MILLIY GVARDIYA
СтатистикаO‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasining rasmiy kanali. Admin: @murojaat_chi_bot
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 4
- Всего постов
- 33
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 592
- 1/48двое суток
- 678
- 1/72трое суток
- 731
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Telegram’ingiz vzlom bo’ldimi? Unda videoni oxirigacha ko’ring! 👮 @Milliy_gvardiyada 👮
без подписи
без подписи
DXX “Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyiga kirish tartibi, shart-sharoitlar va imtiyozlar Arizalar joriy yilning 5 sentyabrdan 15 oktyabr (shu kuni ham) sanasiga qadar www.dxxtmhal.uz onlayn platformasi yoki DXX hududiy boshqarmalari orqali qabul qilinadi. Nomzodlarni saralash tanlovi harbiy-kasbiy tanlov va test sinovlaridan iborat. Saralash sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlariga jalb etiladi. «Temurbeklar maktabi» bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga o‘qishga kirishda Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, respublikaning boshqa davlat oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirishda esa o‘zlari to‘plagan ballarning 15 foizi miqdoridagi qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz beriladi. Yakuniy test: TARIX va INGLIZ TILI fanlaridan o‘tkaziladi. 👮 @Milliy_gvardiyada 👮
Vatan uchun, Millat uchun — Sirojiddin Sayyid Mustaqillik yillarida Vatanimiz sarhadlari va tinchligini himoya qilish yo'lida qo'rg'on bo'lgan o'g'lonlarimiz xotirasiga bag'ishlanadi. 👮 @Milliy_gvardiyada 👮
без подписи
Milliy Gvardiyaga ishga qabul qilishda Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mezonlari Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarishda nomzodlar quyidagi yosh guruhlariga boʻlinadi: 1-guruh: 25 yoshgacha boʻlganlar; 2-guruh: 25 — 30 yosh boʻlganlar; 3-guruh: 30 — 35 yosh boʻlganlar; 4-guruh: 35 — 40 yosh boʻlganlar; 5-guruh: 40 — 45 yosh boʻlganlar; 6-guruh: 45 — 50 yosh boʻlganlar; 7-guruh: 50 — 55 yosh boʻlganlar. ASOS ➖Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining buyrugʻi, 13.01.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3210 👮 @Milliy_gvardiyada 👮
Bugun 4-avgust O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi tashkil topgan kun. 🎗Sana munosabati bilan sohaning barcha fidoyi xodimlari ва faxriylarini samimiy muborakbod etamiz. Millat manfaatlarini himoya qilishdek yuksak xizmatlaringizda omadlar tilaymiz! 👮 @Milliy_gvardiyada 👮
🔫 Maxsus operatsiyalar kuchlari Maxsus operatsiyalar kuchlari (MOK) - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tarkibidagi harbiy operatsiyalar va vazifalarni bajarish uchun 1998-yil 1-fevralda tuzilgan maxsus qoʻshin. Shiori - "Oʻlgʻa bos, yengib boʻlmas toʻsiq yoʻq" MOK qo'shinlari qo‘mondoni - polkovnik QURBONOV Ismoil Xudoynazarovich. 👮 @Milliy_gvardiyada 👮
Milliy gvardiyaning alohida bo‘linmalariga erkaklar uchun tanlov boshlandi. 👮 @Milliy_gvardiyada 👮
Milliy gvardiya qoʻmondoni, general-polkovnik B.Tashmatov Toshkent shahridagi harbiy qismlardan birida boʻlib, shaxsiy tarkibning jangovar va jismoniy tayyorgarligini bevosita koʻzdan kechirdi. 👮 @Milliy_gvardiyada 👮
🟦🟦🟦 Milliy Gvardiya Temurbeklar maktabi 2026 test natijalari 👮 @Milliy_gvardiyada 👮
#TЕZKOR #RASMAN O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan: Rustam Mirzayevich Jo‘rayev O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati (PDXX) raisi lavozimiga tayinlandi va unga general-leytenant maxsus unvoni berildi. 👮 @Milliy_gvardiyada 👮
DIQQAT E'LON #Ayollar_uchun Xotin-qizlar quyidagi oddiy askar va serjantlar tarkibi lavozimlariga tanlov asosida qabul qilinadi: 💻 Aloqa mutaxassisligi (aloqa, elektronika, axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida tahsil olgan, o‘rta-maxsus yoki oliy ma'lumotga ega ayollar); 💻 Operatorlik mutaxassisligi (o‘rta, o‘rta-maxsus yoki oliy ma'lumotga ega ayollar). 🔸 Umumiy talablar 🔺 Jinsi: ayol 🔻 Bo‘y balandligi: 165 + ⏳ Arizalar 20-iyulga qadar qabul qilinadi. Murojaat uchun: 📞71-269-80-19 📞50-030-80-19 ✈️ 👍 ARIZA BERISH 👉 👮 @Milliy_gvardiyada 👮
#diqqat Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tanlov qilindi. Fakultetda o‘qish istagida bo‘lgan fuqarolar Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Jismoniy va jangovar tayyorgarlik markaziga joriy yilning 30-iyun kunidan 30-iyul kuniga qadar soat 09:00 dan 18:00 ga qadar murojaat etishlari lozim. 👮 @Milliy_gvardiyada 👮
#Ishga_tanlov ⭐️ Quyidagi mutaxassisliklarga ega yoshlar Oddiy askar va serjantlar tarkibi lavozimlariga tanlov asosida qabul qilinadi: 🔺Umumqo‘shin mutaxassislari; 🔺Artilleriya mutaxassislari; 🔺Aloqa mutaxassislari; 🔺Tank mutaxassislari; 🔺Haydovchi (B,C toifa); 🔺Muhandis-sapyor mutaxassislari; 🔺Feldsher, hamshiralik ishi; 🔺Moliya mutaxassislari (bakalavr). ✔️ Umumiy talablar ✅ Jinsi: Erkak ✅ Bo‘y balandligi: 165 + ✅Yosh chegarasi: 30 yoshgacha ⚠️ Nomzodlar Muddatli yoki SCHR xizmatini o‘tagan bo‘lishi talab etiladi. ⏳ Arizalar 15-iyulga qadar qabul qilinadi. 👍 ARIZA BERISH 👉 Murojaat uchun: 📞71-269-80-19 📞50-030-80-19 🚀 👮 @Milliy_gvardiyada 👮
#tanlov Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyi quyidagi pedagog lavozimga tanlov e'lon qiladi. 1. Ingliz tili Tanlov 2 bosqichda bo‘lib o‘tadi. 1.Test sinovi - mutaxassisligi bo‘yicha 40 ta test. 2. Suhbat - mutaxassisligi bo‘yicha, O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar, pedagogika va ta'lim bo‘yicha. Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: Tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar oliy pedagogik ma’lumotga ega yuqori bilim darajali intellektual salohiyat va professional mahoratga hamda kamida 5 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega 50 yoshdan oshmagan bo‘lishi lozim. Oylik maoshi: 15 000 000 dan boshlanadi. Izoh: Oldingi tanlovda qatnashganlar yana qatnashishi mumkin. 👉TALAB ETILADIGAN HUJJATLAR: Tanlovga hujjat topshirish muddati: 27-iyundan 10- iyulgacha Hujjat qabul qilish vaqti: 10:00-13:00, 14:00-17:00 gacha yakshanbadan tashqari. Manzil: Urganch shahar, Xalq so‘zi ko‘chasi 2-uy Telefon: +998622260411 👮 @Milliy_gvardiyada 👮
Chin dildan muxlislik qildik! Chiroyli o‘yin uchun jamoamizga rahmat ❤️⚽️ Butun yurtimiz uchun katta va muhim o‘yin bo‘ldi. Axir o‘zingiz uchun birinchi bo‘lgan Jahon chempionatida bunday nomdor raqibga qarshi maydonga tushganda, aynan ishtirokning o‘zi muhim. Bizningcha, jamoamiz o‘zini munosib ko‘rsata oldi 🔥 Oldinda hali juda ko‘p qiziqarli voqealar va g‘alabalar bor! Rahmat! Olg‘a, O‘zbekiston! 🇺🇿🐺 👮 @Milliy_gvardiyada 👮
Bugun tarixiy kun! Bugun futbolchilarimiz Oʻzbekiston nomi va muqaddas bayrogʻimiz ostida jahon futbolidagi navbatdagi muhim sinovga chiqishadi. Raqibimiz kuchli jamoa Portugaliya. Ammo maydonda nafaqat 11 nafar futbolchi, balki millionlab yurtdoshlarimizning ishonchi, orzu-umidlari va qoʻllab-quvvatlovi ham bo‘ladi. Vatanparvarlik — yurt shaʼni uchun kurashayotgan sportchilarimizni qoʻllab-quvvatlash, davlatimiz nomini dunyoga tanitayotgan har bir vatandoshimiz bilan qalban birga boʻlishdir. ⚽️ Natijadan qatʼi nazar, yigitlarimizga ishonamiz va ularni qoʻllab-quvvatlaymiz! 👮 @Milliy_gvardiyada 👮
Иш ҳақи, пенсия, стипендия ва нафақалар миқдори оширилади “Иш ҳақи, пенсиялар, стипендиялар ва нафақалар миқдорини ошириш тўғрисида”ги Президент Фармони (ПФ–115-сон, 23.06.2026 й.) қабул қилинди. 💸 Фармонга кўра, 2026 йил 1 июлдан пенсиялар ва нафақалар ҳамда Ижтимоий реестрга киритилган оилаларга болалар нафақалари ва моддий ёрдам тўловлари миқдорлари 7 фоизга оширилади. Бунда: 🔹 ёшга доир энг кам пенсия миқдори – ойига 983 000 сўм; 🔹 ногиронлик пенсияларининг энг кам миқдори – ойига 1 083 000 сўм; 🔹 Ижтимоий реестрга киритилган оилаларга болалар нафақасининг ҳар ойлик миқдори: ➖ 3 ёшгача бўлган 1 та кичик фарзанди учун – 386 000 сўм, 3 ёшдан 18 ёшгача бўлган 1 та фарзанди учун – 295 000 сўм; ➖ оиланинг 2-фарзанди учун қўшимча – 177 000 сўм; ➖ оиланинг 3- ва ундан кейинги ҳар бир фарзанди учун қўшимча – 118 000 сўм; 🔹 Ижтимоий реестрга киритилган оилалар учун моддий ёрдамнинг ойлик миқдори – 450 000 сўм этиб белгиланди. 💰 2026 йил 1 сентябрдан бюджет ташкилотлари ходимларининг иш ҳақи ва стипендиялар миқдори 7 фоизга оширилади. 📙 2026 йил 1 июлдан пенсияни ҳисоблашнинг базавий миқдори – ойига 504 000 сўм этиб белгиланди. ✅ 2026 йил 1 сентябрдан: ▪️ меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдори – ойига 1 360 000 сўм; ▪️ базавий ҳисоблаш миқдори – 440 000 сўм этиб белгиланди. 👮 @Milliy_gvardiyada 👮