MTTda bolajonlar uchun sherlar
СтатистикаHamkorlik va reklama uchun👇 ______________(@MTT_reklama) Har bolaga e'tibor biz uchun darkor Ega: @IslomovaMukambar
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- турецкий
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 3 730
- 1/48двое суток
- 4 274
- 1/72трое суток
- 4 609
Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.
Посты
Mustaqillik bayrami haqida shʼerlar. Bugun mustaqillik kuni Nishonlaymiz biz uni. Baxtiyor go‘zal yurtim Bayram muborak xalqim. Mustaqil mening yurtim Kuch qudratli lochinim. Yo‘qdir sendek gul diyor Bolalaring baxtiyor. Porlab turgan quyoshimsan Asrab turgan panohimsan. Doim nenga keragimsan Jondan aziz Vatanimsan. Istiqloling muborak Baxtli ona diyorim. Tilayman ezgu tilak Beraman senga borim. ✍: Islomova Mukambar http://t.me/MTTtarbiyachibolajon 👇👇
Vatan. Yurtlar ichra yagonasan Mening aziz Vatanim. Bizga doim parvonasan Jonajonim Vatanim. Bunchalar mehrlisan Qalbimga chiroq yoqding Jilvali sehrlisan Bahtiyor kulib boqding. ✍: Islomova Mukambar http://t.me/MTTtarbiyachibolajon 👇👇
Vatan haqida shʼerlar. Quyoshimsan vatanim Sirdoshimsan vatanim. Yagona sevganimsan Koʼz ochib koʼrganimsan. Sen meni Vatanimsan O‘zbekistonim Yagonam durdonamsan Jannatmakonim. Boshim magʼrur sen bilan Faxrimsan sen Vatanim. Taʼzim aylay mehrim bilan Ulugʼimsan Vatanim. Vatanjonim Vatanim Sarvinozim gulshanim. Sen borsan baxtliman Mard jasur axdliman. ✍: Islomova Mukambar http://t.me/MTTtarbiyachibolajon 👇👇
Vatan Onam kabi mehribonim Qorong'ida nur charog' bonim Bag'ringda o'stim ko'rmay g'am Yashadim doim shodu xuram Vatan sening uchun jonim beray Poyingga tiz cho'kib tuprog'ing o'pay Asrayabsan har bir nihol bolamni Mo''tabar aziz tutding onamni. Mehrigiyo go'zal Vatanim, Senga bagishlayman jon-u tanim. Ayting do'stlar qayda bor, Jannat makon shunday diyor. Dong'i ketgan dog'istonlarga, Bitilgan buyuk dostonlarga. Mening aziz jonim Vatanim, Sen borsan go'zal har onim. Adolatli yurt boshim Dasturhon to'kin oshim. Vatan mening oqib turgan qonim, Seni asrayman chiqquncha jonim. ✍: Islomova Mukambar http://t.me/MTTtarbiyachibolajon 👇👇
Vatan. Vatan meni jonimsan Oqib turgan qonimsan. Doim seni asrayman Ishonchingni oqlayman. ✍: Islomova Mukambar https://t.me/MTTtarbiyachibolajon 👇👇
Vatanjonim. Vatanjonim vatanim Onamdek mehribonim. Bagʼringda yayrayman Bulbul bo‘lib sayrayman. ✍: Islomova Mukambar https://t.me/MTTtarbiyachibolajon 👇👇
Bu meni Vatanim. Kichik guruh uchun. Musaffo osmoni Buyuklar makoni. Mehri daryo ummonim Bu mening Vatanim. ✍: Islomova Mukambar https://t.me/MTTtarbiyachibolajon 👇👇
