tgindex
М

ММТБ 19 мактаб

Статистика
@MMTB_19_maktabрусский
Последний пост
11 авг.
Последнее чтение
ещё не заходили
Постов за неделю
0
Всего постов
27
Тип
открытый
Язык
русский
В каталоге с
14 авг.
Подписчики
220
−2 за 4 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
279
27 постов
Вовлечённость
126,8%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 27
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
195
1/48двое суток
223
1/72трое суток
241

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Assalomu alaykum, hurmatli mahalladoshlar! 2026–2027-o‘quv yilida 1-sinfga qabul qilinadigan, 2019-yilda tug‘ilgan farzandlaringiz uchun kerakli hujjatlarni 24.08.2026-yil kuni maktabga olib kelishingizni so‘raymiz. 📌 Kerakli hujjatlar: 1. 🏥 Tibbiy ko‘rik (medosmotr) F-063 shakli nusxasi; 2. 💉 Virusli gepatit (sariq kasalligi)ga qarshi emlanganligi haqida ma’lumotnoma; 3. 📸 3×4 hajmdagi fotosurat — 4 dona; 4. 📄 Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma — 4 nusxa; 5. 🪪 Ota-onaning pasport nusxasi — 4 tadan; 6. 💍 Nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma — 2 nusxa. Hujjatlarni belgilangan sanada to‘liq olib kelishingizni so‘raymiz. Hurmat bilan, 19-maktab ma’muriyati

  • OTA-ONALAR UCHUN MASLAHATLAR: Farzandingizning ta’limida qanday yordam berish mumkin? Farzandingizning o‘qish jarayonini qo‘llab-quvvatlash – uning muvaffaqiyatli ta’lim olishida muhim rol o‘ynaydi. Quyidagi maslahatlar orqali siz bolangizning bilim olishiga samarali yordam bera olasiz. 1. O‘quv muhitini yaratish Farzandingiz uchun tinch, yorug‘ va qulay o‘qish burchagini tashkil qiling. Kitoblar, daftarlar va boshqa o‘quv qurollari har doim qo‘l ostida bo‘lishi kerak. 2. O‘quv jadvalini tuzish Farzandingiz bilan birga dars qilish va mustaqil o‘rganish uchun aniq jadval tuzing. Bu vaqtni rejalashtirish va o‘z vazifalarini bajarishda unga yordam beradi. 3. O‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish Bolangizni yangi narsalarni bilishga undang. Ilmiy tajribalar qilish, qiziqarli kitoblar o‘qish yoki ta’limiy videolarni birga ko‘rish orqali uning qiziqishini oshirish mumkin. 4. Uy vazifalariga yordam berish Uy vazifasini bajarishda yo‘l-yo‘riq ko‘rsating, lekin uning o‘rniga ishlamang. Savollar orqali yo‘naltiring va to‘g‘ri javoblarni o‘zi topishga rag‘batlantiring. 5. Rag‘batlantirish va motivatsiya Farzandingizning muvaffaqiyatlarini doimo e’tirof eting va uni rag‘batlantiring. Bu uning o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini oshiradi. 6. O‘qituvchilar bilan aloqada bo‘lish Maktab yoki maktabdan tashqari ta’lim muassasalari bilan doimiy aloqada bo‘ling. O‘qituvchilarning tavsiyalarini inobatga olib, farzandingizning ta’lim jarayoniga faol qo‘shiling. 7. Texnologiyalardan samarali foydalanish Zamonaviy ta’lim platformalari va ilovalardan foydalanishga e’tibor qarating. Onlayn kurslar, interfaol darslar va ta’limiy o‘yinlar farzandingizning bilimini mustahkamlashga yordam beradi. 8. O‘rnak bo‘lish Farzandingiz sizning harakatlaringizdan ilhomlanadi. Agar siz kitob o‘qisangiz, doimiy o‘rganishga harakat qilsangiz, u ham shunday bo‘lishga intiladi. 9. Sabrli bo‘lish Har bir bolaning o‘ziga xos o‘qish sur’ati bor. Agar u biror narsani darrov tushunmasa, sabr bilan tushuntiring va rag‘batlantiring. Farzandingizning ta’lim jarayonida faol ishtirok etib, unga to‘g‘ri yo‘nalish bersangiz, u yanada muvaffaqiyatli bo‘lishiga yordam bera olasiz. Sizning qo‘llab-quvvatlashingiz uning kelajagi uchun katta ahamiyatga ega! ➡️ BARCHAGA OTA-ONALARGA ULASHING ➡️ MOLIYACHI | OYLIK BOT Oylik hisoblash uchun yangi telegramm bot. ✅Attestatsiyaga biz bilan tayyorlaning❗️ 👉 @attestatsiya_toifatestbot Ta'limga oid barcha hujjatlar shu kanalda! 👇👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/talimiy_hujjatlar https://t.me/talimiy_hujjatlar

