Mr Abbos
Статистика🤯 Intermediate o’quvchilarim 2 oyda IELTS dan 6-7 + olishadi 🏆 15 yillik tajriba | 3000+ o’quvchilar 🎓 TESOL | MBA | Phd
- Последний пост
- 10 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 28
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 130
- 1/48двое суток
- 148
- 1/72трое суток
- 160
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
https://youtu.be/Y-9r4SCCmdc?si=j8EYckq3lM5wfu8B
без подписи
# Imom al-Buxoriy hazratlarini Stiv Jobs bilan bog'lab turadigan 5 amal --- Imom al-Buxoriy hazratlarini Stiv Jobs bilan bog'lab turadigan 5 amal. Zamon farqi — yani bittalari 8-9 asrda va keyingilari 21 asrda yashashgan bo'lsa ham, bitta juda muhim bo'lgan odatga amal qilishgan ekan: ya'ni erta turish. Bunga yana misol — "5 AM Club" kitobi muallifi Robin Sharma yillar davomida muvaffaqiyatli odamlarni o'rganib bir xulosaga kelgan, va ularning hammasi sahar turishadi. Chunki ertalab — eng kam chalg'iydigan, fikr eng tiniq vaqt. Imom al-Buxoriy ham, Stiv Jobs ham vaqtlarini samarali bo'lishi uchun erta turishgan. Ikkinchisi — hech birlari birdaniga sohalarida zo'r bo'lib ketishmagan. Har xil imkoniyatlar bo'lishiga qaramasdan, hech birlari shoshilib qaror qabul qilishmagan. Yana bitta misol bunga — James Klirning hayotiy hikoyasi. James Klir degan yigit bo'lgan. 2002-yil, maktabda 10-sinfda o'qiyotganida, sinfdoshining qo'lidan beysbol tayog'i sirpanib chiqib, to'g'ri uning yuziga keladi. Burni sinadi, ko'z chuqurchalari parchalanadi, miyasi shishadi. Komada yotadi. Doktorlar — "tirik qolsa katta gap" deyishadi. U tirik qoladi. Lekin oldin sportchi bo'lgan bola endi yura olmasdi. Yiqilib tushardi. Universitetga kirgach, beysbol jamoasiga eng quyi pog'onada qabul qilindi. Maydonga deyarli chiqarmadilar. Lekin u o'ziga bir va'da berdi: har kuni 1% yaxshilanaman. Faqat shu. Erta yotish. Oz-ozdan mashq qilish. Har kuni o'qish. Hech qanday "bir kechada o'zgaraman" degan rejasi yo'q. 6 yildan keyin nima bo'ldi bilasizmi? James Klir Denison universitetining eng yaxshi sportchisi deb tan olindi, butun AQSh bo'yicha 33 ta sportchi qatoridan ESPN Akademik All-American mukofotini oldi, universitetning eng yuqori akademik mukofoti — Prezident medali bilan taqdirlandi. Bugun u yozgan "Atomic Habits" kitobi 20 milliondan ortiq nusxada sotilgan. Uning falsafasi oddiy: agar siz har kuni 1% yaxshilanib borsangiz, bir yilda 37 baravar yaxshilanasiz. Agar har kuni 1% yomonlashsangiz, bir yilda deyarli noldan boshlaysiz. Uchinchisi — deep focus. Diniy olim bo'lsin, dunyoviy IT eksperti bo'lsin — agar deep focus bo'lmaganida edi, hozirgi "Sahihul Buxoriy" ham bo'lmasligi mumkin edi, va ularni — iPhone yo iPad larni — o'qib-eshitib yurolmas edik. Bunga misol — "Deep Work" kitobi muallifi ham zo'r hayotiy case larni beradi. Kel Nyuport — Jorjtaun universiteti professori va "Deep Work" kitobi muallifi — buni chuqur ishlash deb ataydi. Uning iddaosi shunday: zamonaviy dunyoda chuqur fokus qila olish — nodir va qimmatli mahoratga aylanmoqda. Chunki ko'pchilik buni qila olmaydi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadi: chalg'igandan keyin diqqatni qaytadan to'plash uchun 23 daqiqa kerak ekan. Demak, har 30 daqiqada telefoningizga qarasangiz, hech qachon chuqur ishga kirisha olmaysiz. To'rtinchisi — energiyani tejab sarflash. Ya'ni, kerakli paytda uxlab olmasa, taomlanmasa, ko'p gapirsa — asosiy producti