Merge | Crypto Feeds
СтатистикаCrypto va Web3 sohasidagi so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 7
- Всего постов
- 64
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 157
- 1/48двое суток
- 179
- 1/72трое суток
- 194
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
💹Bitget'da yana bir yirik manipulyatsiya, biroq CEO Bitget daromadidan voz kechishini ta'kidlamoqda Bitget birjasida futures bozorida BICO va TUT tokenlarida anomal harakatlar oqibatida har-ikki tomon likvidatsiya qilindi va o'zgaruvchanlik 400% ni tashkil etdi. Bitget hamjamiyatida katta rezonans uyg'otganidan keyin CEO Bitget ushbu tizimli ravishda amalga oshirilayotgan manipulyatsiya yo'llari yopilishini va hamyonlar muzlatilish choralari qabul qilinishini va Bitget daromadidan voz kechib, jabr ko'rgan foydalanuvchilariga kompensatsiya to'lovlarini amalga oshirishini e'lon qildi, xozircha faqat $40 mln. atrofida va'da qilindi. Bitget 21 avgust kuni quyidagi savdo juftliklarini spot-marketidan delisting qilib yuboradi: TX/USDT, SAHARA/USDT, PORTO/USDT, ACX/USDT, VANRY/USDT, HFT/USDT @mergecrypto
🫰Jamshidhon Ziyoxonovning "Forest City" tashlandiq shahar haqidagi videosini ko'rgan bo'lsangiz, unda kriptoga qisman bog'liqligini bilasiz. So'nggi oy ichida ikki daxshatli yangilik: 1. Network School ishtirokchilar orasida isroyil fuqaroligiga ega, biroq ikkinchi fuqarolik bilan Malayziyaga kelganligida gumon qilindi, keyinroq esa umuman loyiha ba'zi kiber-hujumlarni va firibgarlikka yordam berishida gumon qilinib loyihani 22 iyul darhol yopish qarori chiqdi. 2. Ushbu haftada Malayziya politsiyasi reyd o'tkazayotganda xitoyliklar bilan otishmaga yo'liqishdi va 300'ga yaqin operator/internetda aktiv tarzda firibgarlikdan foydalanib kelganlar hibsga olindi, aksari malayziyalik bo'lmagan xorijlik muhandislardir. @mergecrypto
🤔Kriptotreyderlarga SOL'dan ko'ra SPCX qiziqroq? DEX-birjalarda futures bozorida xomashyo indekslari va aksiyalar savdo hajmi eng tez o'sib bormoqda @mergecrypto
🤔BTC $60,000 narh ostiga tushish ehtimoli qanchalik katta? CEO Cryptoquant ta'kidlashicha biz ayiq bozorining so'nggi bosqichini kuzatayotgan bo'lishimiz mumkin, CEO Nansen esa BTC hech-qachon $60k ostiga tushmasligini ta'kidlab, ancha optimist fikr bildirdi, biroq boshqalar esa BTC narhi yana $43k tushishini ta'kidlashmoqda Endi eng asosiy savol shuki joriy yilda BTC o'z tarihiy maksimumiga tiklanishini xech-kim muhokama qilmay qo'ygan va buni ehtimoli xozircha past. @mergecrypto
AI Intel interfeysi to'liq ishga tushirildi
Merge: firnas.xyz
📈CME birjasida xedj-fondlar BTC bo'yicha ko'proq long-pozitsiya ushlashmoqda @mergecrypto
🤖Internetda taklif qilinayotgan sun'iy intellekt (AI) hizmatlarning aksarini o'zingizga bepul qilib olishni bilarmidingiz? Tether'ning navbatdagi oddiy odamlarning SI bilan maxfiyligi va suverenitetini mustahkamlash g'oyasi sari "QVAC" modeli haqida tanishib chiqing: https://firnas.xyz/academy/course/tether-qvac-va-okx-ai-lokal-va-onchain-agentlar/tether-qvac-va-okx-ai-lokal-va-onchain-agentlar Claude Opus 5 yordamida tayyorlandi
видео или голосовое, без подписи
🤔SpaceX aksiyasi: kripto-skamdan aksiya skamgacha BIR QADAM! SpaceX IPO'si bo'lganiga salkam 2 oy bo'ldi, bugungi kungacha aksiya qiymati 35% quladi, SpaceX va xAi kompaniyalari birlashtirildi va bugundan $900 MILLIARD aksiyalar qulfdan ochiladi (❗️) Aksar ekspertlar ta'kidlashicha SPCX aksiya qiymati tushishda davom etaveradi — chunki kompaniya daromadidan bozor kapitallashuvi uzulishi juda yirik, Teslada esa rekonstruksiya va yangi yo'nalishdan daromadga chiqishiga uzoq vaqt bor deyishmoqda 🤞Bu hikoyaning birgina ijobiy tomoni bor, u ham bo'lsa SpaceX IPO'sidan Ilon Mask qo'liga $75 mlrd. naqd pul kelgan. 👐Tramp bilan Maskni bitta o'xshash joyi bor; Prezident TRUMP memecoin orqali $600 mln. daromad qilgan bo'lsa Mask SPCX orqali $75 mlrd. naq pulga ega bo'ldi. @mergecrypto
