tgindex
Ma'rufjon Omonov | Ta'lim mutaxassisi

Ma'rufjon Omonov | Ta'lim mutaxassisi

Статистика
@MarufjonOmonovузбекский

★ Ta'lim sahosida 8+ yil tajribaga ega ★ Bakalavr - O'zMU ★ Magistr - O'z.R Bank-moliya akademiyasi(menejment) ★ Registan_LC | Mega direktori ★ Maqsadim yoshlarga ilm-fanga qiziqtirish va ta'limni rivojlantirish

Последний пост
1 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
22
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
130
0 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
422
22 постов
Вовлечённость
324,6%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 22
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
116
1/48двое суток
132
1/72трое суток
143

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • Bugun Registan Mega filiali jamoasi uchun unutilmas va hayajonli kun bo’ldi. Marufjon Omonov Registan Mega filialidagi o’z faoliyatini yakunlab, jamoa bilan samimiy xayrlashdi. Bu xayrlashuv oddiy xayrlashuv emas edi. Birga bosib o’tilgan yo’llar, yengilgan qiyinchiliklar, qo’lga kiritilgan yutuqlar va unutilmas lahzalar yana bir bor yodga olindi. O’sha xotiralar qalblarni junbushga keltirib, ko’zlarda quvonch va sog’inch yoshlari qalqdi. “Marufjon Omonov Registan Mega filialining rivojlanishi, jamoaning yanada mustahkam bo’lishi va ko’plab muvaffaqiyatlarga erishishida ulkan hissa qo’shdi. Uning mas’uliyati, fidoyiligi,har bir hamkasbining qalbidan alohida joy olgan.Jamoamiz uchun u nafaqat kuchli lider,balki ishonchli hamkasb, samimiy do’st va har doim qo’llab-quvvatlovchi inson bo’lib qolgan. Marufjon Omonovga markazimiz ravnaqi yo’lida qilgan fidokorona mehnati, qo’shgan beqiyos hissasi va jamoamiz uchun qilgan barcha ezgu ishlari uchun cheksiz minnatdorlik bildiramiz” Hurmat bilan:Maqsudbek Do’stbekov

  • Biz bilgan edik) Yaxshi niyat va harakat o'zini natijasini ko'rsatdi. Qibray filialimizda 4 oy ichida 500+ natijaga erishdik. Endi qarsak chalmasangiz bo'lmaydi😅 Birgalikda katta kuchmiz ✊

  • Deputatlarimizning mutlaq ko‘pchiligi haqida yetarlicha ma’lumot beruvchi zo‘r video bo‘libdi :) (#)

  • Deputatlarimizning mutlaq ko‘pchiligi haqida yetarlicha ma’lumot beruvchi zo‘r video bo‘libdi :) (#)

  • USTOZ — YO‘L KO‘RSATUVCHI CHIROQ Aslida ustoz nima uchun kerakligini vaqt o‘tib yanada yaxshi tushunasan… Mening ustozim ham doimiy ravishda ilm berib, to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib boradilar. Eng muhimi — o‘z bilimlarini ayamay, har bir foydali tajribani shogirdlari bilan bo‘lishadilar. Bekorga emas, eskilar “Ustoz ko‘rgan bola — yo‘ldan adashmaydi” deb aytishmagan. Men ham shunday ustoz ko‘rgan shogirdlardanman. Ustozimga Allohdan sog‘lik, uzoq umr tilayman. Ularning bergan har bir bilimi biz uchun katta maktab bo‘lib xizmat qilmoqda. 🙏 Bugun esa ustozim tomonidan menga yuborilgan 2 ta foydali ovozli xabardagi bilimlarni sizlar bilan ham bo‘lishishga qaror qildim. Chunki haqiqiy ilm — ulashilganda baraka topadi. O’quv markaz yuritish, kuchli lider bo‘lish va to‘g‘ri yo‘nalishda rivojlanish uchun eng muhim narsa — shunday ustozlarga shogird bo‘lishdir. Shundagina ishlaringiz ham, yo‘lingiz ham barakali bo‘ladi. Xulosa bitta: ustoz ko‘rgan inson hech qachon yo‘ldan adashmaydi. ✍️ @MarufjonOmonov

