tgindex
𝙆𝙄𝙍𝙄𝙎𝙃 𝘽𝘼𝙇𝙇𝘼𝙍𝙄 2026

𝙆𝙄𝙍𝙄𝙎𝙃 𝘽𝘼𝙇𝙇𝘼𝙍𝙄 2026

Статистика

BMB, OTM, MAGISTRATRATURA va TEXNIKUM larga oid malumotlarni ushbu kanaldan topishingiz mumkin. Mandat bot: @Oliygoh_Edu_bot Bog'lanish uchun: @Talim_admini

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
27
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
7 744
−46 за 5 дн.
Сутки
−66
−0,85%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
34 тыс
27 постов
Вовлечённость
438,5%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 27
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1 159
1/48двое суток
1 328
1/72трое суток
1 432

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 15 авг.1 30772

    без подписи

  • 8 авг.3 994115

    #Qabul2026 #Abituriyent2026 #Ikkinchi_bosqich_tanlov 📣 Hurmatli abituriyentlar! 📆 Tanlovning 2-bosqichida bugun so‘nggi kun, soat 23:59 da yakunlanadi.   ✅ Barcha abituriyentlardan ta’lim yo‘nalishlari, oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakllari va tanlov ustuvorliklarini tanlashni bugun soat 23:59 gacha amalga oshiriishlarini so‘raymiz. 🧑‍💻 Ayni vaqtda abituriyentlarning to‘liq ro‘yxati va egallagan o‘rnini ko‘rish ("Kengaytirilgan qidiruv") imkoniyati yaratilgan bo‘lib, yordamchi ma’lumot sifatida undan keng foydalanish mumkin. 🎥 Tanlovning 2-bosqichi bo‘yicha videoqo'llanma mavjud. @Kirish_Ballari

  • 8 авг.3 74174

    ❗️Bugun abiturientlar uchun OTM va taʼlim yoʼnalishini tanlashning soʼnggi kuni 2026 yilgi qabul jarayonida test sinovlarida ishtirok etgan abiturientlar uchun oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʼnalishini tanlash 8-avgust kuni yakunlanadi. Аbiturientlar my.uzbmb.uz platformasining «Oliy va professional taʼlim muassasalariga qabul» boʼlimi orqali oʼz yoʼnalishlarini tanlashlari mumkin. 📌 Аvvalo tanlov ustuvorligi va maqsadli qabul boʼyicha tanlov amalga oshiriladi. Shundan soʼng test topshirilgan fanlar majmuasi hamda taʼlim tiliga mos holda 5 tagacha OTM va taʼlim yoʼnalishi tanlanadi. 📱 Tanlov saqlangach, abiturient telefon raqamiga yuborilgan SMS-kod orqali maʼlumotlarni tasdiqlaydi. Shundan keyin «Аbiturient qayd varaqasi» shakllantiriladi va uni yuklab olish mumkin. Tanlov muddati tugagunga qadar kiritilgan maʼlumotlarni oʼzgartirish imkoniyati mavjud. Yakuniy qabul natijalari taʼlim yoʼnalishlarini tanlash jarayoni toʼliq yakunlanganidan soʼng bir hafta ichida eʼlon qilinadi. @Kirish_Ballari

  • 13 июл.15,2 тыс3954

    ❗️Абитуриентлар диққатига: 2026–2027 ўқув йили учун тест синовлари 14–23 июль кунлари (10 кун) ўтказилади ⏰ Тестлар кунига 2 сменада бўлади: • 1-смена — 08:00; • 2-смена — 15:00. Абитуриентлар белгиланган жойга камида 1,5 соат олдин етиб келишлари шарт. 🧾 "Абитуриент рухсатномаси" my.uzbmb.uz сайти орқали юклаб олиш мумкин. Уни албатта чоп этиб олинг. Тестга паспорт (ID-карта) ва рухсатнома билан келинг. Паспорт нусхаси ёки кечикиб келган абитуриентлар тест синовига киритилмайди. Барча абитуриентлардан рухсатномаларини олдиндан юклаб олиш сўралади! @Kirish_Ballari