ustida ishlay olmaydi. Buyuk ustozlarning siri ham shunda bo'lgan: kerakmas narsalardan tiyilib, energiyani to'g'ri ishlarga qaratganlar. "Nima muhim, nima keyin qilsa bo'ladi" degan filter bilan ishlashgan. Beshinchisi — shu 2 buyuk, bir-biriga umuman zid bo'lgan insonlarning yana bitta o'xshashligi: bitta narsa ustida ishlashgan. Imom al-Buxoriy faqat hadis ustida va sahihligi ustida ishlaganlar, Stiv Jobs esa mahsulotda innovation, yangilik ustida. Baffet ham shuni misol qilib aytadi: agar 25 maqsad bo'lsa, 5 asosiysini tanlab ol, va keyin 5 tadan bittasini — shu sening hozirgi asosiy maqsading. Stiv Jobs aytgan edi: "Diqqat — yuzta yaxshi g'oyaga 'yo'q' deyishdir." Buyuk odamlar ko'p ish qilgani uchun emas, kerakmas ishlardan voz kecha olgani uchun buyuk bo'lishgan., bizga dinda olimlar ham IT mutahasislar ham Uzbekiston rivjovi uchun juda muhim ,
без подписи
без подписи
Bilarmidingiz Miyamiz bir kunda 35 mingta qaror qabul qiladi. Shuning uchun bazi insonlar ortiqch o’ylashdan aziyat chekadi. mayda narsalar haqida juda ko’p o’ylashadi, oqibatda ko’p energiyalarini isrof qilishadi. Vaqt o’tishi bilan BU YOMON ODATGA AYLANADI. Shu holatdan qutulish uchun 5 ta texnikasini ko’rib chiqamiz. tan olish kerak ovqat haqida gap ketganda, tanlash uchun kamida yarim soat vaqt sarflaysiz. ba'zida nima kiyim kiyishni bilmasdan soatlab o'ylab o'tirasiz. hoziroq nima qilish kerakligini ro'yhat qiling va eng muhimlarini tanlab oling. har kun uchun qilinadigan ishlaringzini bir yoki ikki kun avval rejasini tuzing. shunda shu zararli odatdan qutulasiz. Psixolog peter golwitser 30 yil tadqiqot qilib bitta formula topadi. Agar biror narsa bo’lsa, men buni qilaman. agar miyyaga ertaga tursam mashq qilaman deb aytib qoysangiz, turganingizda sizga endi mashq qilamizni deb signal beradi. Elon musk har bir vazifa uchun vaqtni belgilab cheragalab qo’yarkan. Misol uchun email tekshriish uchun 5 daqiqa, obed qilish uchun 20, sport uchun 30 daqiqa ajratarkan. Bu bizga vazifalarimizni chegaralangan vaqt ichida bajarishni o’rgatadi, Shu bilan ortiqcha vaqtni unga isrof qilmaymiz. Albatta, sport! Richard brandson 400 dan ortiq kompaniya qurgan. Tasavvur qiling nechta odamni boshqarish, qarorlar qabul qilish kerak bu holatda. Undan buncha ishga qanday ulgurishi haqida so’ralganda, u sport bilan shug’ullanishini aytib o’tgan. Har kungi sport bilan shug’ullanish unga 4 soatlik bo'sh vaqt bergan. Chunki sport insonni ortiqcha keraksiz fikrlardan tozalaydi. Ba’zan tezkor qarorlar hayotni o’zgartirib yuboradi. 2009 yil 15-yanvar. uchuvchi Sully sallenburger samalyot boshqaryapti, kutilmaganda qushlar galasi dvigatellarga uriladi. Ikkala dvigatel ishdan chiqadi. 155ta yo'lovchi bor. Hisoblab ko'rdi eng yaqin airportgacha yetolmaydi, Shahar ustiga qulash xavfi bor. Sully o’ylab o’tirmadi. Hudson daryosiga yo’l oldi. Muzlagan suvga qo’ndi, yo’lovchilarning hammasi tirik qoldi. Bunga Nokia kompanyasi ham misol bo’lishi mumkin. 2007 yilda sotilgan telefonlarning 52 foizi NOKIAga tegishli edi. Apple esa atigi 6 foiz. Shu yili Apple kompaniyasi sensorli telefon iPhone chiqargan. Nokia esa 2008 yilda. nokianing bir yilga kechishi uni berk ko'chaga olib keldi. 6 yildan keyin NOKIA kompaniyasi sotildi. Shunda Kompaniya rahbari: biz hech qanday xató qilmadik, lekin yutqizdik,- degan edi. Ular xató qilmadi, ular qaror qilmadi. Xato qaror qilsangiz tuzatish mumkin. Lekin qaror qabul qilmaslik halokatdir(yoki oqibati yomon)
