🏛 JIZPI AKADEMIK LITSEYI
Статистика🏛 JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI AKADEMIK LITSEYI Eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bizning kanalimizda! ☎️Murojааt uchun 🎓 Ilmdan yaxshiroq xazina bo'lmas, Qo'lingdan kelgancha tera olsang bas! t.me/JizPIAL
- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 4
- Всего постов
- 232
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 150
- 1/48двое суток
- 171
- 1/72трое суток
- 185
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🖥 Akademik litseylarga kirish test sinovlari bo‘yicha apellyatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni boshlandi ✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun akademik litseylariga kirish test sinovi natijalaridan norozi bo‘lgan va belgilangan tartibda my.edu.uz platformasi orqali apellyatsiya shikoyati bergan talabgorlarning murojaatlari 2026-yil 14-avgust kuni ko‘rib chiqiladi. ℹ️Apellyatsiya o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt har bir abituriyentning my.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetida ko‘rsatilgan. ‼️ Eslatma: Ariza bergan talabgorlar 14-avgust kuni belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishlari shart. Bizni kuzating! Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Ogohlik #Rasmiy_munosabat Fuqarolarni firibgarlardan ehtiyot boʻlishga chaqiramiz Buxoroda fuqaroni bir yoʻla 4-kursdan oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, undan 26 million soʻm olgan shaxs ushlangani haqida xabar tarqaldi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi fuqarolarni oʻqishga kiritib qoʻyish, imtihon natijasini oʻzgartirish, oʻqishni koʻchirish yoki boshqa masalalarni pul evaziga hal qilib berishni vaʼda qilayotgan shaxslarga ishonmaslikka chaqiradi. Oliy taʼlim tashkilotlariga qabul jarayonlari qonunchilikda belgilangan tartib va mezonlarga ko‘ra, xususan, davlat va nodavlat oliygohlariga xorijiy oliygohlardan o‘qishni ko‘chirish BMBA tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari natijalariga asosan amalga oshiriladi. Fuqarolardan taʼlim sohasidagi masalalarni "tanish-bilish" yoki pul evaziga hal qilib berishni taklif qilayotgan shaxslarga nisbatan hushyor boʻlish, shaxsiy maʼlumotlar va mablagʻlarni bermaslik soʻraladi. Shuningdek, bunday holatlarga duch kelgan fuqarolardan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlari soʻraladi. Eslatma: taʼlim olish huquqingizni firibgarlarga ishonib xavf ostiga qoʻymang. Rasmiy maʼlumotlarni faqat vazirlik va oliy taʼlim tashkilotlarining rasmiy manbalaridan oling. ❗Korrupsiyaga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz: ☎️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Call-markazi – 1253 📞Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ishonch telefoni – 1006, anticor@edu.uz elektron pochta. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❗️Eslatma: Vakant o‘rinlarga o‘qishga kirish imkoniyati yaratiladi 📄Hukumat qarori bilan “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 578-sonli qarorga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan. ✈️Unga ko‘ra, kirish imtihonlarida ishtirok etib, minimal ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga vakant (bo‘sh) o‘rinlar qolgan yo‘nalishlarda tanlovda ishtirok etish imkoniyati beriladi. 📌Bu jarayon quyidagicha amalga oshiriladi: ➖ imtihon natijalari e’lon qilingandan so‘ng bir hafta o‘tib, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan vakant yo‘nalishlarga bir hafta muddatda ro‘yxatdan o‘tiladi; ➖ abituriyentlar to‘plagan ballari ketma-ketligiga (reytingga) qat’iy rioya qilingan holda bo‘sh o‘rinlarga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi; ➖ BMBA tomonidan shakllantirilgan qaydnomalar oliy ta’lim tashkilotlariga buyruq rasmiylashtirish uchun asos bo‘ladi. Shuningdek, 74-bandga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilgan: 🔹 avval ayrim qarorlar Davlat komissiyasi hisobidan qabul qilingan bo‘lsa, endilikda bu vakolat oliy ta’lim tashkiloti rektori (direktori) hisobiga o‘tkazildi. Ya’ni, mas’uliyat va qaror qabul qilish bevosita OTM rahbari zimmasiga yuklatildi; 🔹 74-banddagi ikkinchi xatboshi chiqarib tashlandi, ya’ni u endi amalda qo‘llanilmaydi; 🔹 oldingi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar endilikda mos ravishda – ikkinchi va uchinchi xatboshi deb qayta raqamlandi. 📑Abituriyentlar vakant o‘rinlar bo‘yicha o‘tgan yilgi o‘tish ballari bilan @mandat_javobbot orqali tanishib chiqishlari mumkin. 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#Rasmiy_xabar #Kasbiy_taʼlim 2026/2027-o‘quv yili uchun kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) qabul boshlandi Kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kunduzgi, kechki va dual ta’lim shakllariga abituriyentlarning hujjatlari Vazirlikning my.edu.uz platformasi orqali 2026-yil 10-avgustda 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. ▪️Tibbiyot texnikumlariga kechki, dual ta’lim shakllari va xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha qabul jarayonlari ham Vazirlikning my.edu.uz platformasi orqali 2026-yil 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. ▪️Tibbiyot texnikumlariga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha mahalliy ta’lim dasturlarida o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida, tegishli mutaxassislik va ta’lim tilini tanlagan holda tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tadilar. ▪️Boshqa texnikumlar (kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida) bo‘yicha kirish sinovlari yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi. 2026/2027-o‘quv yili uchun kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida 641 ta texnikumga jami 134 960 ta (shundan 61 550 ta davlat granti) qabul parametrlari tasdiqlangan. Shundan: ➖kunduzgi ta’limda – 87 700 ta (39 390 ta davlat granti), ➖kechki ta’limda – 4 440 ta, ➖dual ta’lim shaklida – 42 820 ta (22 160 ta davlat granti). 📌Texnikumlar ro‘yxati bilan kasbedu.uz sayti orqali tanishing. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❗️Abituriyentlar diqqatiga! Bugun yo‘nalish tanlashning oxirgi kuni Tanlovning 2-bosqichida bugun so‘nggi kun, jarayon soat 23:59 da yakunlanadi. Barcha abituriyentlardan ta’lim yo‘nalishlari, oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakllari va tanlov ustuvorliklarini tanlashni bugun soat 23:59 gacha amalga oshirish so‘raldi. 👉 @xushnudbek 👈
📢 DIQQAT, E'LON❗️❗️❗️ 🎓 Bilim va malakalarni baholash agentligi (DTM) imtihonlarida ishtirok etib, akademik litseyga o‘qishga tavsiya etilmagan o‘quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga! 🏢 Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti akademik litseyida qo‘shma ta'lim dasturi asosida shartnoma bo‘yicha guruhlar tashkil etilmoqda. 📚 Qo‘shma ta'lim dasturining asosiy maqsadi: ✅ Xorijiy ta'lim tashkilotlarining ilg‘or tajribalarini iqtidorli o‘quvchilar ta'limiga tatbiq etish; ✅ Iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularni maqsadli ravishda oliy ta'limga yo‘naltirish; ✅ Akademik litsey bitiruvchilarining oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish ko‘rsatkichlarini yanada oshirish. 🌟 Siz ham sifatli ta'lim va kelajagingiz sari ishonchli qadam tashlashni istasangiz, qo‘shma ta'lim dasturiga taklif etamiz! 📞 Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun akademik litseyiga murojaat qilishingiz mumkin. Bizni kuzatib boring |INSTAGRAM |TELEGRAM | YOUTUBE | FACEBOOK
Tarixiy voqia Bugun O'zbekiston ilk sun'iy yoldoshini uchirdi. Kanalimizga obuna boʻling 👉 @Jizzax24kanal https://t.me/joinchat/AAAAAEb1PYV00dCr2WDOpw
8-avgustgacha yoʻnalish tanlamagan abituriyentlar oʻqishga qabul qilinmaydi Batafsil: https://talimxabarlari.uz/76507/ 🎓 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
WELCOME DAY 2026 🎓 🫥 International Agriculture University Welcome Day tadbiriga barcha abituriyentlar va ularning ota-onalarini taklif etamiz! ✨ Bu tadbir sizga universitet bilan yaqindan tanishish, ta'lim imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot olish hamda kelajakdagi talabalik hayotingizni tasavvur qilish imkonini beradi. Tadbir davomida sizni quyidagilar kutmoqda: 🤝 Universitet rahbariyati bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilish 🌍 Ta'lim dasturlari, grantlar va xalqaro imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumot olish 👨🏫 Xorijlik professorlar bilan uchrashish va ularning tajribasi bilan tanishish ❓ Qabul jarayoni va ta'limga oid barcha savollaringizga javob olish 🏫 Talabalar hamrohligida kampus, laboratoriyalar va zamonaviy auditoriyalar bilan tanishish 🎯 Xorijlik professorlar ishtirokidagi amaliy master-klasslarda qatnashish 📍 Sana: 11-avgust 🕘 Boshlanish vaqti: 09:00 💚 Kelajakdagi universitetingiz bilan yaqindan tanishing va talabalik sari ilk qadamni biz bilan boshlang! ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ 55 517 00 71 ☎️ 99 981 09 19 📩 @iau_2022 Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
Maqsadli qabulni tanlayotgan abituriyentlar nimalarga e’tibor berishi kerak? — BMBA 2026/2027-o‘quv yili qabulida maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash va san’at yo‘nalishlari bo‘yicha maqsadli qabul kvotalari ajratilgan. Bilim va malakalarni baholash agentligi maqsadli qabul tartibi, tanlovning qanday o‘tkazilishi, grantning amal qilish muddati hamda abituriyentlarni qiziqtirayotgan eng muhim savollarga javob berdi. Batafsil: https://talimxabarlari.uz/76382/ 🎓 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
⚡️Diqqat, tanlov! Xotin-qizlarning bilim va savodxonligini oshirishga qaratilgan “WikiAyollar” onlayn tanlovi WikiMarafon hamda Qizlar Akademiyasi loyihalari doirasida tashkil etilmoqda. Tanlov 30-iyuldan 23-avgustgacha davom etadi. Shartlar juda oddiy: @WikiTanlov_bot orqali ro‘yxatdan o‘tasiz, 22-avgustga qadar “Qizlar Akademiyasi”ning istalgan kursini tugatib, sertifikatni botga yuklaysiz. 23-avgust kuni esa 30 ta test savoliga javob berasiz. Test savollari ayollarga oid maxsus maqolalar va “Qizlar Akademiyasi” kurslari asosida tuziladi. Yakuniy natijalar 25-avgustga qadar rasmiy kanalimizda e’lon qilinadi. Barchaga omad yor bo‘lsin! Batafsil — Tanlov nizomi 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
#mandat #akademik_litsey ⚡️Akademik litseylarga kirish test natijalari tayyor 2026/2027-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi. Yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz va my.gov.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin. Eslatma: Oʻquvchi to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi. Ustuvorlik bo‘yicha batafsil sharh: 👉https://gov.uz/edu/news/view/199876 Maʼlumot uchun, belgilangan tartibga muvofiq, kirish test sinovi natijasidan norozi bо‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#DoʻstlikFest2026 #BizYagonaVatanFarzandlarimiz 30-IYUL — XALQLAR DO'STLIGI KUNI 📱 @jizpi_online
