KPM TEST ( Kelajak Prezident Maktabi testlari)
Статистика"KELAJAK" O'QUV MARKAZI!!! KPM_TEST [PREZIDENT MAKTABI TESTLARI] KELAJAK o'quv markazida: 📚 Matematika-2-3-4-sinflar 📚 Ingliz tili -2-3-4-sinflar 📍 Chust Tuman Malika savdo markazi 3-qavat
- Последний пост
- 28 июл.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 26
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 260
- 1/48двое суток
- 297
- 1/72трое суток
- 321
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Ассалому алайкум, ҳурматли Келажак укув маркази устозлари! Аввало, фарзандимизнинг Ал-Хоразмий чуқурлаштирилган мактабига киришида ўз меҳнати, билими ва сабри билан бирга, Сиз азиз устозларнинг берган билим ва меҳнатларингиз беқиёс бўлди. Фарзандларимизни ўз фарзандингиздек қабул қилиб, уларга билим бериш, имтиҳонларга тайёрлаш ва ҳар бир болага алоҳида эътибор қаратганингиз учун чин қалбимиздан самимий миннатдорчилик билдирамиз. Бу натижа — фарзандларимизнинг ҳаракати билан бирга, Сизларнинг машаққатли меҳнатингиз самарасидир. Киролмаган болажонларимизнинг ота-оналарига ҳам алоҳида айтиб ўтмоқчиман: бугунги натижа боланинг қобилияти ёки келажагини белгилаб бермайди. Биргина имтиҳон — бир умрлик тақдир эмас. Ҳар бир боланинг ўз вақти, ўз йўли ва ўз имконияти бор. Энг муҳими, болажонларимиз ўзларига бўлган ишончини йўқотмасин. Бугунги омадсизлик эртанги катта муваффақиятнинг бошланиши бўлиши мумкин. Барча фарзандларимизга омад, устозларимизга эса соғлик саломатлик, сабр ва меҳнатларига барака тилаймиз. Ҳар бир боланинг ютуғи ва қувончига сабабчи булиб юришларингни тилаймиз.
@Kpm_test
без подписи
"Kelajak o'quv markazi" o'quvchisi Marufxonov Sarvarxon Al-xorazmiy maktabiga tavsiya etildi 💫💫💫💫💫
#imtihon_natijalari_2026 📌 Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar hamda ularning hududlardagi filiallari, shuningdek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan va joriy yilda tashkil etilgan Muhandislik maktablariga 2026–2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinmoqda! Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095 🟢 https://ariza.piima.uz Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Natijalar qachon chiqishni kutayotgan ota-onalar va o'quvchilarning xolati...)😁 👉👉 @Kpm_test Tarjima: uz-uz Natijalar qachon chiqishni kutayotgan ota-onalar va o'quvchilarning holati...)😁 👉👉 @Kpm_test
Xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktabning 0, 1-sinfga qabul imtihonlari 25-26-iyul kunlar bo'lib o'tadi. 🎓 25–26-iyul kunlari Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning 0 (tayyorlov guruhi) va 1-sinfiga hujjat topshirgan nomzodlarning mantiqiy fikrlashi, xotirasi, diqqati va tasavvurini baholashga qaratilgan sinovlar (birinchi bosqich) bo‘lib o‘tadi. ➡️ 0 (tayyorlov guruhi) uchun: 25-iyul | soat 09:30 da ➡️ 1-sinf uchun: 26-iyul | soat 09:30 da Ruxsatnomani ariza.piima.uz platformasidagi shaxsiy kabinet orqali yuklab olishingiz so‘raladi. Imtihon manzili: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Mahtumquli ko‘chasi, 28-uy, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab binosi. @Kpm_test
⁉️ Imtihon natijalari qachon chiqadi⁉️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qaroriga koʻra Prezident maktabi asosiy imtihon natijasi 30 kun, Al-Xorazmiy va ixtisoslashtirilgan maktablar imtihon natijalari 20 kun ichida e'lon qilinishi belgilangan. ✅ Prezident maktabi Asosiy imtihoni 17-iyulda bo'lib o'tdi va natijalar kechi bilan 16-avgustda e'lon qilishi kerak. ✅ Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari 29-iyun kunlari bo‘lib o‘tdi! Nizom bo'yicha natijalar 20 kun ichida e'lon qilinishi kerak. Demak, ixtisoslashtirilgan maktablar imtihonlari natijalari BUGUN 19-iyulda e'lon qilinishi kerak edi. (Ammo, oldingi yillarda Ixtisoslashgan va Al-Xorazmiy imtihon natijalari birin-ketin chiqqan edi. Shuning uchun bu imtihon natijalarini ham 24-iyulgacha kutishimiz mumkin.) ✅ Al-Xorazmiy maktabi va boshqa tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga kirish imtihonlari 4-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Nizom bo'yicha 20 kun ichida imtihon natijalari e'lon qilinadi. Demak, al-Xorazmiy maktabi imtihoni natijalari kechi bilan 24-iyulda e'lon qilinishi kerak. ✅ Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab imtihoni 26-iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Ammo, bu maktab imtihon natijasi qachon e'lon qilinishi bo'yicha aniq ma'lumot yo'q. Azizlar, xullas hozircha hech qanday yangilik yo'q. @kpm_test
⁉️ Xorijiy tillar, Al-Xorazmiy va ixtisoslashtirilgan maktablar imtihon natijalari qachon chiqadi⁉️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qaroriga koʻra Al-Xorazmiy va ixtisoslashtirilgan maktablar imtihon natijalari 20 kun ichida e'lon qilinishi belgilangan. ✅ Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari 29-iyun kunlari bo‘lib o‘tdi! Nizom bo'yicha natijalar 20 kun ichida e'lon qilinishi kerak. Demak, ixtisoslashtirilgan maktablar imtihonlari natijalari kechi bilan 19-iyulda e'lon qilinishi kerak. ✅ Al-Xorazmiy maktabi va boshqa tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga kirish imtihonlari 4-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Nizom bo'yicha 20 kun ichida imtihon natijalari e'lon qilinadi. Demak, al-Xorazmiy maktabi imtihoni natijalari kechi bilan 24-iyulda e'lon qilinishi kerak. ✅ Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab imtihoni 26-iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Demak, bu maktab imtihoni natijasini ertaga 16-iyulda chiqishi mumkin. Chunki, bu maktab ham ixtisoslashtirilgan maktab hisoblanadi. 👉👉 T.ME/@Kpm_test
#Imtihon_2026 🔴 DIQQAT, E’LON! ✅ PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 1-SARALASH BOSQICHIDAN O‘TGAN TALABGORLAR DIQQATIGA! 🖌 Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 17-iyul kuni 1-smenada bo‘lib o‘tadi. ✅ Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida bo‘lib, jami 130 daqiqa vaqt ajratiladi: 🖱️ matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa; 🖱️ ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi. 🔴 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari (130 daqiqa), kirish imtihonining javoblar varag‘ini to‘ldirish uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. TALABGORLAR IMTIHONGA RUXSATNOMA VA TUG‘ILGANLIK HAQIDAGI GUVOHNOMANING ASL NUSXASI BILAN KELISHLARI KERAK. Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi. 🔴 Muhim eslatma: kirish imtihonlari soat 08:00 da boshlanadi. Barcha talabgorlardan imtihon o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan oldin yetib kelishlari so‘raladi. Kirish imtihonini qayta topshirish yoki boshqa kunga ko‘chirish imkoniyati mavjud emas. Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga SMS-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotlar qayd etilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin. 📍 Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
🔰Prezident maktabi saralash bosqichi natijalari e'lon qilindi! ❇️Bugungi biz uchun quvonchli kun! Alhamdulillah, 15 dan ziyod o‘quvchimiz Prezident maktabining 1-bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi. 🚼Bugungi kuchli raqobatni hisobga olsak, bu natija haqiqatan ham katta yutuq. Mehnat qilgan barcha o‘quvchilarimiz, ustozlarimiz va ota-onalarimizni samimiy tabriklaymiz! ♻️1-bosqichdan o‘ta olmagan o‘quvchilarimizga esa shuni aytmoqchimiz: Bu hali yo‘lning oxiri emas. Bitta imtihon sizning salohiyatingizni belgilamaydi. Oldinda sizni bundan ham katta imkoniyatlar, yangi imtihonlar va yanada ulkan muvaffaqiyatlar kutmoqda. Eng muhimi — to‘xtamang, xulosa chiqaring va mehnatda davom eting. Ishonamizki, bugungi tajriba ertangi g‘alabangizning poydevori bo‘ladi. ⚜1-bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilarimizga esa keyingi bosqichda ham ulkan omad, xotirjamlik va yuqori natijalar tilaymiz. Sizlarga ishonamiz va navbatdagi bosqichni ham muvaffaqiyatli bosib o‘tishingizni tilab qolamiz! 🔥Barcha o‘quvchilarimiz bilan faxrlanamiz! Oldinga intilishdan hech qachon to‘xtamang — eng katta g‘alabalar hali oldinda! 🌟Hurmat bilan : Kelajak o'quv markazi o'qtuvchilari jamoasi! 🌳 @Kpm_test
без подписи
#Imtihon_2026 🎓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning hududlardagi filiallariga kirish imtihonlari 🇺🇿 Joriy yilning 4-iyul kuni respublika bo‘ylab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning hududlardagi filiallariga kirish imtihonlari o‘tkaziladi. ✅ Imtihonlar quyidagi vaqtlarda tashkil etiladi: 🖱️ 1-smena — soat 8:00; 🖱️ 2-smena — soat 11:30; 🖱️ 3-smena — soat 17:00. ⏰ Talabgorlar hamda ularning ota-onalaridan kirish imtihonlari o‘tkaziladigan manzilga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat avval yetib kelishlari talab etiladi! 🖌 Imtihon quyidagi fanlardan o‘tkaziladi: 🖱️matematika — 30 ta topshiriq, shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yoʻnaltirilgan; 🖱️ingliz tili — 15 ta topshiriq. ✅ Har bir talabgorga jami 45 ta test topshirig‘ini bajarishi uchun 105 daqiqa vaqt ajratiladi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#qabul_2026 🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar! 🖌 2026/2027-o‘quv yili uchun: 🖱️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning hududlardagi filiallariga 5-, 6-, 7-, 8-, 9- va 10-sinflarga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomalar arizachilarning ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga joylashtirildi! 🎓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning hududlardagi filiallariga hujjat topshirgan talabgorlardan ruxsatnomani ariza.piima.uz orqali yuklab olishingizni so‘raymiz. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
RASMIY MUNOSABAT 📌 Joriy yilning 29-iyun kuni Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga 2026/2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari jarayonida Qashqadaryo viloyatida 5-sinf uchun 1-variant imtihonlari test topshiriqlarining imtihon o‘tkazilayotgan hududidan olib chiqilgani hamda uchinchi shaxslarga tarqatilgani aniqlandi. ⏺ Mazkur holat yuzasidan belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berildi. Hozirda holat vakolatli organlar tomonidan qonunchilikka muvofiq o‘rganilmoqda. Dastlabki o‘rganishlar ushbu holat belgilangan tartibni buzgan ayrim shaxslarning noqonuniy harakatlari natijasida yuzaga kelganini ko‘rsatmoqda. Bir kunda turli smenalarda imtihon topshirayotgan barcha talabgorlar uchun shaffof va adolatli baholash tamoyilini hamda validligini ta’minlash maqsadida test variantlarining tuzilishi, kognitiv darajasi spetsifikatsiyaga mos bo‘lishi xalqaro baholash amaliyotiga asoslangan jarayon hisoblanadi. ⏺ Eslatib o‘tamiz, har bir smenada qollanilgan test topshiriqlari mazmunan mustaqil ishlab chiqiladi. Savollar hamda javob variantlari takrorlanmaydi va har bir variant alohida shakllantiriladi. Hurmatli ota-onalar! Farzandlaringizni halollik, qonunlarga hurmat, teng raqobat va o‘z bilimiga ishonish ruhida tarbiyalashingizni so‘raymiz. Imtihon materiallarini noqonuniy olib chiqish, tarqatish yoki ulardan noqonuniy foydalanish amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin. ✅ Ma'lumot uchun: kirish imtihonlari respublika bo'ylab bir vaqtda boshlanib, bir vaqtda yakunlanadi. 