Muhib | Arabic
СтатистикаCreator: @Muhibbullokh Shiorimiz: — O’rganing. Vaqt bahonalarni qabul qilmaydi.
- Последний пост
- 2 февр. 2025 г.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#Tarjima — أَنتَ رائِعٌ وَفَريدٌ مِن نَوعِك @MuhibAcademy
#Ibtido — مِنَ الأخلاق ان يبدأَ كُلَّ أمرٍ ذي بال بِـ"بِسـم الله الرحمٰن الرحيم" — E’tiborga molik har qanday ishni “Bismillah” bilan boshlash @axloqdan.. @MuhibAcademy
#Tezkor — Qulay manzilda tezkor kursimiz uchun o’rningizni band qiling. + Odatdagidan ko’ra tezroq va samarali holda arab tilini o’rganing. + Boshqalarga o’rgata olish ko’nikmalarini bonus sifatida qabul qilib oling. + Har bir o’quvchi bilan alohida shug’ullanadigan kursga ega bo’ling. Murojaat uchun: @DorulArqam @MuhibAcademy
#Dars — Oz vaqtta yaxshi natijalarga erishayotgan o’quvchimizdan ajoyib ko’rgazma. P/s: Arab tilini boshqalarga o’rgata olish darajasida ta’lim olishni istasangiz murojaat qiling.. @MuhibAcademy
#Dars — Arab tilida harflarni ikkita qilib o’qilishiga sabab bo’ladigan tashdid (ّ ) belgisi. @MuhibAcademy
без подписи
#Tafakkur Teskari maqtanishlar: Avvallari maqtangan gaplarimni yaxshilab tafakkur qilib chiqdim. Hozir o‘ylab qarasam xuddi shuni teskarisi bilan maqtanayotgan ekanman: Avval maqtanardim: Uyimda katta televizorim bor Hozir maqtanyapman: Uyimda televizorim yo‘q Avval: Millionni yangisini ko‘rdim Hozir: Millionni yangisini ko‘rmadim Avval: So‘nggi rusumli "iphone" oldim Hozir: Iphone 16 chiqqandi olmadim. Endi 15 olaman ;) Avval: Instagram ochdim Hozir: Instagramimni yopdim Avval: Do‘stlarim ko‘p Hozir: Do‘stlarim kam. Yolg‘izman Avval: Yangi musiqani eshitdim Hozir: Yangi musiqani eshitmadim. Eshitmayman ham Avval: Kechasi bilan ko‘chada aylandik Hozir: Kechasi bilan uxladim Avval: Falonchini urib, burnini sindirdim Hozir: Falonchi bilan urishmay, o‘zimni tiydim Avval: Do‘stlar bilan parkka bordik Hozir: Parkka bir o‘zim bordim Avval: Mashinamga falon so‘m xarajat qildim Hozir: Mashinamga ehtiyojsiz bir tiyn ham xarajat qilmadim Avval: Oson ishda ishlayapman. Mas’uliyat yo‘q. Hozir: Qiyin ishda ishlayapman. Mas’uliyat ko‘p. Avval: Ishim zo‘r. Nafaqaga erta chiqaman. Hozir: Nafaqaga hech qachon chiqmayman. Avval: Katta «okaxon»lar bilan vaqt o‘tkazyapman Hozir: Bolalar bilan vaqt o‘tkazyapman Avval: Ayolim bilan urishsam joyiga o‘tkazib qo‘yaman Hozir: Ayolim bilan urishsam, kapishonni kiyib, ko‘chaga chiqib ketaman Avval: Bitta ham to‘ydan qolmayman Hozir: Bitta ham to‘yga bormayman Siz-chi? Ustoz kundaligidan @MuhibAcademy
#Dars — 6 yoshli o’quvchimiz Ominaxon so’zlarni o’zi mustaqil o’qiydigan darajaga chiqib olgan. Bolalar lotin harflarini bilmasa ham arab harflarini bemalol o’qiy olishlari mumkin. @MuhibAcademy
#Diqqat🔥 — Haftada 1 kun, 2 soattan vaqtingizni ajratib, Toshkent shahrining salqin, tinch, manzarali joylarida arab tilini individual tarzda mazmunli, oson va sodda o’rganishingiz mumkin. 🔻Ishtiyoqmandlar 2 oyga yetmay mustaqil ravishda o’qiy oladilar (bu sinovdan o’tgan). 🚕Avtomobilda manzilingizdan olib ketish va qaytarib olib kelish xizmati ham mavjud. Qiziqish bildirganlar @DorulArqam profiliga murojaat qilishlari mumkin. @MuhibAcademy
#Quvvatlov — Bizni instagramda ham qo’llab-quvvatlab turishingizni so’raymiz. Arab tilini instagramda qisqa reelslar yordamida o’rganib, takrorlab borishingiz mumkin. Biz bunga yordam beramiz. @MuhibAcademy
#Anglov ERTAKLAR — YOMONLIKKA YETAKLAR.. 3-4 yil avval boshqalar menga nimadir qilib berishga: — Ota-onam o‘qishga kirishimga; — Tog‘am ish topishimga; — Opam sog‘lig‘imga; — Do‘stlarim pulim yo‘qligida yordam berishga majbur deb hisoblardim. Kutuvlarim amalga oshmadimi, demak ular “aybdor”. Umuman olganda, hozir ham aksariyatimizda boshqalardan katta kutuvlarimiz bor Menimcha, kutuvlarimiz sababi — ERTAKLAR! Chunki, hech o‘ylab ko‘rganmisiz ertaklarda qahramon ichki emas, tashqi ta’sirlar yordamida qahramonga aylanadi: — O‘rgimchak odam o‘z mehnati bilan emas, balki o‘rgimchak uni chaqib olgani; — Alovuddinning sehrli chiroq topib olishi; — Hoshimjonning sehrli qalpoqchasi; — Jek va loviya poyasida oltin tuxum qo‘yuvchi g‘oz; — Mushuk ayolni mushuklar tishlashi; — Asteriks sehrli damlama orqali qahramonga aylanishi; Qizlarga atalgan hikoyalarda ham ayollar o‘z ustida ishlashlari emas, balki umr davomida o‘z shahzodalari kelib ularni hayotlarini o‘zgartirishlariga urg‘u beriladi: — Ajdarho changalidagi Fionani Shrek qutqarishi; — Uxlayotgan opog‘oyni shahzoda bo‘sa bilan qutqarishi va boshqalar bunga misol bo‘ladi. Bu kabi ertaklar go‘yo hayotimizda bir voqea bo‘lsayu hayotimiz birdaniga o‘zgarib ketishiga, hayotimizda “Sehrli tabletka, damlamalar” borligiga ishontirishadi. Eng yomoni, bizda mas’uliyatsizlik va hayotda sodir bo‘lgan muammolarga boshqalarni ayblash ko‘nikmasi shakllanadi. Firibgar marketologlar ham insonlarning aynan shu fikrlashidan foydalanib: “Mana shu mahsulotni olsang, hayoting tubdan o‘zgarib ketadi” — deb insonlarni chuv tushirishadi. Aslini olganda hayotimizda moʻjizalar mavjud va bir voqea hayotimizni o‘zgartirishida ham haqiqat bor Faqat farqi — birinchi qadamni siz tashlab, ushbu yo‘lda sabr bilan turish kerak! Ustoz kungaligidan. @MuhibAcademy
#Yechim Murakkab muammoga duch kelib, yechim topolmay turibsizmi? Muammoga — teskari tomondan yechim bering. Masalan: “Qanday qilib darsni yaxshiroq o‘tsam ekan", deb emas, balki "Nima qilsam o‘quvchilarga kamroq zararim tegadi”, desangiz osonroq yechim topasiz. Boshqa misollar: Ertalab erta turish uchun nima qilsam ekan? ❌ Ertalab erta turishimga xalaqit beruvchi nimani qilmasam ekan? ✅ Kunimni qanday barakali o‘tkazsam ekan? ❌ Barakamni uchiradigan qanday amallarni bajarmasam ekan? ✅ Nima ish qilsam ekan? ❌ Nima ish qilmasam ekan? ✅ Nimalarni yoqtiraman o‘zi? ❌ Nimalarni yoqtirmayman o‘zi? ✅ Qanday inson bilan turmush qursam ekan? ❌ Qanday inson bilan turmush qurmasam ekan? ✅ Qanday kasb tanlasam ekan? ❌ Qanday kasb tanlamasam ekan? ✅ Chunki inson o‘ziga foydali mashg‘ulotlardan ko‘ra, zaralisini yaxshiroq biladi. @MuhibAcademy
