Magistr Hub
Статистика- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 12 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 39
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 101
- 1/48двое суток
- 115
- 1/72трое суток
- 124
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
Сунъий интеллект даврида билим арзонлашди, тажриба эса қимматлашди Бир неча йил олдин маълумотга эга бўлишнинг ўзи катта устунлик эди. Бугун эса бир неча сония ичида сунъий интеллект юзлаб саҳифа маълумотни таҳлил қилиб, режа тузиб, код ёзиб, матн тайёрлаб бера олади. Энди савол бошқача қўйилмоқда: маълумотга эгамисиз ёки уни тўғри қўллай оласизми? Айнан шу нуқтада билим билан тажриба ўртасидаги фарқ янада яққол кўринади. Билим оммалашди. Илгари фақат мутахассислар биладиган маълумотлар бугун барча учун очиқ. Онлайн курслар, илмий платформалар ва сунъий интеллект туфайли назарий билимга етишиш анча осонлашди. Шунинг учун бозорда "ким кўпроқ билади?" деган саволнинг аҳамияти пасаймоқда. Лекин тажриба ҳали ҳам кўчириб бўлмайдиган ресурс бўлиб қолмоқда. Чунки тажриба — бу хато қилиш, қарор қабул қилиш, масъулиятни зиммага олиш ва ноаниқ вазиятларда тўғри йўл топиш қобилиятидир. Сунъий интеллект миллионлаб мисолларни таҳлил қилиши мумкин, аммо ташкилотингизда кеча содир бўлган муаммонинг ички сабабини жамоангиздан яхши билмайди. Шунинг учун бугун ташкилотлар энг аввало диплом эмас, ишончли инсонларни қидирмоқда. Чунки билимни ўргатиш мумкин, аммо ҳалолликни, масъулиятни ва ташкилот қадриятларига садоқатни қисқа муддатда шакллантириш жуда қийин. Кўплаб халқаро тадқиқотлар ҳам шу фикрни қўллаб-қувватлайди. Жамоадаги ўзаро ишонч юқори бўлган ташкилотларда қарорлар тезроқ қабул қилинади, мувофиқлаштириш харажатлари камаяди, инновациялар тезроқ жорий этилади ва ходимлар алмашинуви пасаяди. Демак, ишонч фақат ахлоқий тушунча эмас, балки иқтисодий ресурс ҳамдир. Яна бир муҳим жиҳат бор. Сунъий интеллект вазифаларнинг маълум қисмини автоматлаштириши мумкин, аммо жамоа ичидаги муносабатлар, лидерлик, масъулиятни бўлишиш, инқироз пайтида одамларни бир мақсад атрофида бирлаштириш каби вазифалар ҳануз инсон зиммасида қолмоқда. Бу ерда эса алгоритм эмас, характер ҳал қилувчи омилга айланади. Шу сабабли келажакда энг кучли рақобат билим учун эмас, балки ишончли ва тажрибали кадрлар учун бўлади. Технологияни ҳамма сотиб олиши мумкин. Сунъий интеллектдан ҳамма фойдаланиши мумкин. Аммо бир-бирига ишонадиган, умумий қадриятларга эга ва масъулиятни бўлишадиган жамоани қисқа вақтда шакллантириб бўлмайди. Бугунги раҳбарнинг асосий капитали энди офис ёки ускуна эмас. Унинг энг катта капитали — мураккаб вазиятда ҳам елкадош бўладиган, қадриятлари бир хил ва синовдан ўтган инсонлар жамоасидир. Сунъий интеллект даври бизга муҳим бир ҳақиқатни яна бир бор эслатди: маълумотнинг баҳоси тушиши мумкин, аммо инсоннинг ишонч қозонган тажрибаси ва обрўси ҳеч қачон арзонлашмайди. #кадрлар_масаласи 🎓 @Magistr_Hub