  • 4 июн.26,9 тыс58258

    ❗️Эртадан қабул бошланади! Эртага, 5-июн куни давлат олийгоҳларида абитуриентлар қабули бошланади. Қабул жараёнлари my.uzbmb.uz сайтида 25-июнгача (шу куни ҳам) бўлиб ўтади. ℹ️ ЭСЛАТМА: эртадан бошлаб фақат фанлар мажмуаси танланади холос. Яъни абитуриент қайси фандан тест топширишини белгилайди. Лекин университет ёки йўналишни танламайди. Тест натижалари тўлиқ чиқиб бўлгач, абитуриент ўзи тўплаган баллга қараб, кейинчалик қайси олийгоҳ ва қайси йўналишни танлашни ўзи ҳал қилади. @Kirish_Ballari

  • 30 мая23,1 тыс3370

    #Диққат #Абитуриент ❗️Қабул бошланишига 6 кун қолди Қабул жараёнлари “аввал тест, сўнг танлов” тамойилига мувофиқ қуйидаги икки босқичда амалга оширилади. @Kirish_Ballari

  • 25 авг. 2025 г.42,9 тыс89172

    ⚡️Yiqilgan abituriyentlarga 6-yo'nalish tanlash imkoni beriladi Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan joriy yildan, tanlagan 5 ta yo'nalishiga ham kira olmagan abituriyentlar uchun 6-yo'nalish imkoniyat beriladi. Ushbu tashabbusga doir faktlar: 1. Joriy yildan kuchga kiradi; 2. Tartibi hozircha tasdiqlanmadi; 3. Faqatgina o'qishdan yiqilganlarga taalluqli; 4. Faqatgina kvotasi to'lmay qolgan yo'nalishlarga taalluqli; 5. Fanlar yo'nalishi mos bo'lishi kerak. Batafsil videoda tushuntirilgan. 🇺🇿 @Kirish_Ballari

  • 14 авг. 2025 г.36,8 тыс61116

    #ТЕЗКОР #РАСМАН МАНДАТ ЧИҚДИ!!! ❗️Якуний танлов натижалари (мандат) эълон қилинди 2025/2026-ўқув йили учун олий таълим муассасаларининг бакалавриат таълим йўналишларига кириш тест синовлари бўйича танлов натижалари эълон қилинди. 📌 Танлов натижаларини 3 хил усулда билиш мумкин. 1️⃣ my.uzbmb.uz сайти орқали: my.uzbmb.uz сайтига абитуриентнинг паспорт серияси ва рақами ҳамда шахсий идентификация рақамини киритган ҳолда. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz сайти орқали: mandat.uzbmb.uz сайтига абитуриентнинг ID рақамини киритган ҳолда. 3️⃣ Тест натижалари қайдномаси орқали: Шунингдек, эртага тест натижалари қайдномаси олий таълим муассасаларига тақдим этилади. ЯҚИНЛАРГА ЮБОРИБ ҚЎЙИНГ. Обуна бўлинг👉 @Kirish_Ballari

  • 12 июл. 2025 г.47,6 тыс6225

    ❗️Abituriyentlar diqqatiga! Ertaga, 13-iyul kuni soat 11:00 dan 14:00 ga qadar barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin — Bilimlarni baholash agentligi. 👉 @kirish_ballari