❗️Instagram, Telegram va Youtubeda quyidagi turdagi reklamalar SKAM'ga olib borayotganiga guvoh bo'ldik: — Steyblkoin yoki kripto-kartalar (Trust Wallet Card, Western Union coin, SUI Card va boshqalar) — Bizda ChatGPT Codex va Claude Fable 5'ni $200 o'rniga $5 evaziga foydalaning kabi reklamalar (Notanish fayl, notanish link va login'da google account'ga dostup olishi, kartangizdan ko'proq yechib olishi , eng insofliroq variantida esa $5 evaziga hech-narsa ishlamasligi) ❗️Deep-fake'lar, clone akkaunt va kanallar (SI yordamida mashxur shahslar yuzidan foydalanib skam-loyihalarga pul kiritishni targ'ib qilish va pullik mahsulot taklifi ostida firibgarlik) Yaqinlaringizni ogohlantiring❗️
❗️ColdCard hamyon egalari +$130 mln. hack qilindi ColdCard endi rasmiy sahifasida barcha kripto-hamyonlar zayifligini va darhol yangi hamyonga migratsiya qilishni ogohlantirdi. Xaker hamyoni forumga aylandi, unga odamlar quyidagicha SMS-tranzaksiya yozishmoqda:…
видео или голосовое, без подписи
ColdCard'ning 4585 hamyon egalari umumiy $88 mln. hack qilindi... @mergecrypto
видео или голосовое, без подписи
#elizaos ❌AI-Agentlar asosida DAO va VC qurmoqchi bo'lgan «ElizaOS» loyihasi endi yo'q. Loyiha asoschisi g'oya muvaffaqiyatsizlikka uchraganini, innovatsiyalar qadrlanmagani va token qiymatiga bog'liq firibgarlik ayblovlari va yuridik ko'plab muammolarga yo'liqqani uchun — loyiha butunligicha to'htatilganini va tokenni O'LIK deb e'lon qildi. (Batafsil) @firnascrypto
⛔️Binance 17 avgust delisting qilib yuboradi: Across Protocol (ACX), Hashflow (HFT), PIVX, Vulcan Forged PYR (PYR), Vanar (VANRY) va Viction (VIC) @mergecrypto
🧠2026-yilda eng muhim savol: SI’ni o‘rganishmi yoki SI yordamida internetdagi “axlat”dan himoyalanishmi? Sun’iy idrok internetni tezroq, qulayroq va imkoniyatlarga boy qildi. Ammo u bilan birga soxta ekspertlar, sifatsiz kontent va “tez boyish” va’dasi beradigan kurslar ham ko‘paydi. Stanford universiteti tadqiqotiga ko‘ra, SI’dan amalda ishlayotgan mutaxassislardan ko‘ra, SI bo‘yicha kurs sotayotganlar soni tezroq oshmoqda. Xo‘sh, kimga ishonish va haqiqiy bilimni qanday ajratish mumkin? 👉Batafsil — @mergecrypto
🤯Coldcard sovuq hamyonlariga kiber-hujum oqibatida $38 mln. o'g'irlandi @mergecrypto
🥶 2 yillik daromad atiga 1 oy ichida yo'qolib ketdi Yosh Warren Buffett deb nom olgan Leopold Aschenbrenner — "Situational Awareness" fondi asoschisi — 2024-yilda OpenAI'dan ishdan bo'shatiladi. O'shanda u AI uchun energetik xarajatlar keskin oshishini tahlil qilib, o'z fondiga asos soladi. Fondiga $1 mlrd. sarmoya jalb qiladi va bor-yo'g'i ikki yil ichida uni $45 mlrd.gacha oshiradi — yildan-yilga +439% daromad bilan. Biroq iyul oyida hammasi teskarisiga aylanadi: portfelidagi asosiy pozitsiyalar — Nebius Group, SanDisk, Micron, CoreWeave, SK Hynix va Bloom Energy — barchasi birdaniga unga qarshi yurishni boshlaydi. Hatto Adobe'ga ochilgan SHORT-pozitsiya ham teskari natija berib, margin-call'ga olib keladi. Prime-broker'lar (Bank of America, Goldman Sachs, JPMorgan) qo'shimcha garov talab qilishni boshlashi bilan fond bir kechada 67% qiymatini yo'qotadi. Fond asoschisi investorlarga shunday xat yozadi: "Biz doimiy kapital qadrsizlanish holatiga juda yaqin keldik, biroq buni oldini olishga muvaffaq bo'ldik — investorlar kapitali saqlanib qolindi." Natijada fond o'zining butun ochiq bozor (public) portfelini Ken Griffin'ning Citadel fondiga sotishga majbur bo'ladi — bu esa qarz (leverage) yukini to'liq yopish uchun qilingan qadam edi. Hozirda fond aktivlari $45 mlrd.dan atigi ~$10 mlrd.gacha qisqardi. Ammo eng qimmatli aktivi — Anthropic'dagi ~$5 mlrd. ulushi — to'liq saqlab qolindi, chunki u sotilgan ochiq bozor qimmatli qog'ozlaridan farqli o'laroq, xususiy (private) investitsiya hisoblanadi. Yil boshidan hisoblaganda fond hali ham +80% foydada — lekin iyundagi +439%dan +80%gacha qulash investorlar uchun og'ir dars bo'ldi: leverage bilan o'ynash — tez boyitadi, lekin tez ham qulatadi. @firnascrypto