  • 🟦🟦🟦🟦 ❗️shunchaki muhim... 🟠Iste'dod g‘uncha, vaqti kelib ochiladi. Shu bois ham bir ko‘rganda odamning iste'dodini aniq aytib berib bo‘lmaydi. Har bir iste'dodni odamlar ziyrak anglashi, avaylashi kerak. Tojmahal bizda qurilardi agar asraganimizda. ✍️ Bahodir Yo‘ldoshev 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlim boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb |  🌐Facebook| 🔎 Veb-sayt |  🌐 Instagram| 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

  • #KUN_TAVSIYA 🟢Ota-ona bilan muomala qilishdagi odoblar: 1️⃣) Huzurlarida qo‘l telefonlarini o‘chirib qo‘yish. 2️⃣) Gapirayotganlarida jim turish. 3️⃣) Ra’ylarini qaytarmaslik. 4️⃣) Gaplarini ma’qullab turish. 5️⃣) Yomon xabarlarni oldilarida gapirmaslik. 6️⃣) Erishgan yutuqlarini doim eslatib turish. 7️⃣) Agar qayta-qayta gapirsalar ham gaplarini tasdiqlab ko‘ngillarini ko‘tarib turish. 8️⃣) O‘tmishdagi alamli o‘rinlarni zikr qilmaslik. 9️⃣) Otiqcha gaplardan chetlanish. 1️⃣0️⃣) Gaplarini tugatmaslaridan oldin eshitmasdan turib ketmaslik. 1️⃣1️⃣) Oldilarida nabiralarini jazolamaslik. 1️⃣2️⃣) Ularga ovozni ko‘tarmaslik. 1️⃣3️⃣) Ulardan oldin yoki oldilaridan yurmaslik. 1️⃣4️⃣) Taomga ulardan oldin qo‘l uzatmaslik. 1️⃣5️⃣) Ular bilan faxrlanishlik,agar ular shunga loyiq ish qilishmagan bo‘lsa ham. 1️⃣6️⃣) Oldilarida oyoq uzatmaslik yoki ularga orqa qilmaslik. 1️⃣8️⃣) Har doim ularni haqlariga duo xayr qilish. 1️⃣9️⃣) Oldilarida charchoq va hafalikni zohir qilmaslik. 2️⃣0️⃣) O‘zlari talab qilishlaridan oldin xizmatlarini bajarish. 2️⃣1️⃣) Doimiy ravishda ularni ziyorat qilib turish. 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlim boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb |  🌐Facebook| 🔎 Veb-sayt |  🌐 Instagram| 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

  • #MUTOLAA_VAQTI 💎Bolaga kitob bering! Osmonlarda yurganlar, Oltin saroy qurganlar, Ne beray? deb turganlar, Bolaga kitob bering! Bola oqqush, oq kaptar, Dunyolardan bexabar, Yovuzlik topmay xabar, Bolaga kitob bering! Qing‘ir yo‘lga kirmasdan, Peshonaga urmasdan, Kimdir pichoq bermasdan, Bolaga kitob bering! Internet degan ajdar, Goh undan oqar zahar, Dod demay, ro‘zi mahshar, Bolaga kitob bering! Kel! – deya, imlar tuzoq, Qabr qazir, qazir choh, Ming-ming astag‘firulloh, Bolaga kitob bering! Ko‘zi ochiq ko‘rmasdan, Shayton yo‘ldan urmasdan, Otadan yuz burmasdan, Bolaga kitob bering! Ko‘krak kerib yurganlar, Ko‘rkam saroy qurganlar, Ne beray, deb turganlar, Bolaga kitob bering! “Lison ut tayir”larim, Yurakka sayrlarim, Avliyozod nurlarim, Bolaga kitob bering! Ko‘zlarni ochish kerak, G‘aflatdan qochish kerak. Qanot chiqarish kerak, Bolaga kitob bering! Dersiz: “Pul yig‘ish kerak, Oltinu, kumush kerak”, Xudodan qo‘rqish kerak, Bolaga kitob bering! Gullar quchib yurganlar, Gulsaroylar qurganlar, Ne beray deb, tuganlar, Bolaga kitob bering! Xazinai jahon u, Kichik Abu Rayhon u, Sizga qarab hayron u, Bolaga kitob bering! Buxoriy sarvarim u, Termiziy anvarim u, Mahmud Zamaxsharim u, Bolaga kitob bering! Keskir qilich bo‘lsin u, Kitobga o‘ch bo‘lsin u, Yengilmas kuch bo‘lsin u, Bolaga kitob bering! Xonlar kabi yurganlar, Xonsaroylar qurganlar, Ne beray? – deb turganlar, Bolaga kitob bering! Navoiyni bilsin u, Yoningizga kelsin u, Baxti bo‘lsin, kulsin u, Bolaga kitob bering! ✍️ Zulfiya Mo‘minova 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlim boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb |  🌐Facebook| 🔎 Veb-sayt |  🌐 Instagram| 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

  • #диққат ‼️B2 сертификати йўқ хорижий тил ўқитувчилари ишдан бўшатилиши мумкин. Тегишли сертификатга эга бўлмаган хорижий тил ўқитувчилари билан меҳнат шартномасини бекор қилиш таклиф этилган ҳукумат қарори лойиҳаси жамоатчилик муҳокамаси учун эълон қилинди. Бу талаб муддати педагоглар ва кенг жамоатчилик вакилларининг мурожаатлари асосида бир неча бор узайтирилганди. 🤝@OPER_UZ – ОПЕРАТИВ ВА ХАВФЛИ ЯНГИЛИКЛАР КАНАЛИ!

  • Ўқийдиганлар ўқимайдиганларни бошқаради...

  • [18.07.2026 14:35] Gulnoza Opa 8: "Xohlagan maktabimga 1-avgustdan olib ketaman" deb yurgan ota-onalarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Maʼmuriy reglament"ni koʻrsatish lozim. [1] Ushbu qonuniy hujjatda elektron bazaga (tizimga) kiritish va mikrohududdan tashqari maktabga qabul qilishning qatʼiy shartlari belgilangan. Ota-onalarga tushuntirishda reglamentning quyidagi bandlariga asoslanish kerak: 1. 2-bosqichda elektron baza qatʼiy cheklangan (27-band) Reglamentning 27-bandiga koʻra, mikrohududdan tashqari maktablarga hujjat topshirish faqatgina oʻsha maktabda boʻsh oʻrinlar (kvota) qolgan taqdirdagina amalga oshiriladi. [1, 2] Tizim qoidasi: my.maktab.uz platformasi xohlagan maktabga shunchaki ariza kiritishga yoʻl qoʻymaydi. 1-avgustdan boshlab maktabning belgilangan kvotasi toʻlishi bilan elektron baza avtomatik ravishda yopiladi ва boshqa ariza qabul qilmaydi. [1, 2, 3] 2. Mikrohudud roʻyxatidan oʻtish muddati cheklangan (11-band) Reglamentning 11-bandida ota-onalar har yili 20-iyundan 31-iyulga qadar oʻz mikrohududi boʻyicha roʻyxatdan oʻtishlari shartligi belgilangan. [1] Agar ota-ona 31-iyulgacha oʻz hududidagi maktabga ariza bermasa va 1-avgustda boshqa maktabga borishni reja qilsa, tizim uni "boshlangʻich arizasi yoʻq" deb hisoblaydi va mikrohududdan tashqaridagi maktabda boʻsh oʻrin boʻlsa ham tizimga kiritmasligi (yoki arizasini oxirgi navbatga surib qoʻyishi) mumkin. 3. Maktab rahbarining huquqi yoʻqligi (Maʼmuriy reglament talabi) Hujjatda ochiq koʻrsatilganki, qabul muddati tugagandan soʻng yoki maktab sigʻimidan ortiqcha holatda maktab direktori oʻz bosim-ixtiyori bilan bolani bazaga kirita olmaydi. Hamma jarayon inson omilisiz, vazirlikning markazlashgan elektron dasturi orqali boshqariladi. [1, 2, 3, 4] [18.07.2026 14:35] Gulnoza Opa 8: Hech qayerda roʻyxatdan oʻtmagan bolani 1-avgustdan bazaga umuman kiritib boʻlmaydimi? Texnik jihatdan kiritish mumkin, ammo katta tavakkalchilik va jarima xavfi bor: [1] Maktab tanlash huquqi yoʻqoladi: Bola iyul oyida oʻz mikrohududiga topshirmagan boʻlsa, avgust oyida faqatgina "hamma joylashib boʻlgandan keyin, qayerda boʻsh oʻrin qolgan boʻlsa" oʻsha maktabga (yashash joyidan juda uzoq boʻlsa ham) kiritishga majbur boʻlinadi. [1] Kafolat yoʻq: Agar tuman/shahar boʻyicha barcha maktablar kvotasi toʻlib qolsa, elektron tizim yangi arizani qabul qilmay qulflanadi. Maktab direktori ham, oʻqituvchi ham adm.maktab.uz tizimiga bolani oʻzboshimchalik bilan qoʻsholmaydi

  • ҲУРМАТЛИ ОТА-ОНАЛАР! 2026–2027 ўқув йили учун 1-синф қабулининг 2-босқичида микроҳудуддан ташқари мактабларга ҳужжат топшириш имкониятидан фойдаланиш учун фарзандингиз 1-босқичда ўз микроҳудудидаги бириктирилган мактабга ҳужжат топширган бўлиши ШАРТ. Агар 1-босқичда микроҳудуддаги мактабга ҳужжат топширилмаган бўлса, 2-босқичда бошқа мактабга ҳужжат топшириш имконияти чекланади. Шунингдек, фарзандни ўз вақтида мажбурий умумий ўрта таълимга жалб этмаслик қонунчиликда белгиланган тартибда маъмурий жавобгарликка сабаб бўлиши мумкин. Шу муносабат билан, «Август ойидан кейин бошқа мактабга берамиз», деб микроҳудуддаги мактабга ҳужжат топширмай юрган ота-оналарни зудлик билан огоҳлантиришингизни сўраймиз. Эслатма: Аввало микроҳудуддаги мактабга ҳужжат топширинг, кейин эса 2-босқичда хоҳишингизга кўра бошқа мактабларга ҳам ариза беришингиз мумкин. Бу фарзандингизнинг мажбурий таълим ҳуқуқини таъминлашнинг энг тўғри йўли ҳисобланади.

