- Последний пост
- 8 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 53
- 1/48двое суток
- 60
- 1/72трое суток
- 65
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Ancha bo'ldi facebookda bir maddohni blokka tiqib tashlagandim. Lekin yer yumaloq, aylanib-aylanib uning bir postiga tag'in ko'zim tushib qoldi - yuragim yondi... To'g'ri, ulardan menga zarracha zarar yetmaydi, og'irligi ham tegmaydi. Ammo jamiyat uchun eng katta xavflardan biri shular. Millatning toza gullarini quritadigan ham shular, chunki ularda hamisha kattalarga yoqish istagi bo'lgan. Bunday mudhish istak yurakdan rahmoniy hislarni yulib tashlaydi. Odamni amal buzadi degan gaplar yolg'on, aslida tuppa-tuzuk odamni ham shular buzadi. Eng razil insonga-da, agar amali bo'lsa, payg'ambarlik rutbasini beradi. Agar nafi tegsa, eshakni ham tog'a deydiganlar shular bo'ladi. kanalga ulanish: ↙️↙️↙️ @MUNOSABAT1
"Sharmandali mahalla", "Uyatli xonadon" singari inson qadr-qimmatini yer bilan yakson qiluvchi "shiorlar" jamiyatni isloh etish uchun emas, ko'proq xalqni izdivaetsiya qilishga o'xshab ketyapti. P/S: Rasm AI kanalga ulanish: ↙️↙️↙️ @MUNOSABAT1
Hokim buvalar ham maydalashgandan maydalashdi. Bir qarasang do'konlarni aylanib rastadagi meva-chevalarni tepib dag'-dag'a qiladimi-ye, fuqarosini dokumentalniy qullikka yuborayotib, karnay-surnayini chalib qoladimi-ye, endi uyma-uy kirib odamlarning irgasigacha tekshirish aqlga sig'maydi. Xolbuki, butun mamlakat miqyosida ulkan muammo o'laroq o'z yechimini topmay kelayotgan masalalar qancha. Biz chindan maydalashdik, hokimidan tortib juldur kiyim darbadarigacha maydalashdik. Izza qilinayotgan oilalarning nochorligi shundoq ko'rinib turibdi. O'lganning ustiga tepganday qilib ularni ijtimoiy tarmoqlarga olib chiqib "zazoyi" qilish chindan katta odamning ishi emas. kanalga ulanish: ↙️↙️↙️ @MUNOSABAT1
Qo'shrabotlik she'r yozarman ukamizdan shu kunlarda turli muhokamalarga sabab bo'layotgan "isohot"ga ijodiy munosabat . kanalga ulanish: ↙️↙️↙️ @MUNOSABAT1
Tog'li hududlar, adirliklardagi yaylovlar klaster bahona fermerlarga bo'lib-bo'lib berildi, oqibatda hududlarda chorva mollari boqiladigan joylar kamayib ketdi. Chorvadorlar bunday tutumdan etak silkib, Rossiyama Rossiya darbadar ketdi. Aholining uyida ham qoramollarning salmog'i kamaydi. Natijada davlatning go'sht va go'sht mahsulotlariga qaramligi oshdi. Tag'in ko'zga chiqqan yaraday HAYVON PASPORTI "islohot"ining hayotga tatbiq etishingiz dard ustiga chipqon bo'ldi. Bu "islohot"ning ortidan keladigan mashmashalar, shubhasiz, aholining tinkasini quritadi. - Qoramollingiyam, chorvanggayam, islohotinggayam, - deb so'kkich bo'ladi. Go'sht narxi osmonlaydi, odamlarning qozoni oyda-yilda bir go'sht ko'rgich bo'ladi. O'zbekning beshikdagi bolasigacha vegetariyanga aylanadi. O'ynab qo'yay, odamga el bo'lmaydigan bu "islohot"ingizga o'ynab qo'yay. kanalga ulanish: ↙️↙️↙️ @MUNOSABAT1
