tgindex
ILG‘ORLIKLAR

ILG‘ORLIKLAR

Статистика
@Lider_mahallaузбекский

Ilg‘or yangiliklari! Mahallamizdagi ishlar, tashabbuslar va qiziqarli voqealar shu kanalda!

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
15
Всего постов
169
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
712
−3 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
651
40 постов
Вовлечённость
91,4%
к подписчикам
Постов в день
2,1
всего 169
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
271
1/48двое суток
310
1/72трое суток
334

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • ✅ Shu insonga - respekt! 👏 Bugunning dolzarb, ammo ko'pchilik chetlab o'tadigan muammosini ko'tarib chiqibdi. Videoni shunchaki tomosha qilmang - ko'ring, o'ylang va xulosa qiling!

  • Juma ayyomining fayzi va barakoti sizga bo‘lsin. Assalomu alaykum! 🌐@lider_mahalla

  • 13 авг.1 2087

    без подписи

  • 13 авг.1 103147

    #Ilgor_MFY #YoshlarTashabbusi ✅ ILG‘OR MAHALLASIDA EHTIYOJMAND OILALAR FARZANDLARIGA O‘QUV QUROLLARI SOVG‘A QILINDI ✅ Ohangaron tumani “Ilg‘or” mahallasida “Mahallada obodlik va mehr-saxovat” oyligi doirasida yana bir ezgu tashabbus amalga oshirildi. ✅ Mahallamizning faol yoshlari safidan bo‘lgan Nasibaliyev Husan hamda Azizov Inomjon tomonidan besh nafar ehtiyojmand oilaning farzandlariga o‘quv qurollari sovg‘a qilindi. ✅ Ushbu xayrli tashabbusdan asosiy maqsad — ehtiyojmand oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishiga ko‘maklashish va yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda boshlashlariga hissa qo‘shishdir. ✅ Mahalla faollari va xodimlari Nasibaliyev Husan hamda Azizov Inomjonga ushbu ezgu tashabbuslari uchun samimiy minnatdorchilik bildiradilar. 📚 Zero, ta’lim va yoshlar uchun qilingan har qanday ezgu ish — kelajakka kiritilgan eng qimmatli sarmoyadir. ✅ Bunday xayrli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va davom ettirish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizni “Ilg‘or” mahalla fuqarolar yig‘ini bilan hamkorlik qilishga chorlab qolamiz. 🌐@lider_mahalla

  • 12 авг.1 1392

    без подписи

  • 12 авг.1 1302

    без подписи

  • 12 авг.1 1162

    без подписи

  • 12 авг.1 07782

    #Ohangaron_tumani #Ilgor_MFY #Ichimlik_suvi ✅ ILG‘OR MAHALLASIDA ICHIMLIK SUVI TARMOQLARI TORTILMOQDA ✅ Ohangaron tumani “Ilg‘or” mahallasining O‘rtaovul ko‘chasida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida Davlat dasturi asosida suv tarmoqlarini tortish ishlari olib borilmoqda. ✅ Ayni paytda suv tarmoqlari yotqiziladigan hududlarda qazish ishlari amalga oshirilmoqda. ✅ Mazkur ishlarning borishi jamoatchilik tomonidan doimiy nazoratga olinib, kuzatib borilmoqda. 🌐@Lider_mahalla

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 📢 Eko-tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash o‘quv dasturi va biznes-loyihalar tanlovi boshlanmoqda! ♻️ Aylanma iqtisodiyotni rivojlantirish va chiqindilarni boshqarish bo‘yicha qo‘shma loyiha UNDP tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. 💰 Ta’lim mutlaqo bepul. Barcha o‘quv xarajatlari loyiha hisobidan qoplanadi. 📍 Treninglar qayerda o‘tkaziladi: Toshkent, Angren va Nukus shaharlarida. 👥 Kimlarni taklif etamiz: Ish boshlayotgan va faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni. Dasturda ayollar (o‘rinlarning kamida 50%) va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratiladi. O‘rinlar soni: har bir shahardan 40 nafar ishtirokchi. 📑 Qo‘llab-quvvatlash dasturi haqida Loyiha sizga g‘oyadan biznesni kengaytirishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tishda yordam berish uchun bir nechta bosqichdan iborat: 🔹 Intensiv biznes-treninglar: 6 hafta davomida (haftasiga 2 marta) malakali murabbiylar bilan 12 ta mashg‘ulot. 🔹 Shaxsiy mentorlik yordami bilan akseleratsiya. 🔹 Biznes-loyihalar tanlovi — dastur bitiruvchilari $10 000 gacha grant mablag‘larini qo‘lga kiritish uchun kurashishlari mumkin! 📚 Ta’limning asosiy yo‘nalishlari: 1. Aylanma iqtisodiyotga kirish va chiqindilarni boshqarish 2. Biznes asoslari va biznesni rejalashtirish 3. Marketing, brending va mijozlar bilan ishlash 4. Moliyaviy boshqaruv va rivojlanish strategiyasi 5. Biznes-reja ishlab chiqish va grant arizasini tayyorlash 🎓 Qanday qilib ishtirokchi bo‘lish va sertifikat olish mumkin? O‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlash, sertifikatni qo‘lga kiritish va grant tanlovida qatnashish huquqini olish uchun treninglarda faol ishtirok etish hamda vazifalarni bajarish talab etiladi. Agar siz o‘z “yashil” biznesingizni rivojlantirishni va ekologiyaga hissa qo‘shishni istasangiz, quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingizni so‘raymiz 👇 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza: https://forms.gle/3kvJXR8rHCE9Q9Jf7 Arizani to‘ldirgach, Telegram’dagi @circular_business_training manziliga to‘liq ism-sharifingizni, shuningdek, viloyat yoki shahringizni (Toshkent, Angren yoki Nukus) ko‘rsatgan holda “Men ro‘yxatdan o‘tdim” degan xabar yuboring. ⏳ Arizalarni topshirishning oxirgi muddati: 2026-yil 13-avgust 📞 Savollar uchun: @circular_business_training 💡 Eko-biznesingiz uchun bilim, mentorlik ko‘magi va boshlang‘ich sarmoya olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

  • #murojaat OHANGARON TUMANI PROKURORI FAXRIDDIN MIRZAYEVNING KORXONA VA TASHKILOTLAR RAHBARLARIGA MUROJAATI Hurmatli korxona va tashkilotlar rahbarlari! Bugungi kunda fuqarolarning mehnat qilish huquqlarini ta’minlash, mehnatni muhofaza qilish, ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish hamda xodimlarning hayoti va sog‘lig‘ini ishonchli himoya qilish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ohangaron tumani hududida fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari 1 372 ta faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilot, shundan 260 ta sanoat korxonasi mavjudligi mazkur yo‘nalishda profilaktik va nazorat tadbirlarini kuchaytirishni taqozo etadi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, korxona va tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish hamda texnika xavfsizligi talablariga lozim darajada rioya etilmasligi oqibatida xodimlarning jarohatlanishi va boshqa baxtsiz hodisalar sodir bo‘lmoqda. Ayniqsa, o‘tgan yilga nisbatan mehnatni muhofaza qilish qoidalarining buzilishi oqibatida fuqarolarning vafot etishi bilan bog‘liq holatlar ikki baravarga ko‘paygani ushbu yo‘nalishda mas’uliyat va nazoratni yanada kuchaytirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Bunday holatlarning asosiy sabablaridan biri sifatida ayrim korxonalarda xodimlarni mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi bo‘yicha belgilangan tartibda yo‘riqnomadan o‘tkazmaslik, ish joylarida xavfsizlik talablariga rioya qilmaslik, nosoz uskuna va mexanizmlardan foydalanish, xodimlarni zarur shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlamaslik hamda ishlab chiqarish jarayonidagi mavjud xavf-xatarlarni yetarli darajada baholamaslik holatlarini ko‘rsatish mumkin. Shu munosabat bilan korxona va tashkilot rahbarlaridan: - mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish; - xodimlarni ishga qo‘yishdan oldin va belgilangan muddatlarda tegishli yo‘riqnomalardan o‘tkazish; - ishlab chiqarish uskunalari va mexanizmlarining texnik sozligini muntazam tekshirish; - xodimlarni maxsus kiyim-bosh va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash; - xavfli ish joylari va ishlab chiqarish jarayonlarini doimiy nazoratga olish; - baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish; - mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mas’ul xodimlar faoliyatini kuchaytirish talab etiladi. Zero, inson hayoti va sog‘lig‘i har qanday ishlab chiqarish ko‘rsatkichidan ustun turadi. Bitta xodimning hayotiga zomin bo‘lishga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik talablariga beparvolikning o‘zi jiddiy oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Shuni alohida ta’kidlaymizki, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishini ta’minlash faqat tegishli nazorat organlarining emas, balki har bir korxona va tashkilot rahbarining bevosita mas’uliyatidir. Shu sababli barcha korxona va tashkilot rahbarlarini xodimlarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish hamda mehnatni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etishga chaqiramiz. Faxriddin MIRZAYEV, Ohangaron tumani prokurori. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 👉@ohangarontumanihokimligi Bizning rasmiy sahifalarimiz👇 🌐Web-site ✈️Telegram 🌐Instagram ✅Facebook 📹YouTube 🕊Twitter 🕊Threads

  • #kun_iqtibosi Hech narsani keyinga surma! Keyinroq qahva soviydi. Keyinroq qiziqish so‘nadi. Keyinroq kun tunga aylanadi. Keyinroq umr o‘tib ketadi. Keyin esa, imkoning bor paytda qilmagan ishing uchun qattiq afsuslanasan. 🌐@Lider_mahalla

  • 🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMIDA NECHA KUN DAM OLAMIZ? 🎉 📅 Bu yil Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklarni ketma-ket dam olish kunlari kutmoqda! 📌 Prezident farmoniga ko‘ra, 31-avgust — dushanba kuni ish haftasining turidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan. 🔥 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar: ➡️ 29-avgust – 1-sentabr — ketma-ket 4 kun dam oladi! 🥳 🔥 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar: ➡️ 30-avgust – 1-sentabr — ketma-ket 3 kun dam oladi! 😎 🗓 KUNLAR KESIMIDA: 🟡 29-avgust, shanba — odatiy ish yoki dam olish kuni 🔴 30-avgust, yakshanba — dam olish kuni 🔴 31-avgust, dushanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni 🔴 1-sentabr, seshanba — 🇺🇿 Mustaqillik bayrami ⚫ 2-sentabr, chorshanba — odatiy ish kuni 📌 Qisqasi: 🎉 5 kunlik ish haftasi — 4 kun dam! 🎉 6 kunlik ish haftasi — 3 kun dam!

  • Boshlangan yangi hafta hammamizga xayrli va barakali kelsin! Assalomu alaykum! 🌐@Lider_mahalla

  • Tumanimiz o'g'lonlari diqqatiga! DXX Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlari, DXX chegara qo'shinlari, Mudofaa vazirligi qoʻshinlari, IIV Qorovul qo'shinlari, Milliy gvardiya, FVV qoʻshinlarida xizmat oʻtashni hohlaysizmi? Ohangaron tumani Mudofaa ishlari boʻlimi sizga ushbu imkoniyatni taqdim etadi. Ohangaron tumani mudofaa ishlari bo'limida tumanimiz yigitlarini (1 yillik)  muddatli harbiy xizmatga suhbat asosida quyidagi qo'shin turlariga navbatdagi saralash ishlari oʻtkazilmoqda: 1. DXX Xalqaro aeroportlarda xavfsizligni taʼminlash qoʻshinlari 2. DXX chegara qo'shinlari 3. Milliy gvardiya 4.  IIV Qorovul qo'shinlari 5.  FVV qo'shinlari 6.  Mudofaa vazirligini "Maxsus operatsiya kuchlari" 7.  Havo desanti qo'shinlari 8.  Harbiy xavo kuchlari 9.  Havo hujumidan mudofaa qo'shinlari 10.  Quruqlikdagi qo'shin turlari 11.  Artilleriya qo'shinlari 12.  Tank qo'shinlari 13.  Motoo'qchi qo'shin turlari 14.  Muhandislik qoʻshin turlari. Eslatib o'tamiz, harbiy xizmatga borib kelgan yigitlar bir qator imtiyozlarga ega boʻladi. Yuqorida keltirilagan qo'shin turlarida Vatanimiz sarhadlarini himoya qilishda o'z yigitlik burchiningizni o'tash uchun Siz Ohangaron tuman mudofaa ishlari bo'limiga dushanbadan jumaga qadar soat 09:00 dan 17:00 ga qadar murojat qilishingiz lozim! 📲 Murojaat uchun: +99899-497-13-64 +99894-444-31-21 Ohangaron tuman Mudofaa ishlari bo'limi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 👉@ohangarontumanihokimligi Bizning rasmiy sahifalarimiz👇 🌐Web-site ✈Telegram 🌐Instagram ✅Facebook 📹YouTube 🕊Twitter 🕊Threads

  • #kun_iqtibosi Hayotingda mahkam tutadigan eng ajoyib hikmat – Sen haqingda aytiladigan gaplarga ahamiyat bermasligingdir. Kimligingni o‘zing bilasan. Alloh sening holating va niyatingni o‘zingdan ham yaxshiroq biladi. Qilayotgan ishlaringni oqlab, qadru-qimmatingni tushirib yurma! Hayotdagi muvaffaqiyatsizlikning siri – barchani rozi qilishga urinishdir. 🌐@Lide_mahalla

  • 3 авг.472151

    #tanqiddan_so‘ng Yaqinda negativ kamerada qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Ohangaron tumani “Ilg‘or” mahallasida belgilangan chora-tadbirlar qisqa muddatda amalga oshirildi. Bugun “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida o‘tkazilayotgan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari davomida mahallaning Markaziy ko‘chasida navbatdagi hashar tashkil etildi. Hashar davomida negatvi kamerada aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, qurib qolgan o‘t-o‘lanlar o‘rib-tozalandi, yo‘l chetlari va jamoat joylari tartibga keltirildi, atrof-muhit obodonlashtirildi hamda hududning sanitariya holati yaxshilandi. Mahallada obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash hamda aholi uchun qulay va ozoda yashash muhitini yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 👉@ohangarontumanihokimligi Bizning rasmiy sahifalarimiz👇 🌐Web-site ✈Telegram 🌐Instagram ✅Facebook 📹YouTube 🕊Twitter 🕊Threads

  • 3 авг.1 7057

    без подписи