Musannif Adham
СтатистикаХолисликка даъво қилмайман, аммо холис бўлишга ҳаракат қиламан. Фикрларим, қарашларим умумқабул қилинган стандартларга тўғри келмаслиги, яъни, сизникидан фарқли бўлиши мумкин.
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 6
- Всего постов
- 24
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 317
- 1/48двое суток
- 363
- 1/72трое суток
- 391
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
O‘qigandirsizlar, O‘zbekistonda Prezident administratsiyasining mansabdor xodimlarida daxlsizlik huquqi, immunitet bo‘larkan — ularni beruxsat qamoqqa olib bo‘lmas ekan, hatto jinoyat ishi ham ochib bo‘lmaydi (ishqilib, superodamga aylantirib yuborishibdi Administratsiya kotakonlarini, quturib ketishmasa edi endi). Lekin, menimcha, O‘zbekistonda “daxlsizlik”, “immunitet” degan gaplarning qadri — taxminan bir tiyin atrofida. Do‘ppi tor kelsa, Konstitutsiyaviy qonun ham, Konstitutsiya ham oyoqosti qilinadi. Xuddi “O‘zbekneftgaz” sobiq rahbari Bahodir Sidiqov bilan bo‘lganidek — u qamoqqa olinayotgan vaqti deputat ham bo‘lgan, O‘zbekistonda esa deputatni qamoqqa olishdan avval uning kengashdoshlari oldidan o‘tib, ularning “ha, mayli” degan gapi olinishi kerak (bir og‘iz so‘ralsa, deputatlar ham odam — yo‘q demaydi, hech qachon yo‘q demagan ham). Qog‘ozda yozilgan qoidasi shunday. Lekin Sidiqovga kelganda bu qoida unutilgan (yoki vaqt juda ziq bo‘lganmi, kim bilsin). Davlat xizmatchilari aybi hali isbotlanmagan bir odamni qamoqqa olish jarayonining o‘zidayoq Konstitutsiya tilka-pora qilib tashlagani aytilayotgan sudni ochiq o‘tkazib bo‘ladimi axir?
Қонунчиларимиз "диний экстремизм" атамасидан "диний" сўзини олиб ташлаб, "экстремизм" сифатида ишлатиладиган қонун лойиҳасини ишлаб чиқишибди. Айтишларича, Сенат мажлисида бундай ўзгариш экстремизмни муайян дин билан боғлаш амалиётига чек қўйиши таъкидланди. Яъни, экстремистик ҳаракатларга ҳуқуқий баҳо беришда уларнинг қайсидир дин билан боғлиқлиги эмас, содир этилган хатти-ҳаракатнинг ўзи асосий мезон бўлиши керак. Шу орқали қонунчиликда ягона ҳуқуқий ёндашувни шакллантириш режалаштирилган. Яна, “Экстремизм” тушунчасининг чегаралари ҳам аниқ белгилаб қўйилади. Ҳозирги қонунчиликда мавжуд айрим умумий ва мавҳум иборалар бу атамани турлича талқин қилишга имкон бериши мумкинлиги қайд этилган. Янги тартибда экстремизмга аниқ саккизта хатти-ҳаракат доираси асосида таъриф берилади. Бу ҳуқуқни қўллаш жараёнида тушунчани ҳаддан ташқари кенг талқин қилиш ёки унга субектив ёндашишнинг олдини олишга хизмат қилиши кутилмоқда. Демак, қонунчиларимиз шу пайтгача қўллаб келинган "диний экстремизм" атамаси нотўғрилигини, экстремизмни динга боғламаслик кераклигини; қолаверса, экстремизм сўзига шу пайтгача аниқ таъриф берилмагани, натижада уни исталганча талқин қилиш мумкинлигини очиқ тан олишибди. Начора, ҳечдан кўра кеч яхши. Лекин шу ерда бир савол туғилади-да: шу кунгача "диний экстремизм" айблови билан қамалган, судланган ўн минглаб фуқаролар ишида ноҳақлик, адолатсизлик, зулм бормиди? Ахир бу атамани истаганча кенг талқин қилиш мумкин экан-ку. Агар шундай бўлса, бу атамани қўллаб қамалган, жазоланган инсонлардан кимдир кечирим сўрайдими, уларга нисбатан зулм бўлганини эътироф этадими? Бу саволга ҳеч ким жавоб бермаслиги, бу вазият индамасдан ўтказиб юборилиши ҳақиқатга яқинроқ. Айни пайтда, "диний экстремизм" атамаси оддий "экстремизм"га ўзгарар экан, бошқа бир хавотир бор: яқинда шу парламент минбаридан "экстремизм фақат диний бўлмай, сиёсий ҳам бўлиши" ҳақида гапирилганди. Агар бу тушунча қонунлаштириб қўйиладиган бўлса, сиёсий танқидлар учун ҳам одамларни айбдор қилиш бошланади. Бу эса энг хатарли ҳолатлардан биридир. Энг яхшиси, шу пайтгача қонунчиликда аниқ таърифи бўлмаган "экстремизм" деган атамани бутунлай йўқотиш, уни ҳуқуқий ҳужжатлардан чиқариб ташлаш керак эди. Чунки бу атама ҳар доим ўзгача фикрловчиларни жазолаш учун ишлатилади.