Uning qamalgani hususindagi gap-so'zlar bolalab qoldi. Yo'q, shunchaki mansabdor bo'lgani uchun emas, hatto u ishlaydigan tizimda ko'pdan buyon muammolar tishini qayrab qolgani uchun ham emas, (u sazoyi qilingach, keyingi paytlarda muammolar tilini chiqarib masxaralashni kasb qilayotgani o'zingizga ma'lum) Demak, muammo aynan bitta shaxsda emas, butun bir tizimda, amaldorga nisbatan g'oyatda rahmli - xudojo'y bo'lgan qonunlarda. - U kim? - Shunchaki qo'g'irchoq. Qo'g'irchoqlarning izmi o'z qo'lida bo'lmaydi, erki-da o'z qo'lida bo'lmaydi, ajali-da o'z qo'lida bo'lmaydi. Ular faqat qurbonlikka yaraydi. kanalga ulanish: ↙️↙️↙️ @MUNOSABAT1
Bugun bir amaldorni ishdan ozod etish bilan muammo hal boʻlib qolmaydi. Ildiz tubda, chuqurda. Unga yetish amrimahol, uning otini aytish-da amrimahol. Yoshligimizda Rahim tirriq degich xudobezori jo'raboshimiz bo'lardi. Biz uchun yechimi mujmal masala u edi. Lekin o'sha masalaga to'qimni ichimizdan chiqarardi. O'yinlardan o'zimizni sazoyi qilardi. Biz jim edik - biz qo'rqoq edik. kanalga ulanish: ↙️↙️↙️ @MUNOSABAT1
Xulosasiz o'lim Devorga urib oldi boshini boshi yorildi yorilmadi Xulosa Xotinini choʻri qildilar qul qildilar bolalarini ozod edi Xulosa Millatining yuziga tupurdilar soʻng bulgʻadilar odamligini Xulosaning yuzi yop-yorugʻ edi Kuni bitib joni ham chiqdi shunda ham chiqmadi Xulosa Bahrom RO'ZIMUHAMMAD kanalga ulanish: ↙️↙️↙️ @MUNOSABAT1
"O'zingnikilar" Muallif: Iqbol MIRZO kanalga ulanish: ↙️↙️↙️ @MUNOSABAT1
Dunyo bilan dunyo o'laroq yuzlashadigan ko'rsatig'imiz Navoiy bobo edi. Ayniqsa, tavallud kunlarida og'izxonamizdan bo'shalib ketgan tilni qamchi qilib ko'krakka uradiganimiz Navoiy bobo edi. OAVda, ta'lim maskanlarida, xullas, odam oyog'i yetgan manzil makon borki, najotkorimiz Navoiy bobo edi. Ayni zamonda esa buyuk mutafakkirni Toshkentday shahri azimga sig'dirmayapmiz. Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyining ko'chirilishini yoki buzilishini o'zimcha shunday angladim. Bilaman, bugun ma'naviyatdan ko'ra moddiyatga ehtiromimiz kuchli. Iymon, e'tiqod tushunchalarini o'g'il-qizlarimiz bilan birga pivo festivallariga mavoza qiladigan davrga keldik. Bugun qo'lida hemiri yo'q olim - puf sassiq, amalli, davlatli o'g'ri muttaham - aziz mukarram. Qaysidir yili Afg'onistonda Navoiy boboning haykali buzib tashlanganda "voydod, johillarning dastidan, dod" deb ketimizni yirtdik. Xo'sh, bugun ulardan qanday farqimiz qoldi? Birov "kimsan, qayerliksan, asli nasling ne?" deb so'roqlasa, Xorazmiy, Ibn Sino, Beruniy, Ulug'bek, Imom Buxoriy (vhk)larni