Kitobnavis
Статистика• Qadringizni ilm bilan oshiring! – Mutolaaga targʻib... – Kitoblar ichidagi hayot. • Murojaat uchun: https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=7d1796f8d47745
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 5
- Всего постов
- 33
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 66
- 1/48двое суток
- 75
- 1/72трое суток
- 81
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
📖 Ustoz Odinaxon Muhammad Sodiqning har hafta jonli efir qiladigan yopiq kanali borligini bilarmidingiz? Mana o’sha kanalni biz topdik. Ustoz u yerda: 🔘Hech qayerda uchramagan video uchrashuvlari; 🔘Jonli suhbatlar; 🔘Kino tavsiyalari; 🔘Yutuqli tanlovlar va boshqa kerakli ilmlarni o’rgatar ekanlar. Ba’zan bitta suhbat insonning fikrlashini, hayotga qarashini o‘zgartirib yuboradi. @ChashmaGoBot Oʻzbekistondagi 19 milliondan ortiq ayol-qizlar ichidan aynan siz bu xabarni oʻqiyotganingiz bejiz emas. ⚠️ Kanalda joylar cheklangan. Allaqachon 90% joylar band qilindi. Bir xaftadan so’ng roʻyxat yopiladi. Keyin afsuslanmaslik uchun shu bot orqali hoziroq ro’yhatdan o’ting: @ChashmaGoBot
Ilmli va ilmga oshiq qizlarni orzu-maqsadlarini sindirmaydigan va o‘qishini har doim qo‘llab-quvvatlaydigan insoni bo‘lsin. • Niyat
♥️ Menga yurishni o‘rgatganlarni, yugurib ketayotganimda ham aslo unutmayman. @Kitobnavis_uz
#Kitob_nihoyasi Kitob nomi: “Iymon” Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Shayx hazratlarining o‘qilishi tartib bilan berilgan kitoblar qatorida birinchi bo‘lib joy olgan asar “Iymon”dir. Kitobdagi mavzular Islom, Iymon, Qur’oni Karim va Sunnat boblaridan…
#Kitob_nihoyasi Kitob nomi: “Iymon” Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Shayx hazratlarining o‘qilishi tartib bilan berilgan kitoblar qatorida birinchi bo‘lib joy olgan asar “Iymon”dir. Kitobdagi mavzular Islom, Iymon, Qur’oni Karim va Sunnat boblaridan iborat bo‘lib, inson axloqiga oid tushunchalar ham keng yoritib berilgan. Shuningdek, ulamolarimiz iymonni ta’riflashda: “U – e’tiqod qilingan narsani til bilan aytish, dil bilan tasdiqlash va a’zolari bilan bajarishdir”, deyishgan. Inson bir yaxshi ish haqida chiroyli so‘zlar aytish bilan birgalikda, o‘zi ham aytganlariga amal qilishi iymonini mustahkam qiladi. “Islom ta’limotlarini o‘rganib, unga iymon keltirgan kishi, albatta, amal qilishi ham lozim bo‘ladi. Chunki bu ta’limotlar ma’lumot uchun, madaniy saviyani oshirish uchungina xos emas. Balki amal qilish uchun, insonni ikki dunyo baxtiga sazovor qilish uchun joriy qilingandir”. Mutolaa davomida Islom dinining boshqa dinlardan ajralib turadigan jihatlari hamda ilmga berilgan urg‘u e’tiborimni tortdi. Islom dini ilm olishdan qaytarmasligini, aksincha, ilmsizlikka qarshi ekanini anglab yetdim. Bundan 4–5 yil avval bir dugonam dinimiz haqida savol bergan edi. O‘sha paytda unga javob bera olmaganman. Kitobni tugatganimdan so‘ng esa o‘zim ham dinimiz haqida ancha ma’lumotga ega bo‘ldim. Shu jihatdan “Iymon” kitobi men uchun nafaqat mutolaa, balki o‘zimdagi bilimlarni to‘ldirish va iymonimni mustahkamlashga sabab bo‘lgan asarlardan biri bo‘ldi. 1/1000 @Dilyora_Obid