Русланбек Давлетов ишдан кетди Русланбек Давлетов Ўзбекистон Республикаси Президентининг вакиллик органлари, нодавлат нотижорат ташкилотлар ва ёшлар масалалари бўйича маслаҳатчиси лавозимидан озод этилди.
Pahlavon Sodiq. “Ozodlik”, “BBC”. Erkin matbuot. Bosim va tahdidlar “Vatandoshlar” podkastining bu galni mehmoni tajribali jurnalist, publitsist va shoir, uzoq yillar “BBC” va “Ozodlik” tahririyatida ishlagan Pahlavon Sodiq. 🟢1998-yil Pahlavon Sodiq Jizzaxda Shavkat Mirziyoyev bilan kabinetda nima haqida suhbat qilgandi? 🟢Islom Karimov va Shavkat Mirziyoyev davridagi matbuot erkinligi; 🟢Nega "Ozodlik" muxbirlarida akkreditatsiya yo‘q? 🟢“Ozodlik”ni missiyasi nima? 🟢O‘zbekistondagi matbuot kotiblari kim? 🟢 “Ozodlik” saylovga ta’sir qilishga uringanmi? 🟢Tashkilotlarga tanqid ta’sir qilmay qo‘ydimi? 🟢“Ozodlik” faqat negativ xabarlar tarqatadimi? 🟢Pahlavon Sodiq nega shoirlikni to‘xtatdi? ⌛ Huquqshunos, mediamenejer Botirjon Shermuhammad va jurnalist Sanjar Saidning shu kabi muhim savollariga javob berdi. ▶️ Toʻliq videoni tomosha qiling: https://youtu.be/KM-bEM983i4 😎 Bizga obuna bo‘ling: @vatandosh_net Veb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube
🔴 Каримовдан Мирзиёевгача: сиёсий имиж, сотқинлик ва ўғирланган миллиардлар ҳақида 🎥 Батафсил видеода Ислом Каримовга ўз вақтида кескин саволлар бера олган журналист, BBC ва Озодликда ишлаб, Ўзбекистон ҳокимияти билан матбуот ўртасидаги энг мураккаб даврларнинг бевосита гувоҳи бўлган Паҳлавон Содиқ билан очиқ суҳбат. -“Журналист одам Ватанни сотиши мумкин эмас. Чунки унинг Ватандан бошқа ҳеч вақоси йўқ” - “Матбуотни Каримов даврига солиштириш — нолга солиштириш дегани” - “Ҳеч қайси ҳукумат матбуотни яхши кўрмайди. Лекин ҳисоблашишга мажбур” - “Каримов бизни 100–200 доллар олган ойлигимиз учун “долларга сотилганлар” деб маломат қилган пайтлари, унинг қизи миллиардларни ўмариб ётган эди. Орадан 10–15 йил ўтиб, буларнинг ҳаммаси фош бўлди” Telegram |Instagram | You Tube | Facebook | X
Hozirgi qonunchilikdagi g'alati holat shundaki, bunday haydovchilarning qilmishi kimdir jiddiy jarohatlanmaguncha yoki halok bo'lmaguncha, asosan ma'muriy huquqbuzarlik darajasida qolar ekan. Ya'ni haydovchi shaharda 210 km/soat tezlikda yurishi mumkin, yuzlab odamlarning hayotini xavf ostiga qo'yishi mumkin ammo omad kelib, hech kimni urib ketmasa, jinoyat ham yo'q. Bor yo'g'i 6 million so'm ekan jarimasi, 15 kun ichida to'lasa 3 million so'm bo'ladimi? Juda kulguli va umuman arzimagan pul-ku bunday qilmish uchun. Qoidabuzarlar