Farzandingizga to'xtovsiz baqirib gapirish — 5 yomon oqibati 1️⃣ Bolada o'ziga ishonch yo'qolishi Pittsburgh universiteti tadqiqotlari natijasida bunday bolalar, ming afsus, o'ziga ishonchi yo'q bo'lib ulg'ayadi. Chunki uyda nima qilmasin — to'g'rimi yo noto'g'ri — gap eshitgan. Bu esa keyinchalik qaror qabul qilish qobiliyatini o'zida o'ldiradi. 2️⃣ Janjalkash va urushqoq bo'lib o'sish Bunday bolalar odatda maktabda ham ko'p urishadigan va janjalkash inson sifatida rivojlanadi. Amerika Psixologiya Assotsiatsiyasi (APA) tadqiqotlariga ko'ra, ota-onasidan baqiriq eshitgan bolalar tajovuzkorlik va o'zini boshqara olmaslik muammolariga duch keladi. Chunki bola ota-onasini ko'zgu qilib oladi. 3️⃣ Katta bo'lganda o'zi ham shunday ota-ona bo'lib ulg'ayishi Psychiatry jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko'ra, yomon muomala ko'rgan bolalarning uchdan bir qismi o'z farzandlariga xuddi shunday munosabatda bo'ladi. O'zimizda bunga juda ko'p misol topsa bo'ladi. "Nimaga baqirib tarbiya berasiz?" deb so'rasangiz — "Bizni ham shunday tarbiya qilishgan, mana yomon bo'lmadik" deyishadi. Rostdan ham shundaymi? 4️⃣ Aqliy rivojlanishning to'xtab qolishi Harvard tibbiyot maktabi tadqiqotlariga ko'ra, bolaning miya to'qimalarida juda yomon o'zgarishlar bo'lib, bolada hissiyot, esda qolish qobiliyati va stressga chidamlilik sifatlarini tushirib yuboradi. 5️⃣ Ota-onasidan nafratlanish Eng yomonini aytaymi? Oila munosabatlari bo'yicha tadqiqotlarga ko'ra, ota-onasidan ajralib yashayotgan kattalarning 75 foizi buning sababini bolalikdagi hissiy zo'ravonlik — ya'ni ota-onasidan ko'p dakki eshitgani deb aytib o'tgan. Xulosa: Men sizga bolalarni urish va kaltaklashning oqibatini aytmadim. Bular biz farzandimizga og'zimiz bilan qiladigan zararimiz. Endi o'zimizni isloh qilish vaqti keldi — asta-sekin baqirmaydigan ota-ona bo'laylik.
O‘ziga ishonchi yo‘q odam qanday ko‘rinadi deb o‘ylaysiz? 🤔 Jim, tortinchoq, ko‘zga tashlanmaydigan? Aslida ko‘pincha unday emas. Aksincha, eng ko‘p gapiradigan 🗣, eng ko‘p va’da beradigan odamlar ichida eng katta ishonchsizlikni yashiradi. Bunday odamda ko‘pincha “pokazuxa” dardi bo‘ladi. Nima qilsa ham, odamlar ko‘rib qo‘ysin deb qiladi 👀. O‘z fikri bilan emas, boshqalarning fikri bilan yashaydi. Uning ichida doim bitta savol aylanadi: odamlar nima deydi? 🤯 Yana bir belgisi — ko‘p gap va ko‘p va’da. Rejalari juda katta 📋, gaplari juda chiroyli. Ammo ish kelganda bahonalar boshlanadi ⏳. Bugun emas, ertaga. Natijada og‘zida ming reja, qo‘lida esa hech narsa bo‘lmaydi 🙅♂️. O‘ziga ishonchi yo‘q odam kritikani ham ko‘tara olmaydi. Birov kamchiligini aytib qo‘ysa ⚠️, darrov himoyaga o‘tadi. Xatoni tan olish o‘rniga, o‘zini oqlaydi. Keyin esa boshqalarning kamchiligini qidirishga tushadi 🔍. U hech qachon xatosini ochiq tan olmaydi. Mingta sabab, mingta bahona bor. Lekin oddiygina “men xato qildim” degan gapni aytish juda qiyin bo‘ladi 🚫. Yana bir muhim belgi — doim o‘zini boshqalar bilan solishtirib yuradi ⚖️. Birovning muvaffaqiyati 🏆 uning ichidagi og‘riqni ochib beradi. Aslida o‘ziga ishonchi yo‘q odam bularni yashiryapman deb o‘ylaydi. Lekin vaqt o‘tib, natija bitta bo‘ladi: o‘zi ham, boshqalar ham unga ishonmay qo‘yadi ❌. Haqiqiy ishonch esa shovqinli gaplarda emas. U jim bo‘ladi 🤫. Ish bilan ko‘rinadi 💪. Natija bilan isbotlanadi ✅.
