tgindex
Munisa's blog | IELTS 8.0

Munisa's blog | IELTS 8.0

Статистика
@MunisasBlogанглийский

MUNISA ASADOVA ● IELTS 8.0 (L 8.5, R 8.5, W 7.0, S 7.5) ● English teacher and IELTS instructor since 2023 ● For online courses contact @MunisaAsadova

Последний пост
5 июл.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
26
Тип
открытый
Язык
английский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
193
−1 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
711
26 постов
Вовлечённость
368,4%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 26
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Unpopular opinion: “Imtihon xonasi - sizni qanchalik darajada halol inson ekaningizni ko’rsatib beradigan joy”

  • видео или голосовое, без подписи

  • INVENTION vs INNOVATION

  • 18 мая589241

    Ironically, it’s almost always a total stranger’s compliment and encouragement that give you the motivation you were about to lose and keep you going.

  • Ironically, it’s almost always a total stranger’s compliment and encouragement that give you the motivation you were about to lose and keep you going.

  • 13 апр.1 9242510

    “Daraxt bir joyda ko‘karadi” Bu gapni ko‘p eshitganmiz. Oldin bunga hech qanday shubhasiz ishonardim. Go‘yoki qayerda bo‘lsang ham, agar yetarlicha harakat qilsang, baribir o‘sasan, baribir nimagadir erishasan. Lekin vaqt o‘tib, biroz chuqurroq o‘ylab qarasam, bu fikr unchalik ham to’g’ri emas ekan. Daraxt aslida har qanday joyda ko‘karmaydi. U to‘g‘ri joyda ko‘karadi. Unumdor tuproq, yetarli quyosh, suv — bularsiz daraxtdan kuchli o‘sish kutish qiyin. Hatto eng yaxshi urug‘ ham noto‘g‘ri sharoitda sekin o‘sadi yoki umuman nobud bo‘lishi mumkin. Shu narsani hayotimizga qo‘llasak, hammasi yanada tushunarli bo‘ladi. Ba’zida biz o‘zimizni ayblaymiz: “Yetarlicha harakat qilmayapman” “Boshqalar qilyapti-ku, nega men qila olmayapman?” “Demak, muammo mendadir” Lekin har doim ham muammo o‘zimizda bo‘lavermaydi. Agar sen o‘zingni tushunmaydigan, qadrlamaydigan, seni pastga tortadigan muhitda bo‘lsang — qanchalik harakat qilma, o‘sishing sekinlashadi. Sen charchaysan, motivatsiyang yo‘qoladi, hatto o‘zingga bo‘lgan ishonching ham kamayadi. Bu esa “sen yetarli emassan” degani emas. Bu shunchaki — sen noto‘g‘ri joydasan, degani. To‘g‘ri muhit esa boshqacha ishlaydi. U seni qo‘llab-quvvatlaydi, rivojlanishingni tezlashtiradi, o‘zingga bo‘lgan ishonchingni oshiradi. Ba’zida esa sen o‘zing ham sezmagan imkoniyatlarni ochib beradi. Shuning uchun ba’zida birinchi qadam — “men qayerdaman o‘zi?” deb o‘zingga rostini aytish. Va yangi narsalarni sinab ko‘rishdan qo‘rqmaslik kerak. Turli muhitlarni ko‘rib chiqish, o‘zingga mosini izlash normal holat. Chunki faqat sinab ko‘rganingda bilasan: qayer seni o‘stiradi, qayer esa ushlab turadi. Va eng muhimi — o‘sish har doim ko‘proq urinish emas, ba’zida to‘g‘ri joyni topish ham. Xullas haqiqat shuki: daraxt bir joyda emas — to‘g‘ri joyda ko‘karadi.