uchun bu arzon reklama desa ham bo'ladi, jazo emas. 200 km/s yuribdi deb barcha sahifalarda reklama qilib olarkan o'zini, yuziga vijir-vijir qo'ydirib. Menimcha, aynan shu joyi o'zgarishi kerak. Gap haydovchi kimnidir o'ldirishni qasd qilganida emas. Gap uning o'z xohishi bilan, ongli ravishda o'ta xavfli tezlikni tanlaganida. Hech kim 210 km/soat tezlikka o'zidan-o'zi chiqib qolmaydi. Gazni kimdir uning o'rniga bosib bermaydi. Bu ongli qaror. Va qonun faqat oqibatni emas, o'ta xavfli qilmishning o'zini ham jiddiy jazolashi kerak. Nega jinoiy javobgarlik masalasini ko'rish uchun avval kimningdir suyagi sinishi yoki jasadi paydo bo‘lishi kerak? Jazo faqat sodir bo'lgan fojiaga javob bo'lmasligi kerak. Jazoning vazifalaridan biri fojianing oldini olish bo'lishi kerak. 3-6 million so'mlik jarima bunday xatti-harakatlarning xavflilik darajasiga mutlaqo mos emas. Ayrimlar uchun bu jarima jazodan ko'ra shunchaki "tez yurish narxi"ga aylanib qolibdi. Shaharda bunday tezlikda yurganlar ma'muriy jazo emas, jinoiy javobgarlikka tortilishi kerak, haydovchilik guvohnamasi 1-2 yilga olib qo'yilishi va shaxslar esa kamida 2-3 oyga qamalishi kerak. Shunda ertaga o'zi ham, boshqasi ham o'rnak oladi. Aks holda instagramda tekin reklama deb yuraverishadi, bunday bosar tusarini yoqotib qo'yganlar. Oliy Majlis bu masalani jiddiy ko‘rib chiqishi, qonunchilikni o'zgartirishi kerak deb takroran aytaman, bugun ham. Oddiy tezlik oshirish bilan o'ta xavfli, qasddan ekstremal tezlikda harakatlanish o'rtasida qonunda aniq farq bo'lishi kerak. Kuni kecha Rossiyada bir nechta vatandoshlarimiz urush natijasida halok bo'lishgan edi. O'zbekistonning ichida ham shunday ko'lamda har kuni odam o'ladi, to'g'rirog'i o'ldiriladi - yo'llarda. Bu ham urush. O'zimizning ichimizdagi urush. @uzbekonomics
Yaxshilik bilan tugamaydi bu harakatlar. @trolluz
O‘choq, po‘choq, yotoqxona, molxona, itxona, cho'chqaxona tozaligini tekshirish tadbirlaridan keyin endi "sharmandali mahalla", "sharmandali xonadon" degan ahmoqgarchilikni o‘ylab topishibdi. Chinoz hokimi kecha shu ishni boshlab berdi. O'zbek amaldorlari orasida yo‘l, svet, gaz va suv kabi muammolarni hal qilish o‘rniga, odamlarning darvozasidan pismayish, ularga ma’naviy sudyalik qilish urfga kirdi. Va kimdir bu uyatsizliklarni to‘xtatmasa, yaqinda butun dunyo bizni ham Turkmaniston, Shimoliy Koreya kabi davlatlar qatorida tilga ola boshlaydi. Allaqachon gapirishmoqda ham. Nahotki, o'zbek davlatchiligi boshqaruvi shundaylar qo‘lida qolgan, a? Odamlarni obod muhit bilan ta’minlay olmagan hokimiyatning ularni kamsitishga va tamg‘alashga qanday haqqi, haddi bor? Ey, tentaklar, sizning vazifangiz "ma’naviyat politsiyasi" bo‘lish emas, infratuzilmani o‘nglash, qonun ustuvorligini ta’minlashdan iborat. Odamlarning uyi, turmushiga tamg‘a bosishdan oldin, o‘z mas’uliyatingiz va ish faoliyatingizga bir qarab qo‘ying-chi, asl sharmandalik qayerda ekan. @haqiqatdailyos
Shahrisabz hokimining xatti-harakatlari elga ovoza bo‘lganiga ham, mana, Xudo xohlasa, 72 soat bo‘lyapti, shekilli. Buyoqdan yana yangi-yangi sharmandalar, uyatsizlar chiqib turibdi. Es-hushi joyida bor hamma bu vallomatlarning qilayotgan ishlari odamgarchilikka ham, qonunchilikka ham to‘g‘ri kelmasligini aytyapti. Boshida davlatga aloqador bir-ikki tuzilma ham nimadir degandek bo‘ldi, ammo “yuqori”dan boshqa reaksiya bo‘lgani yo‘q. Bo‘ladiganga ham o‘xshamayapti. Joylardagi davlat xizmatchilarining bunday chidab bo‘lmas harakatlari — shuncha shovqin-suron va e’tirozlarga qaramay — hozirgidek jim kuzatib turilaversa, demak, “bu davlat siyosati ekan”, “bu quyi bo‘g‘indagi uquvsiz ijrochilarning yana bir farosatsizligi emas, balki butun hokimiyat tizimining ongli qarori va harakati ekan”, degan xulosaga kelish mumkinmi? Umuman, Mustaqillik bayrami arafasida shu bayram nomi bilan qilinayotgan bu ishlar qandaydir yakkam-dukkam holatlar yo xususiy tashabbuslar emas, balki umummilliy kampaniya ekanini ko‘pchilik anglab bo‘ldi. Lekin bu ishlar qanchalik qonuniy? Aholini “uyingni tozalamasang, falon mln so‘m jarimaga tortilasan?”, deb terror qilish uchun qonuniy asoslar bormi? Bu jarayonda aholining haq-huquqlari qanchalik buzilyapti? Davlatimizda bu savollarga javob bera oladigan dunyo jahon tuzilmalar bor: Inson huquqlari bo‘yicha markaz (eng zo‘ri shu o‘zi — rahbari Senat raisi Senat raisligidan boshqa ishni qilishga umuman majbur emasligini isbotlab bergan axir!), Bosh prokuratura (qonuniylik bo‘yicha qandaydir baho berishi mumkin-ku), oxir-oqibat, butun boshli Adliya vazirligi. To‘g‘rimi? Biror munosabat bildiring siz ham. Iloji bo‘lsa, bo‘layotgan ishlar to‘g‘ri yo noto‘g‘ri, deb dangalroq ayting. Siz ham uyma-uy yurib, hojatxona, hammom va oshxonalarni tekshirib yurgan bo‘lmasangiz agar.
Адолат камайса давлат аппарати кенгаяди. Адолат ва бюджет камайса репрессия (дубинкалилар) кенгаяди. @Hamid_Sodiq
Mahalla xodimining rasmiy faoliyatiga hadisning nima aloqasi borligini so‘raganimda esa: “Hadis — O‘zbekistonda ikkinchi asosiy kitob”, deb javob berdi.
