Kokand 25-MAKTAB 🇺🇿
СтатистикаAssalomu alaykum hurmatli obunachilar! 🤝 Ushbu kanal orqali maktabimiz hayotini yaqindan yoritib boramiz. 📸
- Последний пост
- 7 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 40
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 322
- 1/48двое суток
- 369
- 1/72трое суток
- 397
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
YUTUQLAR SARI DADIL QADAM 25-sonli umumta'lim maktabi – bilim, tarbiya va muvaffaqiyat maskani Ta'lim – jamiyat taraqqiyotining mustahkam poydevori. Sifatli ta'lim esa fidoyi ustozlar, ahil jamoa va uzoqni ko'ra oladigan rahbar faoliyati bilan chambarchas bog'liq. Ana shunday ta'lim maskanlaridan biri bo'lgan 25-sonli umumta'lim maktabi 2025–2026 o'quv yilini salmoqli yutuqlar, quvonchli natijalar va ulkan muvaffaqiyatlar bilan yakunladi. O'quv yili davomida maktab jamoasi tomonidan ta'lim sifatini oshirish, o'quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda ularni nufuzli ta'lim muassasalariga tayyorlash borasida tizimli ishlar amalga oshirildi. Mazkur sa'y-harakatlar o'zining munosib samarasini berdi. Jumladan, 4-"A" sinfining 8 nafar o'quvchisi matematika va ingliz tili fanlaridan 90–100 ball to'plab, Qo'qon shahridagi 5-sonli VIDUMI ixtisoslashtirilgan maktabiga muvaffaqiyatli o'qishga qabul qilindi. Bundan tashqari, 3 nafar o'quvchi O'zbekiston tumani ixtisoslashtirilgan maktabiga, 2 nafar o'quvchi Beshariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabiga, 1 nafar o'quvchi Farg'ona shahridagi Al-Xorazmiy xalqaro maktabiga hamda 1 nafar o'quvchi Farg'ona Sport maktabiga o'qishga qabul qilinib, maktabimiz sha'nini munosib himoya qildi. Bu natijalar o'quvchilarimizning fan va sport yo'nalishlaridagi iqtidorini, ularning kelajak sari ishonch bilan odimlayotganini yaqqol namoyon etadi. Maktabda ingliz tilini chuqur o'qitishga alohida e'tibor qaratilayotgani ham o'z samarasini bermoqda. Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o'tkazilgan MULTILEVEL sertifikat imtihonlarida 4-sinf o’quvchilaridan 15 nafari A1 darajasini qo'lga kiritdilar. Mazkur natija xalqaro IELTS mezonlari bo'yicha taxminan 4,5 ball darajasiga mos keladi. Bugungi kunda ushbu o'quvchilar ingliz tilida mustaqil muloqot qila olish darajasiga erishganlari maktabimiz uchun alohida faxrdir. Albatta, bunday yutuqlar ortida har bir ustozning mashaqqatli mehnati, ota-onalarning ishonchi va o'quvchilarning tinimsiz izlanishlari mujassam. 25-sonli umumta'lim maktabida shakllangan sog'lom ma'naviy muhit, o'qituvchilar o'rtasidagi o'zaro hurmat, hamjihatlik va tajriba almashish madaniyati ta'lim sifatini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Bu jamoada har bir pedagog yagona maqsad – yosh avlodni bilimli, barkamol va Vatanga sadoqatli inson etib tarbiyalash yo'lida birlashgan. Maktabning bugungi muvaffaqiyatlarida rahbar Karimov Malik Mirzoning xizmatlari alohida e'tiborga loyiq. U kishining zamonaviy boshqaruv uslubi, ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan tashabbuslari, pedagoglarni qo'llab-quvvatlashi hamda jamoada o'zaro hurmat va birdamlik muhitini yaratishga qaratilgan sa'y-harakatlari maktab rivojiga sezilarli hissa qo'shib kelmoqda. Rahbar boshchiligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar natijasida maktabda o'qituvchi va o'quvchilar uchun yanada qulay, ijodiy va samarali ta'lim muhiti shakllandi. Eng muhimi, har bir yutuq jamoaning umumiy mehnati va birgalikdagi harakati mahsuli ekanligi ushbu ta'lim maskanining asosiy kuchiga aylangan. Bugun 25-sonli umumta'lim maktabi o'zining yutuqlari, fidoyi pedagoglari, intiluvchan o'quvchilari va ahil jamoasi bilan hududimizning namunali ta'lim muassasalaridan biri sifatida e'tirof etilmoqda. Erishilgan barcha muvaffaqiyatlar bilan maktab jamoasi, ustozlar, ota-onalar va o'quvchilarni samimiy tabriklaymiz. Ishonamizki, 25-sonli umumta'lim maktabi bundan buyon ham yangi marralarni zabt etib, Vatanimiz ravnaqi uchun munosib, bilimli va salohiyatli yoshlarni tarbiyalashdek sharafli vazifani yuksak mas'uliyat bilan davom ettiradi. 25-sonli umumta'lim maktabi – bugungi yutuqlar, ertangi buyuk kelajak poydevori!
⚡️ ЭНДИ ОТА-ОНАЛАР МАКТАБ ҲУДУДИГА КИРА ОЛИШМАЙДИ! Ўзбекистонда мактаблар учун янги хавфсизлик тартиби жорий этилмоқда. Энди ота-оналар фарзандини асосан КПП, яъни эшик ёнигача кузатиб қўяди холос. Мактаблар эса босқичма-босқич: 📹 видеокузатув камералари; 🚨 хавф тугмаси; 🛂 киришни назорат қилиш тизими; 🚔 қўриқлаш сигнализацияси ва КПП билан жиҳозланади. ГРУППАЛАРГА ТАРҚАТИБ ҚЎЯМИЗ. 👉 @tyxuzbek - энг тезкор ва махфий хабарлар каналига аъзо бўлинг!
🎉 YANA BIR YUTUQ! 🎉 Bugun mehnatimizning yana bir shirin samarasi ko'rindi. Tayyorlagan o'quvchilarimizdan Beshariq tumani Ixtisoslashtirilgan maktabiga o'qishga kirishdek baxtga muyassar bo'ldi. Bu natija, avvalo, o'quvchilarimizning tinimsiz mehnati, ota-onalarning ishonchi va ustozlarning fidokorona sa'y-harakatlari samarasidir. Shu munosabat bilan ta'lim jarayonida doimo qo'llab-quvvatlab, ishonch bildirgan maktab rahbari Karimov Malik Mirzoga chuqur minnatdorlik bildiramiz. Ularning e'tibori va rag'batlari bizni yanada katta marralar sari ilhomlantiradi. 🌹 Hurmatli Karimov Malik Mirzo! Sizga ta'lim rivoji yo'lidagi xizmatlaringiz, ustozlarga bildirayotgan ishonchingiz va doimiy qo'llab-quvvatlovingiz uchun samimiy tashakkur izhor etamiz. Yutuqlarimiz bardavom, o'quvchilarimiz safi esa yanada ziyoda bo'lsin! Hurmat bilan, Ustoz va shogirdlar
🎉 YANA BIR YUTUQ! 🎉 Bugun mehnatimizning yana bir shirin samarasi ko'rindi. Tayyorlagan o'quvchilarimizdan Beshariq tumani Ixtisoslashtirilgan maktabiga o'qishga kirishdek baxtga muyassar bo'ldi. Bu natija, avvalo, o'quvchilarimizning tinimsiz mehnati, ota-onalarning ishonchi va ustozlarning fidokorona sa'y-harakatlari samarasidir. Shu munosabat bilan ta'lim jarayonida doimo qo'llab-quvvatlab, ishonch bildirgan maktab rahbari Karimov Malik Mirzoga chuqur minnatdorlik bildiramiz. Ularning e'tibori va rag'batlari bizni yanada katta marralar sari ilhomlantiradi. 🌹 Hurmatli Karimov Malik Mirzo! Sizga ta'lim rivoji yo'lidagi xizmatlaringiz, ustozlarga bildirayotgan ishonchingiz va doimiy qo'llab-quvvatlovingiz uchun samimiy tashakkur izhor etamiz. Yutuqlarimiz bardavom, o'quvchilarimiz safi esa yanada ziyoda bo'lsin! Hurmat bilan, Ustoz va shogirdlar
🎉 YANA BIR YUTUQ! 🎉 Bugun mehnatimizning yana bir shirin samarasi ko'rindi. Tayyorlagan o'quvchilarimizdan O'zbekiston tumani Ixtisoslashtirilgan maktabiga o'qishga kirishdek baxtga muyassar bo'ldi. Bu natija, avvalo, o'quvchilarimizning tinimsiz mehnati, ota-onalarning ishonchi va ustozlarning fidokorona sa'y-harakatlari samarasidir. Shu munosabat bilan ta'lim jarayonida doimo qo'llab-quvvatlab, ishonch bildirgan maktab rahbari Karimov Malik Mirzoga chuqur minnatdorlik bildiramiz. Ularning e'tibori va rag'batlari bizni yanada katta marralar sari ilhomlantiradi. 🌹 Hurmatli Karimov Malik Mirzo! Sizga ta'lim rivoji yo'lidagi xizmatlaringiz, ustozlarga bildirayotgan ishonchingiz va doimiy qo'llab-quvvatlovingiz uchun samimiy tashakkur izhor etamiz. Yutuqlarimiz bardavom, o'quvchilarimiz safi esa yanada ziyoda bo'lsin! Hurmat bilan, Ustoz va shogirdlar.
Бугун Ўзбекистон Республикаси президенти Шавкат Миромонович Мирзиёевнинг туғилган кунлари.
Ҳурматли ота-оналар фарзандларингизни телефонини текшириб туринглар 😨
Ота-оналар учун эслатма
Aziz yoshlar! 🎉 Sizlarni sevimli bayramingiz, azm-u shijoat, go'zallik va kamolot ayyomi – Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz. Sizlarning chuqur mushohadali, vaziyatni atroflicha tahlil qila oladigan, muammolarga qonun doirasida yechim topishga intiladigan keng fikrli insonlar bo'lib kamol topishingizda tilakdoshmiz. Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad tilaymiz. Hurmat bilan, 25-maktab jamoasi
Qo'qon shahrida 30-iyun "Yoshlar kuni " munosabati bilan o'tkazilgan "Adolat sayli" rasmlar ko'rik tanlovida 25-umumiy o'rta ta'lim maktabining Boshlangʻich sinf 4-"B" va 4-"V" sinf oʻquvchilari faol qatnashdilar. Tadbirda Akbarova Anisaxon 1-o'rin Hasanova Zinnuraxon 2-o'rin g'olibi bo'lishdi.
Assalomu alaykum! Aziz hamshaharlar. O’zbekiston terma jamoamiz o’yinini biz bilan bir tamosha qiling! Joylar soni chegaralanmagan va barcha faol qatnashishlaringni so’rab qolamiz. Efir oldi bolalar uchun ham barcha sharoitlar tayyorlangan bemalol yaqinlaringiz bilan kelib, futbolni birgalikda ko’rishingiz mumkin. Manzillarimiz rasmda ko’rsatib o’tilgan.
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи