Гулбог махалла ёшлари
Статистика- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 41
- Тип
- открытый
- Язык
- русский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 24
- 1/48двое суток
- 27
- 1/72трое суток
- 29
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
@ibratfarzandlari ilovasidagi yangiliklarini ko’rdingizmi? Tez orada yoshlar uchun yana bir mega tanlov o’tkazmoqchimiz. Tanlov g’oliblariga qanday sovrin bersak ekan? Pul mukofoti, sayohat yoki kitoblar? Izoh qoldiring.
Mustaqillikning 35 yilligiga o‘z hissangizni qo‘shing! Yurtimiz ravnaqiga xizmat qiladigan tashabbusingizni “35 000 tashabbus” loyihasiga yuboring. Asosiy maqsad: Barcha yoshlarda Mustaqillik to’yonasiga dahldorlik hissini oshirish! 📅 1–31-avgust Yuborish: tashabbus.yito.uz O‘z tashabbusingiz bilan tarixda iz qoldiring!
#DXX 🚫 Toshkentda “zakladka” usulida narkotik tarqatishga chek qo‘yildi 🚨 “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona organlari xodimlari tomonidan Toshkent shahrining Sergeli tumanida istiqomat qiluvchi, 1993 y.t. fuqaroga tegishli avtotransport vositasi hamda uning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada 1,1 kg “Alfa-PVP”, 1,9 kg “marixuana”, 65 gr “geroin”, 16 gr “5F-APINACA” giyohvandlik vositalari, shuningdek, narkotiklarni qadoqlashda foydalaniladigan zip paketlar va elektron torozi ashyoviy dalil sifatida olindi. Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, unga narkotik moddalarni “zakladka” usulida tarqatish bo‘yicha topshiriq bergan, 1988 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan ayol ham ushlandi. Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda. 📞 Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. 🛡 Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi. ✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
Yosh fermerlar chempionatiga start berildi Qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan yoshlar uchun 12 ta nominatsiya bo‘yicha respublika chempionati boshlandi. G‘oliblar 50 mln so‘mgacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi va loyihalar kengayishida Agentlikdan ko‘mak olishadi. Hoziroq yoshfermer.uz orqali ro‘yxatdan o‘ting. Arizalar 31-avgustgacha qabul qilinadi.
🔥 Andijon va Qashqadaryoda korrupsion holatlar fosh etildi 1️⃣ “Andijon suv ta’minoti” AJning viloyat tumanlaridan biridagi filiali boshlig‘i o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda, mansabdor tanishlari orqali 1983 y.t. fuqaroning yangi qurilgan xonadoniga oqava suv tarmog‘i tortish uchun ruxsat olish va kanalizatsiya nasosi o‘rnatishda yordam berish evaziga 8,5 ming AQSH dollari talab qilgan. Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu mansabdor so‘ralgan pul mablag‘ini uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi. 2️⃣ Qashqadaryo viloyati OITSga qarshi kurashish markazining tumanlardan biridagi OIV diagnostika laboratoriyasi laboranti 1996 y.t. fuqaroga nisbatan tayinlangan ekspertiza xulosasini mansabdor tanishlari orqali uning foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 3 ming AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi. So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, laborantdan 2,5 ming AQSH dollarini olgan vaqtida Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining tuman bo‘limi boshlig‘i ham qo‘lga olindi. ⚖️ Hozirda har ikki holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. ✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
⚡️Strategik kuch — 2026 🇺🇿Mamlakatimizning ertangi qiyofasi yoshlarimizning bugungi intilishlariga bog‘liq. Ular Vatan taraqqiyotining eng ishonchli strategik kuchi hisoblanadi. An’anaga aylangan “Strategik kuch” hujjatli filmini Agentlikning YouTube sahifasida tomosha qiling! 📹 https://youtu.be/JrinMz-0oCw
Ko’plab iste‘dodli yoshlar @mutolaaxona loyihasida ishlashni orzu qilishadi. Shu sababli @oltinovozlaruz loyihasi ishga tushdi. Marhamat, jamoamizga qo’shiling. Batafsil: @oltinovozlaruz
Kiberfiribgar tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun yordam beradigan foydali resurslar 1️⃣@cyberqalqonbot ✔️Agar sizga shaxsiy xabarda noma'lum yoki shubhali fayl yuborilgan bo‘lsa, uni botga yuborishingiz kifoya. Bot qisqa vaqt ichida faylni tahlil qilib, uning zararli yoki xavfsiz ekanligi haqida ma'lumot beradi. Bu esa viruslar, zararli dasturlar va firibgarlar yuborgan fayllarni ochishdan oldin xavfni aniqlash imkonini yaratadi. 2️⃣ Xavfsizlink.uz ✔️Kiberfiribgarliklar, soxta havola va sun'iy intellekt yordamida yaratilgan shubhali kontentlarga duch kelganingizda, barchasini bitta platforma orqali tekshirishingiz mumkin. ✔️Shubhali QR-kodlarni tekshiradi QR-kodni yoki u joylashgan faylni yuklang va tekshiring. ✔️ Fayllarni qanchalik xavfsizligini tahlil qiladi Misol uchun, ".doc, .docx, .xls, .xlsx .pdf, .exe, .bat, .apk” kabi formatdagi fayllar ✔️Shubhali havolalarni aniqlaydi Havolani yuboring va uning xavfsizligini baholang. ✔️Video yoki rasm haqiqiyligini ajratishda ko‘maklashadi. Video yoki rasmni yuklang va uning sun'iy intellekt yordamida yaratilgan yoki haqiqiy ekanligini aniqlashga yordam beruvchi tahlil natijasini oling. 3️⃣ “Check Permission” ilovasi ✔️"Android" operatsion tizimi uchun mo‘ljallangan ushbu dastur ilovalarni avtomatik tahlil qilib, zararli ilovaning o‘rnatilishini oldini oladi. Avvaldan mavjuf zararli ilova aniqlansa, bu haqida foydalanuvchiga tezkor bildirishnoma (notification) yuboriladi. Doimiy ravishda ilovaga kirib, qurilmada virus bor yoki yo'qligini tekshirish shart emas. ✔️Eng asosiysi oflayn rejimda ham ishlaydi. Hurmatli fuqarolar! ⬆️Yuqoridagi mahsulotlar Kiberxavfsizlik markazi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, barcha foydalanuvchilar uchun bepul xizmat ko'rsatadi. 📈Ushbu vositalardan foydalanish va kibergigiyena qoidalariga amal qilish orqali shaxsiy ma'lumotlaringizni himoya qiling. 🌐Website | 📝Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube | 📱Instagram
⚡️Strategik kuch — 2026 🇺🇿Mamlakatimizning ertangi qiyofasi yoshlarimizning bugungi intilishlariga bog‘liq. Ular Vatan taraqqiyotining eng ishonchli strategik kuchi hisoblanadi. An’anaga aylangan “Strategik kuch” hujjatli filmida bu yil ham yurtimizning eng shijoatli va yorqin qahramonlari bilan yuzlashamiz! Filmda joriy yilda yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalangan, katta mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, yurt ravnaqi yo‘lida izchil harakat qilayotgan iqtidorli yigit-qizlarning hayot yo‘li va erishgan natijalari yoritiladi. Premyerani bugun, 24-iyul kuni: 📹 9:20 da“O‘zbekiston 24”; 📹 10:50 da “Mening yurtim”; 📹 15:10 va 20:30 da“Yoshlar”; 📹 18:30 da “Toshkent”; 📹 18:00 da “Renessans” hamda hududiy telekanallarda tomosha qilishingiz mumkin! #Mirziyoyev #PresidentUZ #NewUzbekistan #StrategikKuch #YoshlarSiyosati
без подписи
Navoiy viloyati yoshlarining loyihalarini qo’llab-quvvatlashga keldik. O’zingizni izohlarda tanishtiring. Loyihangiz, tadbirkorlik g’oyangizni kengaytirishda yordam beramiz. Albatta, sizning hududingizga, hatto eng olis hududlarga ham boramiz.
#Xavfsiz_va_soglom_yurt Namanganda yashirin hujra faoliyatiga chek qo'yildi Namangan viloyati IIB Axborot xizmati Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Shunchaki qoyilmaqom! @mingkitobuz
Startuplar uchun imkoniyat @uzcombinator yangi mavsumni boshladi. Birinchi mavsumda loyihalar $1 mln atofida sarmoya jalb qila olishgan edi. Hoziroq ro’yxatdan o’ting: @uzcombinator
Jizzax viloyati yoshlarining loyihalarini qo’llab-quvvatlashga keldik. O’zingizni izohlarda tanishtiring. Loyihangiz, tadbirkorlik g’oyangizni kengaytirishda yordam beramiz. Albatta, sizning hududingizga, hatto eng olis hududlarga ham boramiz.
📢 DIQQAT, E'LON! 🔴 "XORIJDA ISH" MEHNAT YARMARKASI – NAMANGAN Xorijda qonuniy va xavfsiz mehnat faoliyatini boshlashni rejalashtirayotgan barcha fuqarolarni 17-iyul kuni Namangan shahridagi 3-sonli texnikum (sobiq "Ishga Marhamat" monomarkazi) binosida bo‘lib o‘tadigan "XORIJDA ISH" mehnat yarmarkasiga taklif etamiz. Yarmarka davomida siz quyidagi masalalar bo‘yicha batafsil ma'lumot olishingiz mumkin: ✅ Xorijda mavjud rasmiy bo‘sh ish o‘rinlari; ✅ Mehnat shartnomasini tuzish tartibi; ✅ Ishga ketish uchun talab etiladigan hujjatlar; ✅ Xorijga qonuniy ishga joylashish bosqichlari. Mazkur tadbir xorijda ishlashni istagan fuqarolar uchun ishonchli va rasmiy ma'lumotlarni olish, mutaxassislar bilan bevosita muloqot qilish hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatini yaratadi. 📍 Manzil: Namangan shahri, 3-sonli texnikum (Monomarkaz binosi) 🗓 Sana: 17-iyun 🕘 Boshlanish vaqti: 08:00 ☎️ 69 227 97 27 69 227 94 64 Barcha fuqarolarni mehnat yarmarkasida faol ishtirok etishga chorlaymiz!
#Xavfsiz_va_soglom_yurt Soxta pasportlar orqali fuqarolar shaxsiy ma'lumotlaridan foydalanib, SIM-kartalar rasmiylashtirgan jinoiy guruh fosh etildi Namangan viloyati IIB Axborot xizmati Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Динни ниқоб қилиб...
🇺🇿Bugun Prezidentimiz Bekobodga safari davomida “Xos yoz” kanali bo‘yi va Do‘stlik mahallasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Shuningdek, davlatimiz rahbari bu yerda sportchi va ijodkor yoshlar bilan suhbatlashdi. @alisher_sadullaev
#Tayinlov ⚡️Bugun jamoamiz uchun juda quvonchli kun! Yoshlar ishlari agentligida yonma-yon mehnat qilgan, ko‘plab ijobiy o‘zgarishlarga bosh qosh bo‘lgan qadrdon hamkasbimiz Dilnozaxon Kattaxanova Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi. Davlatimiz rahbarining yosh kadrlarga bildirayotgan bu yuksak ishonchi barchamizga katta g‘urur va kuch bag‘ishlaydi. Dilnozaxon Sobir qiziga ushbu mas’uliyatli va sharafli yo‘lda ulkan zafarlar tilayman! @alisher_sadullaev