O'zbekiston mening yurtim. Obod ulkam xur o'lkam, Bo'nchalar bo'lmasang ko'rkam, Hammayog'ing chamanzor, Har qadamda bor gulzor. O'tgan ko'p allomalar, Yashayapti donolar, Bebaho durdonamsan, Yurtlar ichra yagonamsan. Vatanim O'zbekiston, O'ziga Bek o'ziga xon, Ozod yurtni bolasimiz, Yashnagan gul lolasimiz. ✍: Islomova Mukambar https://t.me/MTTtarbiyachibolajon 👇👇
Ozod yurtim. Yurtim bugun sen ozod Kundan kun bo‘lding obod. Atrofing gulday yashnar Ko'rgan ko'zlar qamashar. Mustaqil go‘zal diyor Onam mehri senda bor. Tug‘ilib o‘sgan joyim Yurtlar ichra chiroyim. ✍: Islomova Mukambar https://t.me/MTTtarbiyachibolajon 👇👇
O'zbekiston Makonim go'zal bo'ston, Dunyoga bo'lgan doston, Tozza havo tiniq osmon, Mening yurtim O'zbekiston. Quyosh mehrida toblanib, Bog'larida meva asal, Suvlar oqar to'lqinlanib, Manzarasi misli g'azal. Yashayman guzal yurtda, Odamlari mehnatda, Bolam deb yashar xalqim, Qilaman unga ta'zim. Yashna gulla O'zbekiston, Muhabbatim sen tomon, Sendek oʼlka yuq ko'rkam, Qo'rg'oning bo'lsin mustahkam. ✍: Islomova Mukambar https://t.me/MTTtarbiyachibolajon 👇👇
Mustaqillik bayrami. Ozod yurtim, Tinch yurtim, Hilpirar bayrog'ing, Yashnar bog'-rog'ing. Mustaqillik kuni, Nishonlaymiz uni, Yurtimda bayram, Hamma shod xurram. ✍: Islomova Mukambar https://t.me/MTTtarbiyachibolajon 👇👇
Mustaqillik muborak. Tuxfa berdi falak, Mustaqillik muborak, O'z erking qo'lingda, Gul ochilar yoʼlingda. Ajdodlar orzusi, Bolalar kulgusi, Ozod diyorim, Beray borim. ✍: Islomova Mukambar https://t.me/MTTtarbiyachibolajon 👇👇
Kichik guruh uchun. Mustaqil yurtim. Mustaqil yurtim, Guzal har yoning, Sen meni baxtim, Yuksalsin shoning. Kuchli bardoshing, O'ttiz toʼrt yoshing, Muborak bo'lsin, Shodlikka to'lsin. ✍: Islomova Mukambar https://t.me/MTTtarbiyachibolajon 👇👇
Sabzi. Taniysizmi bizni o'zi, Biz qizil,sariq sabzi, Milliy taom boshimiz, Ancha katta yoshimiz. ✍: Islomova Mukambar https://t.me/MTTtarbiyachibolajon 👇👇
Karam. Havasingiz kelar biram, Biz vitaminli karam, Ketma-ket qatma-qatmiz, Tayorlasang ovqat salatmiz. ✍: Islomova Mukambar https://t.me/MTTtarbiyachibolajon 👇👇
Kartoshka. Yotamiz galalashib, Oladilar kavlashib, Soladilar ovqatga, Bizlar shirin kartoshka. ✍: Islomova Mukambar https://t.me/MTTtarbiyachibolajon 👇👇
Lavlagi. Lavlagimiz lavlagi. Xatto foydali bargi, Kam qonga qonmiz, Darmonsizga jonmiz. ✍: Islomova Mukambar https://t.me/MTTtarbiyachibolajon 👇👇
Sabzavotlar. Shalg'om. Burishtirmang aftingiz, Qaytmasin so'ng shashtingiz. Shamollashga davomiz, Bizlar sholg'om bobomiz. ✍: Islomova Mukambar https://t.me/MTTtarbiyachibolajon 👇👇
Olcha. Nur olib quyoshdan, Qizaramiz bir boshdan, Ishtahangiz ochamiz, Bizlar totli olchamiz. ✍: Islomova Mukambar https://t.me/MTTtarbiyachibolajon 👇👇
Olma. Bizlar bog'dagi olma Terib olgin xorma, Xushbuy hidli olmamiz, Sog'liqqa ko'p foydamiz. ✍: Islomova Mukambar https://t.me/MTTtarbiyachibolajon 👇👇