  • Reklama❌ Antireklama✅

  • “Moliyaviy ta’minot kerak, lekin odam qo’yniyam, otniyam boqadi, itniyam boqadi. Ko’ylak kiydirib yedirib-ichirishni hayvonga ham qilasiz. Uni tarbiya deyish noto’g’ri.” Hasanxon Yahyo

  • 23 мар.70713из mashrabov_aa

    Bilmaslik muammo emas O'zbek milliy taomlarini bir marta ham tatib ko'rmagan odamni oldiga manti va oshni qo'yib "qaysi birini ko'proq yoqtirasan" deb so'rashimiz eng kamida g'alati eshitiladi. Bunday savollar o'ylab tagiga yetiladigan savollar kategoriyasiga kirmaydi. Yeb ko'rsak boshqa gap. 20 yoshgacha kasb tanlashda qiynalishimiz normal. Kamchilik bu yoshgacha aniq nima xohlashini biladi. Sababi, Ko'pchik "yeb ko'rgisi" kelmaydi. Vaholanki, 2-3 ta kasbni "tishlab" ko'rsak qalbimizga mos keladigan kasbni topish ancha tezlasharmidi. @mashrabov_aa - xodimlar uchun karyera haqida kanalim. @street_mba - tadbirkorlar uchun biznes haqida kanalim.

  • 14 мар.669184из muallimsaid

    Tongdagi uyqu. Bir kitob o‘qiyapman, unda yozilishicha, tongdagi uyqu zehnni susaytiradi va faqirlikni keltiradi. Odatda uyquga kech ketasan. Ertalab turishga esa o‘zingda na xohish, na kuch bor. Tursang ham “brain fog” bilan, ya’ni karaxt bo‘lib, fokus qila olmay yurasan. Ertalablaringda baraka yo‘qligining sababi — bugungi kechki payt. Oldin ham aytganding: kun ertalabdan emas, bir kun oldingi kechki paytdan boshlanadi, deb. Ya’ni kechki uyqu qanchalik sifatli bo‘lsa, ertangi kuning ham shunchalik samarali bo‘ladi. Buni bilasan. Shu kungacha ko‘p aytishgan — ota-onang, ustozlar va ulamolar. Lekin bilishning o‘zi kifoya qilmayapti. Mana bugun ham shu postni yozib yoki o‘qib o‘tiribsan. Yoki Instagram / YouTube’da nimanidir ko‘rish bilan “bandsan”. Ertalab ishtiyoqsiz uyg‘onishga va yana bir kunni samarasiz o‘tkazishga tayyor turaver. Endi bu xatoni to‘g‘irlash kerak. Kechki payt nechchida uxlashingdan qat’i nazar, ertalab bomdoddan keyin uxlamaslikka odatlan. Balki fahming ochilar, ilmga bo‘lgan rag‘bating oshar. Qilayotgan ishlaringga baraka kirar. #yangichallenge

  • 17 февр.2 440259

    “Universitet hech narsa bermaydi.” Bu gapni ko‘p eshitaman. Lekin asl savol boshqacha: Universitet bermaydimi — yoki biz olmayapmizmi? Universitet sizga tayyor muvaffaqiyat bermaydi. U sizga platforma beradi. U yerda siz: • intizom o‘rganasiz • muhitga tushasiz • tanishlar orttirasiz • fikrlashni rivojlantirasiz • diplom orqali ba’zi eshiklarni ochasiz Lekin universitet hech qachon: • siz uchun pul ishlab bermaydi • sizni avtomatik kuchli mutaxassis qilmaydi • orzularingizni o‘zi amalga oshirmaydi ( Fakt: statistikaga ko‘ra, dunyoda yuqori daromadli professionallarining taxminan 75% da bakalavr diplomi bor, va faqat 15–25% muvaffaqiyatga universitetsiz erishgan. ) Eng katta xato — faqat o‘qituvchiga tayanish. Agar siz: “Darsda nimani o‘rgatsalar shuni bilaman” desangiz — o‘sish to‘xtaydi. Kuchli talabalar boshqacha ishlaydi: • mustaqil o‘qiydi • qo‘shimcha izlanadi • kurslar qiladi • grant va stipendiyalarni o‘zi izlaydi • exchange year dasturlariga hujjat topshiradi • portfolio tayyorlaydi Chet elda o‘qish, stipendiya yutish, xalqaro imkoniyatlar — bularni hech kim kelib qo‘lingizga bermaydi. O‘zingiz qidirasiz. O‘zingiz tayyorlanasiz. O‘zingiz yutasiz. Universitet — bu joy. Natija esa — sizning shaxsiy harakatingiz. O‘qituvchi sizni ma’lum darajagacha olib boradi. Lekin boshqalardan ajratadigan narsa — mustaqil mehnat. Shuning uchun masala universitetda emas. Masala — siz undan qanday foydalanayotganingizda. Universitet hech narsa bermaydi… agar siz o‘zingizga hech narsa bermasangiz.

