"MILLIY TIKLANISH" NAVOIY RASMIY SAHIFA
Статистика📌OʻzMTDP Navoiy viloyat Kengashining rasmiy kanali: 🔰Veb sayt:https://www.mt.uz 🔰Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=100074359612187 🔰e-mail: https://uzmtdp_navoiy@mail.ru 🔰Telegram: @MTDP_Navoiyviloyati
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 17
- Всего постов
- 60
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 102
- 1/48двое суток
- 116
- 1/72трое суток
- 126
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
❓ Bilasizmi 🙏 Davlat tilida ish yuritish nazorati kuchaytiriladi 🖥 MTDP | Telegram
без подписи
без подписи
Deputatlik nazorati “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Jo‘rabek Hafizov “Matonat” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganishlar olib bordi. Unda mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, ichki yo‘llarni ta’mirlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga asosiy e’tibor qaratdi. Deputat o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish bo‘yicha “mahalla yettiligi” keng muhokama qilib, tegishli tartibda tushuntirish va tavsiyalar berdi. MTDP Navoiy viloyati Kengashi Axborot xizmati @MTDP_Navoiyviloyati
“XIZMAT – BEMINNAT” LOYIHASI AMALDA “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Navoiy viloyat Kengashi xodimlari Navoiy shahridagi “Texnopark”da faoliyat yuritayotgan ingliz tili fani bo‘yicha tayyorlov kursini olib borayotgan o‘qituvchi Adolat Bekova faoliyati bilan tanishdi. O‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbat jarayonida partiyaning ezgu tashabbusi bo‘lgan “Xizmat-beminnat” loyihasi haqida ma’lumotlar berildi. 15 nafar o‘quvchi ta’lim olayotgan ushbu tayyorlov kursida Partiya tashabbusi bilan 2 nafar kam ta’minlangan oila farzandlari ta’lim oladigan bo‘ldi. MTDP Navoiy viloyati Kengashi Axborot xizmati @MTDP_Navoiyviloyati
без подписи
без подписи
OILADA ZO‘RAVONLIK VA TAZYIQLARNI OLDINI OLISh MUHIM MASALA “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qiziltepa tuman Kengashi raisi, tuman Kengashi deputati Mashhura Karimova o‘zi saylangan hududdagi mahallalarda bo‘lib, oilaviy zo‘ravonlik va tazyiqlarning oldini olish, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish maqsadida xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ulardagi oilaviy muhit, ijtimoiy sharoit va mavjud muammolari keng muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar berildi. MTDP Navoiy viloyati Kengashi Axborot xizmati @MTDP_Navoiyviloyati
✉️ 25 yil oldin qabul qilingan qonun nega o‘zgaryapti? #milliy_tiklanish #fraksiya #muhokama 🖥 MTDP | Telegram
“TELEFONSIZ BIR KUN” AKSIYASI DAVOM ETADI "Milliy Tiklanish" demokratik partiyasi Navoiy viloyat Kengashi tomonidan "Telefonsiz bir kun" aksiyasi tashkil etildi. Kun davomida xodimlar telefondan uzoqlashib, badiiy kitob, gazeta va jurnallarni mutoala qilishdi. Bu, albatta, o‘zaro hamjihatlik va telefonga bo‘lgan qaramlikni oldini olishga xizmat qiladi. Shuning uchun ushbu aksiyani viloyatdagi korxona va tashkilotlardagi mehnat jamoalari o‘rtasida keng targ‘ibot qilishga kelishib olindi. MTDP Navoiy viloyati Kengashi Axborot xizmati @MTDP_Navoiyviloyati
без подписи
🙏 “MILLIY TIKLANISH” gazetasining 2026-yil 12-avgust 31-sonida xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati Shuhrat Isoqovning olib borayotgan ishlari yoritildi. MTDP Navoiy viloyati Kengashi Axborot xizmati @MTDP_Navoiyviloyati
🙏 “MILLIY TIKLANISH” gazetasining 2026-yil 12-avgust 31-sonida: 🟢 Noqonuniy qurilishlar: endi ularning oldi olinadi... 🟢 Murg‘ak qalblarda ulg‘ayayotgan ona vatan tuyg‘usi 🟢 Millat oydinlarining orzusi edi... 🟢 Mustaqillik – taraqqiyot va bunyodkorlik poydevori 🟢 Qopqon: «Tekin pishloq» ilinjidagi yoshlar diqqatiga! 🟢 Sunʼiy intellekt: yondashuvlar strategiyasi o‘zgarishi shart! Web ilovada o'qish: lotin alifbosida, kiril alifbosida 🖥 MTDP | Telegram
без подписи
без подписи
без подписи
Deputatlik nazorati Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi deputati, MTDP deputatlik guruhi a’zosi Feruza Jumayeva “Mirsaid Bahrom” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, obodonlashtirish ishlarining olib borilishi va maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish holatlarini o‘rgandi. O‘rganish jarayonida mahalla raisi va faollari bilan muloqot qilib, hududdagi sanitariya-obodonlashtirish holati, chiqindilarni yig‘ish va olib chiqib ketish ishlari hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini muhokama qildi. Deputat aholi xonadonlarini toza va ozoda saqlash, obodonlashtirish ishlarini yanada kengaytirish, chiqindilarni olib ketishning belgilangan grafik asosida uzluksiz amalga oshirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartarafetish bo‘yicha mas’ullarga tavsiya va takliflarini berdi. MTDP Navoiy viloyati Kengashi Axborot xizmati @MTDP_Navoiyviloyati
▶️ 🙏 Inson qadrini cheklovchi norma bekor qilinyapti Endi ipoteka krediti bo‘yicha olgan uyingizga barcha oila aʼzolaringizni ro‘yxatga qo‘yishingiz mumkin bo‘ladi. Shu paytgacha bank taʼqiqi sabab, bunga ruxsat berilmayotgan edi. Deputatlar bu haqdagi qonun loyihasini muhokama qilib, birinchi o‘qishda maʼqulladilar. Fraksiya aʼzolariga hududlardagi o‘rganishlari chog‘ida aholidan bu haqda ko‘plab murojaatlar bo‘layotgan edi. To‘g‘rida, o‘z uyingizga o‘z farzandlaringizni ro‘yxatga qo‘yolmasangiz, bu qaysi adolatga to‘g‘ri keladi?! 🖥 MTDP | Telegram
🙏 Tadbirkorning foydasi aholini xavfga qo‘yish hisobiga bo‘lmasligi kerak! #milliy_tiklanish #fraksiya #muhokama 🖥 MTDP | Telegram
“O‘ZIMIZNIKI” AKSIYASI DAVOM ETADI “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan “O‘zimizniki” aksiyasini tashkil etishdan maqsad – mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish, yurtdoshlarimizning muzeylarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, milliy qadriyatlarimiz va tarixiy merosimizni keng targ‘ib etish, shuningdek, yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. Ushbu aksiyaning navbatdagi ishtirokchisi Navoiy viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi bosh muhofizi Dilafro'z Mustafayeva. MTDP Navoiy viloyati Kengashi Axborot xizmati @MTDP_Navoiyviloyati