𝑱𝒊𝒛𝒛𝒂𝒙 𝑴𝑶𝑵𝑶𝑴𝑨𝑹𝑲𝑨𝒁. . .
СтатистикаJizzax shahridagi Kasbiy Ko'nikmalar MARKAZI Admin tel raqami: +99893 940 31 00 𝐵𝑒𝑘𝑧𝑜𝑑 𝑆ℎ𝑢𝑘𝑢𝑟𝑜𝑣 Elektron pochta jizzaxmonomarkaz02@gmail.com Joylashuv Jizzax monomarkazi https://maps.google.com/maps
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 15
- Всего постов
- 1 450
- Тип
- открытый
- Язык
- ilo
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 190
- 1/48двое суток
- 217
- 1/72трое суток
- 234
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🇩🇪 Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan hamshiralar diqqatiga! Migratsiya agentligi hamda Germaniyaning “SBH West GmbH” tashkiloti oʻrtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan, tajribali tibbiyot xodimlarini nemis tiliga oqitib, xalqaro B2 sertifikati muvaffaqiyatli qabul qilingandan so'ng ishga joylashtiriladi. Loyiha uchun ajratilgan o'rinlar soni: 20 ta Nomzodlar uchun talablar: ✔️ 19-40 yosh oralig'idagi erkak va ayollar; ✔️ Tibbiyot sohasida kollej va texnikum diplomlari; ✔️ sudlanmagan, jismonan-ruhiy sog‘lom va yuqumli kasalliklarsiz; ✔️ Bemorlarga gʻamxoʻrlik qilishi; ✔️ nemis tilini o'rganishga ishtiyoq va salohiyat; ✔️ Nemis tilini 12-14 oy davomida B2 darajasiga qadar o'rganishga tayyor bo'lish ✔️Yangi ish va yashash sharoitlariga tez moslashuvchanlik. ✔️ Germaniyada uzoq muddat ishlash istagida bo'lish; ✔️ Gyote instituti, telc, ECL yoki ÖsD imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtishi. Loyihada ishtirok etish istagida boʻlgan fuqarolarga quyidagi sharoitlar yaratib beriladi: 📌 Bepul nemis tili kurslari 📌 Xalqaro nemis tili imtihoni uchun to'lov 📌 Diplomni tan olish va hujjatlarni tarjima qilish bo'yicha yordam 📌Ishchi vizasini rasmiylashtirish xarajatlari 🛫 O'zbekistondan Germaniyaga aviachipta 📌Aeroportdan yashash joyigacha transfer 📌Tibbiy sug'urta 💶 Mehnat sharoitlari nemis hamshiralari bilan bir xil oylik qo'lga tegishi 1700 - 2200 yevrodan boshlanadi. Kasbiy tan olingandan so'ng oylik 2500 yevrodan boshlanadi va butun jarayon davomida doimiy qoʻllab-quvvatlanadi. 📝 Ro'yxatdan o'tish ☎️ Murojaat uchun: 71-202-33-55 (106, 107, 108 ichki raqam) yoki 1282 qisqa raqami 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
без подписи
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
#TAKLIF 🎓 Jizzax shahrida YANGI IMKONIYAT! Jizzax shahar 3-sonli texnikumi 🔹 2026/2027-o‘quv yili uchun umumiy o‘rta ta’lim asosida Kunduzgi va DUAL TA’LIM shaklida o‘qishga QABUL e’lon qiladi! 🔹 Dual ta’lim nima? Bu — nazariya + amaliyot! Ya’ni o‘qish jarayoni ta’lim muassasasi va ishlab chiqarish (tashkilotlar) bilan hamkorlikda olib boriladi. ▪️Yo‘nalishlar: ▫️Kompyuter grafikasi va dizayn operatori; ▫️Kompyuter tizimlarida dasturlash; ▫️Elektrik; ▫️Tikuvchi; ▫️Avtomobillarni ta’mirlash va ularga xizmat ko'rsatish; ▫️Payvandlovchi; ▫️Oshpaz; ▫️Sartarosh (modeler); ▫️Bank nazoratchisi; ▫️Sotuvchi, nazoratchi-kassir; 📚 Ta’lim shakli: 🔹Kunduzgi va Dual (amaliy + nazariy) 🧑🎓 Qamrov: 9-sinf bitiruvchilar uchun. ✨ Kelajak kasbini bugundan tanlang! ✨ O‘qib turib tajriba orttiring! Murojatlar uchun telefonlar: 📞+99872 223 81 42 📞+99893 940 31 00 📌 Manzil: Jizzax shahar Sh.Rashidov shox ko'chasi 44-uy. (Eski monomarkaz) @JizzaxMonomarkaz
#Kun_Hikmati 📌 Boshqalardan afzal bo‘lishni emas, avvalgi holingdan afzalroq bo‘lishni xohla. Aqllar boshqalar bilan mashg‘ul bo‘lganda kichrayib, o‘z sohibi bilan mashg‘ul bo‘lganda kattalashadi. . . 🎯 Vilyam Shekspir
#Yoz #Avgust Bugun, 14 avgust #Jizzax_shahar ☀️ +37°...+23°, Ochiq havo Hozir: 🌡 N/A°, N/A m/s Tong: ☀️ +30° Kun: ☀️ +36° Oqshom: ☀️ +34° Namlik: 16% Shamol: Shimoliy, 6.3 m/s Bosim: N/A mm sim. ust. Oy: Qisqarayotgan oy Quyosh chiqishi: 05:39 Quyosh botishi: 19:27 @JizzaxMonomarkaz
🇩🇪 Germaniyada tibbiyot sohasida ishlashni xohlaysizmi? Migratsiya agentligi va Germaniyaning “Caritasverband für den Rhein-Erft-Kreis e.V.” uyushmasi bilan hamkorlikda tajribali tibbiyot xodimlari uchun katta imkoniyat! 🩺 Qariyalarni parvarishlash sohasida ishlash uchun nomzodlar qabul qilinmoqda! Qo'lga tegadigan oylik: 2.061,52 yevrodan boshlanadi (kasbiy malaka tan olinishidan oldin) Malaka tan olingandan so‘ng: 2.338,98 yevro dan boshlanadi. Bo'sh ish o'rinlari: 50 ta Talablar: ▪️Kamida 2 yillik ish tajribasi (hamshiralik, parvarish sohasida) ▪️ Yosh: 23–39 yosh ▪️ Sudlanmagan, sog‘lom va yuqumli kasalliklarsiz ▪️ Tibbiyot kolleji va texnikum diplomi (3 yillik) ▪️B2 darajada xalqaro nemis tili sertifikati va bilim ▪️Germaniyada qariyalar parvarishi sohasida ishlash uchun motivatsiya Imtiyozlar: ✅ Germaniyada diplomni tan olish jarayonida (Anerkennung) ish bilan ta'minlash ✅ Aeroportdan yashash joyigacha transfer ✅ Jihozlangan turar joy (birinchi oy ijara to'lovi ish beruvchi tomonidan qoplanadi) ✅ Tibbiy sug'urta ✅ 400 yevro miqdorida "Xush kelibsiz" bonusi ✅ Yakshanba va bayram kunlaridagi ishlar uchun qo'shimcha to'lovlar ✅ 13-oylik maosh ✅ Barqaror mehnat shartnomasi 📥 Ro'yxatdan o'tish: ☎️Murojaat uchun: 72-223-90-65, 72-223-90-66 Yaqinlaringizga tarqating! 🌍 Bizni kuzatib boring: 😎 jizzax_agency
🇩🇪 Maktabdan — Germaniya klinikalarigacha: 1 500 ta grant o‘rni Tibbiyot sohasini tanlagan yoshlarni texnikumda o‘qish davridan boshlab Germaniyada ishlashga maqsadli tayyorlash imkoniyati haqida bilasizmi? 📚 Qo‘shma ta’lim dasturi doirasida O‘zbekiston bo‘ylab tanlab olingan 20 ta Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining “Hamshiralik ishi” yo‘nalishiga 2026-2027-o'quv yili uchun 1 500 ta grant o‘rni ajratildi. Dastur ishtirokchilari 3 yil davomida: 🔹 hamshiralik yo‘nalishida kasbiy bilim va ko‘nikmalarni egallaydi; 🔹 nemis tilini chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganib, B2 darajadagi xalqaro sertifikat olishga tayyorlanadi; 🔹 Germaniya tibbiyot sohasi talablariga mos maxsus kasbiy fanlarni o‘zlashtiradi; 🔹 o‘qishni tamomlagach, Germaniya klinikalarida ishlash uchun ish beruvchilar tanlovlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 🎯 Maqsad — yoshlarni texnikumda o‘qish davridan boshlab Germaniya mehnat bozori talablariga mos ravishda kasb va tilga tayyorlash. 📍 Hujjatlar Respublikamiz bo'ylab Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarida qabul qilinmoqda. 🗓 QABUL MUDDATI: 10-AVGUSTDAN -10-SENTYABRGACHA 🔗 Hujjatlarni onlayn topshirish uchun havola: my.edu.uz Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
📺📰 “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining taqdirlov marosimi — OAV nigohida 🏷 “O‘zbekiston 24” telekanali: 🔵“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining Respublika bosqichi 🔵Республиканский этап профессионального конкурса мастерства «Созидатели Нового Узбекистана» 🔵"Yangi O'zbekiston bunyodkorlari": kasbiy mahoratdan xalqaro maydonda 🔵"Yangi O'zbekiston bunyodkorlari" kasbiy mahorat milliy tanlovi g'oliblari munosib taqdirlandi 🔵 Kasbiy ta’lim: yangi bosqich, yangi imkoniyatlar 🔵"Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" kasbiy mahorat milliy tanlovining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi 🔵 "Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" tanlovi 🔵"Yangi O'zbekiston bunyodkorlari" kasbiy mahorat milliy tanlovi g'oliblari taqdirlandi 🏷 “MY5” telekanali: 🔵"Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" tanlovining g‘oliblari taqdirlanishdi 🏷 “Yoshlar” telekanali: 🔵“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi tafsilotlari 🏷 "UZA" saytida: 🔵Yangi O‘zbekistonning fidoyi bunyodkorlari 🏷 "Kun.uz" saytida: 🔵O‘zbekistonda ilk bor: 10 ta amaliy kasb bo‘yicha 120 nafar yosh Prezident sovrini bilan taqdirlandi Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
#Yoz #Avgust Bugun, 13 avgust ☀️ +37°...+23°, Ochiq havo Hozir: 🌡 N/A°, N/A m/s Tong: ☀️ +29° Kun: ☀️ +36° Oqshom: ☀️ +34° Namlik: 15% Shamol: Shimoliy, 6.4 m/s Bosim: N/A mm sim. ust. Oy: Qisqarayotgan oy Quyosh chiqishi: 05:38 Quyosh botishi: 19:29 @JizzaxMonomarkaz
без подписи
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ Xizmat safariga yuborilgan taqdirda ish beruvchi xodimga quyidagilarni qoplashi shart: ✅yo‘lkira xarajatlari; ✅turar joy ijarasi xarajatlari; ✅doimiy yashash joyidan tashqarida yashash bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar (sutkalik); ✅xodim tomonidan ish beruvchining ruxsati yoki roziligi bilan qilingan boshqa xarajatlar. Xizmat safarlari bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini qoplash miqdorlari jamoa shartnomasi yoki ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilingan ichki hujjat bilan belgilanadi. 👉Batafsil Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🔥 41 KUN QOLDI! 🏆 KASBIY MAHORAT — KELAJAKNI O‘ZGARTIRADI! #WorldSkillsUzbekistan #WorldSkills #Shanghai2026 #41KunQoldi #SkillsChangeLives #KasbiyMahorat #KelajakKasblari Web-sayt|Facebook|Telegram|Youtube |Instagram
#Yoz #Avgust Bugun, 12 avgust ☀️ +38°...+26°, Ochiq havo Hozir: 🌡 N/A°, N/A m/s Tong: ☀️ +30° Kun: ☀️ +37° Oqshom: ☀️ +35° Namlik: 25% Shamol: Shimoliy, 7.8 m/s Bosim: N/A mm sim. ust. Oy: Qisqarayotgan oy Quyosh chiqishi: 05:37 Quyosh botishi: 19:30 @JizzaxMonomarkaz
🌍 BILASIZMI? SHANGHAI 2026 — DUNYO KASBIY MAHORAT MARKAZIGA AYLANADI! 🏆 WorldSkills Shanghai 2026 — 48-jahon kasbiy mahorat chempionati 2026-yil 22–27-sentabr kunlari Xitoyning Shanxay shahrida bo‘lib o‘tadi. ⏳ Bugun — 12-avgust 2026. Dunyoning eng nufuzli kasbiy mahorat chempionati boshlanishiga atigi 41 KUN QOLDI! Bu oddiy chempionat emas. Bu — yosh mutaxassislar: 🔹 o‘z kasbiy mahoratini xalqaro standartlar asosida namoyish etadigan; 🔹 dunyoning yetakchi ekspertlari bilan tajriba almashadigan; 🔹 o‘z bilim va imkoniyatlarini xalqaro darajada sinovdan o‘tkazadigan; 🔹 kelajagi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadigan global maydon. 📊 SHANGHAI 2026 RAQAMLARDA: 🔹 48-jahon kasbiy mahorat chempionati 🔹 64 ta kasb bo‘yicha bellashuv 🔹 1 400 dan ortiq yosh mutaxassis 🔹 70 dan ortiq mamlakat va hudud vakillari 🔹 Bellashuvlar Shanxaydagi National Exhibition and Convention Center — NECC majmuasida o‘tkaziladi 🚀 NEGA WORLDSKILLS MUHIM? WorldSkills maydonida yoshlar faqat medal uchun kurashmaydi. Ular: 🔹 xalqaro kasbiy standartlarni o‘rganadi; 🔹 o‘z kasbining global rivojlanish tendensiyalarini kuzatadi; 🔹 xalqaro ekspertlar va tengdoshlari bilan tajriba almashadi; 🔹 kasbiy mahoratini jahon darajasida sinovdan o‘tkazadi; 🔹 ta’limi va kelajakdagi karyerasi uchun yangi imkoniyatlarga ega bo‘ladi. 🇺🇿 WorldSkills Uzbekistan’ning maqsadi — yoshlarimizga global kasbiy mahorat olamining eshiklarini ochish! Bugun puxta tayyorlangan yosh mutaxassis — ertaga O‘zbekistonning xalqaro maydondagi kuchi va faxridir! 🔥 41 KUN QOLDI! 🏆 KASBIY MAHORAT — KELAJAKNI O‘ZGARTIRADI! #WorldSkillsUzbekistan #WorldSkills #Shanghai2026 #41KunQoldi #SkillsChangeLives #KasbiyMahorat #KelajakKasblari Web-sayt|Facebook|Telegram|Youtube |Instagram
#ДИҚҚАТ #ТАРҚАТИНГ ❗️Мустақиллик байрамида ўзбекистонликлар неча кун дам олади? Президент фармонига кўра, 31 август – душанба куни иш ҳафтасининг туридан қатъи назар барча ходимлар учун қўшимча дам олиш куни деб белгиланган. Шунга мувофиқ, ҳафтасига 5 кун ишловчилар Мустақиллик байрамида кетма-кет тўрт кун (29 август – 1 сентябр), 6 кун ишловчилар эса кетма-кет уч кун (30 август – 1 сентябр) дам олади. 🟡 29 август, шанба – одатий иш ёки дам олиш куни 🟢 30 август, якшанба – одатий дам олиш куни 🟢 31 август, душанба – барча учун қўшимча дам олиш куни 🟢 1 сентябр, сешанба – Мустақиллик байрами куни 2 сентябр, чоршанба – барча учун одатий иш куни. @JizzaxMonomarkaz
без подписи
🌍 WORLDSKILLS UZBEKISTAN — XALQARO KASBIY TA’LIM VA KASBIY MAHORAT OLAMIGA YO‘L OCHADI! 🏆 Chempionat formati: 🔹 Yosh chegarasi: 18–22 yosh 🔹 Chempionat davomiyligi: 4 kun 🔹 Amaliy imtihon: jami 18 soat 🔹 Amaliy topshiriq: modullar asosida bajariladi 🔹 Baholash: har bir ishtirokchining ishini 4 nafar ekspert baholaydi 🚀 WorldSkills Uzbekistan sizga qanday imkoniyatlar yaratadi? WorldSkills harakati orqali siz: 🔹 WorldSkills Occupational Standards — WSOS xalqaro kasbiy standartlarini o‘rganasiz; 🔹 kasbingiz bo‘yicha xalqaro talablar, amaliy topshiriqlar va baholash mezonlari bilan tanishasiz; 🔹 WorldSkillsga a’zo 89 ta mamlakat va hududning ilg‘or kasbiy ta’lim tajribasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lasiz; 🔹 rasmiy ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari orqali WorldSkills Horizon xalqaro tizimiga kiritilish imkoniyatini qo‘lga kiritasiz; 🔹 turli mamlakatlardan kelgan ekspertlar, trenerlar va mutaxassislar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilasiz; 🔹 xalqaro tajriba almashish, professional hamkorlik va qo‘shma loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirasiz; 🔹 zamonaviy va istiqbolli kasblar, yangi texnologiyalar hamda kasbga o‘qitishning ilg‘or metodikalarini o‘rganasiz; 🔹 xalqaro chempionatlar, treninglar va almashinuv dasturlarida qatnashish orqali professional rivojlanish yo‘lingizni global darajaga olib chiqasiz. 🤝 WorldSkills oilasiga qo‘shilish — global kasbiy hamjamiyatning bir qismiga aylanish demakdir. Bu yerda bugungi kunning trend kasblari, xalqaro standartlar, zamonaviy o‘qitish metodikalari va dunyo tajribasi siz uchun ochiladi. ✨ Kechagi orzu — bugungi imkoniyatga, bugungi mahorat esa ertangi muvaffaqiyatga aylanadi! 🇺🇿 WorldSkills Uzbekistan — kasbingizni xalqaro maydonga olib chiqadigan ishonchli ko‘prik! Web-sayt|Facebook|Telegram|Youtube |Instagram
🌍 BILASIZMI? 18 YOSHDAN BOSHLAB WORLDSKILLS ORQALI O‘ZBEKISTON SHARAFINI HIMOYA QILISHINGIZ MUMKIN! Tasavvur qiling: siz tanlagan kasbingiz bo‘yicha dunyoning eng kuchli yosh mutaxassislari bilan bir maydonda bellashyapsiz va O‘zbekiston bayrog‘ini xalqaro sahnada ko‘taryapsiz! 🇺🇿 Bunday imkoniyatni WorldSkills taqdim etadi. 🏆 WorldSkills Shanghai 2026 jahon chempionatida rekord darajadagi 64 ta kasb bo‘yicha bellashuvlar o‘tkaziladi. Ammo bir muhim savol bor: ❓ Sizning yoshingiz ishtirok etish talablariga mos keladimi? WorldSkills kasblari ikki yosh toifasiga ajratilgan: 🔵 18–22 YOSH TOIFASI — 52 TA KASB 01. Sanoat mexanikasi 03. Intellektual xavfsizlik texnologiyasi 05. Mexanik muhandislik CAD 06. CNC tokarlik 07. CNC frezalash 08. Mobil ilovalarni ishlab chiqish 09. Dasturiy ilovalarni ishlab chiqish 10. Payvandlash 11. Dasturiy ta’minotni sinovdan o‘tkazish 12. Devor va polga plitka yotqizish 13. Avtomobil kuzovini ta’mirlash 15. Santexnika va isitish tizimlari 16. Elektronika 17. Veb-texnologiyalar 18. Elektr montaj ishlari 19. Sanoat boshqaruvi 20. G‘isht terish 21. Suvoqchilik va gipsokarton tizimlari 22. Bo‘yoqchilik va bezatish 23. Avtonom mobil robototexnika 24. Mebelsozlik 25. Yog‘ochga ishlov berish 26. Qurilish duradgorligi 27. Zargarlik 28. Floristika 29. Sartaroshlik 30. Go‘zallik terapiyasi 31. Moda texnologiyasi 32. Qandolatchilik 33. Avtomobil texnologiyasi 34. Oshpazlik 35. Restoran xizmati 36. Avtomobillarni bo‘yash 37. Landshaft bog‘dorchiligi 38. Sovutish va konditsionerlash 39. AT tarmoq tizimlarini boshqarish 40. Grafik dizayn texnologiyasi 41. Tibbiy va ijtimoiy parvarish 42. Tish protezlash 43. Chakana savdo 44. Vizual merchandayzing 45. Raqamli interaktiv media dizayni 46. Beton konstruksiyalar qurilishi 47. Nonvoylik 49. Og‘ir transport vositalari texnologiyasi 50. 3D raqamli o‘yin san’ati 51. Logistika va yuklarni jo‘natish 52. Kimyo laboratoriyasi texnologiyasi 56. Mehmonxona qabul xizmati 61. Temiryo‘l transporti texnologiyasi 62. Qayta tiklanuvchi energetika 64. Uchuvchisiz havo tizimlari 🟠 18–25 YOSH TOIFASI — 12 TA KASB 02. AKT tarmoq infratuzilmasi 04. Mexatronika 14. Havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish 48. Sanoat 4.0 53. Bulutli hisoblash 54. Kiberxavfsizlik 55. Suv texnologiyasi 57. Additiv ishlab chiqarish 58. Raqamli qurilish 59. Sanoat dizayni texnologiyasi 60. Optoelektronika texnologiyasi 63. Robot tizimlarini integratsiyalash 📌 Yosh chegarasi qanday hisoblanadi? 