- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 28
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 102
- 1/48двое суток
- 116
- 1/72трое суток
- 126
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Obodlikka eltuvchi ezgu tashabbuslar mahallalardan boshlanmoqda Bugun Kasbi tumanining turli hududlarida olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari mahallalar qiyofasini yangilash bilan birga, aholi uchun yanada qulay va fayzli muhit yaratishga xizmat qilmoqda. “Dolzarb 40 kunlik” doirasida belgilangan vazifalar asosida mahallalarda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ko‘cha va jamoat joylarini tartibga keltirish, sanitariya holatini yaxshilash hamda yashil hududlarni kengaytirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil tashkil etilmoqda. Har bir hududda obodonlashtirish ishlari manzilli tashkil etilib, ichki yo‘llar va ko‘chalar, yo‘l yoqalari, ariq-zovurlar hamda umumiy foydalanishdagi maydonlar tozalanmoqda. Yillar davomida to‘planib qolgan chiqindilar chiqarib tashlanib, daraxtlar parvarish qilinmoqda, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish va manzarali o‘simliklar bilan boyitish ishlari amalga oshirilmoqda. Jarayonlarda faqatgina mas’ul tashkilotlar emas, balki mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ham faol qatnashmoqda. Bu esa obodonlashtirish tadbirlarini oddiy hashar doirasidan chiqarib, mahalla ahlining umumiy tashabbusi va hamjihatligiga aylantirmoqda. Zero, obod mahalla — avvalo, unda yashayotgan insonlarning kundalik hayotida namoyon bo‘ladi. Toza ko‘cha, tartibli hudud, ko‘rkam xonadonlar va ko‘payayotgan yashil maydonlar esa aholi farovonligi va yashash madaniyatining muhim ko‘rsatkichlaridan biridir. Rasmiy sahifalarimiz : 📱Web-site | 📱Telegram | 📱YouTube | 🟥 Instagram | 📱Facebook | 📱 X
без подписи
без подписи
без подписи
Ta’lim maskanidagi bunyodkorlik ishlari e’tiborda Kasbi tumanida ijtimoiy soha obyektlarini zamonaviy qiyofaga keltirish, ularning moddiy-texnik holatini yaxshilash va aholi uchun munosib sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida hududlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan bir qatorda, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi ishlarning amaliy holatini o‘rganish maqsadida tuman hokimi o‘rinbosari Jasur Yo‘ldoshev Xo‘jaqarliq mahallasidagi 48-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, bu yerda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi. O‘rganish jarayonida maktab binosining ta’mirlanish holati, bajarilayotgan ishlarning sifat darajasi, qurilish jarayonlarining tasdiqlangan loyiha va belgilangan muddatlarga muvofiqligi atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, foydalanilayotgan qurilish materiallarining sifati va mablag‘lardan samarali foydalanish masalalariga ham e’tibor qaratildi. Maktabni yangi o‘quv yiliga munosib tayyorlash, o‘quvchilar uchun xavfsiz, qulay va zamonaviy ta’lim muhitini yaratish maqsadida ta’mirlash ishlarini sifatli yakunlash, bino va hududni obodonlashtirish hamda zarur infratuzilmani tartibga keltirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Rasmiy sahifalarimiz : 📱Web-site | 📱Telegram | 📱YouTube | 🟥 Instagram | 📱Facebook | 📱 X
🎼“Mohir pianinochi” tanloviga start berildi Yosh iste’dodlarni kashf etish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston Bolalar tashkiloti tomonidan “Mohir pianinochi” tanlovi o‘tkazilmoqda. Tanlovning birinchi bosqichi 20-avgustga qadar onlayn formatda bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish uchun o‘zingiz ijro etgan fortepiano asarining 5 daqiqagacha bo‘lgan sifatli videoyozuvini tayyorlab, uni Telegram’dagi @pianinochiBot orqali yuborishingiz kifoya. Natijalar 10-sentyabrga qadar Agentlikning rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi. Fortepiano sadolari ostida yangi iste’dodlarni birgalikda kashf etamiz! 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
QASHQADARYO AXBOROTI | Mahalla obodligi - yurt obodligi 😊👍#30iyul |📷INSTAGRAM |🗳 FACEBOOK |✉️TELEGRAM |📹YOUTUBE |✉️RADIO FM 102.3 TELEGRAM |📷RADIO FM 102.3 INSTAGRAM
🗣 HURMATLI YOSHLAR! 🎓Zamonaviy kasblarni egallash, IT yo‘nalishlari hamda chet tillarini BEPUL o‘rganish istagida bo‘lgan yoshlarni taklif qilamiz. ✅ Agar siz ham ushbu yo‘nalishlarda bepul ta'lim olishni istasangiz, Xo‘jaqarliq MFY yoshlar yetakchisi yoki Mahalla fuqarolar yig‘iniga murojaat qiling. 👤 Xo‘jaqarliq MFY yoshlar yetakchisi: Muqimjon Cho‘yanov 📞 Murojaat uchun telefon: +998 90 666-08-80 🚀 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Bugundan harakat qiling va o‘z kelajagingizga mustahkam poydevor yarating! 😎 Telegram
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи