Khalimov | Blog
Статистика💭 Bu Blog — shunchaki ochilgan manfaat izlamang. Ismim Azizbek. Shiorim — “Hamisha oʻzing hohlagan ishni qil” Reklama uchun: @NewGoldenUz
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 29
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Криптовалюты (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 90
- 1/48двое суток
- 103
- 1/72трое суток
- 111
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Nima muhimroq yo’lmi yoki manzil ?
Hayot aslida —uni kim bilandir baham koʻrish uchun mavjud. Hislarni.. Xayollarni.. Biroz qaygʻuni.. Va quvonchni ham.. “Senga aytib bermoqchiman” deydigan insoningiz boʻlmasa, hammasi oʻz ma’nosini yo'qotadigandek go‘yo..
Динига ошиқ бирини севсангиз, Дунёга ошиқ мингтасини қизиғи қолмайди)
Telegraph ishlatadigan bormi? Sizlarda ham chatlar ochilmayaptimi yoki faqat mendamikan
Chet podcastlarida host - Professor, PhD, akademik, yozuvchi, olim Bizni podcastlarda host - insta blogger 🌚 Bizam shu darajaga chiqsak, bolalarimiz bizni contentlardanam foyda olardi)
🏆 Yilning eng yaxshi nodavlat oliygohi - 2026 "Millat umidi university" - Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan taqdim etilgan litsenziya asosida Toshkent shahrida faoliyat olib boradi. Ta'kidlash joizki, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunining…
🏆 Yilning eng yaxshi nodavlat oliygohi - 2026 "Millat umidi university" - Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan taqdim etilgan litsenziya asosida Toshkent shahrida faoliyat olib boradi. Ta'kidlash joizki, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunining 31-moddasiga muvofiq, Millat Umidi University tomonidan berilgan diplomlar, davlat oliy ta'lim muassasalari diplomlari bilan teng darajada qabul qilinadi. 🏆 "Yilning eng yaxshi nodavlat oliygohi - 2026" tanlovida faol ishtirok eting va o'z oliygohingizni qo'llab-quvvatlang! 👉 NOMZODINGIZNI QO'LLAB-QUVVATLANG
Men "Z" avlodman va men bularni qo'rqmasdan ayta olaman. Menga kimningdir o'g'li yoki qizi qanday natijalarga erishgani unchalik qiziq emas. Men o'zim kechagi kundan yaxshiroq bo'la oldimmi — men uchun muhim savol shu. Biz uchun dabdabali, qarz evaziga o'tkazilgan to'ydan ko'ra, o'sha pulni sayohatga, ta'limga yoki o'z ustimizda ishlashga sarflash qadrliroq. Biz "Odamlar nima deydi?" degan savol bilan emas, "Men nimani xohlayman va bu hayotimni qanday mazmunli qiladi?" degan savol bilan yashaymiz. Biz pensiyaga chiqqanimizdan keyin yashashni emas, bugunning o'zida mazmunli hayot qurishni istaymiz. Biz uchun diplom devorda osilib turadigan qog'oz bo'lishi mumkin, ammo haqiqiy bilim va ko'nikma insonni hayotda oldinga olib chiqadigan kuch deb oʻylaymiz. Biz "chidash kerak" degan gapni eshitib ulg'aymadik. Muammo bo'lsa, uni hal qilish kerak, deb ulgʻaydik. Biz uchun boshqa viloyatdan bo'lgan inson bilan oila qurish g'alati emas. Chunki biz tug'ilgan joyni emas, insonning o'zini, uning fe'lini, qadriyatlarini va dunyoqarashini muhimroq deb bilamiz. Ha, balki bizning ayrim qarashlarimiz sizga g'alati tuyular. Balki biz ba'zi urf-odatlarni boshqacha talqin qilarmiz. Lekin bu hurmatsizlikdan emas. Shunchaki biz boshqa davrda, boshqa imkoniyatlar va boshqa muammolar ichida ulg'aydik. Shuning uchun bizning qadriyatlarimiz ham biroz boshqacha. Balki bizni bizdan oldingi avlod tushunmas. Xuddi ular ham o'z vaqtida o'zidan oldingi avlod tomonidan to'liq tushunilmagani kabi.
🇺🇿 “35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi! Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz? Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting. 🟢Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim. 📌 Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi 🇺🇿Katta oʻzgarishlar bitta tashabbusdan boshlanadi. Sizning gʻoyangiz esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining navbatdagi qadami boʻlishi mumkin. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Tasodifan emas, Allohdan edi... Avtobus to'la yo'lda, charchagan vaqting, birdan bo'shagan o'rindiq tasodif emas, Allohdan edi. Amalga oshishini istaganing - sen uchun zararli bo'lishi va u narsani amalga oshmasligi, tasodir emas, Allohdan edi. Ikkilanish vaqtida qilgan qaroringni sen uchun foydangga bo'lishi - bu tasodif emas, Allohdan edi. Odatiy bir kunda ko'rgan narsalaringni yuzingdagi tabassumga sabab bo'lishi - tasodif emas, Allohdan edi. Umidlaring tugagan vaqtda, o'sha eshikni ochilishi - tasodif emas, Allohdan edi. O'zingni yolg'iz his qilayotgan vaqting, biri kelib, hech kutmagan vaqting senga taskin berishi - tasodif emas, Allohdan edi. Chiqish yo'li ko'rmayotgan vaqting, hammasi birdan o'z joyiga tushib ketishi - bu tasodif emas, Allohdan edi. Vaqtning hamma narsaga davo bo'lishi bu tasodif emas, Allohdan edi... Sabr qilishga majbur bo'lganing, keyin esa o'sha sabr seni eng go'zal manzilga yetkazgani — tasodif emas, Allohdan edi. Yuzingdan yosh oqayotgan paytda, "Bu ham o'tadi", degan umidni qalbingga solgani — tasodif emas, Allohdan edi. Qanchalik urinma, ochilmagan eshiklarning keyinchalik seni katta balolardan saqlab qolganini anglaganing — tasodif emas, Allohdan edi. Hech kim tushunmayotgandek tuyulgan oningda, Robbing seni eshitib turgani — tasodif emas, Allohdan edi. Yo'lingdan chiqqan har bir yaxshi inson, senga berilgan bir ne'mat bo'lgani — tasodif emas, Allohdan edi. Yo'qotdim, deb o'ylagan narsangning o'rniga undan ham yaxshisini nasib qilgani — tasodif emas, Allohdan edi. Har bir kechikkan javob, har bir kutish va har bir sinov ortida hikmat yashirgani — tasodif emas, Allohdan edi. Zero, mo'minning hayotida tasodif degan narsa yo'q. Har bir hodisa, , har bir sinov va har bir ne'mat — Robbimizning ilmi va hikmati ila sodir bo'ladi. Shunday ekan, qalbingni xavotir emas, tavakkul bilan to'ldir. Chunki Allohning yozgani eng go'zalidir.
Pul uchun kimlargadir yaxshi gapirishga majbur boʻlmaslik uchun ham rivojlanishdan toʻxtamang! #tajriba
Yetmadik...) Nishonlash nasib etmadi. Qadahda oldirdik biz ishq mayini. Sog'insam, bildirmay gohi-gohida, Ismingni pichirlab, Aytsam maylimi..? Yulduzlar eshitsin, sen eshitmasang, Tunlarga dardimni yoysam maylimi? Bir umr aytilmay qolgan so'zlarni, Sukutga…
Yetmadik...) Nishonlash nasib etmadi. Qadahda oldirdik biz ishq mayini. Sog'insam, bildirmay gohi-gohida, Ismingni pichirlab, Aytsam maylimi..? Yulduzlar eshitsin, sen eshitmasang, Tunlarga dardimni yoysam maylimi? Bir umr aytilmay qolgan so'zlarni, Sukutga topshirib qo'ysam maylimi? Seni deb yig'lamay yashashni o'rgandim, Ammo unutishni bilmadim hali. Ko'nglimning eng chetida qolgan ismingni, Duolarim ichra aytsam maylimi?..
😄 Eslatmasam, esingizdan chiqib ketarkan... Bugun tug‘ilgan kunim edi. 🎉 Shunday ekan, hoʻsh kim kimga sovg‘a berishi kerak edi? 🎁😁 Javobni bilasiz... Men esa sovg‘alarni kutyapman. 😅💙
Senga hasad qilganlar seni yomonlaydi. Senga havas qilganlar seni maqtaydi. Ularni na maqtashi nada buni askini qilishidan senga taʼsir yoʻq. Zotan, bandani asl qadri Robbising oldidagi darajasi bilan oʻlchanadi. Ha yana.. seni yaxshi koʻrganlar esa jimgina "yaxshi koʻraveradi")
Togʻda yomgʻir yogʻvotti hech yomgʻirni koʻrib xursand boʻlaman deb oʻylamagandim...)))
видео или голосовое, без подписи
Biz bu quyoshni davrida ezildik...))