tgindex
KARANTIN RASMLAR

KARANTIN RASMLAR

Статистика
@KarantinRvузбекский

" O'simliklar karantini va himoyasi " yo‘nalishidagi barcha zararkunanda, kasalliklar va begona o'tlar rasmlari tashlab boriladi. • instagram.com/karantin.inspektori • facebook.com/karantin.inspektori • Murojaat: @Karantin_Kitoblar_Chat

Последний пост
11 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
100
0 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
106
20 постов
Вовлечённость
106,0%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 20
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
19
1/48двое суток
21
1/72трое суток
23

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 🟦 Karadrina (Spodoptera exigua) zararkunandasiga qarshi kurashish bo‘yicha tavsiya 🤩Karadrina (Spodoptera exigua Hübner) yoki quruqlik tunlami polifag zararkunanda hisoblanadi. Ekin maydonida quyidagi holatlar kuzatilganda zudlik bilan chora ko‘rish tavsiya etiladi: 🍃barglarda kemirilgan joylar paydo bo‘lishi; ✍️barg ostida tuxum to‘plamlarining aniqlanishi; 🪱 barg, gul va shonalarda qurtlarning paydo bo‘lishi. Qarshi kurash choralari ℹ️Zararkunanda tarqalishining oldini olish uchun tadbirlarni muntazam amalga oshirish zarur: 🔍 ekin maydonlarini doimiy fitosanitar monitoring qilish; 🌿 feromon tutqichlarini o‘rnatish va ular orqali zararkunanda parvozini kuzatib borish; 🪏 agrotexnik talablarga muvofiq o‘z vaqtida sug‘orish ishlarini tashkil etish; 🛡 zararlanish belgilari aniqlangan maydonlarda kechiktirmasdan himoya tadbirlarini boshlash. 🧪 Kimyoviy ishlov berish 🛡Agar monitoring davomida bir tup g‘o‘zada 2 donadan ko‘p qurt aniqlansa, kimyoviy ishlov berish tavsiya etiladi. Tarkibida quyidagi ta’sir etuvchi moddalar mavjud bo‘lgan preparatlardan belgilangan me’yorlarda foydalanish mumkin: ✍️Emamektin benzoat; ✍️Indoksakarb – 0,5 l/ga; ✍️Xlorantraniliprol (200 g/l) – 0,2 kg/ga. ⚠️Muhim eslatma! Kimyoviy vositalardan foydalanishda davlat ro‘yxatidan o‘tgan preparatlardan yo‘riqnomada belgilangan me’yor va muddatlarga qat’iy rioya qilgan holda foydalanish lozim. 🌐Telegram  💬Facebook📷 Instagram 📺Youtube ✖️Twitter

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 🦠Bug'doyda uchraydigan zang kasalligiga qarshi samarali kurash choralari 🔰 karantin.uz  ✈️ Telegram 💬Facebook 📷 Instagram 📺 Youtube ✖️Twitter

  • ​​#Tabrik ✨ Ramazon hayiti muborak bo‘lsin! Ushbu muborak kun sizga tinchlik, baxt va baraka olib kelsin. Tutgan ro‘zalaringiz va qilgan ibodatlaringiz qabul bo‘lsin. ✨ Bugun yaqinlar holidan xabar olish, mehr-muruvvat ko‘rsatish va shukronalik hissini yanada chuqurroq anglash kuni. ✅ Har bir oilaga sog‘lik, xotirjamlik va farovonlik tilaymiz. Ramazon hayiti muborak bo‘lsin! 👉 @KarantinRv

  • 📢 “Yashil, sariq va qizil yo‘lak”: meva-sabzavot eksportida yangi tartib joriy etilmoqda 📆 2025-yil davomida ayrim tadbirkorlar tomonidan soliq to‘lovlaridan qochish maqsadida eksport narxlarini sun’iy pasaytirish natijasida $192 mln.lik mahsulot hujjatda aks etmagan. Bundan tashqari, ba’zi turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining oziq-ovqat xavfsizligi talablariga javob bermaganligi tufayli importchi davlatlardan 700 dan ortiq e’tiroznoma (notifikatsiya) kelib tushgan. 📅 2026-yil yanvar oyining o‘zida esa $37,5 mln.lik mahsulot eksport ko‘rsatkichlarida qayd etilmagan hamda birgina Rossiyadan 45 ta e’tiroznoma kelib tushgan. 🥁 Yuqoridagi holatlarning oldini olish, narxlarni sun’iy pasaytirish oqibatida yuzaga kelayotgan yashirin iqtisodiyotga barham berish hamda meva-sabzavot mahsulotlari eksportida ochiqlik, sifat va shaffoflikni ta’minlash maqsadida yangi tartib qo‘llaniladi. Bunda tahlilga asoslangan “Xavflarni boshqarish tizimi” (SUR) joriy etilmoqda. 🖋 Tizimga ko‘ra, eksportchi korxonalar 3 ta toifaga ajratiladi. 🟢 Yashil yo‘lak (past xavf). Mazkur tizimga kirish uchun korxonalar: - mahsulotlarni fitosanitar toza hududlardan yuklashi - zararli organizmlardan xoli mahsulotlar eksport qilishi - mahsulotlarni zamonaviy qadoqlarda eksport qilishi - eksport jarayonida mahsulotlar narxini sun’iy pasaytirilmasligi - ichki fitosanitar sertifikat rasmiylashtirishda mahsulot yetishtirilgan hududni to‘g‘ri ko‘rsatishi - importchi davlat tomonidan mahsulotning fitosanitar xavfsizligi yuzasidan e’tiroznomalar kelib tushmasligi - importchi davlat tomonidan mahsulotlarni qaytarish holatlari qayd etilmasligi kerak. ✔️ Bu toifadagi tadbirkorlik subyektlari uchun karantin nazorati va mahsulotlarni eksportga jo‘natish jarayonlari soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. 🟡 Sariq yo‘lak (o‘rta xavf). Mazkur tizimga yuqorida qayd etilgan talablarni surunkali ravishda buzib kelayotgan tadbirkorlik subyektlari kiritiladi. Bunday hollarda korxonalar ogohlantirishdan so‘ng kamchiliklarni bartaraf etguniga qadar “sariq yo‘lak”ka o‘tkaziladi. Bu toifadagi tadbirkorlik subyektlari uchun nazorat tanlab olish tamoyili asosida amalga oshirilib, uzum, pomidor, anor, limon, gulkaram, ko‘katlar kabi oziq-ovqat talablari qat’iy qo‘llaniladigan mahsulotlar laboratoriya tahlili majburiy etib belgilanadi. ❕ Eslatma! Korxonalar qonunbuzilish holatlarini bartaraf etishlari uchun 5 kun muddat beriladi. Kamchiliklar bartaraf etilganidan so‘ng, korxona avtomatik ravishda “yashil yo‘lak”ka o‘tkaziladi. 🔴 Qizil yo‘lak (yuqori xavf). Mazkur yo‘lakka eksport talablariga amal qilmasdan, qoidalarni muntazam ravishda buzib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etmagan korxonalar kiritiladi. Korxonalar “qizil” tizimga kiritilishdan avval ogohlantiriladi va kamchiliklarni bartaraf etish uchun muddat beriladi. Bu yo‘lakdagi tadbirkorlik subyektlari uchun xizmatlar ko‘rsatish qonunbuzilish holatlari bartaraf etilguniga qadar vaqtincha to‘xtatiladi. 📊 Tahlilga asoslangan “Xavflarni boshqarish tizimi” (SUR) rivojlangan davlatlarning eksport modeli asosida joriy etilib, yashirin iqtisodiyot ulushi qisqartish, eksport statistikasi aniq va shaffof yuritilishi natijasida soliqlar tushumini to‘liq ta’minlash, fitosanitar toza mahsulotlar eksporti hajmini oshirish hamda xorijiy davlatlar tomonidan cheklov va taqiqlar xavfini minimallashtirishga qaratilgan. ❕ Yangi tartib bo‘yicha yuzaga kelayotgan savollar yuzasidan quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin: 🔰 O‘simliklar karantini va himoyasi nazorati boshqarmasi – 71-202-1000 (1020) Anarbayev Dilshod +99894-106-22-55 🔰 Ichki fitosanitar nazorat va monitoring bo‘limi – 71-202-1000 (1037) Kuchkarov Shuhrat +99891-968-85-85 🔰 Tashqi karantin nazorati bo‘limi – 71-202-1000 (1034) Mallayev Mirfayoz +99891-522-26-22 🔰 Markaziy eksport shtabi – 71-202-7778 Ismoilov Husniddin +99833-633-44-44 🔰 Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish boshqarmasi – 71-202-1000 (1110) Shoqosimov Ibrohim +99897-445-37-36 🔰 karantin.uz  ✈️ Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube ✖️Twitter

  • ​​#Tabrik Aziz ayollar Sizlarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan chin yurakdan muborakbod etamiz! Sizlarga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, oilaviy totuvlik va yangi yutuqlar tilaymiz. Hayotingiz yaxshi hodisalar va yoqimli yangiliklar, qalbingiz esa quvonch va ilhomga to‘la bo‘lsin, bayramingiz muborak bo‘lsin! 👉 @Karantin_Kitoblar 👈

  • ​​#Tavsiya — Uyquga to'ymayapsizmi? — Ertaroq uxlang! — Semirib ketyapsizmi? — Sport bilan shug'ullaning! — Kitob o'qishga vaqt yetmayaptimi? — Telefonda vaqt o'tkazishni to'xtating! — Ishlaringiz chalkashib ketyaptimi? — Reja va tartib bilan ishlang! "Iloji bo'lmayapti", "o'xshamayapti", "imkonsiz" kabi so'zlarning bari bahona xolos... 👉 @KarantinRv

  • ​​#Tabrik Aziz va muhtaram vatandoshlar! ✨ Siz azizlarni, butun xalqimizni ulug‘ ayyom – muborak Ramazon hayiti bilan chin yurakdan samimiy tabriklab, barchangizga mustahkam sog‘lik, baxt-u saodat, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman. ✨ Iyd-al-Fitr ayyomi barchamizga muborak bo‘lsin! 👉 @Karantin_Kitoblar 👈

  • Hurmatli yurtdoshlar! Kirib kelgan muborak Ramazon oyi muborak boʻlsin! Ushbu fayzli oyda sizlarga xotirjamlik, salomatlik, xonadoningizga qut-baraka tilaymiz 🌙 👉 @KarantinRv

  • Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda quritilgan gilos mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👉 @KarantinRv

  • #Vacancy #Argos_uz #Karantin O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi markaziy apparati hamda idoraviy tashkilotlaridagi bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari to‘g‘risida MAʼLUMOT 2025-yil 6-yanvar holatiga ARGOS Test savollari va ARGOS haqida maʼlumotlar. 👉 @KarantinTestArgos Murojaat uchun: 🌐 @KarantinTestbot

  • 14-yanvar "Vatan himoyachilari" kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz. 👉 @KarantinRv

  • Assalomu Alaykum. Hurmatli kanalimiz a'zolari bu kanalda: 👉 "O‘simliklar karantini va himoyasi yo‘nalishi" 👉 "Qishloq xo‘jaligi ekinlari, 🔻 #Zararkunanda 🔻 #Kasalliklar 🔻 #Begona o‘tlar va ularga qarshi kurashish choralari"ga oid faqat: 👉 #Kitoblar 👉 #Qolanmalar 👉 #Qarorlarni 👉 #muntazam tarzda tashlab turiladi. 🔻 Yangi kitoblar, maqolalar, foydali ma'lumotlar yoki takliflar bo'lsa: @Karantin_Kitoblar_Chat ga yozing! • Kanalimiz Maqsadi: Kitoblar, qo'llanmalar va qarorlarni tez va oson yetkazish. 👉 O‘simliklar karantini va himoyasi yo‘nalishidagi barcha yoyilib, tarqab, sochilib yotgan ma'lumotlarni bir joyga yig‘ish. Bundan kimga naf? 👉 Shu sohada o‘qiydigan, ishlaydigan hamda shu sohaga qiziquvchi har bir insonga foydasi tegadi degan umiddamiz. 👉 t.me/Karantin_Kitoblar