без подписи
“Hayotning qaynash nuqtasi” Rasmga qarang — oddiygina tuxum va kartoshka. Ammo ular ortida katta hayot saboği bor. Ikkalasini ham qaynab turgan suvga solsangiz, hayratlanarli narsa yuz beradi: kartoshka — avval qattiq bo‘lgan — yumshab qoladi, tuxum esa — mo‘rt va nozik bo‘lsa-da — ichidan qotadi, mustahkam bo‘ladi. Bir xil suv, bir xil issiqlik — ammo natija boshqacha. Demak, hayotdagi qiyinchiliklar seni kim qilishi emas, sen kimligingni ochib beradi. Hayot seni “qaynatadi” — sinovlar keladi, bosim kuchayadi, ba’zida bardosh berish qiyin bo‘ladi. Ammo tanlov har doim senda: yumshab qolish yoki yanada mustahkam bo‘lish. Tuxum kabi bo‘l — qiyinchilik seni sinmasin, balki ichingni pishirsin. Chunki hayotdagi sinovlar seni o‘zgartirmaydi, asl qadringni ochadi.
Bank o‘g‘irligi paytida o‘g‘ri bank xodimlariga baqirdi: “Qimirlamanglar, pullar davlatga tegishli, hayotingiz esa o‘zingizga!” Hamma jim yotib qoldi... «Bu fikrlash kontseptsiyasini o‘zgartirish deb ataladi». --- O‘g‘rilar o‘g‘irlikni tugatgach, oliy ma’lumotli yosh o‘g‘ri bosh o‘g‘riga (u eng katta yoshli va faqat boshlang‘ich maktabni bitirgan edi) dedi: “Ey, boss, keling, qancha pul o‘g‘irlaganimizni hisoblaylik”. Bosh o‘g‘ri uni tanbeh qilib dedi: “Sen ahmoqmisan?! Bu juda katta summa, uni hisoblash uchun ko‘p vaqt kerak bo‘ladi. Bugun kechqurun yangiliklardan qancha o‘g‘irlaganimizni bilib olamiz!!” «Bu tajriba deb ataladi». Bugungi kunda tajriba qog‘ozdagi malakadan muhimroq. --- O‘g‘rilar bankni tark etgach, bank menejeri filial menejeriga dedi: “Tez politsiyani chaqiring”. Ammo filial menejeri unga dedi: “Kuting, keling, 10 million dollar olib, o‘zimizga qoldiramiz va oldin o‘g‘irlagan 70 millionimizga qo‘shamiz!” «Bu oqim bo‘ylab suzib, vaziyatni o‘z foydasiga aylantirish deb ataladi». Bank menejeri dedi: “Unda har oy o‘g‘irlik bo‘lsa, juda yaxshi bo‘lardi...” «Bu qat’iyat deb ataladi». --- Ertasi kuni yangiliklar agentliklari bankdan 100 million dollar o‘g‘irlanganini xabar qildi! O‘g‘rilar pulni qayta-qayta hisobladilar va har safar faqat 20 million topdilar. O‘g‘rilar juda jahli chiqib dedilar: “Biz hayotimizni xavf ostiga qo‘yib 20 million uchun ishlagan ekanmiz, bank menejeri esa kiyimini bulg‘amasdan 80 million oldi. Ko‘rinib turibdiki, o‘g‘ri bo‘lgandan ko‘ra o‘qimishli bo‘lish yaxshiroq ekan”. «Bu bilimlar deb ataladi. Ular oltin qadar qimmat». --- Bank menejeri millionerga aylanganidan va fond birjasidagi barcha yo‘qotishlari bu o‘g‘irlik bilan qoplanganidan mamnun kulib turardi. «Bu imkoniyatdan foydalanish deb ataladi». Haqiqiy o‘g‘rilar ko‘pincha yuqori lavozimlarda o‘tiradi, ammo ular diplomli o‘g‘rilar va bundaylar bugungi kunda kam emas.
Haqiqiy do'stlar kimligini aniqlash Bir odam katta ho'kiz so'yib, o'choqqa go'sht pishirish uchun olov yoqdi. Qiziga qarab: "Qizim, bor, qarindoshlarimiz, do'stlarimiz va qo'shnilarimizni chaqirib kel, bugun bayram qilamiz!" dedi. Qizi ko'chaga chiqib: "Iltimos, yordam bering! Otamning uyi yonmoqda!" deb baqirdi. Bir oz vaqtdan so'ng, faqat bir nechta odam yordam berish uchun keldi, boshqa ko'pchilik esa eshitmaganday harakat qildi. Yordamga kelganlar esa qolib, kechgacha ovqatlanib, maza qilib vaqt o'tkazishdi. Ota esa hayron bo'lib, atrofga qarab: "Men bu odamlarning ko'pini tanimayman. Ba'zilarini umrimda birinchi marta ko'rishim. Bizning do'stlarimiz, oilamiz va qo'shnilarimiz qani?" dedi. Qizi xotirjamlik bilan javob berdi: "Kelgan odamlar ziyofat uchun kelmadi. Ular bizning boshimizga biror ko'ngilsizlik tushganini o'ylab kelishdi. Aynan shular bizga g'amxo'rlik qiladigan insonlar. Aynan shular biz bilan birga bayram qilishga loyiqlar." Xulosa: Boshga ish tushganida yoningizda bo'lmaganlar, muvaffaqiyatga erishganingizda ham yoningizda bo'lishga loyiq emaslar
без подписи
siz hech qachon chet tilini yaxshi va mukammal o'rganolmaysiz agar shu 5 ta qoidaga amal qilmasangiz. 1. Abdulla Qahhor stili Abdulla Qahhor rus tilini qanday o'rganganligini bir eslab o'taylik. Abdulla Qahhor tarjimai holida: rus tili harflarini o'rganib, tushunmasamam Tolstoy, Chexovlarni o'qib o'rganganman, - deydi. demak, harflarni yaxshi o'rganib, so'zlarni to'g'ri o'qishni o'rganib olish bu birinchi metod. 2. Yosh bola bo'ling (yosh bola qanday tilga kirishi esizdami?) yoki yosh bolaning qulog'i ba'zida hech narsa tushunmasangiz ham chet tilida eshitishni boshlang. chunki yoshligizda tiliz shunaqa rivojlangan. Na o'qishni bilardiz, na yozishni bilardiz lekin eshitib so'zlarni o'rgangansiz. Demak, chet tilniyam shunaqa o'rganish shart (mumkin). Xulosa qilib aytganga, chet tilida tushunmasak ham 10-15 daqiqa eshitsak, ichidan 1, 2 ta so'zlarni ilib olishimiz mumkin. ( o'rganishimiz mumkin) 3. har kunlik so'zlar o'zbek tilida eng ko'p ishlatadigan so'zlarni ajratib olasiz, tarjimasi va talaffuzini ham yozib olasiz. Shu so'zlarni har kuni ishlatishga harakat qilishingiz kerak. U xoh salomlashish, yoki eng oddiy so'z bo'ladimi shu metodni qilasiz. shu yo'l bilan o'zizga kerak boi'lgan so'zlarni bilib olasiz. 4. til yaxshi biladigan do'st yoki siz o'rganayotgan tilda gapiradigan inson topish, do'stlashish. Agar siz aytilgan hammasini qilib lekin birorta inson(do'st) bilan praktika qilmasangiz, natijaga chiqish sudayam sekin bo'ladi. Shuning uchun birorta tanish, yoki do'st topjshga harakat qiling. ular bilan xato qilib bo'lsayam gaplashishni, tajribani boshlang 5. bu to'rtta qoidaga amal qilsangizu mana bu beshinchiga amal qilmasangiz, bu qoidalar yordam bermaydi. hozir aniq maqsad qo'yish gapiryapman, til o'rganishdan maqsad o'qishga kirish bo'lsa, u bir yillik maqsad. Lekin u hayotiy, misol uchun shaxsiy rivojlanish uchun, bo'lsa, siz albatta tilni mukammal o'rganishiz osonroq bo'ladi. Siz qaysi tilni o‘rganmoqchimisiz yoki o’rganyapsiz? Izohlarda yozib qoldiring.
