- Последний пост
- 31 июл.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 260
- 1/48двое суток
- 297
- 1/72трое суток
- 321
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Bilim olishni maksimallashtirish 📈 - Maqsad aniq bo'lsin 🎯 - Atrofingizni o'zgartiring yoki atrofingiz sizni o'zgartiradi 🔄 - Agar qiziqmayotgan bo'lsangiz - o'zingizni qo'rqiting 😱. Harakatsizlik natijasi juda og'riqli 🛑 - Zerikib qolmaslik uchun o'rtada tanaffus oling. (Bird-nap sleep) 😴 - Shunchaki 1 tasini boshlang 🧠. Bir nechtasini boshlab olish foydasiz. (Multitasking inefficiency) 📉 - Ishni oxirigacha tugating ✅, dofaminni yangi narsadan emas, qiyin ishni oxirigacha tugatishdan oling (Zaigarnik effekt) - Kutib o'tirmang - tezda boshlang 🚀. Tezlik bo'lmasa yutqazib qo'yasiz ⏳ 9/30✅
Unutish ... Insonmiz — unutamiz. Ba'zan bu yaxshi , ba'zan esa... 🤔 Buni yaxshi tushungan "kallasi katta"lar 🧠 parda ortida ancha ishlar qilishadi. Misol — shirin gazli ichimliklar 🥤. Ichimlik tarkibidagi shakarni tana o'zida ushlab qoladi. 100 ml da — 2.7 choy qoshiq 🥄. Shuncha shakarni qoshiqlab yeyishni tasavvur qiling. Biz bo'lsa 0.5 litrni ko'rmaganday ichib yuboramiz 🥤. Boshqa misol — Reels 📱. Aslida bitta ma'lumotni inson miyasi qabul qilganda, unga qanchadir energiya sarflaydi ⚡️. Lekin Reels ko'rgan odam o'zini unutish uchun trening qiladi . Xullas — sizga juda yoqayotgan, lekin zamonaviy bo'lgan hamma narsa aslida sizdan ancha aqlli odamlar tomonidan⁷ dizayn qilingan 🎨 — sizdan foyda qilish uchun. Afsuski ular faqat foyda qilishni o'ylashadi 🤑. Sizning sog'lig'ingiz, hayotingiz, hissiyotlaringiz ular uchun bir tiyin 😞. Nima qilaylik unda? 🤷♂️ "O'yindan chiqing" 🛑 Iste'mol qilmang — yarating ✨ O'zingizda yaxshilik bormi? Boshqalarga ham ulashing .
Trap of accomplishment G'oliblik tuzog'i Biror yutuqqa erishamiz, Bu bizga ishonch beradi "Ha, qo'limdan kelar ekan-ku" deymiz Keyingi safar ham bizga biror sinov kelsa - "qo'limdan keladi" deb ishni kechga suramiz ? O'zimizga noto'g'ri ishonib qolmayapmizni ? Natijamiz yomon chiqsa, aybdor faqat o'zimiz bo'lamiz Holbuki bizda bo'lishi kerak bo'lgan sifat - siniqlik edi O'zimizni past deb bilishimiz edi Shunda ko'proq harakat qilardik Maqsadga yetishdan emas, jarayondan rohat olar edik Bilaman degan yutqazib qo'yadi, Bilmayman deb o'zini xor turgan esa eng kamida nimadir o'rganadi
2 ta yo'l bor xolos: - Yo qiynalib bo'lsa ham komfortni yorib chiqasiz va sizni quchoq ochib keyingi qiyinchilik kutib oladi. - Yoki hikoyangiz shu yerda yakuniga yetadi Tanlov sizniki. Hayot ham ... P.S. shu kichkintoyga ham tuxumni yorib chiqish oson bo'lmagan bo'lsa kerak aa? (Credits for picture:Parallel muhit)
Avvalgidan Yaxshiroq Hammamiz ham o'zimizdan o'tgan xatolarni yaxshi bilamiz Lekin, gap xato qilishda emas Gap to'g'ri yo'lga qaytishda emasmi? Har gal xato qilganingizda - tezroq to'g'ri yo'lga qayting Yaxshiroq qayting Nimadir o'rganib qayting Qiyin bo'ladi. Og'riqli bo'ladi Lekin og'riq bilan tafakkur aralashsa - keyin o'sish bo'ladi Pain + Reflection -> Progress
The more you know - the humbler you get. Qancha ko'p bilsangiz - shunchalik tavozeingiz oshadi. Agar olayotgan bilimingiz sizni boshqalardan 'afzalman' deyishga boshlayotgan bo'lsa, unutmang, Iblis ham o'zini loydan afzalman degandi. Lekin Alloh uni huzuridan chiqardi. Odam xato qildi, lekin tavba etgandi - tavbasini qabul ayladi.
When everyone is sick, we no longer consider it a disease N. Ravikant Qachon hamma bir xil kasal bo'lsa (va undan tuzalmasa), biz endi buni kasallik demaymiz (Madaniyat&moda deymiz) Bir zamonlar, podsho chap qulog'i yo'q farzand ko'radi. Shahzoda katta bo'lganda o'zini yolg'iz his qilmasin deb hamma yangi tug'ilgan bolalarning quloqlarini kesishga buyuradi. Vaqt o'tib, ish shu darajaga yetadi-ki, u yurtda 2 quloqli odam deyarli qolmaydi. Bir musofir shu yurtga yo'li tushadi. Shaharga kirsa, uni ko'rib odamlar kularmishlar. - "Iye, buni qaranglar, ikkita quloqli odam ham bo'ladimi" deb . Musofir hayron Asli kim kimni ustidan kulishi kerak edi, kim hijolat bo'lishi kerak edi... Ehtimol, qiyomatga yaqin qolganda, iymonli bo'lish qo'lida cho'g'ni ushlab turishdek qiyin bo'ladi degan gapning ma'nosi shudir Qing'ir yo'ldan hamma yursa ham, u baribir egridir Bir kun kelib sizni ham egri qiladi Haq yo'lida hech Kim yurmasa ham u haqdir. Afsus, buni ko'pchilik kech tushunib yetadi
"Onajon gapimni tushunmayapsiz..." Farzand xitob qildi onaga bir dam. Onaizor aytdi: "Tushunganman-ku, Hatto gapirmagan paytlaringda ham..."
Bir Zotdan qarzdormiz. Bu shunday og'ir omonatki birov birovga kafil bo'lolmaydi. Hamma o'ziga o'zi javobgar. Soat yaqin. Hamma olgan qarzini qaytaradigan vaqt yaqin
Amallarni forig' bo'lgandan keyinga surishing nafsning befahmligidandir Later = Never Keyinroqqa surish hech qachon qilmayman deyish bilan deyarli barobardir Qilinishi kerak bogan ishlarni vaqtida qilish kerak - Qaysi birini ? - Qiyinini.
"Dreams are not what you see in your sleep, dreams are things which do not let you sleep" Cristiano Ronaldo
If you're so smart, why you're still not happy? Shunchalik aqlli bo'lsangiz, nega haliyam baxtli emassiz ?
Kimni eshitaylik ? Kimni maslahatiga amal qilaylik ? Chumchuqni so'ysa ham qassob so'ysin deyishgan Kichik maslahat bo'lsa ham egasidan so'ragan yaxshi. Hatto shariatda bir kishini sog'lig'iga oid bir masala bo'lsa, muftiylar - doktorlar Nima deyishsa shu to'g'ri bo'ladi, biz shunga qarab fatvo beramiz deyishadi Muammo oddiy. Lekin baribir xato qilamiz Xatoimizni takrorlaymiz. To'g'ri qilyapman deb o'ylaymiz, aslida esa... Xatoimizni ko'rmaymiz Boshqa tarafdan bo'lsa, xato joydan olingan ma'lumotgan qarab qaror qilamiz Telefoniz buzilib qoldi. Qadimgi bir soatsozni aytgan gapiga qarab telefonni tuzatmaysizku Ustasiga olib borasiz. Bu yerda telefon ilmidan bexabar soatsozni gapiga qarab ish qilish - mantiqiy xato Bir ish qilmoqchi bo'lsangiz - u ishni ustasi bo'lmagan inson aytgan narsaga Amal qilish ham shunday. Mantiqiy xato Biz biror sohada muvaffaqiyatga erishgan odamni boshqa sohada bergan maslahatlariga ham amal qilamiz. Chunki o'sha odamni - to'g'ri, mukammal deb bilamiz. Bu ham - mantiqiy xato. Inson kundalik hayotdagi, fikrlashdagi xatolarini ko'rmaydi, natijada ularni takrorlayveradi. Nima qilish kerak ? To'g'ri odamni topish kerak. U bilan birga bo'lish kerak. To'g'ri bilan bo'lish uchun oldin xato odamlarning tark etish kerak.
You don't get in trouble because you don't know You get the trouble because you think you know but ain't so Biz bilmaganimiz uchun muammoga uchramaymiz Aslida bilmagan narsamizni bilaman deb o'ylaymiz Oxirida tushunib yetamiz. Bilmagan ekanmiz.
Bir kuni bir Avliyo zot yo'lda ketayotsa, bolalar to'p tepib, o'ynayotgan emish Avliyo hazil bilan so'rabdi - Bolalar nimaga bu to'pni tepyapsilar ? Bolalar ham hazilni tushunib: - Bilmasak, To'pni o'zidan so'rang deyishibdi. Biroz sukutdan keyin Avliyo kulib qo'yibdi - Ha so'radingizmi, to'p nima dedi ? To'p aytdiki, - Ha, kallamga ozgina HAVO to'lib qolgan ekan, shunga Juda o'lasi qilib tepishyapti deb javob beribdi. Har zamon, Havoga to'lganlar oyoq osti bo'ladi. Havoyi nafsda haddan oshganlarni azobi bardavom bo'ladi Kibrga ketganlarni xorlik kutadi.