  • 19 июн. 2025 г.50,6 тыс4327

    #𝗗𝗜𝗤𝗤𝗔𝗧_𝗕𝗜𝗭𝗗𝗔_𝗔𝗞𝗦𝗜𝗬𝗔‼️ 𝗘𝗦𝗞𝗜 𝗬𝗜𝗟𝗟𝗔𝗥𝗗𝗔 𝗢𝗖𝗛𝗜𝗟𝗚𝗔𝗡 𝗧𝗘𝗟𝗘𝗚𝗥𝗔𝗠 𝗚𝗨𝗥𝗨𝗛𝗟𝗔𝗥𝗡𝗜 𝗦𝗢𝗧𝗜𝗕 𝗢𝗟𝗔𝗠𝗜𝗭..! ✅ 2017, 2018, 2019, 2020, 2021, 2022, 2023 𝒚𝒊𝒍𝒍𝒂𝒓𝒈𝒂𝒄𝒉𝒂 𝒐𝒄𝒉𝒊𝒍𝒈𝒂𝒏𝒍𝒂𝒓 𝒌𝒆𝒓𝒂𝒌. 𝑶𝒃𝒖𝒏𝒂𝒄𝒉𝒊𝒔𝒊 𝒃𝒐'𝒍𝒊𝒔𝒉𝒊 𝒔𝒉𝒂𝒓𝒕 𝒆𝒎𝒂𝒔. ✅ 𝑰𝒄𝒉𝒊𝒅𝒂 𝒎𝒂𝒍𝒖𝒎𝒐𝒕𝒍𝒂𝒓𝒊𝒏𝒈𝒊𝒛 𝒃𝒐'𝒍𝒔𝒂 𝒐'𝒄𝒉𝒊𝒓𝒊𝒃 𝒕𝒂𝒔𝒉𝒍𝒂𝒃 𝒌𝒆𝒚𝒊𝒏 𝒃𝒊𝒛𝒈𝒂 𝒔𝒐𝒕𝒔𝒂𝒏𝒈𝒊𝒛 𝒉𝒂𝒎 𝒃𝒐'𝒍𝒂𝒅𝒊! ⚠️𝗠𝘂𝗵𝗶𝗺: 𝑭𝒂𝒒𝒂𝒕𝒈𝒊𝒏𝒂 𝒄𝒉𝒂𝒕 𝒕𝒂𝒓𝒊𝒙𝒊𝒏𝒊 𝒕𝒐𝒛𝒂𝒍𝒂𝒔𝒉 𝒒𝒊𝒍𝒎𝒂𝒏𝒈, 𝒈𝒖𝒓𝒖𝒉𝒏𝒊 𝒚𝒊𝒍𝒊 𝒉𝒂𝒎 𝒐'𝒄𝒉𝒊𝒃 𝒌𝒆𝒕𝒊𝒃 𝒒𝒐𝒍𝒂𝒅𝒊) 🤖 @𝗪𝗵𝗮𝘁𝗜𝗢𝘄𝗻𝗕𝗼𝘁 - 𝒐𝒄𝒉𝒈𝒂𝒏 𝒉𝒂𝒎𝒎𝒂 𝒈𝒖𝒓𝒖𝒉𝒍𝒂𝒓𝒊𝒛𝒏𝒊 𝒕𝒐𝒑𝒊𝒃 𝒃𝒆𝒓𝒂𝒅𝒊𝒈𝒂𝒏 𝒃𝒐𝒕. 🔎 @𝗘𝘀𝗸𝗶𝗴𝘂𝗿𝘂𝗵25 - 𝒊𝒔𝒃𝒐𝒕𝒍𝒂𝒓 𝒖𝒄𝒉𝒖𝒏. 👨‍💻 𝗠𝘂𝗿𝗼𝗷𝗮𝗮𝘁 𝘂𝗰𝗵𝘂𝗻: @𝗦𝘁𝗮𝗿_𝗠𝗲𝗻𝗲𝗷𝗲𝗿

  • 28 окт. 2024 г.63,2 тыс174128

    ⏳Vaqt judayam tez o‘tmoqda! Bugun vaqt bo‘lmaydi, ertaga kuch bo‘lmaydi, indinga balki o‘zimiz bo‘lmasmiz... Hech narsani ertaga qoldirmang. Hozirdan harakat qiling! Boshlang, vaqti allaqachon kelgan. Hozir kech emas. Hammasini uddalash mumkin! @Kirish_Ballari

  • 24 окт. 2024 г.61,4 тыс82688

    ⚡️ Keyingi yil imtihonda qaysi darsliklardan savol tushishi e'lon qilindi ✅ 2025–2026-o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga qabul qilishda qo‘llanadigan test topshiriqlari shakllantiriladigan o‘quv dasturlari Bilimni baholash agentligining uzbmb.uz rasmiy saytida e'lon qilindi. 🇺🇿 Fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan taqdim etilgan. ❗️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son qaroriga asosan test sinovi topshiriqlari davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida tuziladi, test sinovi materiallarining ma’no-mazmuni umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi fanlarning o‘quv dasturlariga moslashtiriladi. 🎓 @Oliy_Talim_Edu - Ta’limga oid eng so’ngi va qaynoq yangiliklar