🎓 Ustozlik – bu faqat dars emas Ustoz sinfga kirganda bu holatni korib juda ajoyib ish qipti. Anu bolalrni jazolamadi, sokmadi, eng asosiysi baqirib jahl qilmadi. Balki, juda chiroyli tonda shunday dedi 👇 > 🧠 “Bolla, bugun 30 ballik test. > ⏰ 15 minut vaqtinglar bor. > > 1️⃣ Stul bilan, yani osilib turgan holatida yergacha, yani polgacha bo‘lgan masofasini toping — 1 ball. > > 2️⃣ Stul bilan tomgacha qancha masofa bor — 1 ball. > > 3️⃣ Kim stulni osib qo‘ydi va kimlar unga yordam bergan — bunga 28 ball.” Shunday qilib, ustoz vaziyatdan aql bilan foydalandi ✨ Bu ustoz bolalarga muammolarga qanday munosabat bildirishni o‘rgatgan bo‘ldi — jahl bilan emas, bosiqlik bilan. Ustozlik shu — faqat bilim emas, fe’l-atvor bilan ham ustoz bo‘lish. 📖 Real bo‘lgan voqea.
Qilmoqchi bo‘lgan ishlarim juda ko‘p, nimadan boshlashni bilmayman, deydiganlar ko‘p uchraydi. Aslida bu holat hammamizga tanish. Shunday paytlarda dunyoning eng boy insonlaridan biri — milliarder Warren Buffett bergan bir maslahatni eslash kifoya. U shunday degan: “Avvalo, qilmoqchi bo‘lgan ishlaringizni yozib chiqing.” Shuning uchun, hozir qo‘lingizga qog‘oz va ruchka oling. Yoki shunchaki telefonda yozuvlar bo‘limini oching. O‘ylab ko‘ring va qilmoqchi bo‘lgan 10 ta maqsadingizni yozing. Yozib bo‘ldingizmi? Endi o‘sha ro‘yxatga bir nazar tashlang va ichidan eng muhim 5 tasini tanlab oling. Bu siz uchun eng qadrli, eng zarur maqsadlar bo‘lishi kerak. Keyin, yana bir marta o‘ylang. Tanlagan o‘sha 5 ta ichidan faqat bittasini ajrating. Ha, atigi bitta. Bu sizning hayotingizda eng muhim, eng foydali maqsad bo‘ladi. Shu paytdan boshlab, barcha kuch va e’tiboringizni aynan shu bitta maqsadga qarating. Shu ishni bajarsangiz, hayotingizda katta o‘zgarishlar boshlanadi. Masalan, men uchun hozir bajarilishi kerak bo‘lgan eng muhim vazifa — sport. Sizdachi? Siz uchun eng muhim vazifa nima? Izohlarda yozib qoldiring. Balki sizning maqsadingiz kimnidir ilhomlantirar.
📣 Yangi Intensiv Kurslar! 🎯 Mr. Abbosxon bilan IELTS ga tayyorgarlik endi yanada samarali va tezroq! ⚡️ 📚 Nima kutmoqda: ✨ Qisqa muddatda yuqori natija ✨ Professional o‘qituvchilar ✨ Har bir talabaga individual yondashuv 🚀 O‘z maqsadingizga tezroq yeting va IELTS balingizni oshiring! 💯 📅 Joylar soni cheklangan – imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 🔥 👉 Joyingizni band qiling
Assalomu alaikum, yaxshimisiz? o'qishlar bilan charchamayapsizmi? Maqsadga erishish uchun motivatsiya yoki xohishning o'zi yetarli emasligini bilasiz, nimagadir erishish uchun bizga yaxshi reja kerak. Shu reja orqali o'ylagan narsangizga erishish tezroq va osonroq bo'lsa ajabmas. Tepadagi faylda reja qanday bo'lishi kerak, maqsadga erishish uchun qanday amallar qilish haqida nimalardir yozdim. O'ylaymanki bu qoida sizga yordam beradi Ha, aytgancha, reaksiya qoldirishni unutmang!