Kishilar o’zlariga nisbatan maqtovga munosabat borasida 3 toifaga bo’linadilar : 1-toifadagilar maqtalishdan xursand bo’ladilar va tanqidni yoqtirmaydilar. Bunday toifadagi odamlarning nafslari o’zlaridan g’olib bo’ladi. Nafs esa maqtov va “ko’tar-ko’tarni” xush ko’radi hamda tanqidni va pastga urilishni yoqtirmaydi. Bu toifadagilar g’ofil avomlar deyiladi. 2-toifadagilar maqtovni yoqtirmaydilar va tanqiddan xursand bo’ladilar. Bunday toifadagi odamlar nafslariga qarshi jiddu-jahd qilayotgan bo’ladilar. Shuning uchun ham ular nafsni o’ldiradigan hamda unga alam beradigan narsalarga oshiqadilar va nafsni tiriltiradigan hamda uni haddan oshiradigan narsalardan chetda bo’lishga harakat qiladilar. 3-toifadailar maqtov Yaratgan Zotdan tarafidan ekanini bilganlari uchun uni yoqtiradilar va mazammat(tanqid) o’zlarining valiylari bo’lgan Zot tarafidan ekanini bilganlari uchun g’amgin bo’ladilar. Bu toifadagilar oriflar deyiladi Xislatli hikmatlar sharhi 4-qism Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Qadimda ulamolar foydasiz shikoyatlar qilishni yomon ko'rishgan. Rivoyat qilinishicha, bir majlisda ishtirokchilardan biri: “Bugun sovuq qattiq boʻldi-ya!” dedi. Shunda uning oldida turgan Muofiy ibn Imron unga javoban: “Hozir shu gapingiz bilan isinib qoldingizmi? Agar sukut saqlaganingizda, o'zingiz uchun yaxshiroq bo'lar edi”, dedi. #shikoyat #rozilik
Agar bir qulda 100 harvori zardur Agar bo'lmasa mehri bezarardur (Agar bir qulda 100 eshakka yuk bo'ladigan boylik - Zar bo'lsa ham Agar yuragida unga muhabbati bo'lmasa bezarardir)
Davomiylik siri Bir ish qilyapsizmi, o'sha ishni davomiy qilish siri - bu ishni qoniqishingizdan ozgina oldin to'xtatishdir Ovqat yeyapsiz. Agar nafsga qo'yib bersa yeyaveradi, yeyaveradi Bo'kib qoladigan darajaga boradi Keyingi safar ham ovqatni doimiy ishtaha bilan yeyish uchun - to'yib qolishdan ozgina oldin to'xtatish kerak Ilm olyapsiz. Ancha narsa o'rgandim deyishdan ozgina oldin to'xtatsangiz bu - ham miyyaga olgan bilimlarini tartiblab xotiraga joylashga va dam olishga yordam beradi Siz bo'lsa keyingi safar ilm olishga yana o'sha chanqoq bilan qaytib kelasiz Bu usul hayotimizning ko'p jabhalarida ishlaydi. Qo'shimchasiga chalg'ituvchilarga "yo'q deya" olishimiz diqqat bilan harakat qilishimizga asos bo'ladi Oxirida, ozgina ozgina bajarib bardavom bo'lganlar yutib ketadi @mansur_shuhrat
Ustozidan o'tmagan shogird - shogird emas 2 oydan beri muttasil ustozlik kasbi ichidaman. Oldin ham ustoz-shogird o'rtasidagi bog'liqlikka ko'p e'tibor berardim Lekin yaqinda bir ma'no kashf bo'ldi. O'quvchi ustozidan aslida o'tib ketishi qiyin ish O'rtada yillar davomida qilingan harakat, xatolar va og'riqli tajribalar bor. Farq katta. Lekin, maqolning boshqa bir ma'nosi bor Ustoz shogirdiga bir vazifa bersa - endi shu berilgan vazifa o'quvchi uchun ustozlik maqomiga o'tadi Shogird vazifani tugatib, berilganidan ham ortig'ini qilishga harakat qilar ekan - bu ustozdan o'tish bo'ladi Ustozidan o'tmagan shogird - shogird emas Demak, asl shogird - ustozi bergani a'lo darajada yakunlab, Ustoz berganidan ham ortig'iga harakat qilgan shogird bo'lar ekanda To'g'ri, ustoz qo'ygan chegara bilan ustoz bergan vazifani farqi bor Qaysidir ishni qilma dedimi, bu chegardan o'tishlik ziyon bo'ladi Lekin vazifa bu ustoz ko'rsatgan yo'ldir - eng kami shu yergacha qilasan, undan narisi irodangga havola @mansur_shuhrat