  • без подписи

  • без подписи

  • Assalomu alaykum, bir murojaat bilan chiqyapman! Manga hozir “srochna” yordamchi menejer (asosan moliya menejeri) kerak Ish grafigi: kun bo’yi O’qishni bitirgan bo’lsa undan ham yaxshi.(qaysi oliygohni tugatgani qiziq emas, muhimi salohiyati yuqori bo’lishi) Kirim-chiqimni tushunadigan, tizim bilan ishlay olishi, moslashuvchanlik va yangi bilimlarni olishga tayyor, odamlar bilan kirishimliligi yuqori, kelajagini ta’lim sohasida ko’ra oladigan bo’lishi kerak, asosan o’zim yonimda barcha bilimlarimni beraman(menejment, tizimlashtirish va hk) Ham shogird qilib olaman, qo’shimchasiga oyligi boshida 6 mlndan 10 mln gacha beriladi. Agar o’zingiz yoki tanishlaringiz bo’lsa menga murojaat qilsin @Marufjon_Omonov

  • Robbim! Mol-dunyo bersang, baxt-saodatimni olib qo’yma! Quvvat bersang, aqlimni olib qo’yma! Muvaffaqiyat bersang, tavozeimni olib qo’yma! Tavoze bersang, hurmatimni olib qo’yma! Allohim, omin! ✍️ “Saodatga yetaklovchi hikmalar” 196-hikmat

  • "Alloh hech bir jonga uning toqatidan tashqari narsani yuklamaydi." ✍️ Qur'oni Karim Shunday ekan, hayotimizdagi har bir sinov bejiz emas. Ba'zan og'ir tuyulsa-da, Alloh uni ko'tara olishimizni bilgani uchun beradi. Muhimi sinovning kattaligiga emas, uni sabr, tavakkal va harakat bilan yenga olishimizga ishonishdir.

  • 8 июн.1 8511411

    📚 Nega ayrim insonlar yillar davomida o‘qisa ham natija ko‘rmaydi? Chunki ilm faqat miyaga emas, avvalo qalbga kiradi. Qalb tayyor bo‘lmasa, o‘qilgan kitoblar ham, eshitilgan darslar ham kutilgan natijani bermaydi. Ilmning barakasi uchun quyidagi 4 narsaga e’tibor berish kerak: 🌱 1. Ustozga hurmat va ixlos Ko‘plab buyuk allomalar ilmning barakasini ustozga bo‘lgan hurmat bilan bog‘lashgan. Ustozning nasihati, duosi va roziligi ilm yo‘lini yengillashtiradi. 📖 2. Kitob va o’quv materiallariga mehr Kitob oddiy qog‘oz emas — u yillar davomida yig‘ilgan tajriba va hikmat xazinasi. Kitobni qadrlagan inson vaqt o‘tib ilmni ham qadrlay boshlaydi. ❤️ 3. Fanni sevish Majburlab o‘qilgan fan tez unutiladi. Muhabbat bilan o‘rganilgan fan esa insonning hayot tarziga aylanadi. Har qanday buyuk mutaxassis o‘z yo‘nalishini sevganidan buyuk bo‘lgan. 🤲 4. Kamtarlik Bilim ortgani sari inson o‘zining hali bilmaydigan narsalari qanchalik ko‘pligini anglay boshlaydi. Kibr esa o‘rganish eshiklarini yopadi. Kamtarlik esa yangi bilimlar uchun eshiklarni ochadi. 💭 Bir hikmatda shunday deyiladi: "Yomg‘ir baland tog‘ cho‘qqisida emas, pastlikda to‘planadi. Ilm ham kibrli qalbga emas, kamtar qalbga joylashadi." ✨ Shuning uchun ilm izlayotgan inson o‘zidan so‘rashi kerak: — Ustozimni qanchalik hurmat qilyapman? — Kitobga qanday munosabatdaman? — O‘qiyotgan fanimni sevadimi yoki shunchaki majburiyat deb bilamanmi? — Bilimim meni kamtar qilyaptimi yoki kibrlantiryaptimi? Ana shunda ilm nafaqat yodda qoladi, balki hayotni ham o‘zgartira boshlaydi. @MarufjonOmonov