eslab ko'krak keramiz, amalda o'sha buyuk tariximizga tupuramiz. Navoiy bobo muzeyini ko'chirmang yoki buzmang, joyida qoldiring, ma'naviyat hususindagi balandparvoz islohotlaringizga iztehzo bilan qarashga majbur qilmang. Ehtimol, molparast ko'zlaringiz, qorindor qalbingiz bilan Navoiyni anglay olmayotgandirsiz, ammo ertaga kelajak avlod bunday tutumingizni kechirmaydi. Tupuradi, balki, ustingizdan bovul ham qilar. Navoiy bobo millatni ko'p najaslardan asrab turguvchi ham edi. @dolzarb kanalga ulanish: ↙️↙️↙️ @MUNOSABAT1
Biroz messiparastligim bordir, lekin futbolga hayotimning mazmuni sifatida qaramaganman. O'zbekiston uchib ketgandan keyin, tabiiyki, muxlislik rutbasini Argentinaga kiydirdim, biroq Misr siyosat deymanmi, bilmadim, nimaningdir qurboniga aylandi. Xullas, Jahon chempionati ham rasvo bo'ldi. P/S: Balogun. Tramp. FIFA kanalga ulanish: ↙️↙️↙️ @MUNOSABAT1
rangsizlik qaniydi hamma narsa sendan iborat bo'lsa Xudoga aldanmasdim kanalga ulanish: ↙️↙️↙️ @MUNOSABAT1
Jamiyatimizda hali ham Putinning soyasidan ko'mak o'tinadiganlar ko'pchilikni tashkil qilar ekan. Yoqamni ushladim. Qullik sindromi qon-qonimizga singib ketibdi. Bu qon bilan uzoqqa borib bo'lmaydi. Qog'ozda emas, qarorlarda emas, chin ma'nodagi ozod vatanni-da qurib bo'lmaydi. To'g'ri, Putin bilan shaxsan tanish emasman, ko'cha-ko'yda salom-aligim ham yo'q. Lekin u yaratgan rejimning tarixini o'qidim, buguniga guvoh bo'lyapman, ertasini o'ylasam daxshatga tushaman. Zamon talabi dedim - men ham putinparast bo'lay dedim. Chirandim, o'zimni majburladim, ammo, na qilayki, uning harakatlarida xalqlarning erksizligini, qulligini ko'raveraman. kanalga ulanish: ↙️↙️↙️ @MUNOSABAT1
Taʼmagirlik juda yashovchan va kurashuvchan mahluq bo‘ladi-ye. Sen qaysidir ahmoqning taʼmagirligi, ko‘zbo‘yamachiligi sabab o‘sha yerdasan. Muammo ortidan borgansan. - Aka, mehmonsiz, bir piyola choy ichaylik. - Ishga borishim kerak, siz ham ishingizni ko‘ring... - Kattalarimiz aytdi, kutib ol, o‘zing qara, deyishdi! - Kerak emas, choy ichmayman, sizni vazifangiz menga maʼlumot berish, xolos. Shuni bajardingiz, katta rahmat! - Unaqa demang, muomalangiz yoqdi, shuni olib qo‘ying... - Jiddiy gapiryapman, odamlarning qoidasini hurmat qiling! - biroz ovoz toningni kuchaytirishga majbur bo‘lasan. Aslida oxirgi gapning davomi ichingizda qoladi. Sizning tepangizdagilar ishini toza qilsa, shu ish bo‘lmasdi. Shu paytgacha bu loyiha uchun qilingan xarajatlar ham, qilinajak xarajatlar ham, hatto siz mana buni olib qo‘ying, deyotgan narsa ham xalqniki! XALQNIKI, siz yoki sizning kattangizniki emas! Afsuski, bu el choy iching, shuni olib qo‘ying, bir joydan ekanmiz bilan ko‘karmayapti! Ko‘karolmayapti! Taʼmagirlik yashovchan bo‘ladi. Uni qonuniylashtirar darajada muloyim yetkazishga odatlanib boryapmiz. Isomiddin PO'LATOV kanalga ulanish: ↙️↙️↙️ @MUNOSABAT1
