Business Savvy || Mardonbek Norboyev
СтатистикаAllah taoloning o’zi bu kanalni barcha uchun manfaatli qilsin. Olgan ilmlarimni haqqini ado etish uchun bu kanalda biznes va sotuv haqida ma’lumotlar va olgan tajribalarim bilan bo’lishib boraman.
- Последний пост
- 27 дек.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
“Cash flow” o’ynashni xohlaganlar eshitila buni)
без подписи
Insoniylik va marketing uchrashuvi) Shu kunlarda ma'lum bir sabablarga ko'ra Chinor metro tomondan ishga qatnashimga to'g'ri kelmoqda. Oxirgi bekat bo'lganligi va boshqa yo'l bilan tutashganligi uchunmi bilmadim Chinor bekatidan tushgan joyda judayam ko'p ulgurji savdo joylari bor. Bir necha kun oldin taxminan kechki 23:00 atrofida metrodan tushdim va uyga non olmoqchi bo'ldim. Tushishim bilanoq 2 ta non sotadigan joy bor ekan. Birinchisida non issiq bilinib turibdi. Ikkinchisida esa sovub qolgan ekan. O'z-o'zidan birinchisini yoniga kelib 2 ta non olmoqchi bo'lib turganimda yonimdagi ayol qo'lidagi bolasiga qarab hozi ketamiz ozgina qoldi deganini eshitib qoldim. Bilmadim nimani his qildim lekin o'z-o'zidan issiq bo'lmagan nondan 2 ta emas 4 ta sotib oldim. Eng qizig'i esa boshqa narsada edi. 2-dagi ayol 2 ta bolasi bilan non sotgani uchundir balki uning nonlari issiq bo'lmasa ham tez sotilardi. Balki bu ayolning marketing rejasidir balki vaziyat shuni taqozo qilgandir bu muhim emas. Eng muhimi insonlarning bunga befarq emasliklari meni xursand qildi. Xalqimiz ajoyib desam ishonmaysizlar-a yana)))
Kuzatayotganlar bormi?)
без подписи
Judayam ko'p biznes egalari balki ko'p insonlar qiladigan xatolardan biri desak ham bo'lar, Vaqtida kerakli odamga pul berib ishni hal qilmasdan yokida pulni tejayman deb o'zimiz qilamiz deb o'ylab lekin ish o'xshamagandan keyin eng og'ir ahvolga kelib qolgandan keyingina bu ishni kerakli odamlarga beramiz. Bu bizga har tomonlama minusga ishlaydi. 1. Aylanmamizga pul kech tushadi. 2. Sotuv foizi kamayadi. 3. Endi 2,3 barobar qimmatroq to'laymiz. 4. Bizni stresga ham tushiradi. O'ylab qarasam to'g'ri vaqtda to'g'ri odamlar bilan ishlash ham o'ta muhim ekan.
Hozir kech bo'lishiga qaramasdan ishlashni boshlagan biznesni o'rganib chiqdim shartnoma qilishdan avval va vaziyati haqida qisqacha biznes egasiga yozdim shuni sizlar bilan ham bo'lishmoqchiman.(Tashkilot nomi sir tutiladi) Ushbu biznesning hozirgi holati taqriban 25-30 ming $ bo'lsa kerak. Aslida 60 ming $ lik imkoniyatga ega bu degani 25-30 ming $ zararda degani. Quyida bazi xato va kamchiliklar haqida yozaman. 1. Tizimli ishlash. hamma joyga bitta odam emas hamma ishni qiladigan alohida odam bo'lishi kerak. odam kam bolsa 2 ta ishni 1 kishi qilish kerak lekin 3 4 tani emas. 2. Crm da varonkani to'g'rilab chiqish. operatorlarga ham varonkadan to'g'ri foydalanishni o'rgatish. 3. 2 ta operator chaqirgan odamlarni 4 kishi suhbat qilish emas. teskarisi operatorlar 4 ta bo'lishi kerak eng kamida. shunda 2 ta suhbat qiladigan odam yetarli bo'ladi. 4. ROP bo'lishi shart. Sotuvni va undagi strategiyalarni tushunadigan. 5. Suhbat qiladigan odamlar o'zini miyyasida fikrlarni tartibsiz holda emas. Taqdimot orqali tartibli berishi kerak. Prezentatsiya tayyorlashi kerak uni laptopda yoki tv da ko'rsatishi kerak hech bo'lmaganda. 6. Crmda to'g'ri vazifa qo'yish va uni vaqtida yopish. har bitta lid yakunlanishi kerak. hozir crm da lidlar ham yarim chala qolib ketgan ular bilan qayta ishlanmaydi vazifalar ham. ko'pchilik o'zini ishini zo'r bo'lmasa ham yaxshi bajaryabdi lekin tizimsiz bo'lganligi uchun natija siz kutgandek emas. gap targetda yoki sotuvda yoki ishchilarda ham emas ekan gap tizimda ekan. avvalo tizimlashtirib o'z mutaxassislari qo'yilsa menimcha ish silliq ketishni boshlaydi. Bu xamir uchidan patir lekin)
Empatiya - Boshqalarning his-tuyg'ularini tushunish va baham ko'rish qobiliyati.