  • 13 февр.581182из ibrohim_sensei

    Ilmni qurbon qilmang. Ba’zan hayot bizni tanlov oldida qoldiradi: ishmi, o‘qishmi, pulmi yoki boshqa majburiyatlarmi… Kimdir “Nega to‘xtatding?” deb so‘rasa, “Vaziyat shunday bo‘ldi” deymiz. Ammo ich-ichimizda bilamiz eng og‘ir qurbonlik bu ilmni tashlashdir. Hamma tashvishini ko‘taraman deb yashasak, hayot yanada og‘irlashadi. Har bir insonning rizqi ham, sinovi ham, yechimi ham Allohning qo‘lida. U Zot bandaga muammo bersa, albatta uning yo‘lini ham ochib qo‘yadi. Shuning uchun qiyin paytda ham ilmni birinchi qurbon qilmang. Bugun to‘xtasangiz ertaga afsus qilishingiz mumkin. Ilm vaqtinchalik emas, umr bo‘yi siz bilan qoladigan boylik. Qiyin bo‘lsa ham davom eting. Bir kun kelib o‘zingizga rahmat aytasiz. @ibrohim_sensei

  • 11 февр.59419из adarachel_InEd

    I don’t know if you ever feel this way, but the thought of dropping out of university haunts me more than actually studying there🗿

  • Umumiy Psixologiya fani nimaga kerak?

  • Umumiy Psixologiya fani nimaga kerak?

  • 6 февр.70829из rizo_kobe

    #Haónote Nimadadir qatnashding va yutqazding. Keyin senga aytishadi: “E’tibor berma, muhimi ishtirok, tajriba olding.” Qanaqa tajriba? Qanaqa ishtirok? Ich-ichingdan shu gaplarga o‘zingni ko‘ndirding. Xo‘p, keyin nima bo‘ldi? Yana o‘sha temp, o‘sha sustlik, o‘sha bahonalar. Ko‘zingni och. Sen yutqazding. Sendan ko‘ra ko‘proq ishlagan odam yutdi. Bu tasodif emas. Sen esa kichkina miyyangda bitta gapni aylantiryapsan: “Muhimi ishtirok.” G‘oliblar soyasida qolganingda, ichingda nimadir sinmadi-mi? Agar hali ham eski holatingda davom etayotgan bo‘lsang — demak sen na ishtirok etgansan, na tajriba olgansan. Sen shunchaki qatnashib, yutqazishni normallashtirgan odamsan. Get up loser

  • From my personal experience, I can confirm that both teachers and students feel GREAT not only during the lesson, but also for the whole day when the homework is fully done. So dear students, get your homework done and get it done completely!

  • ❗️Endi chet tili 1-fan bo‘lgan yo‘nalishlarga B1 daraja ham imtiyoz beradi #abituriyent Bu bo’yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. ✅ Unga ko‘ra, fanlar majmuasida chet tili 1-fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni…

  • 29 янв.479117из xushnudbek

    ❗️Endi chet tili 1-fan bo‘lgan yo‘nalishlarga B1 daraja ham imtiyoz beradi #abituriyent Bu bo’yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. ✅ Unga ko‘ra, fanlar majmuasida chet tili 1-fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish bo‘yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat asosida amalga oshiriladi. 📜 Fanlar majmuasida chet tili fani mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga qabulda: 🔹 B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball beriladi; 🔹 B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi. ℹ️ Ma’lumot uchun, bungacha faqat B2 dan yuqori darajadagi sertifikat uchun xorijiy til blokidagi testlardan 100 foiz ball berilar edi. Endi esa B1 sertifikati uchun ham 75 foizga teng miqdorda ball beriladigan bo’ldi. Bunda fanlar majmuasida chet tili fani birinchi bo’ladimi, ikkinchi bo’ladimi, farqi yo’q. 👉 @xushnudbek 👈

  • видео или голосовое, без подписи

Munisa's blog | IELTS 8.0 — tgindex