Matematika bo‘yicha qayerda himoya qilish mumkin? Ko‘plab yosh matematiklar: “O‘z ixtisosligim bo‘yicha qaysi ilmiy kengashda himoya qilsam bo‘ladi?” deb so‘rashadi. Avvalgi postimizda 01.00.00 — Fizika-matematika fanlari ixtisoslik shifrlari haqida ma’lumot bergan edik. Endi 01.01.00 — Matematika yo‘nalishidagi ilmiy kengashlarni ko‘rib chiqamiz. Bugungi kunda matematika ixtisosliklari bo‘yicha 6 ta ilmiy kengash faoliyat yuritadi: 🔹 O‘zbekiston Milliy universiteti — 2 ta kengash 🔹 Matematika instituti — 1 ta 🔹 Samarqand davlat universiteti — 1 ta 🔹 Urganch davlat universiteti — 1 ta 🔹 Farg‘ona davlat universiteti — 1 ta Eng ko‘p imkoniyat 01.01.02 — Differensial tenglamalar va matematik fizika ixtisosligida — ushbu shifr bo‘yicha 5 ta kengashda himoya qilish mumkin. Ayni paytda 01.01.06 — Algebra bo‘yicha faqat Matematika institutida, 01.01.03 — Hisoblash matematikasi va diskret matematika hamda 01.01.04 — Geometriya va topologiya bo‘yicha esa O‘zbekiston Milliy universitetida tegishli kengash mavjud. 🎓 @Magistr_Hub
⚡Editorga maqolangizni “sotmang”, mosligini ko‘rsating Cover letter’da “Our paper is very important and highly innovative” deyishdan ko‘ra, maqola jurnal auditoriyasiga nima berishini 2–3 jumlada aniq tushuntirish kuchliroq ishlaydi. Editorning asosiy savoli oddiy: “Nega aynan bizning jurnal?” Shu savolga yaxshi javob bera olgan maqola birinchi bosqichdayoq ancha professional ko‘rinadi. 🎓 @Magistr_Hub
🎓 Magistraturaga kirishdan oldin shu 5 ta savolga javob bering Magistraturaga hujjat topshirishdan oldin o’zingizdan quyidagi savollarni so’rang: ✅ Bu diplom menga nima beradi? ✅ Ilmiy faoliyatni davom ettirmoqchimanmi? ✅ Qaysi sohada mutaxassis bo’lishni xohlayman? ✅ Chet el grantlariga tayyormanmi? ✅ Ikki yildan keyin o’zimni qayerda ko’raman? Magistratura — shunchaki diplom emas. U kelajakdagi ilmiy va kasbiy faoliyatingizning poydevoridir. #Magistratura #Qabul2026 @Magistr_Hub
🚀 PhDga yo‘l magistraturadan boshlanadi PhD qilish niyati bor magistr uchun magistratura — shunchaki oraliq bosqich emas. Bu keyingi ilmiy yo‘lning poydevori. Agar mavzu bugun to‘g‘ri tanlansa, ertaga uni doktorlik mavzusiga aylantirish mumkin. Agar maqolalar bir yo‘nalishda yozilsa, ilmiy portfel tartibli ko‘rinadi. Agar Google Scholar profili hozirdan yuritilsa, ilmiy iz shakllanadi. Eng yaxshi holat shuki, magistratura tugaganda sizda faqat diplom emas, balki mavzu yo‘nalishi, 1-2 ta maqola, manbalar bazasi, metodologik tajriba va keyingi tadqiqot rejasi bo‘ladi. PhDga hujjat tayyorlaganda “nimadan boshlayman?” deb emas, “nimalarim tayyor?” deb qarash kerak. #Magistr_Hub #PhD #IlmiyFaoliyat 🎓 @Magistr_Hub
⁉️ Nomdor stipendiyalar soni 13 ta Ularning yo‘nalishlar kesimidagi ro‘yxati: ➖ pedagogika yo‘nalishida — Abdulla Avloniy; ➖ tarix va geografiya yo‘nalishlarida – Bobur; ➖ texnika yo‘nalishlarida – Beruniy; ➖ tibbiyot yo‘nalishlarida – Ibn Sino; ➖ gumanitar yo‘nalishlarda – Navoiy; ➖ tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarida – Kamoliddin Behzod; ➖ tabiiy yo‘nalishlarda – Ulug‘bek; ➖ kinematografiya yo‘nalishida – Xudoybergan Devonov; ➖ jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida – Pahlavon Mahmud; ➖ O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida – Imom al-Buxoriy; ➖ Qoraqalpog‘istondagi oliygohlarda – To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov; ➖ barcha yo‘nalishlarda – Islom Karimov nomli davlat stipendiyalar 🎓 @Magistr_Hub
#Magistr_Hub #ilmiy_maqola 🎓 Magistrlar uchun muhim tavsiya Magistratura faqat diplom olish bosqichi emas. Bu — kelajakdagi ilmiy faoliyat, doktorantura va akademik reputatsiya uchun tayyorgarlik davri. Shuning uchun maqola chiqarishni oxirgi kursga qoldirmang. Hozirdanoq ishonchli xalqaro ilmiy-ma’lumotlar bazalarida maqolalar e’lon qilishga harakat qiling. Chunki sifatli ilmiy maqola — magistr uchun eng muhim bosqichlardan biri. 🎓 @Magistr_Hub
#suragan_edingiz Javob quyidagicha: 🔍 Dissertatsiya matni plagiat tekshiruvlaridan muvaffaqiyatli o‘tishi uchun uning original (ya’ni o‘xshashlik darajasi) kamida 70–75% bo‘lishi kerak. Bu degani: maksimal 25–30% gacha o‘xshashlik darajasiga ruxsat beriladi (asosan iqtiboslar, terminlar, standart jumlalar hisobiga). 🤖 Sun’iy intellektdan foydalanish darajasi esa aniq foiz bilan belgilanmaydi, ammo Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) va ko‘pchilik ilmiy jurnallar AI yordamida yaratilgan matn yoki tasvirlarning manbasini ochiq ko‘rsatishni va ularni yordamchi vosita sifatida ishlatishni tavsiya qiladi. Asosiy tahlil, fikr yuritish, ilmiy xulosa — tadqiqotchining o‘ziga tegishli bo‘lishi kerak. 📌 Xulosa: • Original matn: kamida 70% (ideal — 75–80%) • Sun’iy intellekt: faqat yordamchi vosita sifatida, ochiq ko‘rsatish sharti bilan foydalaniladi. ✅Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020 🔗
234 072 nafar abituriyent testda 56,7 ball ham to‘play olmadi DTMSTAT AI bazasi tahliliga ko‘ra, joriy yil test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlarning 37,6 foizi (234 072 nafar) oliy ta’limga kirish uchun belgilangan eng kam 56,7 ballni ham to‘play olmagan. ✅ Agar siz 56,7 balldan yuqori natija qayd etgan bo‘lsangiz, tanlovda ishtirok etish imkoniyatiga egasiz. Lekin ballning o‘zi yetarli emas. Eng muhim bosqich — to‘g‘ri yo‘nalish tanlash. 📊 Natijangizni tahlil qiling: • fanlar guruhidagi o‘rningizni biling; • raqobat darajasini baholang; • o‘tgan yillardagi o‘tish ballari bilan solishtiring; • shundan keyingina yo‘nalish tanlang. 🎓 @Magistr_Hub
Magistraturaga qabul yakunlandi Talabgorlar tomonidan jami 64 ming 365 ta ariza kelib tushdi. 🎓 @Magistr_Hub
#Magistr_Hub ⁉️Magistraturani tugatgan o‘qituvchilarga attestatsiyasiz 1-toifa berilishi kutilmoqda Yangi o‘quv yilidan boshlab magistraturani tamomlagan pedagoglarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1-malaka toifasi berilishi belgilanyapti. Shuningdek: ✅ bakalavr bosqichini imtiyozli diplom bilan tugatib, maktabda ish boshlagan pedagoglarga — 2-malaka toifasi; ✅ magistr darajasiga ega pedagoglarga — 1-malaka toifasi berilishi nazarda tutilmoqda. Bundan tashqari, o‘qituvchilar uchun davlat xizmatlari to‘lovi 2 baravarga kamaytirilishi aytilmoqda. 📢 Pedagoglarga attestatsiyasiz malaka toifasi berish tartibi - Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi qaroriga ko‘ra, ayrim holatlarda pedagog kadrlarga malaka toifasi attestatsiyasiz beriladi. Jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya yo‘riqchilari yoki ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilari tayyorlagan tarbiyalanuvchi yoki o‘quvchi sport musobaqalarida sovrinli o‘rin olsa: 🏅 1-o‘rin — oliy toifa 🥈 2-o‘rin — birinchi toifa 🥉 3-o‘rin — ikkinchi toifa Shu tartib jismoniy tarbiya fan olimpiadasi, “Besh tashabbus olimpiadasi” hamda uch bosqichli Respublika sport musobaqalarida sovrindor tayyorlagan pedagoglarga ham tatbiq etiladi. Bundan tashqari, IMO, IPhO, IChO, IBO va IOI kabi nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida medal olgan o‘quvchini tayyorlagan pedagoglarga oliy malaka toifasi beriladi. 🎓 @Magistr_Hub
#Qabul2026 #MagistraturaTurdosh ⚡️ MAGISTRATURAga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-o‘quv yilida davlat oliy taʼlim tashkilotlari magistraturasiga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlarining roʻyxati tasdiqlandi. Siz mazkur roʻyxatdan qaysi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi davlat oliy taʼlim muassasalari MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh ekanligini bilib olishingiz mumkin. 🎓@Magistr_Hub
#Video #Sertifikatni_yangilash #Milliy_sertifikat Shaxsiy kabinentga o'ting. Bu joyda Sertifikatlar va yutuqlar qismiga o'ting, Chet tili sertifikati bosqichni tanlab o'ng taraf teparoqdagi 🔄 Milliy sertifikat (CEFR) tugamani bosib yangilab oling va arizalarim bo'limiga qaytsangiz milliy sertifikatingiz avtomatik tarzda yuklangan bo'ladi ! 🎓@Magistr_Hub
#Magistratura ⚡️Magistratura mutaxassisliklariga hujat topshirayotganda diplom va ilovani my.edu.uz saytiga kiritolmayotgan bo'lsangiz ushbu videoqo'llanma sizga yordam beradi @Magistr_Hub
📚 Magistraturadan keyin nima qilish kerak? Ko’pchilik magistraturani tugatgach ikkilanib qoladi. 3 ta asosiy yo’l mavjud: 🔹 PhDga kirish; 🔹 Ish faoliyatini boshlash; 🔹 Xorijda o’qishni davom ettirish. To’g’ri tanlov sizning maqsadingizga bog’liq. Boshqalarga emas, o’zingizning rejangizga qarab qaror qabul qiling. #PhD #MagistrHub @Magistr_Hub
👨🏫 Ilmiy rahbar bilan qanday ishlash kerak? Ilmiy rahbar yo‘l ko‘rsatadi. Ishni esa siz qilasiz. Har uchrashuvga: ✔️ tayyor material bilan boring; ✔️ savollarni oldindan yozib chiqing; ✔️ tavsiyalarni qayd qilib boring; ✔️ keyingi uchrashuvgacha barcha vazifalarni bajaring. Rahbarning vaqtini qadrlagan tadqiqotchi tezroq natijaga erishadi. 📌 Samarali hamkorlik — muvaffaqiyatning yarmi. #IlmiyRahbar @Magistr_Hub
🎓 GPA nega muhim? Ko‘pchilik GPA (o‘rtacha baho) faqat stipendiya olish uchun kerak deb o‘ylaydi. Aslida esa u sizning akademik “vizit kartangiz” hisoblanadi. Yuqori GPA sizga: • PhD va doktoranturaga kirishda; • xorijiy grant va stipendiyalarda; • almashinuv dasturlarida; • nufuzli ish o‘rinlariga hujjat topshirishda ustunlik beradi. Har bir fan bo‘yicha olgan bahoyingiz kelajakdagi imkoniyatlaringizga ta’sir qiladi. Shuning uchun “bir fan-ku” deb befarq bo‘lmang. 📌 Bugungi baho — ertangi imkoniyat. #GPA #Magistratura @Magistr_Hub
📄 Jurnal tanlashda adashmang! Maqola yozish qiyin. Ammo uni noto‘g‘ri jurnalga yuborish undan ham katta xato. Maqolangizni yuborishdan oldin quyidagilarni tekshiring: ✅ Jurnal Scopus yoki Web of Science bazasidami? ✅ Rasmiy veb-sayti bormi? ✅ ISSN raqami mavjudmi? ✅ Tahrir hay’ati ochiq ko‘rsatilganmi? ✅ “3 kunda maqolangiz chiqadi” kabi va’dalar bermayaptimi? Predatory (soxta) jurnallarda chop etilgan maqola ko‘pincha ilmiy faoliyatingizga foyda bermaydi. 📌 Avval jurnalni tanlang, keyin maqolani yuboring. #Scopus #Research @Magistr_Hub