Extrovertlar biz sizni qidiryapmiz! 3ta odamni jamoamizga qo'shmoqchimiz. Bizga: 18 yoshdan katta Odamlar bilan bemalol gaplasha oladigan Har kuni 4-6 soat vaqt ajrata oladigan Sotuvga qiziqadigan Tajribasi bo‘lmasa ham, o‘rganishga tayyor odam kerak! Sizga nima bera olamiz?: Oylik daromad Ajoyib jamoa Sotuv ilmi Shu sohada karyera qilish imkoniyati Agar sizga to'g'ri kelgan bo'lsa, Tezlik bilan GOOGLE FORM ni to'ldirishingiz so'raladi! ) Yana bir gap, O'zini yo'nalishini topishga qiynalayotganlarga ham to'g'ri keladi, sotuvda o'zini sinab ko'rishi mumkin)
“Har bir mijozga xuddi oxirgi mijozingizdek munosabatda bo’ling” Bu sizning o’sha mijozga sotish imkoniyatingizni oshiradi!
Shogirdlarimning 1-loyihamizdan olgan ilk daromadlari. Muhammadsolih - 1 957 000 E’zoza - 1 419 000 Marjona - 1 359 000 Shakhlo - 1 422 000 Furqatjon - 165 000 *Loyihada 7-10 kun ishladik.
Biznesda eng muhim narsalardan biri bu ishonch. Mijozlarda ishonch uyg'ota oladigan biznes 1 qadam oldinda bo'larkan)
Insonlar mehnatiga yarasha haq olishmasa, Olayotgan haqqiga yarasha mehnat qilishni boshlashadi. O'smoqchimisiz? Unda mehnatingizga yarasha haq to'laydigan joyda bo'ling!
Pul bilan bog'liq andishalik... Faqat O'zbekistonda ishlab topgan haqqingni olishing uchun o'z vaziyatingni tushuntirishing va pul senga kerakligini u insonga aytishing kerak. Aslida esa u inson senga vaqtida to'lab qo'yishi shart edi. Bu jarayon ikkala tomonning ham noto'g'ri ishlayotganini ko'rsatadi. Haq beruvchi e'tiborsiz qoldiradi. Haqdor esa o'z haqqini so'rashdan andisha qiladi. Men haqqini talab qivolishi kerak demoqchi emasman. Haq beruvchi ham haqdor ham narigi tomonni o'ylagan holda harakat qilinsa menimcha hech qanaqa tushunmovchiliklar bo'lmasa kerak... Sizda shunaqa holatlar bo'lganmi?
https://www.instagram.com/reel/DFsE3_dohGA/?igsh=MW50enIxOG1idGdocg== Har qanday tovarni har qanday odam sotib ololadimi? Nega odamlar qarzga botib ketishyabdi. Kreditni insonlar qanday olganini sezmay qolishining sabablari. Shu mavzular haqida qisqagina video qildik) Kirib fikr bildirib ketish teppa-tekin)))
Sotuvdagi dardlarim va olgan darslarim) Shu paytgacha judayam ko'p biznes egalari va marketologlar bilan ishlaganman. Ular orasida judayam kamchiligi sotuv sohasini tushunadi. O'sha kamchilik tushunadigan insonlar bilan ishlashim judayam oson bo'lgan. Qolganlari bilan esa maqtanib aytadigan darajada emas) Hozir ham qandaydir "project" olmoqchi bo'lsam avvalo shu narsaga e'tibor qarataman. Bundan kelib chiqadiki siz ishlamoqchi bo'lgan rahbar sizning sohangizni tushunsa sizni ham tushuna oladi. Judayam ko'p biznes egalari qayerdandir soqqani qivolishadida endi buni biznesga tikib 2 karra soqqa qilaman deydi. Afsuski biznesda ham ilm kerakligini bilishmaydi. 1 2 oy ish zo'r bo'ladi. Keyin tizimsiz ishlagani va faqat "motivation" bilan ishlagani uchun sekin biznes orqaga ketishni boshlaydi. Shundan keyingina ushbu sohada ilmi bor insonlarni chaqirishni boshlaydi va 1-aytadigan gapi o'zim qilolardim hozi vaqtim bo'lmayabdi degan bohonalar bo'ladi. Qisqa qilib aytganda biz egalari ham marketologlar ham sotuv sohasini ozgina bo'lsa ham o'rganishi va tushunishi kerak. Shundagina to'g'ri va ko'p odamga manfaatli strategiya qila oladi.
Sotuvda e’tirozlar bilan ishlash haqida… Deyarli barcha sotuv jarayonlarida e’tirozlar bilan ishlashga to’g’ri keladi. Judayam ko’pchilik e’tiroz orqali savdolashishga o’rganib qolishgan. Ha to’g’ri bu qanchadir miqdorda foyda berish mumkin. Lekin siz haqiqiy…
#vakansiya Judayam ko'pchilikda ish topishda muammo bo'ladi. Kanalimdagi ushbu postda bo'sh ish o'rinlari va amaliyot dasturlari haqida yozib boraman. Yangiliklar bo'lsa tahrirlab qo'shib boraman. https://t.me/MardonbekTojir/57 ushbu linkni yo'qotib qo'ymang) https://t.me/MardonbekTojir/53 sotuv sohasini o'rganish va sotuv menejeri bo'lib ishlash imkoniyati. @speaklish_uz Smm va merketing sohasida tajribasi bor insonlar uchun. Sotuv menejeri uchun vakansiya! 9-6 gacha ish. qurulish kompaniyasida. oylik maosh 5 mln + KPI Aloqa uchun @abdurazikov019
без подписи