Ukrainaning Rossiyaga dron zarbalari, o‘zbekchasiga aytganda, “Dolzarb 40 kunlik” degan tadbir doirasida bo‘lganini kuni kecha bilib qoldim (aslida “40 kunlik ta’sir operatsiyasi”. 40 kun Rossiyani dronlar bilan shunday uramizki, birinchidan, rossiyaliklarning o‘zi ham his qilsin urushni, ikkinchidan, butun dunyo ko‘rsin Rossiyaning ahvolini va bizning qudratimizni, degandek maqsadlar bo‘lgan, deb yozishibdi, qayerdadir. Tan berish kerak, Rossiyaning jig‘ini ancha ezib qo‘ydi ukrain tushmagurlar. Neft zavodlarini ishdan chiqarishlar, benzin shoxobchalaridagi kilometrlik navbatlar, ulkan logistika markazlarining kulga aylantirilishi — to‘rt yil avval Rossiya shu ahvolga tushadi desa birov ishonmasdi. Hozir esa butun dunyo Rossiyaning achinarli ahvoli haqida gapiryapti. Endi, Ukrainadagi “Dolzarb 40 kunlik” tugagan vaqtda, bizning jonajon Vatanimizda boshqa bir “Dolzarb 40 kunlik” boshlanib qoldi. Bu 40 kunlikning quroli — innovatsion dronlar emas, balki o‘zimizning eski, qo‘pol, dag‘al hokimbuvayu raisbuvalar. Ukrainaning “Dolzarb 40 kunligi” bu mamlakat qudratini dunyoga qanday ko‘z-ko‘z qilgan bo‘lsa, bizdagi “Dolzarb 40 kunlik” ham tez orada qandaydir dong‘imizni chiqaradi. Chunki allaqachon ruscha nashrlar bu dolzarb mavzu haqida yozib bo‘ldi, ulardan hali boshqalar ham oladi, ijtimoiy tarmoqlar kulgiga to‘lyapti va to‘lishida davom etadi, eh-he, ishqilib, Sirdaryodagi madhiya vaqti qo‘lini qayerga qo‘yishni bilmagan ofitserlardek mashhurlik kutyapti. Xuddi shu vaqtda Qashqadaryodan bir kishi yozyapti: Quyidagi suratda ko‘rsatilgan eslatma varaqasini tashlab ketgan mahalla xodimining aytishicha, agar uyning hojatxona, hammom, oshxona qismlari tozaligi qoniqarsiz bo‘lsa, bizga 5,2 mln so‘m jarima solinarkan. Xodim bu haqda og‘zaki ogohlantirdi, ammo Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning qaysi moddasiga asoslanayotganini so‘rasam, tayinli javob bera olmadi. Eng qizig‘i, bu talablar qanday qonuniy asosga ko‘ra ilgari surilayotganini so‘rasam, u hadisdan misol keltirdi. Mahalla xodimining rasmiy faoliyatiga hadisning nima aloqasi borligini so‘raganimda esa: “Hadis — O‘zbekistonda ikkinchi asosiy kitob”, deb javob berdi. Mana shunaqa ahvol. Ukrainaning Rossiyaga qarshi “Dolzarb 40 kunligi”ni havas bilan tomosha qilib, o‘zimizning hokimbuvayu raisbuvalarning fuqarolarga qarshi “Dolzarb 40 kunligi”dan eson-omon chiqib olish hammamizga nasib qilsin! Mustaqilligimizning 35 yilligini zo‘r kayfiyatda kutib olaylik!
Чўнғара ва Тоштепа қишлоқларини Қирғизистонга расман топшириш бошланди Қайд этилишича, бу икки аҳоли пунктида асосан этник қирғизлар яшайди.
Ҳокимларнинг саройларида солиқ тўловчилар тафтиш ўтказса нима бўларди? Агарда ҳоким солиқ тўловчининг уйига шундай кириб бориши, жеркиши, тергаши, изза қилиши мумкин бўлса ва бу прецедент ҳуқуқий баҳосиз ва оқибатларсиз қабул қилинса (омбудсман изоҳи ва антикоррупция агентлиги тақдимномалари кифоя эмас), солиқ тўловчилар ҳам судсиз ва ордерсиз ҳокимтўранинг уйига кириб, уни сўроқ саволга тутиши мумкин бўладими? Қанақа пандора қутиси очилаётганини тасаввур этмоқдасизми? Тасаввур қилинг, солиқ тўловчилар ҳокимларнинг саройи, дачаси қайси пулларга қурилгани, активлари ва бизнеслари кимларнинг номига расмийлаштирилгани, машиналарнинг манбаи, қиммат идиш товоғи, италянча костюмлари ва пўрим мебеллари қаердан келтирилгани, тилла ва заргарлик буюмларини кимлар совға қилганини, холодильнигини кимлар тўлдиришиб кетишини, хизматкорларга кимлар маош тўлашини сўраши мумкинми? Декларациялаш йўқ-ку ҳалиям, 9 йилдан бери ҳар гал янги баҳона билан пайсалга солинмоқда. Солиқ тўловчилар эса ҳокимтўраларнинг даромадлари ва яшаш тарзи мутаносиблигини билмоқчи (шу жойда дронлардан фойдаланиш тақиқи эсга тушади). Жаноб ҳокимтўра ўша ўзи тергаётган фуқаро тўлаётган солиқлар ҳисобига яшаётганини билмас, тушунмас (балки шунинг учун ҳам у ҳоким этиб қўйилган), лекин фуқаро ҳоким аслида унинг хизматкори эканини тушуниб ва жавоб ташрифи билан ҳокимникига келиб қолса, нима бўлади? Ҳоким фермерни уриб сўкса - ҳайфсан, фермер ҳокимга жавоб қайтарса-чи, деган ёқимсиз ва жавобсиз риторика бу ерда ҳам ўринлими?