Bolalar “bola” emas. 1. Maktabdagi matematika ustozim — Mastura opa bolalarni yomon ko‘rardi, mehr berolmasdi. Sababi, ukasini uylantiraman deb o‘zi qirqqa kirsada erga tegmagandi. 2. Direktorimiz Sayyora opa, ishlari ko‘p bo‘lsada, adabiyotdan darsni o‘zi o‘tardi. Shu bilan, "bir-ikki so‘m" yoniga qolardi. Lekin ko‘pincha darslar bo‘lmasdi. 3. Tarix ustozimiz Karima opa, direktorni qizi edi. Oliy ma’lumoti yo‘q, tarixni umuman tushunmasa-da, onasi "uyda bekor o‘tirganda ko‘ra", deb maktabga joylab qo‘ygandi. 4. Falsafa ustoz — Umar aka darsdan tashqari to‘ylarda otarchilik qilardi. «Qittay-qittay» qilib turishini ham bilardik, shu sababli ham dindan gapirsa ensamiz qotardi. 5. Jahon siyosati o‘qituvchimiz — Diyora opa Universitetga «tanka» orqali joylashgandi. Darsga umuman tayyorlanmasdi, mavzudan tashqari savol so‘ralishini kutib, darsni oxirigacha shuni muhokama qilib o‘tirardi. Nima demoqchiman? Biz “tushunmaydi”, deb o‘ylagan bolalar, aslida, hammasini ko‘rib, bilib turibdi. Ayniqsa hozirgi yosh avlod. Qissadan hissa: O‘zimizni isloh qilaylik, qadrli ustozlar.. @MuhibAcademy
#Tajriba Pedagog ta’siri (yoxud daxshatli tajriba) 1939-yilda Ayova universitetida Vendell Jenson 22 ta yetim bola ishtirokida hayratlanarli tajriba o‘tkazadi. Bolalar ikki guruhga bo‘linib, gapirtiriladi: 1-guruh bolalari aniq va ravon nutq qilganliklari aytilib, maqtaladi. 2-guruh bolalarining kichik kamchiliklari ham shafqatsizlarcha masxara qilinib, oxir-oqibat ularning barchasiga “sen duduqsan”, deb tamg‘a qo‘yiladi. Natijada, hech qachon nutqida muammo bo‘lmagan a’lochi guruh o‘quvchilarida duduqlanishning belgilari paydo bo‘ladi. Eng yomoni, ularda duduqlanish umrbod saqlanib qoladi. Shu sababli, ushbu eksperiment — “Monster Study” (Daxshatli tajriba), deb nomlangan. 2001-yilda Davlat universiteti Ayova shtati eksperiment davomida jabrlanib, duduqlikdan aziyat chekayotganlardan rasman uzr so‘raydi. Xulosa o‘zingizdan.. @MuhibAcademy
#Naf — Shunday insonlar bilan suhbat qiling-ki, bir nechta kitob o’qigandek manfaat oling.. @MuhibAcademy
#Illat — Shayx Abdulfattoh Abu G’udda hazratlari kitoblarining chetini qatlab (qayirib) qo’yishga rozi bo’lmaganlar, xushlamaganlar. Shayx Muhammad Avvoma hafizahulloh P/s: Avvalgi kitoblarning cheti qayrilganini ko’rganmisiz hech?Belgilab qo’yish uchun chiqarilgan maxsus xatcho’plardan foydalanish maqsadga muvofiq. @MuhibAcademy
#Ustoz Arab tili o’qituvchisi: — B2 sertifikati egasi. — Arab tilida 9 yillik ta’lim olgan. — 5 yillik tajriba. — 500+ o’quvchilar bilan ishlagan. — Fonetika (harflarni to’g’ri talaffuz qilishni o’rgatish) bo’yicha o’z uslubiga ega. @MuhibAcademy
#Negiz — Hamma bolasiga ingliz tili, kompyuter asoslari, hisob-kitobni yoshligidan o‘rgatadi. Go‘zal xulqni o‘rgatishga kelganda “hali yoshda, o‘ynab qolsin”, deyishadi. Yoki faqatgina din bolalikka qarshimi?! @MuhibAcademy
#Harakat — Kim yoshlikda zaxmat cheksa, ulg‘ayganida rohat ko‘radi. Aksi bo‘lsa, aksi bo‘ladi. @MuhibAcademy
Muhib | Arabic pinned a photo