  • ⚡️ Телефон ва компютер ўйинларининг зарарлари (ўқувчиларингизга юборинг!) 1. Ақлий ва руҳий ривожланишга таъсир кўрсатади. 2. Жиззаки, тажовузкор, асабий ва инжиқ бўлиб қолади. 3. Ҳиссиётларини бошқариши қийинлашади. 4. Болада руҳий зўриқиш ва тушкунлик пайдо бўлади. Бола дунёқарашининг ўзгариши: -Компьютер ўйинларидаги каби одамлар ҳаётини туганмасдек ҳис қилиши. - Ҳар қандай зиддиятли ҳолатларни фақат куч билан ҳал этишга ўриниш. - Ўйин қаҳрамонлари каби ҳеч қандай ҳавфдан қўрқмаслик. - Ҳаётда ҳамма нарсага онсонлик ва куч билан эришишга интилиш. - Ҳаётга ва инсонларга бешавқат муносабатда бўлиш. Болани компьютер ўйинларига тобеликдан олиб чиқиш йўллари. 1. Ота-она болани доимий назорат қилиши. 2. Кунига 30 дақиқадан ортиқ компьютер ўйнашга руҳсат бермаслик. 3. Бола билан дўстона муносабатда бўлиш ва у билан вақт ажратиб бирга шуғулланиш. 4. Болани бўш вақтини мазмунли ташкил этиш. Уни китоб ўқиш, спорт ёки ижод қилишга қизиқтириш. 5. Болани мотивациясини ривожлантириш, уни рағбатлантириб туриш. 6. Тобе бўлган болаларга бирданига компьютер ўйинларини ўйнашни чеклаш мумкин эмас. Аксинча компьютер ўйинлари ўйнаш вақтини ҳар куни камайтириб бориш билан тобеликдан ҳалос қилинади. Taʼlimga oid barcha hujjatlar shu kanalda 👇👇👇 👉 @maktablar_uchun_hujjatlar 👉 @maktablar_uchun_hujjatlar

  • KELAJAGINGIZNI QAYERDAN BOSHLASHNI BILMAYAPSIZMI?📣 🔄 2026-2027–o‘quv yilidan Olmaliq davlat texnika instituti talabasi bo‘lishga shoshiling!✅ ❗️Olmaliq davlat texnika institutida qanday ta'lim shakllari va ta'lim yo‘nalishlari mavjud? ▶️ Kunduzgi; ▶️ Kechki; ▶️ Dual; 📄 Ta'lim yo‘nalishlari ro‘yxati⬇️ 🔺Metallurgiya muhandisligi 🔺 Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi 🔺Konchilik ishi 🔺Konchilik elektr mexanikasi 🔺Elektr muhandisligi 🔺 Iqtisodiyot 🔺 Menejment 🔺 Buxgalteriya hisobi 🔺 Ekologiya va atrof muhit muhandisligi 🔺 Axborot tizimlari va texnologiyalari 🔺 Kompyuter injeneringi(tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 🔺 Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish 🔺 Gazni chuqur va qayta ishlash texnologiyasi 🔺 Arxitektura (turlari bo‘yicha) 🔺 Qurilish muhandisligi 🔺 Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi 🔺Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi 🔺Atrof-muhit muhandisligi 🔺Kimyo muhandisligi 🔺Mexanika muhandisligi 🔺Texnologik mashina va jihozlar 🔺Metallar texnologiyasi 🔺Energetika muhandisligi 📞 Telefon: +998773527000 +998882345256 📍 Joylashuv Olmaliq davlat texnika institutining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari: 👇 ✅ Telegram I ✅ Facebook I 🔹 Instagram I 🔹You tube I 🌍 odti.uz

  • 🔄 2026-2027–o‘quv yilidan Olmaliq davlat texnika instituti talabasi bo‘lishga shoshiling!✅ ❗️Olmaliq davlat texnika institutida qanday ta'lim shakllari va ta'lim yo‘nalishlari mavjud? ▶️ Kunduzgi; ▶️ Kechki; ▶️ Dual; 📞 Telefon: +998773527000 +998882345256 📍 Joylashuv Olmaliq davlat texnika institutining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari: 👇 ✅ Telegram I ✅ Facebook I 🔹 Instagram I 🔹You tube I 🌍 odti.uz