Joriy yilgi qabul statistikasini shuni ko'rsatadiki, testdan necha ball olganidan qat'iy nazar, to'g'ri yo'nalish tanlagan abituriyentlar albatta talaba bo'la oladi. Yo'nalish tanlashda adashmaslik uchun videoni oxirigacha ko'ring. Abituriyentlar uchun muhim bosqich oliygohlar va yo'nalish tanlash jarayoni 25-iyuldan boshlandi. 15 kun davomida ular o'z fanlar majmuasi va ta'lim tiliga mos bo'lgan yo'nalishlarni tanlaydi. Bu borada @mandat_javobbot abituriyentlarga yordamchi bo'lishi mumkin. Botga integratsiya qilingan sun'iy intellekt yordamida o'zingiz to'plagan ball va fanlar majmuasini kiritib, genratsiyta tugmasini bossangiz, sizga avtomatik mos keladigan yo'nalishlar ro'yxati uzatiladi. Bu jarayon abituriyentlarga ballarni solishtirib, qaysi yo'nalishga kirishi mumkinligini oldindan taxmin qilish imkoniyatini yaratadi. Shuningdek, @mandat_javobbot orqali o'tgan yilgi kirish ballari bilan ta'lim shakli, ta'lim tili va viloyatlar kesimida tanishish ham mumkin. Talaba bo'lish imoniyatini bir yilga kechiktirmang, @mandat_javobbot orqali balingiz yetadigan yo'nalishni oson tanlang. 🎓@talimxabarlariuz_live
Янги ўқув йилидан талабаларни баҳолаш ва имтиҳон олиш бутунлай ўзгаради❗️ Ҳукумат қарори лойиҳасига кўра, 2026/2027 ўқув йилидан бошлаб олий таълим ташкилотларида талабалар билимини баҳолаш ва назорат қилишнинг янги тартиби жорий этилиши кутилмоқда. ➖ Якуний назорат имтиҳонларини овозли ва видео кузатув камералари билан жиҳозланган аудиторияларда ўтказиш тизими жорий этилади. ➖ Ўтказиладиган якуний назорат турларини кенг жамоатчилик учун олий таълим ташкилотларининг расмий веб-сайтидаги ҳавола орқали бевосита онлайн кузатиш имконияти яратилади. ➖ Якуний назорат имтиҳонлари саволларини шакллантиришда талаба билим ва кўникмаларини чуқур таҳлил қилиш имконини берувчи ёзма топшириқларнинг аниқ мезонлари ишлаб чиқиладм ҳамда профессор-ўқитувчилар томонидан баҳолашда изоҳ ёзиш тизими жорий этилади. ➖ Якуний назорат имтиҳонлари вақтида уяли алоқа воситалари, микроқулоқчин, компьютер ҳамда кўчирмачиликка сабаб бўладиган ҳар қандай воситаларни олиб кириш ва улардан фойдаланиш тақиқланади. Бундай ҳолат видеокузатув орқали кейинчалик аниқланса ҳам, имтиҳон натижаси бекор қилинади. ➖ Якуний назорат имтиҳонларига талабалар паспорт, ID карта, талабалик гувоҳномаси ёки ҳайдовчилик гувоҳномасини кўрсатган ҳолда киритилади. ➖ Имтиҳон бошланганидан кейин кечикиб келган талабалар имтиҳонда иштирок этишига рухсат берилмайди. Узрли сабабларсиз аудиториядан чиққан талабалар ҳам имтиҳонга қайта қўйилмайди. ➖ Ҳар бир кафедра фан бўйича баҳолаш рубрикалари (мезонлар матрицаси)ни ишлаб чиқади ва улар ўқув дастурида акс эттирилади. ➖ Ҳар бир фан бўйича талабанинг ўзлаштириши 100 баллик тизимда баҳоланади. Балл жорий назорат учун — 30, оралиқ назорат учун — 20, якуний назорат учун — 50 балл қилиб тақсимланади. ➖ Жорий, оралиқ ва якуний назоратларнинг ҳар бири бўйича максимал баллнинг 60 фоизи саралаш бали этиб белгиланади. Жорий ёки оралиқ назоратдан саралаш балини тўпламаган талабалар якуний назоратга киритилмайди. ➖ Академик гуруҳ учун бир кунда биттадан ортиқ якуний назорат ўтказилишига йўл қўйилмайди. Якуний назоратлар камида бир кун оралиғида белгиланади. ➖ Якуний назорат натижалари бўйича қониқарсиз балл олган талабага семестр якунида икки ҳафта муддатда бир марта бепул қайта топшириш имконияти берилади. ➖ Семестр ва ўқув йили якунида академик қарздорлиги мавжуд талабалар ўқишдан четлаштирилмайди. Улар фақат қарздор бўлган фанларни қайта ўзлаштириб, шу фанлар учун шартнома маблағини тўлайди. ➖ Академик қарздор талабалар учун ёзги семестр ташкил этилиши мумкин. Ёзги семестрда қайта ўқиш фақат тўлов асосида амалга оширилади (бир марта бепул қайта топшириш ҳолати бундан мустасно). ➖ Талаба баҳолаш натижасидан норози бўлса, баҳолаш муддати якунланганидан кейин 48 соат ичида апелляция бериш ҳуқуқига эга. Апелляция комиссияси шикоятни 2 иш куни ичида кўриб чиқади. @u_generalissimus
