Laylo yozadi 🇺🇿
Статистика💳 1000$+ onlayn daromad qilayotgan, 3 farzandli qishloq keliniman 📝 Kopirayting, adabiyot va so‘z haqida foydali maʼlumotlar berib boraman Reklama uchun: https://t.me/+IflulpECzhAxY2Iy 18.12.2021 start 🔥
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 5
- Всего постов
- 29
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 86
- 1/48двое суток
- 98
- 1/72трое суток
- 106
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
Onam o‘sha kungi kaltak uchun hali ham o‘zlarini ayblaydilar Hozirgacha zreniyam haqida gap ketsa, onam o‘sha voqeani eslaydilar. Men o‘shanda 10 yoki 11 yosh edim. Onam menga cho‘milishga unchalik ruxsat bermasdilar. Ruxsat tegsa ham, boshimga salafan kiyib…
Onam o‘sha kungi kaltak uchun hali ham o‘zlarini ayblaydilar Hozirgacha zreniyam haqida gap ketsa, onam o‘sha voqeani eslaydilar. Men o‘shanda 10 yoki 11 yosh edim. Onam menga cho‘milishga unchalik ruxsat bermasdilar. Ruxsat tegsa ham, boshimga salafan kiyib cho‘milishga majbur qilardilar 😂 Hamma mazza qilib boshini tiqib, cho‘milardi, men esa g‘aribgina bir chetda turib, ularni tomosha qilishga majbur edim. Nimjonroq qiz edim, tezda isitmam chiqib qolardi. Bir kuni rosa yalindim-yolbordim. Nihoyat, uzoq kutilgan kun keldi! Uyimizning ro‘parasidan ariq o‘tardi. O‘sha ariqda baliq bo‘lib suzganman desam ham bo‘ladi 😂 Onam uxlab qolibdilar. Men esa… naq ikki soat cho‘milganman! Lablarim ko‘karib, muzlab qolgan bo‘lsam ham, “endi chiqaman” degan niyat yo‘q. Bolalikda vaqt degan narsaning qadriga yetmas ekanmiz-da. Bir payt onam uyg‘onib qarasalar — men yo‘q. Eshik tagida turib: — Qayerdasan?! — deb baqirganlar. Men sekin oldilariga bordim. — Kir! — dedilar. Men esa juda aqlli qaror qilib: — Siz oldin kiring, men keyin kiraman. — Kir, yo‘q urasiz. — Urmayman! Ishonganman. Eshikdan kirishim bilan boshimning orqasiga qattiq urilgan. Shundan keyin bir muddat o‘zimda bo‘lmaganman. Eng yomoni, o‘sha voqeadan keyin yaxshi bo‘lgan zreniyam ham tushib ketgan. Onam esa shu kungacha: “Bolam, o‘sha kuni seni urmaganimda edi.” deb o‘zlarini ayblaydilar. Men esa bu voqeani yozayotganimda, bolalikdagi o‘sha hislar yana qayta jonlangandek bo‘lyapti. Balki shu sababli psixologdan konsultatsiya olishim kerakligini ham his qilyotgandirman 🤣 Lekin bolalik degan narsa qiziq ekan. O‘sha paytda men uchun dunyodagi eng katta muammo — “cho‘milishga ruxsat berisharmikan?” bo‘lgan. Sizlarda ham bolalikdan qolgan, hozir eslasangiz kulgingiz keladigan yoki aksincha, yuragingizni siqib yuboradigan voqealar bormi? Izohda yozib qoldiring. Bir yoshlikni eslaylik 💅
Hayotiy hikoyalarimdanam aytib beraymi? Masalan, yo‘qolib qolib, bir shapaloq yeganimni? 🙊
200+ loyiha menga nimani o‘rgatdi? Salkam 5 yil davomida 200 dan ortiq loyiha uchun yozdim. Ular orasida katta brendlar ham bo‘ldi, endigina yo‘lga chiqayotgan bizneslar ham. Bir necha oy ishlagan loyihalarim ham, yillar davomida birga kelayotganlarimiz ham bor. Va shu vaqt ichida kopiraytingdan ko‘ra ko‘proq narsani o‘rgandim. 1️⃣ Yaxshi yozishdan oldin tushunish kerak Ba’zan bir soat yozib topolmagan jumlang mijoz bilan 10 daqiqalik suhbatdan keyin o‘z-o‘zidan keladi. Chunki muammo ko‘pincha ma’lumot yetishmasligida bo‘ladi. 2️⃣ O‘zingga yoqqan matn har doim ham yaxshi matn degani emas Kopirayter sifatida menga juda yoqqan jumlalarim bo‘lgan. Lekin auditoriyaga u kerak bo‘lmagan. Vaqt o‘tib, “men qanday yozishni xohlayman?”dan ko‘ra “bu yerda qanday yozish kerak?” muhimroq ekanini tushundim. 3️⃣ Sodda yozish murakkab yozishdan qiyinroq Murakkab fikrni murakkab qilib yozish oson. Uni odam bir o‘qishda tushunadigan darajaga olib kelish yaʼni soddalashtirish esa ancha ko‘proq fikrlashni talab qiladi. 4️⃣ Hamma loyihada zo‘r natija bo‘lavermaydi Ba’zida g‘oya maʼqul kelmaydi. Ba’zida o‘zing zo‘r deb o‘ylagan matn yomon fidbek oladi. Ba’zida bir jumlani besh marta o‘zgartirasan. Oldin bunday vaziyatlarni og‘irroq qabul qilardim. Hozir esa bu ishning bir qismi ekanini bilaman. 5️⃣ Tajriba tezlik bermaydi, aniqlik beradi Bugun oldingidan tezroq yozishim mumkin. Lekin men uchun tajribaning asosiy belgisi bu emas. Eng katta o‘rgangan narsam shuki, qayerda nima yozmaslik kerakligini ham bilaman. 200+ loyiha menga tayyor formulalardan ko‘ra ko‘proq kuzatishni, eshitishni, moslashishni va kerak bo‘lsa qaytadan boshlashni o‘rgatdi. Va hali ham har bir yangi loyiha oldida o‘rganadigan nimadir chiqadi. Sizni o‘z kasbingizda eng ko‘p o‘zgartirgan xulosa qaysi? Izohlarda yozing, o‘qish menga qiziq. ☺️
Ba’zida bir kunning o‘zida 10+ xil brend nomidan gapirishimga to‘g‘ri keladi Ertalab premium avtomobil uchun matn yozaman. Keyin tibbiyot loyihasiga o‘taman. Undan keyin mebel, qurilish, ta’lim yoki oziq-ovqat brendi… Va ularning hech biri bir-biriga o‘xshab gapirmasligi kerak. Chunki har bir brendning o‘z xarakteri bor. Biri jiddiy va vazmin gapiradi. Biri sodda va xalqona. Boshqasi esa birgina ortiqcha so‘z bilan ham o‘zining premium kayfiyatini yo‘qotishi mumkin. Shuning uchun yangi loyiha bilan ishlashni boshlaganimda darrov post yozishga o‘tmayman. Avval brendni “eshitishga” harakat qilaman. U kim bilan gaplashyapti? Auditoriyasi qanday so‘zlardan foydalanadi? Qaysi iboralar unga umuman yarashmaydi? Qayerda hazil qilish mumkin, qayerda esa bitta noto‘g‘ri jumla brendga bo‘lgan ishonchni pasaytiradi? Shular aniq bo‘lgandan keyingina matn yozish osonlashadi. Shu sababli kopirayter uchun chiroyli yozishning o‘zi kamlik qiladi. Bir necha daqiqa oldin yozgan uslubingni unutib, boshqa brendning dunyosiga kira olish ham kerak. Men uchun kopiraytingning eng qiziq joylaridan biri ham shu: men har kuni so‘zlar ummoniga sho‘ng‘ib yozaman, lekin har safar boshqa ovozda. Agar sizga kopirayterning shunday “ichki oshxonasi” qiziq bo‘lsa, 🔥 qoldiring. Keyingi postda 200+ loyiha menga kopirayting haqida o‘rgatgan eng muhim xulosalarni yozaman.