Intizomning To'rt Asosiy Qoidasi Hayotingizda haqiqiy intizom bo'lishi uchun bu to'rt qoidani o'zlashtirish zarur. Ko'plab odamlar izchillik bilan kurashadi, chunki ular intizomni noto'g'ri tushunadi. Intizom tug'ma xususiyat emas, balki o'rganilishi mumkin bo'lgan tizimli yondashuvdir. Birinchi Qoida: Tanlovlarsiz Harakat Qilish Intizomning asosi oddiy ishlardan qaror qabul qilish charchoqlarini yo'q qilishda yotadi. Har kuni "Sport zalga borammikan?" deb o'ylash o'rniga, soat 6:00 da avtomatik ravishda borish kerak. Inson miyasi cheklangan qaror qabul qilish qobiliyatiga ega va har bir tanlov bu resursni kamaytirib yuboradi. Muvaffaqiyatli odamlar ma'lum faoliyatlarni shubhasiz, avtomatik javoblar qilib qo'yishadi. Har kuni kitob o'qish, yozish yoki mashq qilish haqida mulohaza yuritish o'rniga, bularni tanlovdan tashqari qiladilar. Bu yondashuv aqliy energiyani muhimroq qarorlar uchun ozod qiladi. Ikkinchi Qoida: Boshlashning Kuchi Eng katta to'siq mukammal sharoitlar kutishdir. Biz motivatsiya, yetarli vaqt yoki ideal sharoitlarni kutamiz. Ammo harakat momentum yaratadi, aksincha emas. Yechim oddiy: faqat birinchi qadamni tashlaş. Hisobot yozish kerak bo'lsa - birinchi jumlani yozing. Mashq qilmoqchisiz - krossovka kiying va tashqariga chiqing. Ko'proq o'qimoqchisiz - kitobni oching va bir paragrafni o'qing. Bu usul ishlaydi, chunki u katta vazifalarning psixologik qarshiligini chetlab o'tadi. Inson ongi boshlashning qiyinligini kuchaytiradi, ammo boshlaganimizdan keyin davom etish osonlashadi. Har qanday ishning eng qiyin qismi boshlashdir. Uchinchi Qoida: Tizim Motivatsiyadan Ustun Motivatsiya - bu o'zgaruvchan hissiy holat. Bugun bor, ertaga yo'q. Motivatsiyaga tayanish qum ustiga uy qurishga o'xshaydi. Intizom tizimlar ustiga quriladi - hissiy holatdan qat'iy nazar ishlaydigan doimiy jarayonlar. Motivatsiyaga bog'liq odam ilhomlanganida shiddatli ishlaydi, so'ng to'xtaydi. Tizimga amal qiladigan odam har kuni bir xil vaqtda ishini bajaradi. Ko'plab odamlar juda ko'p ishlashdan emas, balki aniq tizimlar olmagan holda doimiy qaror qabul qilishdan charchadilar. Tizimli yashash aqliy energiyani muhim ishlar uchun tejaydi. Samarali tizim aniq, vaqt bilan chegaralangan va barqaror bo'lishi kerak. "Ko'proq mashq qilaman" o'rniga "Har kuni soat 7:00 da 20 daqiqa yuraman" deyin. To'rtinchi Qoida: "Yo'q" Deyishning Kuchi Har bir "ha" boshqa narsaga "yo'q" demakdir. Ma'nosiz uchrashuvlarga "ha" deyish muhim ishlarga "yo'q" deyishdir. Qadriyatlaringizga mos kelmaydigan ijtimoiy majburiyatlarga rozi bo'lish o'sish imkoniyatlarini yo'qotishdir. "Yo'q" deyish maqsadlaringiz haqida aniqlikni talab qiladi. Nimaga intilayotganingizni bilsangiz, imkoniyatlarni baholash osonlashadi. Bu antisosial bo'lish emas, balki cheklangan resurslarni to'g'ri joyga investitsiya qilishdir. Kam qiymatli faoliyatga har bir "yo'q" eng muhim maqsadlaringizga sarmoya hisoblanadi. Muvaffaqiyatli odamlar ko'proq iste'dodli emas - ular ko'proq diqqatli. Ular intizom ko'proq ish qilish emas, to'g'ri ishlarni izchil bajarish ekanligini tushunadilar. Amalga Oshirish Bu qoidalarni hayotga tatbiq etish uchun: O'zingizni baholang - qaysi sohalarda tizim etishmaydi? Kichik boshlang - intensivlikdan ko'ra izchillikni tanlang Amaliyot qiling - har safar tizimingizga amal qilsangiz, intizom kuchayadi Xulosa Intizom tanlab olinganlar uchun emas, har kim o'rganishi mumkin bo'lgan mahoratdir. Keraksiz tanlovlarni yo'q qilish, boshlashga e'tibor berish, tizim qurish va strategik "yo'q" deyish orqali har kim doimiy, maqsadli harakat qobiliyatini rivojlantirishi mumkin. Bu qoidalarni egallash niyatlar va harakatlar o'rtasidagi bo'shliqni to'ldiradi, orzularni haqiqatga aylantiradi.