«Маҳалла каналида ўзингизни кўрасиз» – Шаҳрисабз тумани ҳокими «уйбай» рейд ўтказди Шаҳрисабз тумани ҳокими Самад Ҳасанов хусусий уйлардан бирига кириб, уй эгаси бўлган аёлни вояга етмаган фарзанди кўз ўнгида мулзам қилди. 11 дақиқаю 6 сония давом этган видеода ҳоким бир неча бор ўз ваколатлари доирасидан четга чиқиб, аёлнинг шахсий ҳаётига аралашгани, уни камситгани ва қўрқитганини кўриш мумкин. Унга аёл кундузи ухлаши ҳам ёқмаган. Ҳокимлик ўз изоҳида бу уйга тасодифан кирилганини айтади, аммо видеода айтилган гаплар буни рад этади. Бу ҳолат жамоатчиликнинг кескин танқидига сабаб бўлди. Омбудсман ва Антикоррупция агентлиги ҳам ҳокимнинг ҳаракатини қоралади. 👉 https://kun.uz/kr/67610237 Kun.uz расмий канали
Феруза исмли синглимиз оғир дард билан синовдан ўтмоқда. Шифокорлар текширувидан сўнг бош мияда атрофия белгилари аниқланиб, зудлик билан даволаниш ва мунтазам мутахассис назорати тавсия қилинган. Даволаниш харажатлари оиласи учун оғирлик қилмоқда. Шу сабабли Аллоҳ розилиги учун саховат қилишни истаган барча инсонларга мурожаат қиламиз. Синглимиз дарддан фориғ бўлиши учун имконингиз етганича эҳсон қилинг. 5614 6829 0640 9273 uzcard 5614 6816 2451 7763 uzcard Карталар Feruza R. номида.
видео или голосовое, без подписи
Bu manzara menga shuningdek, yonida mirshab bilan mahalla oralab, oddiy xalqni qul oʻrnida koʻrgan 16-17-asr monarxlarini eslatyapti. Chunki monarxlar dunyoqarashida ham «xususiy mulk», «shaxsiy hayot» va «inson qadri» degan tushunchalar bo'lmagan. Bunday oliy qadriyatlarga ularning aqli yetmagan. Tarix takrorini qarangki, ular 21-asr va 2020-yillar o'zbek hokimlari qiyofasida qayta tirildi.
Jamiyatimizda va o'zbek tilidagi axborot makonida kirill yozuvining qamrovi haligacha juda keng ekan. U nafaqat 30 yil o'tib saqlanib qolgan, balki faol ishlatilmoqda ham ekan. Menimcha, alifbo masalasidagi asosiy muammolardan biri aynan shu edi. Alifbo va til islohoti deyilganda men, avvalo, kirilldan batamom voz kechib, jamiyatni amaldagi lotin yozuviga to‘liq o‘tkazish haqida gap ketadi, deb o‘ylagandim. U o'tish uchun Sh bilan Ch halaqit qilmayotgan edi masalan, jiddiy bo'laylik. Kirill qamrovini sezish uchun O'zbekistonda kundalik hayotda axborot-kommunikatsiyaning mutlaq yetakchisi bo'lgan manbaga ya'ni Telegramga qarashning o'zi yetarli. Shu yerda pauza olib, o'zingiz o'qiydigan kanallarga bir ko'z yuriting, ayniqsa kattaroq avlod egalari. Barmoq bilan ishora qilish yoki ayblash uchun emas, shunchaki misol tariqasida olaylik. O'zbek tilida yozadigan, obunachisi va o'qishlar bo'yicha birinchi o'rinda turuvchi va 1 milliondan ko'p obunchasi bor Kun.uzning asosiy telegram kanali ham, millionga yaqin obunachisi bor bloglar ham, 400 minglab obunchasi bor bo'lgan eng katta futbol blogerlari/sharhlovchilar ham, Milliy axborot agentligi ham, va telegramdagi boshqa 100-200 minglab obunchasi bor bo'lgan bloger va yangilik kanallari shu kungacha kirillda yozib