Salom, yaxshijonlar 🌚 Meni sog‘inganlar bormuuu? ☺️
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Jumanov Jasur ustaning oʻg'liga Hindiston davlatiga borib davolanishi uchun mablagʻ yig'ilayabdi . ehson qilaman deganlar Shu kartaga 5614 6828 7516 4578 Tayloqov Dilshod chiqadi. Ehsonning mukofoti ehsondir. Shu ukamizni qullab turishlaringizni suraymiz qishloqdoshlar nasib bo'lsa sog'ayib ketib qishloqimizga Vatanimizga xizmat qilsin. Jumanov Jasur tel 94-986-17-18 Tayloqov Dilshod tel 94-253-09-09
Xayrli tong 😌 Motivatsion dam olish boshlandi
Do‘st, mayli, tuhmat qil, haqorat qilgin, Tangrim, sen sabrga ishorat qilgin. Qalbimga urilgan har bir ozorni Biror gunohimga kafforat qilgin. Mirzo Kenjabek @Chilzarra
Nafaqat shogirdlarimga, boshqalarga ham doim aytaman... Bu doim natija bergan. Gap nima haqida ekani sizga qiziqmi? Shunga qarab davom etaman?
Nafaqat shogirdlarimga, boshqalarga ham doim aytaman... Bu doim natija bergan. Gap nima haqida ekani sizga qiziqmi? Shunga qarab davom etaman?
2016-yil 1-avgust...
Hop, ochig’ini aytadigan bo’lsam, boshida amaliyot uchun deyilgani uchun rozi bo’lib, jiddiy qaramagandim, unchalik ko’p narsa kutmagandim. Haqiqiy ish atmosferasini berishga qaror qildim, va keyingi oyla uje jiddiy yondashdik ham 😁 Bir gap bilan aytadigan…
Hop, ochig’ini aytadigan bo’lsam, boshida amaliyot uchun deyilgani uchun rozi bo’lib, jiddiy qaramagandim, unchalik ko’p narsa kutmagandim. Haqiqiy ish atmosferasini berishga qaror qildim, va keyingi oyla uje jiddiy yondashdik ham 😁 Bir gap bilan aytadigan bo’lsam, bemalol ishona olamanki Viloyat hammasini eplab ketolisiz 🤍 harakat qilishizni, fidbeklani qabul qilib o’sishiz juda yoqtirdim. Proyektni tushunib, namunalani ko’rib, anglab, kundan kunga o’sganizzi o’zim guvohi bo’ldim. Men o’zi juda talabchan, ikir-chikirlarigacha e’tibor berib qabul qivoladigan managerman, montajer dizaynerla bilan ham shunaqa ishlimiz, ayniqsa matn telegram sahifamizda va targetlada muhim rol o’ynagani uchun bunga alohida e’tibor qaratishga harakat qilaman. Shundayam undasidan chiqishga maksimal harakat qildiz, buninchun sizga rahmat diyman, payti keganda sal qattiqro gapirib yuborgan bo’lsam to’g’ri tushunasiz, ishda stress vaziyatla bo’p turishi tabiiy 🤔 Maslahatim — doimgidek rivojlanishdan to’xtamen, oldinam aytkanimdek tushunib har bir videoni mavzusini va yetkizbermoqchi bo’lgan narsasini, maqsadini yaxshilab anglab olsez, matnda idea kelishi oson bo’ladi va agar tushunmasez biladigan odamdan so’rash umuman ayb emas. AI dan foydalaning bemalol, lekin undan asosan struktura va idea uchun foydalaning, bilasiz jonli matn farqi baribir bo’lak. Lekin podderjka qilaman AI bilan ish qiladiganlani, buyam umuman bekitadigan ishmas. Hullas, sizi yorqin kelajak kutyapti, bunga kichik xissamni qo’shayotganimdan xursandman 🩷
Qoʻlimdan ushlab shu sohaga olib kirganingiz uchun raxmat Alloh rozi boʻlsin sizdan 🥹 Usha paytlar men uchun eng qiyin davrlar edi stresslar, charchoq, depressiyalar juda holdan toydirgan edi. Meni ustozim Ssenariy yozishni oʻrgatadigan kurs sotyapti. Eng…