Psixologiyada 90+90+1 deb nomlanadigan samarali qoida mavjud. Bu usul oddiy ko‘rinsa-da, o‘z hayotini o‘zgartirgan insonlar hayotidan olingan real natijalar orqali o‘zini tasdiqlagan. Bu qoida shunchaki vaqt boshqaruvi emas – bu o‘zgarish boshlanishi. Qoidaning mazmuni quyidagicha: 90 kun davomida, har kuni 90 daqiqa vaqtni faqat bitta – eng muhim deb hisoblagan maqsadingizga bag‘ishlaysiz. Faqat bitta maqsadga. Faqat 90 daqiqa. Bu vaqt ichida hech qanday chalg‘ituvchi omillar bo‘lmaydi — na telefon, na ijtimoiy tarmoqlar, na televizor. Faqat siz va maqsadingiz. Balki bu siz uchun ingliz tilini o‘rganish bo‘lar, balki dasturlashni yoki marketing asoslarini puxta egallash. Ehtimol, siz anchadan beri kitob yozishni orzu qilayotgandirsiz. Yoki oddiygina pazandalikni yangi bosqichga olib chiqishni. Qanday bo‘lishidan qat’i nazar, 90 daqiqa davomiy va chalg‘imasdan ishlash sizni sekin, ammo barqaror ravishda oldinga siljitadi. Bu qoida bo‘yicha harakat qilgan mashhur insonlar orasida yozuvchi Stephen King har kuni ertalab hech kim bilan gaplashmasdan, bir necha soat davomida yozishga o'tiradi. Shu sababli u yuzlab bestseller kitoblarni yaratishga erishgan. Yoki Cal Newport – “Deep Work” muallifi – har kuni aynan shunday fokuslangan ishga tayanib, nafaqat ilmiy maqolalar, balki hayotini ham tizimli tashkil qila olgan. Ularning yutug‘i iqtidor emas, izchil va ongli mehnat samarasi. Hayotimizda o‘zgarish bo‘lishi uchun o‘zimizga bitta savol berishimiz kifoya: “Men har kuni 90 daqiqa vaqtimni nimaga bag‘ishlashga tayyorman?” O‘sha bir soatu yarmi sizni umuman boshqa darajadagi hayot sari boshlab ketishi mumkin. Ilk kunlarda natija sezilmasligi mumkin. Ammo 30 kun, 60 kun, 90 kun o‘tgach, sizning bilimlaringiz, tajribangiz, dunyoqarashingiz va, eng muhimi, ishonchingiz o‘zgaradi. Shunday ekan, hech bo‘lmasa bugun boshlang. Telefonni o‘chiring, e’tiboringizni jamlang va eng muhim maqsadingiz uchun 90 daqiqa vaqt ajrating. Avvaliga qiyin bo‘ladi, lekin oxirida siz o‘z maqsadingiz sari harakat qilayotganingizni his qilasiz. Bu his esa hech narsaga almashtirib bo‘lmaydigan kuchdir. Endi esa qaror sizda: ertangi siz hozir boshlanadigan 90 daqiqa ichida shakllanishi mumkin.