  • #ДИҚҚАТ ❗️Бола неча ёшидан қайси фанларни ўрганишни бошлаши керак. Видеони тамоша қилинг ва батафсил малумотга эга бўлинг 🔥МАРКАЗИЙ ОСИЁДАГИ ЯГОНА 2 МИЛЛИОНЛИК КАНАЛ👇🏼 https://t.me/+zkgKR51UeH4xODQy

  • Ассалому алайкум хурматли ота-оналар ! 🏫 19-мактабда 1- сонли техникумни дуал таьлими бўйича филиали очилмоқда. 9-синфни битирган ўқувчиларни ўқишга таклиф этамиз. 💵 Ўқиш давомида 400 000 дан 700 000 гача стипендия берилади. 🏫 16-17-18-20 ва 50-мактаб ўқувчиларини хам қабул қиламиз. 📁 Хужжатларни 20-июлгача қабул қиламиз. Мурожат учун: 📞 тел рақам 📱 + 998 99 235 35 33 📱 +998 94 059 59 76

  • ❗️❕‼️ ⚡️Ота оналарга юбориб қўинг: Нега болам ҳеч нарсага қизиқмайди? Юқоридаги диаграммага кўра, болаларнинг савол бериш қобилияти энг юқори даражада 3–5 ёш оралиғида намоён бўлади. Тахминан 100% га яқин болалар айнан савол сўраш орқали билим олади. Бу ёшда бола жуда қизиқувчан бўлади — дунёни ўрганишга бўлган эҳтиёжи ва иштиёқи баланд бўлади. Гарвард профессори Пол Харриснинг таъкидлашича, 2–5 ёшдаги бола тахминан 40 000 та савол беради: Дастлаб “Бу нима?” деган содда саволлардан бошлайди, кейинроқ эса: — “Нега бундай?”, — “Қандай қилиб?”, — “Агар шундай бўлса-чи?” каби мураккаброқ саволларга ўтади. Чунки бу даврда бола мияси интенсив ривожланади. Унда тахминан 1 квадриллион (1,000 триллион) нейрон боғланмалари (синапслар) пайдо бўлади. Нейронлар орасида қанча кўп боғлама бўлса, болада янги маълумотга бўлган чанқоқлик шунчалик кучли бўлади. Жараён таҳминан шундай кечади: Савол беради → Жавоб олади → Янги маълумот ҳосил бўлади → Ушбу маълумотни боғлаш учун яна савол беради → Яна жавоб олади... Масалан: — “Дада, нега ой кундузда кўринмайди?” — “Чунки қуёш нури ой нуридан кучлироқ.” — “Қуёш қаердан келади?” — “Қуёш — нур сочувчи катта юлдуз.” — “Унда нега кечаси қоронғи?” ... Жараён давом этади. Ана шунга “қизиқувчанлик” дейилади. Ҳўп, болалар табиий қизиқувчан экан, нега бизникилар ундай эмас? Асосий сабаб — биз катталар уларнинг саволларига жавоб беришга интилмаймиз: — “Бошимни қотирма!” — “Ҳали ёш боласан!” — “Шунчаки, шундай яратилган. Тамом!” — “Ҳозир бандман!”. Каби жавоблар билан биз боланинг табиий қизиқувчанлигига болта урамиз. Савол бермай қўяди. Синаптик боғланмалар шаклланмайди. Қизиқиши сўнади: Рад жавоб + Савол сўрамаслик = Қизиқмаслик, лоқайдлик. Биз кейин маломат қиламиз: “Болам телефондан бош кўтармайди, ҳеч нарсага қизиқмайди!” Аслида айбдор — телефон биз ўзимиз эдик. Хулоса: Болаларнинг савол сўрашига беписанд қараманг. Изланинг. Жавоб топинг: Энг камида “билмайман, бирга аниқлайлик” деб биргаликда ўрганинг! Манба 💌 Ўқитувчилар гуруҳларига юбориб қўйинг Аттестация тестлари 👉 @Attestattestbot ⏺Ойлик ҳисобловчи бот 👉 @Oylik_HisobchiBot 👉 https://t.me/muallimlarga