  • 11 окт. 2024 г.52,7 тыс9412

    Talabalikka tavsiya etilganlarning 48 foizdan ziyodi ayollar Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga  186 871 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning: 🙋🏻‍♂️ 96 516 nafari (51,6 %) — erkaklar; 🙋🏻‍♀️ 90 355 nafari (48,4 %) — ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.   🎓 Davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarda ayollarning ulushi erkaklarga nisbatan ko‘proq ekanligini ko‘rish mumkin. Jumladan: erkaklar — 18 572 nafar (45,1%); ayollar — 22 581 nafar (54,9%). Texnikumlar haqida ma'lumot👇 👉 @Texnikum_edu_bot 👉 @Texnikum_edu_bot 👉 @Texnikum_edu_bot 🎓 @Oliy_Talim_Edu - Ta’limga oid eng so’ngi va qaynoq yangiliklar

  • 7 окт. 2024 г.44,9 тыс1439

    ❗️Savol 375 Qay biri uning soyasi? Rasmiy kanal👇 👉 @bilimlar_manzili

  • 2 окт. 2024 г.41,7 тыс3621

    ⚡️Dunyoning eng nufuzli 100 ta oliygohiga grantga oʻqishga qabul qilingan yoshlarga “El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari qoʻshimcha imtihonlarsiz ajratiladi. Dunyoning eng nufuzli 500 ta oliyglohiga grant asosida qabul qilingan yoshlarning transport va turar joy xarajatlari toʻliq qoplab beriladi. Bu borada 2023-yil dekabr oyiga qadar "El-yurt umidi" jamg‘armasi va Yoshlar ishlari agentigi tegishli qaror loyihasi ishlab chiqadi. Asos: Prezident qarori (PQ–300-son, 11.09.2023-y.) Bizni kuzating @KIRISH_BALLARI

  • 30 сент. 2024 г.35,9 тыс2418

    ❓Nodavlat oliygoh talabalariga ham ijara puli qoplab beriladimi? ✅ Vazirlar Mahkamasining 24.09.2021-yildagi 605-sonli qarorida — davlat oliy ta’lim muassasalarining faqat kunduzgi ta’lim shaklida, davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yashaydigan barcha talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini belgilangan mezonlar asosida Davlat budjeti hisobidan qoplab berish ko‘zda tutilgan. Mandatni ko'rish va natijani yuklab olish uchun quyidagi botdan foydalaning: 👉 @ImtihonEdu_bot 👉 @ImtihonEdu_bot 👉 @ImtihonEdu_bot 👉 @ImtihonEdu_bot 👉 @ImtihonEdu_bot 📨 Barcha abituriyentlarga ulashing! @KIRISH_BALLARI

  • 27 сент. 2024 г.32,8 тыс3117

    ⚡️Kasb-hunar maktablari va kollejlar tugatilib, yagona texnikumlar tarmog'iga aylantiriladi Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-sentabr kuni kasbiy ta’limni rivojlantirish va milliy malaka tizimini isloh qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Taqdimotga ko'ra, hozirgi kunda professional ta’lim tizimi uch turdagi muassasalar: 333 ta kasb-hunar maktabi, 227 ta texnikum va 112 ta kollejdan iborat. Ular tabaqalashganligi va dasturlari o‘rtasida uzviylik bo‘lmagani sababli mavjud quvvatlardan unumli foydalanilmayapti. Shu bois mazkur 3 turdagi muassasalar negizida texnikumlar tarmog‘ini rivojlantirish taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, 600 ta texnikum tashkil etiladi. Maqbullashtirish natijasida bo‘shaydigan 71 ta muassasa binosi maktablarga aylantirilib, 42 mingta yangi o‘quvchi o'rni yaratiladi. 🎓 @AbituriyentlarOfficial - Ta’limga oid eng so’ngi va qaynoq yangiliklar

  • 25 сент. 2024 г.31,5 тыс3527

    ⚡️Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatga olish boshlandi 23-sentabrdan matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat test sinovi uchun talabgorlarni my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatga olish boshlandi. Ro‘yxatga olish 29-sentabr 23:59 ga qadar davom etadi. ❗️30-sentabr – to‘lov qilishning so‘nggi muddati. 📆 Test sinovlari 12–13-oktabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 2024 - yil KIRISH BALLARI👇 👉 @OliygohBallari_bot 👉 @OliygohBallari_bot 👉 @OliygohBallari_bot 🎓 @AbituriyentlarOfficial - Ta’limga oid eng so’ngi va qaynoq yangiliklar

  • 20 сент. 2024 г.35 тыс2060

    #rasmiy_xabar ⚡️Kollej va texnikumlarda o‘qishni xohlovchilarga qo‘shimcha imkoniyat berilmoqda. Buning uchun 25-sentyabrga qadar my.uzbmb.uz orqali onlayn yoki bevosita ta’lim muassasasining o‘ziga murojaat qilishlari lozim 🔰Ota-onalar va abituriyentlarning murojaatlarini inobatga olib, shuningdek, kasb egallash istagida bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024/2025-o‘quv yili uchun kollej va texnikumlarga qabul qilish bo‘yicha quyidagi imkoniyatlar taqdim etilmoqda: ➖ bo‘sh o‘rinlari (vakant) mavjud bo‘lgan kollej va texnikumlarga abituriyentlar test natijalari asosida ikkita mutaxassislik fani (fanlar ketma-ketligidan qat’i nazar) mos bo‘lgan tegishli kasb (mutaxassislik)ni tanlashlari mumkin; ➖ abituriyentlar ta’lim tilini o‘zgartirgan holda kollej va texnikumlarning tegishli kasb va mutaxassisliklarini tanlashlari va tanlovda ishtirok etishlari mumkin; ➖ kirish imtihonlarida ishtirok etib, my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali professional ta’lim muassasalarini tanlamagan abituriyentlar ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq kollej va texnikumlarga dual ta’lim shakli bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilinadi; ➖ my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tmagan yoki kirish imtihonlarida ishtirok etmagan, biroq kollej va texnikumlarda kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagidagi fuqarolarga yozma imtihonlar orqali to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi. ‼️Diqqat! Kollej/texnikumlarning kunduzgi ta’lim shakli kasb va mutaxassisliklari uchun tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lganlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida o‘qish istagidagilar bevosita kollej va texnikumning o‘ziga murojaat qilishlari lozim. ✔️Shu munosabat bilan, kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun o‘quv jarayoni 2024-yil 2-oktyabrdan boshlanadi. 2024 - yil KIRISH BALLARI👇 👉 @OliygohBallari_bot 👉 @OliygohBallari_bot 👉 @OliygohBallari_bot 🎓 @AbituriyentlarOfficial - Ta’limga oid eng so’ngi va qaynoq yangiliklar

  • 18 сент. 2024 г.27,8 тыс3243

    ⚡️Boshlang’ich ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin? Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy, ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida: ➡️ boshlang’ich sinf o’qituvchisi; ➡️ o'qituvchi-tarbiyachi; ➡️ qo'shimcha ta'lim pedagogi; ➡️ uslubiy ish rahbari; ➡️ o'qituvchi-psixolog; ➡️ direktorning o'quv ishlari bo'yicha o'rinbosari; ➡️ direktorning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari; ➡️ mahallada yoshlar yetakchisi; ➡️ pedagog-targ'ibotchi; ➡️ maktabgacha va maktab ta'lim vazirligida metodist. 2024 - yil KIRISH BALLARI👇 👉 @OliygohBallari_bot 👉 @OliygohBallari_bot 👉 @OliygohBallari_bot 🎓 @AbituriyentlarOfficial - Ta’limga oid eng so’ngi va qaynoq yangiliklar