To'g'ri, biz kimsan Ronalduning jamoasiga qarshi to'p surdik, qolaversa, tarix yaratdik, lekin bunday bayroqdor shiorlarimiz ham bugungi "ichketar" o'yinimizni oqlash uchun asos bo'lmasligi kerak. Ishoning gap Krishtianoda emas. Uyaldim, o'yinchilarimizning suvga tushgan mushukdek ahvolidan uyaldim. Ko'rdim tarog'i bor kalni ko'rdim, do'kondan ustara sotib oladigan ko'sani ko'rdim. Lekin futbolchilarimizda na bir taktika, na tezlik, na tuzuk-quruq bir duxni ko'rmadim. Saviya-ku ammamning buzog'iga o'xshab uloqib ketgan. Qiyosladim, darajamiz Qatarchalik ham emas ekan. Portugallar o'ljani oq bo'rilarimizga bir yalatib-da qo'ymadi. E o'sha futbolingayam, urra-urlaringayam. 4 million dollarga olib kelingan Kannavaro janoblari mo'ltonining eshagini suvdan olib o'tishga ham yaramadi. Eng yomoni bu natijadan uning yuragi yonmaydi. U dumini tugib ketadigan odam. Hali Kapadzening uvoli ko'p tutadi. Bu o'yin, bu daraja bilan Kongo bilan bahsni o'ylagim ham kelmayapti. kanalga ulanish: ↙️↙️↙️ @MUNOSABAT1
Xudoning borligi naqadar yaxshi faqat farishtalar yular uni bag'rimdan gunohlarim sizni sevaman kanalga ulanish: ↙️↙️↙️ @MUNOSABAT1
#mutolaa "Lolazor" bilan sizni qurshab turgan olamni anglash odamga biroz tasalli beradi, shu bilan birga, o'ylantiradi ham... Asardagi o'ta ijobiy qahramon ham odamni vijdon azobidan qutqardi- odam borki, farishta emasligini uqtiradi. kanalga ulanish: ↙️↙️↙️ @MUNOSABAT1
Eron filmlarida ummonning teranligi, bahor yomg'irining quloqqa mayin uriladigan shivir-shiviri bor. Ularda dabdaba yo'q, vasvasa yo'q. Biroq ularda odamning har qanday yalong'och xatti-harakatlaridan holi jimligiga, iztirobiga o'ralgan joynamoz hislari bor. kanalga ulanish: ↙️↙️↙️ @MUNOSABAT1
Kattalar yurttuzar, jahongir, Kattalar dunyoni olmoqda. "Bolalar lapashang va dovdir," Bolalar oʻlmoqda, bolalar. Kattalar uchmoqda fazoda, Livanda, Iroqda, Gʻazoda, Bolalar loyiqdir jazoga, Bolalar oʻlmoqda, bolalar. Kattalar olimdir, kimyogar, Kattalar tengi yoʻq, shifokor, Bolalar bedavo va bemor, Bolalar oʻlmoqda, bolalar. Hamma joy aysh-ishrat, navozish, Gunohni kattalar qilmoqda. Bu qanday falokat, qanday ish, Bolalar oʻlmoqda, bolalar! Ravshan HAQMUROD kanalga ulanish: ↙️↙️↙️ @MUNOSABAT1
O'qituvchi urdi - yoshlarning o'ta zamonaviy "madaniyat"ining yuziga tarsaki tushirdi. O'qituvchi aybdor bo'ldi - jinoiy javobgarlikka tortildi. Olomon qalqdi - xalq bo'ldi. Ustozning jinoiy ishi tugatildi. Hukumat faqat piar uchun, media uchun "taslim bo'ldi". Biroq, o'qituvchi hali ham siz "puf ..." deydigan maqomda... Gap uning moddiy ahvolida emas kanalga ulanish: ↙️↙️↙️ @MUNOSABAT1