  • без подписи

  • ⚡️ Haqiqiy ta’lim fidoyilarini munosib e’tirof etdik va taqdirladik! Odatda rahbarlar o‘z jamoasi va faol o‘quvchilarini taqdirlaydi. Ammo bugun biz yoshlar ta’limi, tarbiyasi va kelajagi uchun tinimsiz xizmat qilayotgan maktab rahbarlari hamda ustozlarni e’tirof etdik. “Registon Olimpiadasi” muvaffaqiyatli loyihasida eng faol ishtirok etib, o‘quvchi-yoshlarni ilm-fanga qiziqtirishda munosib hissasi uchun Qibray tumanidagi 1-, 2-, 6-, 9-, 10-, 16-, 17-, 26-maktablar hamda Mirzo Ulug’bek tumanidagi 54-, 286-maktab rahbariyati va ustozlar jamoasi taqdirlandi. Kun davomida Qibray tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Flora Jo‘rayevna hamda o‘rinbosari Ilhom Ibragimovich ustozlarimizga ham samimiy tashakkur bildirib, ehtirom ko‘rsatildi. Bu insonlar — haqiqiy ta’lim fidoyilari. Sizlarning mehnatingiz, mas’uliyatingiz va yoshlar kelajagi uchun qilayotgan xizmatlaringiz tahsinga loyiq! Aziz ustozlar, ta’lim yo‘lida aslo charchamang! Hurmat bilan, Registon ta’lim loyihasi. @Registan_Qibray

  • 2 yil… Izlanish, mas’uliyat, tajriba va katta maqsadlar sari qo‘yilgan muhim qadamlar. Bank-moliya akademiyasining Menejment yo‘nalishi magistraturasini muvaffaqiyatli yakunladik! 🎓 Bu yo‘l davomida nafaqat bilim, balki liderlik, strategik fikrlash va insonlar bilan ishlashning haqiqiy ahamiyatini ham o‘rgandik. Har bir ustozga, qo‘llab-quvvatlagan yaqinlarimizga va yonimizda bo‘lgan kursdoshlarimga alohida minnatdorchilik bildiraman 🤝 Endi esa yangi marralar sari katta ishonch bilan olg‘a! 🚀 #Magistratura #Menejment #Graduation 👉 @MarufjonOmonov

  • "Noldan chiqqanman..." Ko‘p muvaffaqiyatli insonlardan "Bu darajaga qanday erishgansiz?" deb so‘rashsa, ko‘pincha: "Uka, biz noldan chiqqanmiz, hammasiga o‘z mehnatimiz bilan erishganmiz", — degan javobni eshitamiz. Agar mendan ham bugungi darajam haqida xuddi shunday so‘rashsa, men hech ikkilanmay: "Yo‘q, men noldan chiqmaganman!" deb javob bergan bo‘lardim. Chunki mening bugungi yutuqlarim ortida otamning ulkan mehnatlari, oilamizga olib kelgan halol luqmalari va tinimsiz duolari turibdi. Biz poydevorsiz joydan ko‘tarilmadik. Hayotda nimadir birdaniga yaxshi bo‘lib ketishi, ishlaringiz o‘xshashi — bu faqatgina o‘zingiz qilgan harakatlar natijasi emas. Buning ortida siz uchun kurashgan ota-onangiz, sizga yo‘l ko‘rsatgan, mehnati singan ustozlaringizning xizmatlari yotadi. Muvaffaqiyat — bu "men"lik emas, bu — jamoaviy mehnat va birlik natijasidur. Siz-chi, siz ham hammasiga o‘zim erishdim deb o‘ylaysizmi yoki ortingizdagi "ko‘rinmas kuchlar"ni his qilasizmi?

  • 14 мая414115

    Oilam bilan bir kunlik madaniy hordiq chiqarib, qalbimizga sokinlik ato etgan Robbimga shukur.🙏 @MarufjonOmonov

  • 5 мая608123из Гулзебо Ибрагимова

    📻 “Yoshlar” radiosi ( FM 104.0) "Регистон" ўқув маркази Қибрай филиали мененджери ,олий тоифали математика фан ўқитувчиси, бакалавр ва магистр дипломига эга ёш ва маҳоратли педагог Омонов Маъруф Мухторович "Нажот таълимда" радиолойиҳасида ўз мулоҳазалари билан иштирок этди.

  • Oltinday bo’lmang hamma qadirlaydigan Temirdek bo’ling haqiqiy insonlar qadirlaydigan ©️Jaloliddin Rumiy

  • 🌙 Barchaga hayit ayyomi muborak! Qilgan barcha ibodatlarimizni Allohimni o’zi qabul qilsin! Ezgu niyyatlarimizni barchasini erishtirsin! Keyingi Ramazonda ham sog’-salomat yetkazsin!