🔹 18–22 yosh toifasida ishtirokchi chempionat o‘tkaziladigan kalendar yilida 23 yoshga to‘lmasligi kerak. 🔸 18–25 yosh toifasida esa ishtirokchi chempionat o‘tkaziladigan kalendar yilida 26 yoshga to‘lmasligi kerak. ⚠️ Faqat yoshning mos kelishi yetarli emas. Nomzod: ✅ tanlagan kasbi bo‘yicha yetarli bilim va amaliy mahoratga ega bo‘lishi; ✅ WorldSkills Uzbekistan talablariga javob berishi; ✅ hududiy va milliy saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tishi kerak. Saralashda eng yuqori natija ko‘rsatgan yosh mutaxassislar O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibiga qabul qilinadi. 🇺🇿 🚀 Ehtimol, navbatdagi jahon chempioni aynan sizdir! Kasbingizni tanlang, mahoratingizni rivojlantiring va xalqaro maydon sari birinchi qadamni tashlang! 📲 Ushbu ma’lumotni kasb-hunar o‘rganayotgan do‘stlaringizga ham yuboring. Balki bu post kimningdir hayotini o‘zgartiradigan imkoniyatga aylanishi mumkin! #WorldSkillsUzbekistan #WorldSkills #KasbiyMahorat #64Kasb #YoshMutaxassis #KasbiyTalim #WorldSkillsShanghai2026 Web-sayt|Facebook|Telegram|Youtube |Instagram
🌍 BILASIZMI? WORLDSKILLS KASBLARI SAFI YANADA KENGAYMOQDA! 🚀 2027-yildan WorldSkills xalqaro kasblar portfelini rivojlantirish doirasida yana 8 ta zamonaviy va istiqbolli kasb bo‘yicha takliflar ilgari surilmoqda. ### 🆕 Yangi kasblar: 01. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish *Agriculture Crop Production* 02. Sun’iy intellekt muhandisligi *AI Engineering* 03. Biznes-tahlil xizmatlari *Business Analysis Services* 04. Qassoblik va go‘sht mahsulotlarini tayyorlash *Butchery* 05. Lift va eskalatorlarni o‘rnatish hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish *Elevator and Escalator Installation and Maintenance* 06. Jismoniy muhitda ishlovchi intellektual robototexnika *Embodied Intelligent Robotics* 07. Shisha konstruksiyalar texnologiyasi *Glass Construction Technology* 08. Tom yopish ishlari *Roofing* 📌 Ushbu yangi kasblarning xalqaro chempionatlar dasturiga yakuniy kiritilishi WorldSkills International tomonidan belgilangan baholash, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari asosida amalga oshiriladi. 🔥 18–22 YOSH ORALIG‘IDAMISIZ? Agar siz kasb egallashga, mahoratingizni xalqaro darajada namoyish etishga va O‘zbekiston sharafini himoya qilishga tayyor bo‘lsangiz — WorldSkills Uzbekistan oilasiga qo‘shiling! 🇺🇿 WorldSkills Uzbekistan 2019-yildan buyon faoliyat yuritadi va 2020-yildan WorldSkills Internationalning rasmiy a’zosi hisoblanadi. Tashkilot O‘zbekistonda WorldSkills xalqaro standartlari asosida: 🔹 milliy va xalqaro kasbiy mahorat chempionatlarini tashkil etadi; 🔹 iqtidorli yoshlarni saralab oladi va tayyorlaydi; 🔹 ekspertlar hamda trenerlar salohiyatini rivojlantiradi; 🔹 kasbiy ta’limga xalqaro standartlarni joriy etadi; 🔹 O‘zbekiston milliy terma jamoasining xalqaro chempionatlardagi ishtirokini muvofiqlashtiradi. 🎯 Kasbingizni tanlang! 🏆 Mahoratingizni rivojlantiring! 🌍 O‘zbekiston nomini dunyoga taniting! #WorldSkillsUzbekistan #WorldSkills #YangiKasblar #KasbiyMahorat #Yoshlar #KasbiyTalim #KelajakKasblari #SuniyIntellekt #Robototexnika