🎓 Agentlik barcha kirish imtihonlarining ochiq, shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash hamda har bir talabgorning bilimini xolis baholash tamoyiliga qat’iy amal qiladi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Assalomu alaykum qadirli 🟦 Prezident maktabi imtihoniga kirayotgn aziz o‘quvchilarim! 🟦 Bugun sizlar uchun sinovli, lekin ulkan imkoniyatli kun. Sizlar qancha tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsangizlar, mehnatingiz, intilinganingiz, har bir yechgan misolingiz, o‘qigan kitobingiz – hammasi siz bilan birga imtihonga kiradi. Hech qanday qo‘rquvga, shubha yoki hadikka o‘rin yo‘q! Sizlar kuchlisizlar! Sizlarning qalbingizda ilmga bo‘lgan ishtiyoq bor, ko‘zlaringizda orzu bor – bu esa eng katta kuchdir. 💬 Yodda tuting: “Imtihon – bu hayot emas, lekin hayotga ochiladigan eshiklardan biridir. Siz o‘zingizga ishonganingizda, har qanday eshik ochiladi.” Bugun faqat bilimlaringiz emas, jasoratingiz, xotirjamligingiz va iymoningiz ham sizni yuksakka olib chiqadi. Sizlar oddiy bolalar emassizlar – sizlar O‘zbekistonda eng ilg‘or maktablardan biriga qadam qo‘ymoqchisizlar. Shunday ekan, o‘z kuchingizga ishoning va yuragingiz bilan ish tuting! 💙 Men sizlarga ishonaman. Sizlar bunga loyiqsizlar. Alloh yo‘lingizni ochsin. Hurmat bilan : Kelajak o'quv markazi o'qituvchilari.@kpm_test
⚡️⚡️⚡️Prezident maktabi saralash imtihoni uchun Ruxsatnomalar chiqishni boshladi. Imtihon vaqti 25-iyun soat 08:00 deb belgilangan. Imtihon bo'ladigan manzilga 1 soat oldin borish lozimligi ko'rsatilgan.
#muhim ⁉️Qabul 14-iyungacha davom etadimi⁉️ Prezident maktablariga hujjatlar qabuli 25-maydan boshlandi va qabul 14-iyungacha davom etadi. Ammo, ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlari hamda tayanch ixtisoslashtirilgan maktab-internatlariga hujjatlar qabuli 15-maydan boshlandi va qabul 4-iyungacha davom etadi. Ba’zi ota-onalar “qabul 14-iyungacha davom etadi” degan ma’lumotni barcha maktablar uchun deb tushunib, hali ham hujjat topshirmasdan yurishmoqda. Lekin shuni unutmaslik kerakki, Prezident maktabiga kirish hech bir bilimli o‘quvchi uchun kafolatlanmagan. Boshqa maktablarga hujjat topshirmaslik esa katta imkoniyatni qo‘ldan chiqarish va tavakkal qilish degani. ⚡️Chunki 2026-yilda ixtisoslashtirilgan maktablarga jami 10 000 ga yaqin o‘quvchi (9984 ta) qabul qilinadi. Shulardan atigi 336 tasi (3,4%) Prezident maktabi o‘quvchisiga aylana oladi, xolos. Shuning uchun ota-onalarga hujjatlarni barcha maktablar uchun 4-iyungacha topshirib qo‘yishni tavsiya qilamiz❗️ Farzandlarimizga eng yaxshi maktablarda o‘qish nasib qilsin! 👉👉t.me/KPM_Test
#qabul_2026 #infografika 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda. 📊 Ushbu arizalarning 21-may soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin. ☎️ Call-markaz: 1206 Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating: 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal
#qabul_2026 #infografika 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda. 📊 Ushbu arizalarning 19-may soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin. ☎️ Call-markaz: 1206 Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating: 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal