Kamoliddin Hub
Статистика🚀 O‘sish, Innovatsiya & Ilhom 💡 Biznes, Texnologiya, Sun’iy Intellekt ✍️ Fikrlar, maslahatlar va yangi g‘oyalar 🎯 Har post – siz uchun yangi qadam
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 43
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 55
- 1/48двое суток
- 63
- 1/72трое суток
- 67
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
Kimlar yana qatnashmoqda bunga https://tashabbus.yito.uz/
🚀 STARTUP ARENA #AGRO Agro sohada startapingiz bormi? Uni investorlar oldida taqdim etib, rivojlantirish uchun investitsiya olishni xohlaysizmi? O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi katta bozor va katta imkoniyatlarni ega. Suvdan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish, issiqxonalarni avtomatlashtirish, mahsulotni saqlash va eksport kabi yo‘nalishlarda yangi startaplar uchun hali juda ko‘p imkoniyat bor. Yoshlar Ventures O‘zbekiston bo‘ylab agro sohada startap yaratgan va o‘z loyihasini rivojlantirayotgan jamoalarni izlayapti. Biz uchun qiziq bo‘lgan yo‘nalishlar: 🏡 Aqlli issiqxonalar Issiqxonalarni avtomatlashtirish, harorat, namlik va sug‘orishni boshqarishga yordam beradigan startaplar. 🎯 Precision Agriculture Yer, suv, o‘g‘it va hosildorlikni aniq ma’lumotlar asosida boshqaradigan startaplar. 🌾 Agrotexnologiyalar Hosildorlikni oshirish va qishloq xo‘jaligidagi jarayonlarni yaxshilashga yordam beradigan startaplar. 💧 WaterTech Qishloq xo‘jaligida suvni tejash va undan samarali foydalanishga yordam beradigan startaplar. 🌦 ClimateTech Iqlim va ob havo sharoitlariga moslashishga yordam beradigan startaplar. 🚚 Supply Chain Mahsulotlarni saqlash, tashish va yetkazib berish jarayonlarini yaxshilaydigan startaplar. 💳 AgriFinTech Fermer va dehqonlar uchun kredit, sug‘urta, to‘lov va boshqa moliyaviy xizmatlarni qulaylashtiradigan startaplar. 🌍 ExportTech O‘zbekiston agro mahsulotlarini xalqaro bozorlarga olib chiqishni osonlashtiradigan startaplar. Bu ro‘yxat faqat biz uchun qiziq bo‘lgan asosiy yo‘nalishlarni ko‘rsatadi. Agar startapingiz agro sohadagi muammoni hal qilsa, yo‘nalishingiz ro‘yxatda aynan shu nom bilan bo‘lmasa ham, ariza topshirishingiz mumkin. ❗️Arizalar 11 avgustgacha qabul qilinadi. Saralashdan o‘tgan jamoalar 16 avgustdan Azizbek Kurbonovning “The Art of Pitch” kursida qatnashadi. Bu jarayonda jamoalar startapini investorlar oldida qanday taqdim etishni o‘rganadi va Demo Dayga tayyorlanadi. 🚀 26 avgust kuni DEMO DAY Saralangan jamoalar o‘z startaplarini investorlar oldida taqdim etadi. Eng muhimi, shu kuni startapingiz uchun investitsiya olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Startapingizni keyingi bosqichga olib chiqish vaqti keldi. 👇 Ariza topshirish: https://forms.gle/KSD2tUhamdrm9JHv6 🌐 Bizni kuzatib boring: @yoshfermer
🚀 NEXUS30 HACKATON ga ro'yxatdan o'tish boshlandi! Innovatsion g'oyalaringizni namoyish etish va haqiqiy muammolarga yechim topishga tayyormisiz? 16–30 yosh oralig'idagi yosh dasturchi va muhandislarni 72 soat davomida oʻz gʻoyalarini ishchi prototipga aylantirish imkonini beruvchi Nexus30 Hackathoniga taklif etamiz. Sana: 📅 14–16 avgust 2026 📍 Toshkent Yoʻnalishlar: 🏥 Sogʻliqni saqlash 📚 Taʼlim ✈️ Turizm 🏛 Davlat boshqaruvi 💳 Moliyaviy texnologiyalar (FinTech) Format: 40 ta jamoa (har birida 3 nafardan ishtirokchi) saralab olinadi 72 soatlik intensiv ishlanma Yakunda Pitch va LIVE Demo 📅 Roʻyxatdan oʻtish: 7-avgust, soat 23:59 gacha 🌐 Ariza topshirish: nexus30.uz 📢 Rasmiy kanal: https://t.me/Kamoliddin_Hub ⚠️ Joylar soni cheklangan! Jamoangiz bilan hoziroq roʻyxatdan oʻting!
🏕 TechnoCamp 2026 – Kelajak ixtirochilari uchun oromgoh! Agar siz muhandislik va ixtirochilikka qiziqsangiz – bu imkoniyat aynan siz uchun! 🛠 TechnoCamp 2025 – bu: ✅ 10+ muhandislik yo‘nalishidagi kurslar ✅ Amaliy mashg‘ulotlar va interaktiv workshoplar ✅ Qiziqarli tadbirlar, ijodiy loyihalar va o‘yinlar ✅ Va, eng asosiysi – unutilmas do‘stlar va xotiralar! 📌 Kimlar qatnasha oladi? 12 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan texnikaga qiziquvchi o‘g‘il-qizlar 📅 Ariza topshirish muddati: 13-avgustgacha 🚀 Muhandislik sari katta qadam qo'yish vaqti keldi! 🔗 Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/tFK4h2QF28JMkXYF8 Robototexnika federatsiyasi: https://t.me/robototexnika_federatsiyasi
#Yoshlar_2026 “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasiga start berildi Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasini ishga tushirdi. Loyiha doirasida fuqarolar jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya hamda tashabbuslarini taqdim etishlari mumkin. Tashabbuslar taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat va boshqa yoʻnalishlarda qabul qilinadi. Arizalar 1-avgustdan 31-avgustgacha tashabbus.yito.uz platformasi orqali qabul qilinadi. 🌐 Obuna bo‘ling: https://t.me/Kamoliddin_Hub
LinkedIn sun'iy intellekt tomonidan yaratilgan "savodsiz" kontentni aniqlash va cheklash choralarini ko'radi LinkedIn ommaviy axborot vositalarida sun'iy intellekt (AI) yordamida yaratilgan va sifatsiz kontentning tarqalishini cheklash maqsadida muhim qadamlar tashlamoqda. Endilikda foydalanuvchilar AI tomonidan yaratilgan "savodsiz" deb topilgan postlarni maxsus tugma orqali bildira oladilar. Kompaniya, shuningdek, o'zining AI yozish vositasini soddaroq tekshirish (proofreading) funksiyasi bilan almashtirishni rejalashtir… 💡 Dasturchilar endi AI kontentini aniqlash va filtrlash bo'yicha yangi vositalarni o'rganishlari mumkin. Biznes egalari esa o'z brendlari uchun platformada sifat…
2 bosqichga otganlarni tabriklaymiiz
"Top-100 startap" tanlovining navbatdagi bosqich ishtirokchilari saralandi 🤗 Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan "Top-100 startap" tanlovining saralash bosqichi yakunlandi. ✅ Mutaxassislar tomonidan o'tkazilgan baholash natijalariga ko'ra, saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan ishtirokchilar tanlovning navbatdagi — akseleratsiya bosqichiga yo'llanma oldi. 📈 Ushbu bosqich davomida ishtirokchilar tajribali mentorlar va soha mutaxassislari ko'magida o'z startap loyihalarini yanada takomillashtiradi. Ular loyiha biznes modelini ishlab chiqish, texnologik yechimlarni rivojlantirish, bozorga chiqish strategiyasini shakllantirish hamda investorlar bilan ishlash bo'yicha amaliy bilim va ko'nikmalarga ega bo'ladi. 🔗 Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan loyihalar ro'yxati bilan tanishing. 📞 Ro'yxatdagi ishtirokchilardan ushbu manzil bilan bog'lanishlarini so'raymiz. ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ♾ Facebook | 📹 YouTube | 🌐 Website | 🌐 LinkedIn
#diqqat_tanlov Jizzaxda “Startap loyihalar” tanlovi “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Jizzax Yoshlar Texnoparki yoshlar o‘rtasida “Startap loyihalar” tanlovini e’lon qiladi. Yo‘nalishlar: EduTech | GreenTech | IT | HealthTech | AgriTech | Engineering Yosh chegarasi: 14–30 yosh; Har bir ishtirokchi faqat 1 ta loyiha topshirishi mumkin. Imkoniyatlar va mukofotlar: - G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi; - Taqdim etilgan g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish va rivojlantirish imkoniyati beriladi. Arizalarni qabul qilish: 29-iyulga qadar; Tanlov o‘tkazilish vaqti va joyi: 30-iyul | soat 10:00 | O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali. Ro‘yxatdan o‘tish uchun: havola Bog‘lanish uchun telefon: +998 94 196 17 01
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🤖 Robototexnika nima oʻzi? Koʻpchilik robotni faqat kino va fantastikadagi insonsimon mashina deb oʻylaydi. Aslida esa, Robototexnika — fizik dunyoda avtonom yoki yarim avtonom holda harakatlanuvchi fizik mashinalarni (robotlarni) yaratish, sozlash va dasturlash bilan shugʻullanuvchi keng sohadir. ⚙️ Robototexnika qaysi sohalarni oʻz ichiga oladi? U bir nechta fanlarning kesishmasidan iborat: 🦾 Mexanika muhandisligi (Tana) — robotning jismoniy tuzilishi, boʻgʻinlari va harakat mexanizmlari. 🔌 Elektronika (Asab tizimi) — sensorlar, mikrokontrollerlar va robotni atrof-muhit maʼlumotlari bilan taʼminlovchi simlar. 💻 Dasturlash (Miya) — robotga aniq harakat qilishni buyuradigan kodlar va algoritmlar. 🧠 AI va Kompyuter Qarashi — robot oʻz yoʻlidagi toʻsiqlarni ajrata olishi va qarorlar qabul qilishiga yordam beradi. 🛠 Robotlar qayerda qoʻllaniladi? 🏭 Zavodlarda mashinalarni yigʻishda. 🏥 Tibbiyotda murakkab va oʻta aniq operatsiyalarni oʻtkazishda. 🛸 Koinot va xavfli joylarda (masalan, Marsda).
🧠 Epilepsiya xurujini oldindan sezish mumkinmi? AURIA — sun’iy intellekt asosidagi aqlli monitoring tizimi bo’lib, miya faoliyatini doimiy kuzatishga va xavf aniqlanganda foydalanuvchini ogohlantirishga mo’ljallangan. ✨ Qurilma tarkibi: ⌚️ Smart Watch 🎧 EEG Smart Earbuds 📱 Mobil ilova AURIA texnologiyasi sizni va yaqinlaringizni doimo xabardor bo’lishiga yordam berish uchun ishlab chiqilgan. Qurilma xaqida batalfsil malumot uchun xoziroq royxatdan oting. ✅Telegram | 🌐Web
🌍 Olmaotada xalqaro startaplar uchun akseleratsiya dasturi ishga tushirildi Astana Hub Markaziy Yevroosiyo mamlakatlaridan texnologik startaplar uchun mo‘ljallangan “Central Eurasia Market Entry” akseleratsiya dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi. Unda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston, Mo‘g‘uliston, Rossiya, Turkiya ishtirok etishlari mumkin. Ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar: - xalqaro ekspertlar va trekerlar bilan ishlash; - Qozog‘iston bozoriga chiqishga tayyorgarlik; - mintaqaviy startap-ekotizim hamda Astana Hub Ventures investorlari bilan aloqa o‘rnatish; - bepul kovorking va koliving (jamoaning 2 nafar a’zosigacha). Dastur ilk savdolarni yo‘lga qo‘ygan, tasdiqlangan talabga ega yoki barqaror o‘sish bosqichida bo‘lgan (PMF yoki Scaling) jamoalarga mo‘ljallangan. Saralash yakunlariga ko‘ra, dasturda 15 ta startap ishtirok etadi. 📍 Joylashuv: Olmaota 🎤 Format: Oflayn ⚪️ Davomiyligi: 12 hafta 🗓 Arizalar qabuli: 16-avgustgacha
🇺🇿 TBC Uzbekistan’dan bepul ta’lim dasturi — Data Analytics 3.0 uchun qabul ochildi! Agar siz ma’lumotlar tahlili sohasida rivojlanishni, real biznes vazifalari bilan ishlashni va mintaqadagi eng yirik fintex jamoalardan birining mutaxassislaridan ta’lim olishni istasangiz, bu dastur aynan siz uchun. 5 oy ichida siz ma’lumotlar bazalari, SQL, Excel va Python bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallaysiz, statistika, A/B-testlash, BI-vositalarni (Power BI/Tableau) o‘rganasiz hamda mahsulot, hodisa va risk tahlilini o‘zlashtirasiz. Agar siz yuqori kurs talabasi yoki bitiruvchi bo‘lsangiz va ma’lumotlar tahlili sohasida o‘z karyerangizni boshlamoqchi bo‘lsangiz — arizani hoziroq topshiring. Arizalar soni yetarlicha bo‘lgach, qabul yopiladi, shuning uchun kechiktirmaslikni tavsiya qilamiz. 🚀 Ariza yuborish ——————————