Nimadir yetmaydi hayotimga hech, Men seni hammadan izlayveraman. Bilaman, ruhingni o‘xshashi yo‘qdir, Baribir men seni izlayveraman. Kitobnavis_uz
без подписи
Naqadar go'zal ko'z yosh... Qur’on tashvishi bilan yig’lagan, ilmni tushunolmay yig'lagan, gunohlarini yodga olib yig'lagan, tavba qilib yig'lagan, Rasulullohga bo'lgan sog'inchdan yig'lagan ko’z yosh… @peaces_pg
без подписи
One day)
Shunaqa gaplar 😊
📚 Ilm qiz bolaga qanchalik kerak? Qiz bola uchun ilm – shunchaki o‘qish, kasb egallash yoki biror sohada muvaffaqiyat qozonish vositasi emas. Ilm – uning hayotini to‘g‘ri anglashiga, o‘z qadrini bilishiga, oilasida oqilona qaror qabul qilishga va eng muhimi, Robbisini tanib yashashiga sabab bo‘ladigan nurdir. Islom tarixiga nazar tashlasak, ilmli ayolning naqadar katta o‘rin tutganini ko‘ramiz. Buning eng go‘zal misollaridan biri – Mo‘minlarning onalaridir. Oisha roziyallohu anho – ilmning go‘zal namunasidir Oisha roziyallohu anho nafaqat Rasululloh sollalohu alayhi vasallamning zavjalari, balki ummatning olimalaridan biri bo‘lganlar. Ular hadis, fiqh, tibbiyot va arab tili kabi ko‘plab sohalarda chuqur bilimga ega edilar. Sahobalarning o‘zlari ham ayrim masalalarni bilish uchun Oisha roziyallohu anhoga murojaat qilganlar. Abu Muso al-Ash’ariy roziyallohu anhu Oisha onamizning ilmiga ishora qilib, sahobalar biror hadis borasida qiynalsalar va Oisha roziyallohu anhoga murojaat qilsalar, u zotda albatta bu masala haqida bilim topilganini aytganlar. Demak, qiz bolaning ilm olishi – uning ayolligiga zid emas. Aksincha, ilm uning ayolligini yanada go‘zal mas’uliyat bilan bezaydi. Hafsa roziyallohu anho – ilm va mas’uliyat Hafsa roziyallohu anho ham savodli ayollardan bo‘lganlar. Ularning yozishni bilganlari haqida rivoyatlar mavjud. Qur’on oyatlari jamlangan sahifalar bir muddat Hafsa roziyallohu anhoning huzurlarida saqlangan. Zaynab binti Jahsh roziyallohu anho – hunar va mehnat Zaynab roziyallohu anho qo‘l mehnati bilan shug‘ullanar, teri buyumlarini tayyorlar va bundan topgan daromadlarini sadaqa qilishga sarflar edilar. Bu ham muhim saboq. Ilm faqat kitob o‘qishdan iborat emas. Insonning o‘z qo‘li bilan foydali ish qila olishi, hunar egallashi, halol mehnatni bilishi ham hayotiy bilimning bir qismidir. Qiz bola biror hunarni o‘rgansa, bu uning oilaga ehtiyoji yo‘q degani emas. Bu – hayotning turli vaziyatlariga tayyor, kerakli va mas’uliyatli inson bo‘lib ulg‘ayishidir. Ummu Salama roziyallohu anho – farosat va donolik Ummu Salama roziyallohu anho aql-zakovati va dono fikrlari bilan ham mashhur bo‘lganlar. Hatto Hudaybiya voqeasida Rasululloh sollalohu alayhi vasallamga bergan maslahatlari musulmonlar uchun juda muhim vaziyatda foyda bergan. Demak, Ayolning fikri kerak. Ayolning tafakkuri kerak. Ayolning ilmi kerak. Chunki ayol faqat o‘z hayotini emas, ko‘pincha butun bir oilaning ruhiyati va kelajagini shakllantiradi. Ilmli ona – ilmli avlod Siz kelajakdagi bir oilaning tarbiyachisi bo‘lasiz. Shuning uchun ilmli bo‘ling. Albatta, ilm faqat dunyoviy ma’lumot bilan cheklanmaydi. Qiz bola avvalo aqidasini, ibodatlarini, halol-haromni, odobni, oilaviy mas’uliyatni bilishi kerak. Shu bilan birga, hayotda kerak bo‘ladigan foydali fanlarni, tilni, kasb-hunarni va tafakkurni ham rivojlantirishi lozim. Chunki ilmli ayol – faqat o‘zini emas, atrofidagi insonlarni ham yuksaltira oladi. Mo‘minlarning onalari bizga buning yaqqol namunasini ko‘rsatib ketganlar. Shunday ekan, qiz bolaning qo‘liga faqat sep tayyorlab berish emas, ilm berish kerak. Unga faqat turmush qurishni emas, to‘g‘ri yashashni o‘rgatish kerak. Unga faqat chiroyli kiyinishni emas, chiroyli fikrlashni o‘rgatish kerak. Qiz bolaga ilm kerak. Juda ham kerak. Chunki bugun ilm izlayotgan qiz – ertangi avlodning onasidir. @Dilyora_Obid
без подписи
🖇 Sen kelguncha… Sen kelguncha yashagan hayotimni sengacha kelishim uchun atalgan go‘zal bir yo‘l deb o‘ylayman. Sen, shunchaki sen emassan. Senda endi men borman. Bilaman, biz ideal emasmiz. Lekin birgalikda bir butunmiz. Men kamchiliklarimni sen bilan to‘ldirayki, senda ham kemtiklik qolmasin. Hamrohim, yo‘limiz mashaqqatli, ammo birgalikda bu ham biz uchun baxtdir. Men o‘zimga sen menga qayg‘urganchalik e‘tibor berolmayman. Iltimos, meni bir umr asra. @Kitobnavis_uz
Tasavvuf insonning o‘zini yengishi va yaratilishdan mos ravishda o‘zini qayta shakllantirishidir. Bu jarayonda so‘fiy nafsi ammora dan nafsi komilaga qarab yetti bosqichdan iborat yo‘lni bosib o‘tadi. Nafsning yetti qavatli binosining eng quyi “yerto‘lasi” — nafsi ammoradir. U jamiki salbiyliklarni yig‘uvchi soyaviy menlikni ifodalaydi. Bu bosqichda inson o‘zidagi nuqsonlarni ham, yashirin illatlarni ham ko‘rmaydi. Boshqacha aytganda, inson o‘z xatti-harakatlari, qalbidagi niyat va hislarini tanishdan uzoq bo‘ladi. Ikkinchi qavat — nafsi lavvomadir. Bu bosqichda inson o‘zining ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan jihatlari namoyon bo‘la boshlaydi, o‘z hislari va niyatlarini anglaydi. His-tuyg‘ularini kuzata boshlaydi, hislarining tagidagi asl haqiqatlar bilan yuzlashadi va o‘zini malomat qilishga o‘tadi. Uchinchi bosqich — nafsi mulhimadir. Bu bosqichda inson hislarini boshqarishni, iroda kuchini fitratga muvofiq ishlatishni o‘rganadi. To‘rtinchi bosqich — nafsi mutma’innadir. Bu maqomda to‘liq hotirjamlik va tinchlikka erishiladi. Nafsning na o‘zi bilan, na boshqalar bilan hech qanday kurashi qolmaydi. Beshinchi bosqich — nafsi roziyadir (rozilik). Bu bosqichga yetgan nafs o‘tmish va kelajak borasida hamma narsadan rozi bo‘ladi. Oltinchi bosqich — nafsi marziya (rozi bo‘lingan). Bu darajaga yetgan inson Alloh va Rasulining axloqi bilan axloqlanadi. Yettinchi bosqich — nafsi komiladir. Bu darajaga faqat Payg‘ambar alayhissalom yetganlar. Solik bu yo‘lda kamolotga yetgan murshid rahbarligida ikki asosiy vazifani oladi: Fano (foniy bo‘lish) — o‘z menidan yo‘qolish, nafsoniy menlikning o‘lishi. Baqo — Alloh taologa ubudiyat bilan boqiy qolish. Tasavvuf va his-tuyg'ular tarbiyasi.
❤️ Kalbinin hissettiği her şey doğrudur. @Kitobnavis_uz
naseeb)
без подписи
без подписи
Ha, azizlar. Yoz o‘tmoqda soz😊