  • 🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥 😊Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari sanalari e’lon qilindi ✍️Imtihon ruxsatnomalari sinov sanasidan uch kun oldin talabgorlarning shaxsiy kabinetiga yuklanadi. ✅Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, sport, tayanch, muhandislik va jasorat maktablari hamda boshqa qator ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari shu yilning 25-iyun sanasidan boshlanadi. 📎Ma’lum qilinishicha, imtihon ruxsatnomalari sinov sanasidan uch kun oldin talabgorlarning shaxsiy kabinetiga yuklanadi. Shuningdek, bu haqda arizada ko‘rsatilgan telefon raqamiga SMS-xabarnoma yuboriladi. 🟢Talabgorlar ruxsatnomalarni «ariza.piima.uz» platformasidagi shaxsiy kabinetlari orqali yuklab olishlari mumkin. Talabgorlardan imtihon vaqtlari bilan oldindan tanishib chiqish, shuningdek, sinov kuni belgilangan manzilga kechikmasdan yetib kelishi so‘ralgan. 🔴Ma’lumot uchun, Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorlanayotgan o‘quvchilar uchun bepul diagnostik testlar «sinovtest.uz» platformasida mavjud. Mazkur platforma orqali o‘quvchilar kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rishi va o‘z bilimlarini sinab ko‘rishi mumkin bo‘ladi. 🔴Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga kirish imtihonlarini o‘tkazish grafigi bilan ilovadagi rasmda tanishishingiz mumkin. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎 Veb-sayt |  🌐 Instagram|▶️ YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

  • Texnologiya to'garagidan fotolavhalar

  • Ingliz tili toʻgaragidan fotolavhalar

  • Bekabod tuman 19 maktab Yozgi ta‘til davrida tashkil etilgan ,, Изучаем русский язык " тугарагидан лавхалар

  • #DIQQAT❗️ ⚡️Rasman: Abituriyentlar va maktab bitiruvchilari uchun BEPUL imtihon boshlandi! 🏆 Pul yutugʻi: 1.000.000 so'm! 📆 Yakshanba 14-iyun, ZARMED University homiyligida Oliygoh.uz platformasi'da kirish imtihonlari andozasidagi BEPUL 93-onlayn BLOK Test tashkil etilmoqda! 📆 Test vaqti: 14-iyun (09:00–23:59) 💳Ishtirok etish narxi: BEPUL 👉 Ro'yxatdan o'tish shart! 2026-yilgi kirish imtihonlari andozasidagi 5 BLOKLI original testlar siz uchun! 🎓 Yo'nalish tanlang va ro'yxatdan o'ting! 👉 Huquq + Ingliz tili 👉 Biologiya + Kimyo 👉 Biologiya + Ona tili va adabiyoti 👉 Chet tili + Ona tili va adabiyoti 👉 Fizika + Matematika 👉 Geografiya + Matematika 👉 Ingliz tili + Ona tili va adabiyoti 👉 Kimyo + Biologiya 👉 Kimyo + Matematika 👉 Matematika + Ona tili va adabiyoti 👉 Ona tili va adabiyoti + Matematika 👉 Tarix + Chet tili 👉 Tarix + Geografiya 👉 Tarix + Matematika 👉 Tarix + Ona tili va adabiyoti 👉 BOSHQA YO'NALISHNI TANLASH; 🔥 ZARMED University — 80 ga yaqin yo'nalishi, 1.5 milliard so'mdan ortiq qabul grantlari, Samarqand va Buxoroda zamonaviy kampuslariga ega oliygoh. 👨🏻‍💻 Testga ro'yxatdan o'tish: 👉 Ro'yxatdan o'tish 👉 Ro'yxatdan o'tish 🔖Test yakunida sertifikat va test tahlili beriladi!