliy sertifikat egasiga aylanishdi. Alhamdulillah, bu mehnat, izlanish va to‘g‘ri tayyorgarlikning natijasidir. Siz ham attestatsiya va milliy sertifikat sinovlariga puxta tayyorlanib, yuqori natijalarga erishishni istasangiz, bizga murojaat qiling. Sizni ham maqsadingizga yetishingiz uchun qo‘llab-quvvatlaymiz. 📩 Murojaat uchun: @Buriyeva_Y_A @M_Muxammadiyeva @Sodiqova_T Sizning muvaffaqiyatingiz — bizning maqsadimiz! https://t.me/Jisattestatsiya https://t.me/+BgLLUDa4ZCQxNTAy
Кимлар малака оширишга бормаса ҳам устама учун максимал балл олади❓ 📍Вазирлар Маҳкамасининг 02.08.2022 йилдаги 425-сон қарорига асосан: ➖олий таълим муассасасини битириб келган мутахассисларга 3 йилгача; ➖педагог ходимга боғлиқ бўлмаган ҳолда тегишли малака ошириш курслари ташкил этилмаган ҳолларда қатнаша олмаган педагогларга мазкур кўрсаткич бўйича максимал балл берилади. ✅Менга саволингиз бўлса, ёзинг.👇 @yuridikxizmatmurojaat https://t.me/+9_oXzMfxuUk1ZjFi
❓Yangi oʻquv yilida dars jadvalini qanday tuzish kerak? Dars jadvalini tuzishda fanlarning qiyinlik darajasi quyidagicha (ushbu roʻyxat qiyin fanlardan boshlanib, osonigacha tartiblandi): 1. Matematika va informatika 2. Ona tili va adabiyot, xorijiy tillar (rus, ingliz, fransuz, nemis tillari) 3. Fizika, kimyo, astronomiya 4. Tarix, huquq, iqtisodiy bilim asoslari 5. Tabiiy fanlar, geografiya, biologiya 6. Tarbiya va maʼnaviyat asoslari 7. Jismoniy tarbiya 8 .Texnalogiya 9. Chizmachilik 10. Tasviriy sanʼat 11. Musiqa Dars jadvalini tuzishda ushbu fanlarning qiyinlik darajasini hisobga olish tavsiya etiladi. Oylik hisoblash uchun bot Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling👇 https://t.me/ustoz
❓Magistraturaga topshirayotganlar uchun qanday yangiliklar bor? ◼️ SAT sertifikati borlar uchun turli yo'nalishlarga imtiyoz berildi. Batafsil ◼️ Bakalavrni xorij tilida tugatganlar uchun magistraturada til sertifikati bekor qilindi. Batafsil ◼️ Turdosh yo'nalishlar ro'yxati tasdiqlandi. Batafsil ◼️ Magistratura kunduzgi ta’lim shakli uchun kvota ◼️ Magistratura masofaviy ta’lim shakli uchun kvota ◼️ Magistraturada kechki ta'lim shakli uchun kvota ❕Eslatma: Qabul 30-iyulgacha, arizalar my.edu.uz platformasi orqali. Edu - ta'lim yangiliklari✅👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
#Фото ⚡️Дарс соатларини тақсимлашда қўлланадиган ўқитувчиларнинг устувор кетма-кетлигига ўзгартиришлар киритилган Энди ўқитувчиларга дарс тақсимоти юқоридаги фотодаги кетма-кетлик асосида тақсимланади. Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги, Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиёт ва молия вазирлиги, Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирлигининг 28.10.2025 йилда рўйхатдан ўтган, рўйхат рақами 3271-1-сонли қарори. 👉 @Oylik_hisoblashbot - Ойлик ҳисоблаш учун бот. Асосий каналимизга уланиш учун сўров қолдиринг 👇👇👇 https://t.me/+jdDEcMOPTegwNTc6 https://t.me/+jdDEcMOPTegwNTc6
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи