JustLex
Статистика📚 Yakuniy tahlillar ⚖️ Kerakli va zarur manbalar 📝 Tushunarli, tartibli va asosli yechimlar 📩 Murojaat uchun:
- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 231
- 1/48двое суток
- 264
- 1/72трое суток
- 285
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
https://t.me/+NapK6P4-F3ZjMTYy
📣Fanlardan akademik qarzdor talabalarning kursdan-kursga o'tish jadvali ✅Ushbu jadvalga ko'ra 2-kursdan 3-kursga o'tish uchun 2-kursda o'qitilgan fanlardan 3 tagacha fandan yiqilgan va oldingi o'quv yilidan 1 ta, umumiy 4 ta fandan qarzdor bo'lsa o'tadi ⚠️ 2-kursda (2025-2026-o'quv yilida) o'qitilgan fanlardan 4 ta va undan ortiq qarzdor bo'lsangiz kursdan-kursga qolasiz ❌ ❗️Jadvalni yaxshilab o'qib chiqinglar
Assalomu alaykum hurmatli talabalar! ✅ 2025/2026 – o’quv yili bahorgi semestri yakuniy nazorat imtihonlari natijalari bugun 10/07/2025-yil soat 10:00 da std.tsul.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali e’lon qilinganligini ma'lum qilamiz. ✅ Yakuniy nazorat imtihonlari natijalaridan norozi bo’lgan talabalar bugun 10/07/2026-yil soat 10:00 dan 13/07/2025-yil soat 10:00 ga qadar std.tsul.uz platformasi orqali apellatsiya shikoyatlarini berishlari mumkin. Здравствуйте, уважаемые студенты! ✅ Сообщаем, что результаты итоговых контрольных экзаменов за весенний семестр 2025/2026 учебного года объявлены сегодня, 10.07.2026 года, в 10:00 через личный кабинет на платформе std.tsul.uz. ✅ Студенты, не согласные с результатами итоговых контрольных экзаменов, могут подать апелляционные жалобы с 10:00 сегодняшнего дня, 10.07.2026 года, до 10:00 13.07.2026 года через платформу std.tsul.uz.
🚀 Yuristim AI sinov versiyasi ishga tushdi! 🌐 Yuristimai.uz saytiga kiring, ro‘yxatdan o‘ting va platformamizni sinab ko‘ring. 💬 Sizning fikringiz biz uchun juda muhim. Saytdan foydalanganingizdan so‘ng o‘z taklif va mulohazalaringizni yuboring. 🎁 Har bir mazmunli fikr-mulohaza bildirgan foydalanuvchi yil oxirigacha Yuristim AI'ning barcha xizmatlaridan BEPUL foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi! ✅ Huquqiy savollaringizga javob oling ✅ Platformani birinchilardan bo‘lib sinab ko‘ring ✅ Loyihaning rivojlanishiga o‘z hissangizni qo‘shing @lawyer_nematov ⚖️ Huquqiy yordam — endi bir necha soniyada. Hurmat bilan, 🤝 Yuristim AI jamoasi @yuristim_online
Vanihoyat 6 ta fandan ham YN topshirib bo’ldik ❤️🔥
Hali uxlamaganlar bormi
⚖️ 1-kazus uchun sud ishi. 🎓 D.H. and Others v. Czech Republic (2007) 📌 Ishning mazmuni Ushbu ish Yevropa Inson Huquqlari Sudi tarixidagi ta’lim sohasidagi eng muhim kamsitish (diskriminatsiya) ishlardan biri hisoblanadi. Ish bo‘yicha 18 nafar roma (lo‘li) millatiga mansub bola va ularning oilalari Chexiya Respublikasiga qarshi shikoyat qilgan. Ularning ta’kidlashicha, ular aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan maxsus maktablarga joylashtirilgan va buning natijasida sifat jihatidan pastroq ta’lim olishga majbur bo‘lgan. Arizachilar bu holat aslida ularning etnik kelib chiqishi bilan bog‘liq bo‘lganini va ta’lim tizimida yashirin kamsitish mavjudligini da’vo qilgan. ⚖️ Sudning huquqiy pozitsiyasi Yevropa Inson Huquqlari Sudining Katta palatasi (Grand Chamber) quyidagilarni ta’kidladi: ➡️ Ta’lim olish huquqi barcha bolalar uchun teng ta’minlanishi kerak. ➡️ Qonunda ochiq diskriminatsiya bo‘lmasa ham, amalda muayyan guruhning boshqalarga nisbatan noqulay ahvolga tushib qolishi bilvosita diskriminatsiya (indirect discrimination) hisoblanishi mumkin. ➡️ Statistik ma’lumotlar ham diskriminatsiyani isbotlash uchun dalil bo‘la oladi. 📊 Sud e’tibor qaratgan faktlar Sud quyidagi statistik ma’lumotlarni muhim deb topgan: Ostrava shahrida roma bolalarining katta qismi maxsus maktablarga yuborilgan; roma bo‘lmagan bolalarning atigi 1,8 foizi maxsus maktablarga joylashtirilgan bo‘lsa, roma bolalarida bu ko‘rsatkich 50 foizdan ortiq bo‘lgan; maxsus maktab o‘quvchilarining aksariyat qismini roma bolalari tashkil qilgan. Sud qo‘llanilgan psixologik testlar roma bolalarining tili va madaniy xususiyatlarini hisobga olmaganini ham qayd etdi. 🏛 Sudning xulosasi Sud 13 ovozga 4 ovoz bilan: Konvensiyaning 14-moddasi (kamsitishni taqiqlash) va 1-Protokolning 2-moddasi (ta’lim olish huquqi) buzilgan degan xulosaga keldi. Roma bolalarining maxsus maktablarga nomutanosib ravishda joylashtirilishi bilvosita etnik diskriminatsiya deb topildi. 🔗 1-kazusingiz bilan bog‘liqligi Agar kazus: bolalarning ta’lim olish huquqi; bolalarga teng munosabatda bo‘lish; davlat qarorlarining ma’lum bolalar guruhiga salbiy ta’siri; ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning huquqlari bilan bog‘liq bo‘lsa, ushbu ish juda muhim pretsedent hisoblanadi. Masalan, mehribonlik uyining yopilishi natijasida ayrim bolalar boshqa bolalarga qaraganda yomonroq ta’lim, tarbiya yoki yashash sharoitiga tushib qolsa, bu ishda ishlab chiqilgan tenglik va kamsitmaslik standartlariga murojaat qilish mumkin. ⭐ Asosiy prinsip “Equal Access to Education” (Ta’limdan teng foydalanish prinsipi) va “Indirect Discrimination” (Bilvosita diskriminatsiyani taqiqlash prinsipi) “Davlatning neytral ko‘rinadigan siyosati yoki amaliyoti ma’lum bir etnik yoki ijtimoiy guruh vakillariga nomutanosib salbiy ta’sir ko‘rsatsa, bu bilvosita diskriminatsiya sifatida baholanishi mumkin.” 📖 Rasmiy sud qarori HUDOC – D.H. and Others v. the Czech Republic (Grand Chamber Judgment) D.H. and Others v. Czech Republic ishida Yevropa Inson Huquqlari Sudi ta’lim sohasida bilvosita diskriminatsiya mavjudligini tan olib, bolalarning teng ta’lim olish huquqi davlat tomonidan faol ravishda ta’minlanishi shartligini belgilagan. https://t.me/Just_Lex_aura
без подписи
✅ Inson huquqlari modulidan Lex.uzda topiladigan va topilmaydigan Xalqaro hujjatlari. 📌 Lex.uz dan topa oladigan xalqaro hujjatlar 1. Fuqaroviy va siysoiy huquqlari to'g'risidagi Xalqaro pakt (barcha kazuslar uchun kerak) va ikki ta 1-fakultativ bayonnomasi. 2. Iqtisodiy, Ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi Xalqaro Pakt 3. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi 4. Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya Lex.uz dan chiqmaydigan Xalqaro hujjatlar 1. Yevropa inson huquqlari konvensiyasi 2. BMT rezolyutsiyalari 3. Har bir kazus uchun kerakli sud ishlari ⚜️ Kanalga obuna bo‘ling va do‘stlaringizni ham taklif qiling! 🔰 https://t.me/Just_Lex_aura
CCPRning 28-sonli umumiy sharhi: 3-modda (Erkaklar va ayollar o'rtasidagi huquqlarning tengligi) - https://www.refworld.org/legal/general/hrc/2000/38892
📌 Inson huquqlari 2-kazus kerakli hujjatlar 1️⃣ Xalqaro huquq bo‘yicha 🌍 Asosiy hujjat: FSHXP (ICCPR) 🔹 17-modda → Shaxsiy hayot, yozishmalar va kommunikatsiyalar daxlsizligi. 🔹 19-modda → Fikr va ifoda erkinligi. 🔹 14-modda → Adolatli sud muhokamasi huquqi. 📖 General Comment №16 ➡️ “Yozishmalar” tushunchasi faqat xatlar emas. ➡️ SMS, e-mail, Telegram, WhatsApp va boshqa messenjerlar ham himoyalanadi. 📖 General Comment №34 ➡️ So‘z va ifoda erkinligi. ➡️ Davlat tanqidini ham himoya qiladi. 🌐 BMT rezolyutsiyalari 🔹 A/RES/68/167 (2013) ➡️ “Raqamli asrda shaxsiy hayot daxlsizligi” ➡️ Offline huquqlar = Online huquqlar ➡️ Kuzatuv inson huquqlariga tahdid. 🔹 A/RES/69/166 (2014) ➡️ Davlatlar kuzatuv qonunchiligini xalqaro standartlarga moslashtirishi kerak. 🔹 A/RES/73/179 (2018) ➡️ Josuslik dasturlari va raqamli kuzatuv xavf tug‘diradi. 📑 Frank La Rue hisoboti (A/HRC/23/40) ❄️ “Chilling Effect” (Sovutuvchi ta’sir) ➡️ Odamlar kuzatilayotganini bilsa: ❌ Erkin gapirmaydi ❌ Tanqid qilmaydi ❌ Ma’lumot izlashdan qo‘rqadi ❌ Jurnalistik manbalar bilan ishlash qiyinlashadi 2️⃣ Milliy qonunchilik 📜 Konstitutsiya 🔹 31-modda 📨 Yozishmalar siri 📞 Telefon so‘zlashuvlari siri 📧 Elektron xabarlar siri ⚖️ Faqat sud qarori bilan cheklanishi mumkin ➡️ Nafosatda sud qarori yo‘q ❌ 31-modda buzilgan 🔹 33-modda 🗣 Fikr erkinligi 📰 Axborot erkinligi ✍️ Jurnalistik faoliyat erkinligi ➡️ Tanqidiy maqolalardan keyin kuzatuv boshlangan ❌ 33-modda buzilgan 📜 “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun 🔹 4-modda 👤 Shaxsga doir ma’lumot tushunchasi ➡️ Telegram yozishmalari ham shaxsga doir ma’lumot 🔹 18-modda ✅ Rozilik bo‘lishi kerak yoki ✅ Qonuniy asos bo‘lishi kerak ➡️ Nafosat rozilik bermagan ➡️ Sud qarori ham yo‘q ❌ 18-modda buzilgan 🔹 28-modda 🔒 Ma’lumotlar maxfiyligi ➡️ Roziliksiz foydalanish mumkin emas ❌ 28-modda buzilgan 📜 “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun 🔹 13-modda 3-qism ❌ Roziliksiz: 📨 yozishmalar 📞 telefon suhbatlari 💬 muloqot sirlariga oid ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, foydalanish mumkin emas. ➡️ Nafosatda aynan shu holat yuz bergan 🔹 13-modda 6-qism 📰 Jurnalist manbasi ⚖️ Faqat sud qarori bilan oshkor qilinadi ➡️ Nafosat jurnalist ❌ Manbalar maxfiyligi xavf ostida qolgan 📜 Jinoyat-protsessual kodeksi 🔹 18-modda 🔒 Yozishmalar siri himoya qilinadi 🔹 29-modda ⚖️ Telekommunikatsiya ma’lumotlari faqat sud ruxsati bilan olinadi 🔹 311-modda 👨⚖️ Tergov sudyasi oldindan ruxsat beradi 🔹 95¹-modda ❌ Noqonuniy olingan ma’lumot = maqbul dalil emas ➡️ Nafosat yozishmalari noqonuniy olingan ➡️ Dalil sifatida ishlatilmasligi kerak edi 3️⃣ Xalqaro murojaat 🌍 BMT Inson huquqlari qo‘mitasi 📜 Birinchi Fakultativ Protokol 🇺🇿 O‘zbekiston 1995-yilda ratifikatsiya qilgan ➡️ Nafosat murojaat qila oladi 📌 Qo‘mitaga da’vo qilinadigan moddalar 🔹 17-modda ➡️ Shaxsiy hayot daxlsizligi 🔹 19-modda ➡️ Ifoda erkinligi 🔹 14-modda ➡️ Adolatli sud 📌 Murojaat shartlari ✅ Jabrlangan shaxs bo‘lish ✅ Milliy vositalarni tugatish ✅ Anonim bo‘lmaslik ✅ Boshqa xalqaro organda ko‘rilmayotgan bo‘lish ✅ Pakt huquqlari buzilgan bo‘lish 📌 Til 🇬🇧 Inglizcha 🇷🇺 Ruscha 🇫🇷 Fransuzcha 🇪🇸 Ispancha 🇨🇳 Xitoycha 🇸🇦 Arabcha ❌ O‘zbekcha emas 4️⃣ Cheklovlar testi (ENG MUHIM) Har qanday cheklov 3 ta sinovdan o‘tishi kerak ⚖️ 1. Qonuniylik (Legality) 📜 Qonunda aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak 👨⚖️ Sud nazorati bo‘lishi kerak ➡️ Nafosatda sud ruxsati yo‘q ❌ Buzilgan ⚖️ 2. Zaruriylik (Necessity) 📌 Demokratik jamiyat uchun zarur bo‘lishi kerak ➡️ Jurnalistning tanqidiy maqolasi ⚠️ Milliy xavfsizlikka tahdid emas ❌ Buzilgan ⚖️ 3. Mutanosiblik (Proportionality) 📌 Eng yengil vosita tanlanishi kerak ➡️ Barcha yozishmalarni olish ➡️ Dalil sifatida ishlatish ➡️ Haddan tashqari keng chora ❌ Buzilgan 🎯 XULOSA ❌ FSHXP 17-modda buzilgan ❌ FSHXP 19-modda buzilgan ❌ FSHXP 14-modda buzilgan ❌ Konstitutsiya 31-modda buzilgan ❌ Konstitutsiya 33-modda buzilgan ❌ Shaxsga doir ma’lumotlar Qonuni 18 va 28-moddalari buzilgan ❌ Axborot erkinligi Qonuni 13-moddasi buzilgan ❌ JPK 18, 29, 311 va 95¹-moddalari buzilgan https://t.me/Just_Lex_aura
🌙 Assalomu alaykum! 🤍 Sizni muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbdan tabriklayman! ✨ Ushbu qutlug‘ ayyom xonadoningizga fayz-u baraka, qalbingizga esa tinchlik va quvonch olib kelsin. 🤲 Alloh ibodat va duolaringizni qabul aylasin! 🐑 Qurbon hayiti muborak bo‘lsin! 📝 Hurmat bilan, Just Lex Aura https://t.me/Just_Lex_aura
Ertaga kiber huquq YN ga kiradigan talabalar bormi
✅ Kiber huquq fanidan har bir kazus uchun NHHlar to'plami va savollari bilan birga 1-kazus 2-kazus 3-kazus 4-kazus 5-kazus Barcha kazus NHHlar to'plami va savollari 📣 Kanalga obuna bo‘ling va do‘stlaringizni ham taklif qiling! 👉 @Just_Lex_aura⚖️ ✍️ To'liq javoblari kerak bo'lsa @The_yurist1 yozing
📚 5-kazus savollari va NHHlar to'plami har bir savol uchun 👍 5-kazus ("GlobalClaoud Tech" kazusi) Savollar 1️⃣ Elektron hujjat aylanish tizimidagi nosozlik sababli fuqarolarning shikoyatlarini koʻrib chiqmaslik va ularning huquqlarini cheklash oqibatini aniqlash maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat etganda huquqlari erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishining kafolatlari murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi hamda elektron hujjat yuridik kuchi va elektron davlat xizmatlariga doir talablar markaz rahbaryatining fuqarolar oldidagi javobgarligini moddiy huquq nuqtai nazaridan tahlil qiling ✅ Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risidagi qonun 18-19- modda, 27(1)(2) - moddalar. (20-21,22,24,26 - moddalar tahlili ixtiyoriy) himoya qilishi — 27, 27(1); 31-modda 3-qism ✅ Elektron hukumat t q 18- 16-moddalar ✅Axborotlash t q 11-modda 2. Xorijiy kompaniyaning o'z qilmishini kiber huquqning global .......... Xalqaro tajriba bilan oqlashga urinishi milliy qonunchiligimizga qay darajada mos keladi. Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risidagi qonunni buzganlik uchun javobgarlik masalasini ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks va jinoyat kodeksi normalari orqali tahlil qiling. ✅ Tijorat siri to'g'risidagi qonun 5-modda; —tijorat siri hisoblanmaydigan ma'lumotlar ✅ Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida qonun 11-modda ✅ Axborot olish erkinligi t q 6-modda 3. Davlat markazi tomonidan ochiq ma'lumotlar platformasi orqali shartnoma shartlari ochiqlanishi tijorat bahonasida rad etilishini o'zbekiston respublikasida tijorat sirini tashkil etishi mumkin bo'lmagan ma'lumotlar davlat hokimiyati boshqaruv organi faoliyatining ochiqligini ta'minlash usullari hamda axborot olish erkinligini ta'minlanish usullari va shakllari asosida tahlil qiling. ✅ Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'grisidagi qonun 17-24-moddalari; ✅ Elektron hujjatning aylanishi to'g'risidagi qonun 7-modda; ✅ Elektron hukumat to'g'risidagi qonun 20-modda 4. Kompaniyaning shastga doir maʼlumotlarini himoya qilishi va shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishini tahlil qiling. Rozilikni berish va chaqirib olish tartibi qanday. ✅ Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risidagi qonun 8-modda ✅ Axborotlashtirish to'g'risidagi qonun 4-modda; ✅ MJTK 46(2); ✅ Jinoyat kodeksi 141 (2) -moddasi. ✅ Konstitutsiya 27-modda 📣 Kanalga obuna bo‘ling va do‘stlaringizni ham taklif qiling! 👉 @Just_Lex_aura⚖️ ✍️ To'liq javoblari kerak bo'lsa @The_yurist1 yozing
✅ 4-kazus savollari va NHHlar to'plami har bir savol uchun 👍 4-kazus ("lex-protect" advokatlik hay'ati) Savollar 1️⃣ O'zbekiston respublikasi advokatlik siri advokatlik vakolatlari advokatlarning daxlsizligi hamda shaxsga doir ma'lumotlarni transchegaraviy uzatish qoidalari asosida vaziyatni tahlil qiling. ✅ Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida 5-6-9-moddalar; ✅ shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risidagi qonun 15-27(1)-modda ✅ Advokatura to’g’risidagi 6-9-14-modda 2️⃣ Advokatlar hayatining mijoz bilan tuzilgan shartnomadagi javobgarlikni cheklash to'g'risidagi maxsus bandida zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar, javobgarlikdan ozod qilish haqidagi kelishuvning haqiqiy emasligi hamda tadbirkorlik faoliyat subyektlarning huquq majburiyatlari toʻgʻrisida huquqiy baho bering. ✅ Fuqarolik Kodeksi 9-14-332-333-334-985-moddalar, ✅ Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida 3-8-9-38-modda ✅ Advokatura to’g’risidagi 9(1)-modda 3. Vaziyatdan kelib chiqib forsmajor holatini baholash masalasini o'zbekiston respublikasi qonunchiligi doirasida hamda davlat organlari va tashkilotlarining kiberxavfsizlikni ta'minlash borasidagi huquq-majburiyatlari va kiber xavfsizlik subyektlarining huquq va majburiyatlari doirasida tahlil qiling. ✅ Fuqarolik Kodeksi 332-333-334-modda (333-asosan 3-qismi) ✅ Kiberxavfsizlik to'g'risidagi qonun 3-5-14-16-17-22-23-37-moddalar. ✅ Urg"uni FK 989 📣 Kanalga obuna bo‘ling va do‘stlaringizni ham taklif qiling! 👉 @Just_Lex_aura⚖️ Qolganlarini ham shunday qilib yuboraylikmi❤️🔥
📚 3-kazus savollari va NHHlar to'plami har bir savol uchun 👍 3-kazus (R.T. uyini 2 mlrd sotilishi kazusi) Savollar 1️⃣ Vaziyatga sug'urta obyektlari hamda fuqarolik kodeksiga davlat organlari xatosi tufayli yetkazilgan zararni qoplash asosida tahlil qiling ✅ O'RQ-230 Sug'urta to'g'risidagi qonun 11-modda; ✅ Fuqarolik Kodeksi 15-985-990-992 ✅ “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunning 1-19¹-modda 2️⃣ Deepfake texnologiyasi orqali rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida tuzilgan mulkni sotish shartnomasi yuridik taqdirini o'zbekiston respublikasi konstitutsiyasi mulk daxlsizligi bobi hamda fuqarolik kodeksi bitimlarning haqiqiy emasligi doirasida to'liq ochib bering ✅ Konstitutsiya 65-66 mulk daxlsizligi, ✅ Fuqarolik Kodeksi 113-114-116-123-129-131-132-134-135-164-228-229-moddalar 3️⃣ O'zbekiston respublikasi notarial harakatlarni amalga oshirish qoidalari notariya harakatlar amalga oshirish joyi, notariya harakatlarini amalga oshirish va to'xtatib turish muddatlari, notariya harakatlarini amalga oshirish uchun serb murojaat qilgan kishining shaxsini aniqlash, notariat harakatni amalga oshirishni rad etish) va fuqarolik kodeksi vakilligin instituti qanday elektron hukumatning ishlashni tashkil etish doirasida batafsil tahlil qilib bering. ✅ Notarial to'g'risidagi qonun 28-29-30-31-32-33-34-38, ✅ Fuqarolik Kodeksi 129-130-131-132-133-134-135 ✅ Elektron hukumat to'g'risidagi qonun 15-20-21-22--25-26-27-29 ✅ Axborotlashtirish to‘g‘risidagi Qonunning 7¹-modda ✅ Kiberxavfsizlik to‘g‘risidagi Qonunning 14-16-moddalari ✅ 3391-son Markaziy bank qarori, ✅ Fuqarolik Kodeksi 1017, FK 703, (notariusga ham javobgarlik belgilanishini o’ylash kerak- hujjatlarni soxtalashtirish bo’yicha), Shaxsga doir ma’lumotlar to'g'risidagi qonundan operator, mulkdorlarning majburiyatlari tahlili, ✅ Fuqarolik Kodeksi 990 - d.o/FO’O’BO/ m’sh ni yetkazgan zarari tufayli javobgarligi, + 999-modda 📣 Kanalga obuna bo‘ling va do‘stlaringizni ham taklif qiling! 👉 @Just_Lex_aura⚖️ Qolganlarini ham shunday qilib yuboraylikmi❤️🔥
без подписи
📚 2-kazus savollari va NHHlar to'plami har bir savol uchun 👍 2-kazus (Haqiqat-zerkalo nomli anonim kanal kazusi) Savollar 1️⃣ Deepfake manipulyatsiyasi orqali shaxsga nisbatan qilingan ushbu harakatni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Jinoyat kodeksining tegishli moddalariasosida tahlil qiling ✅ Konstitutsiyaning 31 3-qism, 28-33 (26-27) ✅ Jinoyat Kodeksi 139-modda 2-qim va 139 3-qism a va 139 3-qism b bandi va 140-141-141 prim1 va 141 prim2 ✅ Ma'muriy Javobgarlik To'g'risidagi Kodeksi 46 prim1 2️⃣ Kanal administratorining “bu shunchaki kompyuter kodi” degan vajini “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonun doirasida yoritib bering ✅ Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning 3-7 prim1 va 9-12 prim1 va 13-19-23 moddalar 3️⃣ Professor N.R.ning mehnat shartnomasini bekor qilish masalasini O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi asosida hamda yetkazilgan ma’naviy zararni qoplashni moliyaviy-huquqiy asoslarda yoritib bering. ✅ Mehnat kodeksi 155-159-161 1-qism va 2-qism 5 bandi va 161 oxirgi qismi va 162-163-165-170-modda va 313-319-320-modda ✅ Fuqarolik Kodeksi 1021-1022-modda 📣 Kanalga obuna bo‘ling va do‘stlaringizni ham taklif qiling! 👉 @Just_Lex_aura⚖️ Qolganlarini ham shunday qilib yuboraylikmi❤️🔥
📚 1-kazus uchun savollar va NHHlar to'plami 👍 1-kazus (SmartLogistika) Savollar 1️⃣ “SmartLogistika” MChJning kuryerlar bilan tuzilgan electron shartnomalar yuridik kuchga ega emasligi haqidagi vajini O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonun va “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonun asosida tahlil qiling. ✅ Fuqarolik Kodeksi 107-354-367-368/358 ✅ “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonunning 14-16-19-21-moddalari ✅ “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasi 2️⃣ Sun’iy intellekt tizimidagi algoritmik xatolik tufayli kuryerlarga yetkazilgan moddiy zararni hisoblash masalasini tahlil qiling. ✅ Fuqarolik kodeksi 14-327-999-moddalar ✅ Axborotlashtirish to‘g‘risidagi Qonunning 3-7prim1 12-19-20-moddalar ✅ Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 21-modda 3️⃣ GIG iqtisodiyot doirasida faoliyat yuritadigan kuryerlarning huquqlari poymol etilganligi masalasini ochib bering. ✅ Mehnat kodeksining 11-21-25-33 ✅ Fuqarolik Kodeksi 703 ✅ Aholi bandligi to'g'risidagi qonun 40-modda Agar to'liq javob kerak bo'lsa @The_yurist1 yozing 📣 Kanalga obuna bo‘ling va do‘stlaringizni ham taklif qiling! 👉 @Just_Lex_aura⚖️ Qolganlarini ham shunday qilib yuboraylikmi❤️🔥