видео или голосовое, без подписи
#Qabul2026 #Abituriyent2026 📣 Abituriyentlar diqqatiga! 🎥 Tanlovning 2-bosqichi bo‘yicha tayyorlangan videoqo'llanma bilan tanishib boring. Mazkur videoqo‘llanmada abituriyentlar uchun muhim ma’lumotlar mavjud. ❗️ Tanlovning 2-bosqichida ta’lim yo‘nalishlari, oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakli va tanlov ustuvorligini tanlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan barcha abituriyentlarga videoqo‘llanma bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Youtube orqali ko‘rish (HD formatda) Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
видео или голосовое, без подписи
❗️Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari uchun 1 452 ta davlat granti tasdiqlandi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-oʻquv yili uchun respublikada faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga 1 452 ta davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi. Eslatib o‘tamiz, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga qabul jarayonlari iyun–sentyabr oylari davomida bo‘lib o‘tadi. Qabul to‘liq yakunlangach, muayyan xorijiy va nodavlat OTMga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun davlat granti ajratilgan ta’lim sohalari bo‘yicha tanlovda qatnashish imkoniyati yaratiladi. 📝 Tanlov tartibi: 🔹 To‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalar grant o‘rinlari uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tadilar (PQ–4319-son qaroriga muvofiq belgilangan miqdorda to‘lov undiriladi); 🔹 Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun alohida test sinovlari tashkil etiladi; 🔹 Test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plangan ballar ketma-ketligi bo‘yicha shakllantirilgan ro‘yxat tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga yetkaziladi. Davlat oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida qatnashib, talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga ham to‘plagan ballari asosida mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ushbu grant tanlovida ishtirok etish huquqi beriladi. ℹ️ Test sinovlarini o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tishning aniq muddatlari qabul jarayonlari to‘liq yakunlangach qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi. 👉 @xushnudbek 👈
Tanlovda adashmang — Jizzax politexnika institutini tanlang! Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar uchun tanlovning 2-bosqichida ta’lim yo‘nalishlari, oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakli va tanlov ustuvorligini tanlash jarayoni boshlandi. Muhandis kadrlar tayyorlash bo'yicha yetakchi oliy ta'lim muassasalaridan biri bo'lgan Jizzax politexnika instituti sizni kutmoqda! Jizzax politexnika institutida 2026–2027-o'quv yili uchun talabalar qabuli davom etmoqda. Joriy yilda bakalavriat bosqichida 42 ta kunduzgi, 16 ta kechki hamda 5 ta masofaviy ta'lim yo'nalishi bo'yicha hujjatlar qabul qilinadi. Zamon bilan hamnafas muhandis bo'lishni istaysizmi? Unda ushbu imkoniyat aynan siz uchun! Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari, qabul kvotalari, fanlar bloki, o'tgan yilgi o'tish ballari hamda boshqa ma'lumotlar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin: 👉 https://t.me/jizpi_online/60824 Vaqtni boy bermang — maqsadlaringiz sari harakatni bugundan boshlang! Porloq kelajak sari ilk qadamni biz bilan tashlang! Shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasining Sujou texnologiyalar universiteti bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha ham qabul davom etmoqda: 👉 https://t.me/jizpi_online/60457 Call-markaz: 👉 https://t.me/jizpi_online/60825?single 📞 94-199-22-33, 88-528-79-00, 94-342-27-32, 72-226-45-47 📱 @jizpi_online