Libjomboy rasmiy kanal
Статистика🏛️Jomboy tuman axborot-kutubxona markazining telegramdagi rasmiy sahifasi 🌐 Yangiliklar 🎙️ Tadbirlar 🖥️ Elektron kitoblar https://taplink.cc/libjomboy
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 34
- Всего постов
- 168
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 39
- 1/48двое суток
- 44
- 1/72трое суток
- 48
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#Kitob_taqdimoti 📚 Ilm va ma’rifatga eltuvchi yo‘l — kitobdan boshlanadi! A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan milliy adabiyotimiz va ona tilimizga oid qimmatli nashrlar 4 jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi”, “Zarif so‘z ziyorati” va “O‘zbek tili omonimlari lug‘ati” kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir mehmoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Eminov Azizjon G‘ulomjonovich tashrif davomida axborot-kutubxona markazining faoliyati, kitob fondi, zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlari hamda kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. 📖 Taqdimot davomida mazkur nashrlarning ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati, o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganishdagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Ayniqsa, buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiyning bebaho merosini keng targ‘ib etishda “Alisher Navoiy ensiklopediyasi”ning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Tadbir yakunida “Alisher Navoiy ensiklopediyasi”, “Zarif so‘z ziyorati” va “O‘zbek tili omonimlari lug‘ati” kitoblaridan axborot-kutubxona markazi fondiga esdalik sovg‘a sifatida taqdim etildi. ⬇️Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!!! 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube | 📱Web Sayt
📚 #Mutolaa Uchun Tavsiya Stiv Bryus "Sotsiologiya" Jamiyat qanday shakllanadi? Insonlar o‘rtasidagi munosabatlar, ijtimoiy jarayonlar va guruhlar qanday ishlaydi? Stiv Bryusning "Sotsiologiya" kitobi jamiyatni o‘rganishning asosiy tushunchalari va tamoyillarini sodda hamda tushunarli tarzda yoritadi. Muallif kundalik hayotimizdagi ijtimoiy hodisalarga ilmiy nuqtayi nazardan qarashga yordam beradi. 📌 Kitobda: ✅ jamiyat va ijtimoiy tuzilmalarning mohiyati; ✅ inson xulq-atvoriga ta’sir qiluvchi omillar; ✅ ijtimoiy guruhlar va munosabatlar; ✅ zamonaviy jamiyatdagi muhim jarayonlar haqida fikr yuritiladi. "Sotsiologiya" — jamiyatni chuqurroq anglash, insonlar o‘rtasidagi aloqalarni tushunish va ijtimoiy jarayonlarga ilmiy yondashishni istagan talabalar, tadqiqotchilar hamda barcha kitobxonlar uchun foydali manba. Jamiyat sirlarini yaxshiroq tushunish uchun ushbu kitobni mutolaa qiling!
без подписи
#siyosiy_maʼrifat_soati #31_son Jomboy tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari siyosiy-ma'rifat soatining navbatdagi 31-sonida ishtirok etishdi. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. 📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: ⬇️ Telegram |Instagram |Facebook|Youtube| Web-sahifa
#Kichik_hikoya 📖 KITOB BILAN TOPILGAN YO‘L Bir kuni kichik bir qishloqda yashovchi yigit hayotida nimadir yetishmayotganini his qildi. U ko‘p o‘ylardi, ammo to‘g‘ri yo‘lni topolmasdi. Kunlardan bir kun u kutubxonaga kirib qoldi. Jimjitlik, kitob hidlari va sahifalardan taralayotgan hikmatlar uni o‘ziga rom etdi. U bir kitobni ochdi. Har bir sahifada sabr, mehnat va bilim haqida so‘zlar bor edi. O‘sha kundan boshlab yigit kutubxonaga tez-tez keladigan bo‘ldi. Kitoblar unga nafaqat bilim, balki ishonch ham berdi. Oradan yillar o‘tdi. Yigit jamiyatda o‘z o‘rnini topdi. U har doim shunday derdi: “Agar o‘sha kuni kutubxonaga kirmaganimda, bugungi men bo‘lmasdim.” ✨ Xulosa: Kutubxona — bu faqat kitoblar maskani emas, balki inson taqdirini o‘zgartiruvchi ma’naviyat manbaidir. 📚 Keling, bilim sari bir qadamni bugun qo‘yaylik! 📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: ⬇️ Telegram |Instagram |Facebook|Youtube| Web-sahifa
Asrlar o‘tsa ham o‘z qiymatini yo‘qotmaydigan ma'naviy xazina: Kaykovus — "Qobusnoma" 📚✨ Sharq mumtoz adabiyotining yorqin namunalaridan biri bo‘lgan Kaykovusning "Qobusnoma" asari insonni komillikka yetaklovchi, hayotning har bir jabhasiga oid qimmatli o‘gitlari bilan qadrlidir. Ushbu asar muallif tomonidan o‘z farzandiga nasihat sifatida yozilgan bo‘lib, unda ilm egallash, odob-axloq, kasb-hunar tanlash, do‘st tutish va muomala madaniyati kabi hayotiy mavzular chuqur falsafiy yondashuv bilan ochib berilgan. Har bir sahifasi hikmatga to‘la bu kitob har bir kitobxon uchun o‘ziga xos hayotiy yo‘riqnoma vazifasini o‘taydi. 🌿📖 📌 Ushbu qadrli asar kutubxonamiz fondidan o‘rin olgan. Mutolaa qilish uchun sizni kutubxonamizga taklif etamiz! 🏛📚 📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: ⬇️ Telegram |Instagram |Facebook|Youtube| Web-sahifa
ASSALOMU ALAYKUM, KITOBXON QALBLAR! 🍂 Bugungi fayzli kun barchangizga muborak bo‘lsin! Kuningiz kitobning eng qiziqarli sahifasidek hayajonli, mutolaadek maroqli va ezgu amallarga boy o‘tsin. ✨ Qalbingizdan ezgulik, yuzingizdan tabassum arimasin. Yaxshi kayfiyat kun davomida sizga hamroh bo‘lsin.
📚 Ilmiy elektron bazalar bilan tanishing! 🔹 ProQuest — ilmiy maqolalar, dissertatsiyalar, elektron kitoblar va boshqa ilmiy manbalardan foydalanish imkoniyati. 🔹 EBSCO — turli fan yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy maqolalar, jurnallar, elektron kitoblar va ishonchli ma’lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyati. 🔹 Znanium — elektron darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar va ilmiy adabiyotlarning keng to‘plamidan foydalanish imkoniyati. 🔹 Web of Science — nufuzli ilmiy jurnallar, maqolalar va iqtiboslar ma’lumotlar bazasi orqali ilmiy izlanishlarni samarali olib borish imkoniyati. 🔹 Virtual o‘quv zali (ВЧЗ РГБ) — Rossiya davlat kutubxonasining ilmiy va o‘quv adabiyotlari, dissertatsiyalar, avtoreferatlar, davriy nashrlar, noyob kitoblar va boshqa elektron resurslaridan foydalanish imkoniyati. ⬇️Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!!! 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube | 📱Web Sayt
🙂 Siz hech o‘ylab ko‘rganmisiz – inson qalbining eshigi ochilishi uchun ba’zida faqat bitta tabassum kifoya qiladi? ☑️Karnegi shunday deydi: odamlarning ismini eslab qolish, ularga chin yurakdan mehr ko‘rsatish – bu yirik yutuqlardan ham muhimroqdir. Chunki odamlar sizning bilimlaringizni emas, avvalo siz ularga qanday munosabatda bo‘lganingizni eslab qoladilar. “Yaxshi so‘z – hadya, tabassum – sovg‘a, e’tibor – boylikdir.” 📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: ⬇️ Telegram |Instagram |Facebook|Youtube| Web-sahifa
без подписи
без подписи
без подписи