kelishar ekan. Tabiiy savol tug'iladi: nega? Men ular amaldagi lotinga faqat ataylab yoki qasddan o'tmagan, demoqchi emasman. Aksincha, demak, kirilldagi kontentga talab bor. Millionlab odam bu kanallarni bekorga o'qimaydi. Ehtimol, kontent yaratuvchilarning o'zi lotinda yozishga qiynalar. Balki ularning auditoriyasi lotinda o'qishga qiynalar. Har qanday holatda ham aholining axborotni eng faol yaratadigan va iste'mol qiladigan qatlamida kirill hali ham keng tarqalgan va unga ehtiyoj mavjud. Buning ta'siri faqat sovet davrida maktabga borgan avlod bilan cheklanib qolmaydi. Ya'ni kirillda yozadigan yirik kanallar faqat kirillda savod chiqargan tengdoshlariga murojaat qilmayapti. Masalaning boshqa muhim tomoni ham bor - ular kirillda yanada ko'proq yozilishiga va ishlatilishiga yangi talabni ham uyg'otishmoqda. Mustaqillikdan keyin tug'ilgan, maktabda lotin yozuvida savod chiqargan yoshlar ham eng yaxshi futbol blogini, eng tezkor yangilik kanalini, parlament xabarlarini yoki davlat idorasining rasmiy sahifasini kuzatmoqchi bo'lsa, ko'pincha kirillda o‘qishga majbur bo'ladi. Ya'ni maktab bolaga lotinda savod beradi, jamiyat esa uni baribir kirillni o'rganishga va undan foydalanishga majbur qiladi. 1991-yildan keyin tug'ilganlarning ham kirillda blog yuritishi, yozishi, va o'qishi bunga dalil. Shunday ekan, asosiy muammo amaldagi lotin alifbosida Sh yoki Ch borligidami? Yoki 30 yil davomida lotinni jamiyatning haqiqiy, yagona va ustun yozuviga aylantira olmaganimizdami? Hozirgi lotinga 30 yil davomida o'tmagan odam yangi lotinga ertaga nimaga o'tishi kerak? Uni shu paytgacha kirillda ushlab turgan sabab Sh va Ch bo'lganiga qanday dalil bor? Hech qanday. Hech kim kafolat bermaydi, yuqorida tilga olingan va mutlaqo barcha ertadan kirilldan lotinga o'tadi deb. Baribir kirillda yozaverishadi, ayniqsa buni oqlayotganlar ko'pchilikni dumli Sh va Chga ro'para qilib o'zlari kirillda davom etaverishadi. O'tishga majburlangan taqdirda ham qiynaladi, yozuvchi ham o'quvchi ham. Aksincha, baribir kirill qulay ekan deb battar ommalashishi mumkin. Hozir amalda ikki yozuv - kirill va lotin yonma-yon yashayotgan bo'lsa, ertaga uchta yozuv paydo bo'ladi. Avval mavjud va juda katta muammoni - kirill va lotinning 30 yildan beri parallel yashayotganini hal qilmay turib, lotinning o'zini yana ikkiga bo'lish va parallel yashaydigan uch yozuvni yaratish qanchalik oqilona degan savol o'rinli. @uzbekonomics
Олмазор туманида қурилиш олиб борилаётган ҳудудда ер ўпирилиб тушди Олмазор тумани, Орзу массивидаги қурилиш объектида кўпқаватли уйга туташ тарзда қурилиш ишлари олиб борилган. 2 август куни ушбу ҳудудда ер ўпирилиб тушган. Ҳокимлик матбуот хизмати ҳодиса оқибатида жабрланганлар ва тиббий ёрдам сўраб мурожаат қилганлар йўқлигини маълум қилди, лекин Kun.uz’га воқеа жойидан келиб тушган видеода бир кишига ёрдам кўрсатилаётгани акс этган. 👉 https://kun.uz/kr/65131393 Kun.uz расмий канали