SIMA | Muslimbek Abdurakhimov
СтатистикаStudied in Russia🇷🇺 Germany🇩🇪 Norway🇳🇴 ✈️Traveled: 27 countries / 198 YouTube channel: https://www.youtube.com/@MuslimbekAbdurakhimov Instagram: https://www.instagram.com/_muslimbek_01/ 📩 Rek and contact: @simplelearn_main_admin
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 08:08
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 32
- Тип
- открытый
- Язык
- английский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 291
- 1/48двое суток
- 333
- 1/72трое суток
- 359
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
📎Noldan IELTSgacha online kurs qidirgan sizmidiz? 📎Har kuni intensive va davomiy, imtihonga asoslangan tizimda o'qiyman deganmidiz? 📎Meni qattiq nazorat qilishsa keyin o'qiyman deganmidiz Hmmm, demak unda sizga bizning intensive IELTS kursimiz kerak! 📎4 ta skill bilan teng ishlash; 📎Kuchli individual nazorat va tizim; 📎 Noldan IELTSgacha Amerikaning ASU universiteti tizimiga asoslangan darslar. Siz biz bilan Inglizchani faqat Grammatikadan iborat emasligini ko'rasiz! Shoshiling darslar 15 avgustdan boshlanadi. Qabul tugashiga 1 kun qoldi! Murojaat uchun: @simplelearn_main_admin
без подписи
без подписи
Qo‘qonga sayohat ham o‘z nihoyasiga yetdi. Umuman olganda, safar yomon o‘tmadi. Aslida, shaxmat turnirida qatnashish uchun borgan edim. Natijalar, afsuski, ko‘ngildagidek bo‘lmadi, lekin hech bo‘lmaganda ozgina bo‘lsa-da, madaniy hordiq chiqarib, yangi joylarni ko‘rishga muvaffaq bo‘ldim. Qo‘qonga keladigan bo‘lsam, shahar menga yoqdi. Ayniqsa, parklari va Xudoyorxon masjidi juda chiroyli ekan. Afsuski, shaharning boshqa diqqatga sazovor joylariga borishga imkon bo‘lmadi, ularni keyingi safarga asrab qo‘ydim. Odamlarning muomalasi esa ajoyib, juda samimiy va mehmondo‘st ekan. @Muslimbek_01
Hello, Kokand 🇺🇿 @Muslimbek_01
Bugun gymga qatnay boshlaganimga 40 kun bo‘ldi. Bu vaqt ichida 19 kun gymga chiqdim. Hozircha 1 kun mashg‘ulot, 1 kun dam rejimida ketyapman. Juda katta natijalar haqida gapirishga hali erta)) Lekin shu qisqa vaqt ichida o‘zim sezgan bir nechta o‘zgarishlar bor. 1. Energiyam ancha oshdi. Oldin kun davomida o‘zimni lanj his qilardim. Hozir esa ertalab uyg‘onish ham, kunni faol o‘tkazish ham ancha osonlashdi. 2. Uyqu sifati yaxshilandi. Kechqurun tezroq uxlab qolyapman, ertalab esa ertaroq uyg‘onayapman. Eng muhimi, asta-sekin kun tartibim ham iziga tushmoqda. 3. Ovqatlanishga e'tibor bera boshladim. Oldin kaloriyaga deyarli e'tibor bermasdim, hozir esa organizmga nech kaloriya kerakligi va nech kaloriya ketayotganini ko‘proq kuzatyapman. 4. Vazn ham shunga yarasha asta-sekin oshmoqda. Bu men uchun ijobiy o‘zgarish. Avval, 75 kilo atrofida yurardim. Hozir uje 76,5 kiloga chiqdim. 1-2 oyda yana ulashaman natijalar bilan) @Muslimbek_01
Real Farengeyt bo‘yicha 451. Anthropic kompaniyasining mualliflik huquqi bo‘yicha o'tgan yilgi mashxur sud jarayoni esingizdami? O‘shanda bir guruh yozuvchilar AI modelini ularning asarlarida o‘qitgani uchun kompaniyani sudga berishgandi. Sud pirat nusxalar uchun jarima solgan bo‘lsada, rasman sotib olingan bosma kitoblardan modelni o‘qitishda foydalanishni «halol foydalanish» (fair use) deb topgandi. Endi esa aynan mana shu narsa yangi trendni ochib berdi. Endi AI laboratoriyalari ommaviy ravishda qog‘oz kitoblarni sotib olib, raqamlashtirmoqda. Bu kitoblar asosan 2022- yilgacha chiqan qog'oz kitoblar, chunki aynan mana shunaqa kitoblar AI slopdan holi hisoblanadi. Process esa quyidagicha bo'ladi, kitoblar skanerlanishidan oldin muqovasidan ajratilib qirqiladi va varaqma- varaq skanerga uzatiladi. Natijada kitob obyekt sifatida butunlay yo'q bo'lib ketadi. Albatta, bunga to'g'ridan- to'g'i dalillar yo'q, chunki AI kompaniyalari bunaqa haridlarni vositachilar orqali amalga oshiradi. Bunday o'ylab qarasa, bu juda ko'p tirajli kitoblar uchun xavflimasdek tuyiladi, lekin ba'zi bir manbaalar noyob va qayta nashr qilinmaydigan kitoblargacha sotib olinayotgani haqida aytayotgan ekan. Bu esa fojiali) Usha mashxur Farangeyt asari yodimga tushib ketdi buni o'qib) @Muslimbek_01
Bu esa ish joyimdan ko'rinib turadigan manzara. 10 etajli binoning, 9 etajida ishlaymiz. Butun Toshkent ko'z oldingizda. Texnikadan, Macbook M1 Pro 16GB | 512GB qilib ham berishdi) Kamiga barcha infrastrukturalar bor. Istalgran proyekt uchun yetarli sharoit bor (albatta bu kompaniya uchun bo'lsa). O'zbekistonning o'zida shunchalik sharoit qiib berishayotgani odamni juda xursand qildi. @Muslimbek_01
Navbatdagi muvaffaqiyatimiz! 🎉 Kanalimiz obunachisi Dilraboxon bizning yordamimiz bilan Germaniyadagi Martin Lyuter nomidagi Halle-Vittenberg universitetiga (Martin-Luther-Universität Halle-Wittenberg) Anglo-Amerika adabiyoti, tili va madaniyati yo'nalishi bo'yicha grant asosida magistraturaga qabul qilindilar! Obunachimizni ushbu katta qadam bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! 🥳 🏙 Shahar va universitet haqida qiziqarli ma'lumotlar: “ Oq oltin” ustiga qurilgan: Halle nomi kelt tilidagi “tuz” degan ma'noni anglatadi. O‘rta asrlarda shaharga tabiiy sho‘r suv manbalari katta boylik keltirgan va tuz ishlab chiqarish bilan Halloren deb ataluvchi afsonaviy tuzchilar gildiyasi shug‘ullangan. Bundan tashqari Halle 1804-yilda tashkil etilgan Halloren fabrikasi Germaniyadagi eng qadimiy shokolad fabrikasi hisoblanadi Birinchi “zamonaviy” universitet: 17-asr oxirida Halle universiteti qat’iy diniy dogmalarni ilmiy izlanish va ratsionalizm bilan almashtirib, ilm-fanda yangi davrni ochib berdi. Masalan, professorlar ma’ruzalarni lotin tilida emas nemis tilida o‘qiy boshlagan Yevropadagi eng birinchi universitetlardan biri bo‘lgan. Mashhur bitiruvchilari va professorlari orasida matematik Georg Kantor (to‘plamlar nazariyasi asoschisi), kompozitor Georg Fridrix Hendel hamda Nobel mukofoti sovrindori, fizik Karl Ferdinand Braun (elektron-nurli tube muallifi) lar bor. 🔥 Siz ham Germaniyaning nufuzli universitetlarida ta'lim olishni istaysizmi? Unda @uzbek_europe_admin murojaat qiling! #StudyInGermany #BizningNatija ♻️ Germaniyalik o'zbek
Bugun xalqaro shaxmat kuni. Bugungi bayram bilan barcha shaxmat ixlosmandlarini tabriklayman. Shaxmatda qiziqishda davom eting. Chunki, 9 jahon chempioni Tigran Petrosian aytganidek: SShaxmat shakliga ko'ra o'yin, mazmuniga ko'ra san'at, uni mukammal egallash qiyinligiga ko'ra esa fan kabidir. Barchangizga o'tkir tafakkur, chiroyli kombinatsiyalar va yangi g'alabalar tilayman! ♟️ Agar sizdayam Chess com da druzyaga qo'shib yuboring: https://www.chess.com/member/muslimbek_01 @Muslimbek_01
Bu sinfdoshimning kanali. Yevropa hayotiga qiziqqanlar uchun. Yaxshi postlar yozadi. P/s: Reklama emas, shaxsiy tavsiya)
Taqdir taqazosi bilan Germaniya taraflarga o’zim kutmagan, noodatiy holatda- nemis millatiga mansub inson bilan turmush qurib kelib qoldim. Hozirda Gamburg shahrida istiqomat qilaman. Talab va takliflarga binoan, Yevropa hayotini bo’rttirmasdan, boricha, pushti ko’z oynaklarni yechib ko’rsatishga qaror qildim. Hozirda, nemis tili o’rganayotgan, Yevropa hayotiga qiziqqanlar uchun kitobcha tarjima qilganman❤️ Qiziqqanlar uchun: Kanal linki: t.me/Gamburgdan_xatlar
Ishga kelganimga 1 oy bo'lmadi, lekin uje devorda bizni sur'atimiz. Avvalroq aytgan shaxmatdagi g'alaba sharafiga alohida doska qilib qo'yishibdi. Juda xursand bo'ldim. @Muslimbek_01
Bu oy uzoq muddatdan so'ng, birinchi marta ofisdagi ishga qaytdim. Oxirgi marta 2024 yilda ofisda ishlagan ekanman. Undan kn, faqat work from home bo'lgandi. Hamma shuni yaxshi deydi, lekin men uning teskarisi, kamchiliklari haqida aytmoqchiman: 1. Ish va Shaxsiy hayot aralashib ketadi. Ishda, kuniga belgilangan 8 soatda ishlaysiz, va shu bilan kompyuter yopiladi, uyga ketiladi, erkin bo'linadi. Agar uydan ishlasangiz, nechida to'xtashni aniq bilmaymiz, bu ko'proq ish tugagani/tugamaganiga bog'liq bo'lib qoladi. Ba'zida esa bu jarayon, kunlik 10-12 soatgacha borishi mumkin. 2. Social isolation. Uydan turib ishlaganimda, ko'p vaqtim shu ishga ketardi va shu sababli, do'stlarim bn yig'ilishga imkon bo'lmasdi. Bu esa, kam muloqotlik va uning ortidan stressni ham keltirib chiqaradi. 3. Uydagi chalg'ishlar. Ofisda baribir, chuqur fokus bilan ishlash mumkin. Uyda esa, ko'p chalg'ishlar (telefon, televizor, yoki shunchaki dam olish istagi) bo'ladi va shu sababli ham qilmoqchi bo'lgan ishingiz ham cho'zilib ketadi. Albatta, bu yerda har bir insonning o'ziga yarasha tajribasi bor. Kim uchundir work from home ideal, boshqalar uchun office yaxshiroq. @Muslimbek_01
без подписи
без подписи
без подписи
♟️Итоговый рейтинг Кубка КЛЧ по шахматам в рамках Корпоративной Олимпиады📊 Два дня интеллектуальной борьбы, 54 участника и сотни продуманных ходов – Кубок КЛЧ по шахматам в рамках Корпоративной Олимпиады определил своих победителей🏆 Итоговые результаты — в карусели ⚽️ Подписывайтесь на CoSports! 📱Instagram 📱Web 📱YouTube 📱LIn
Sen turnirda 1- oʻrinni olib uyga qaytyapsan. Onang esa uyda sen uchun manti pishirib kutib oʻtiribdi. Baxtli boʻlish uchun koʻp narsa kerak emas aslida . Ota- onangni quvonchini koʻrish eng kattasi) @Muslimbek_01
Wow, no comment😅🔥 3 soat ichida uje 336 odam ro'yxatdan o'tib ishlatyapti. Shu postni yozgunimcha, yana 3-4 kishi qo'shildiyov))) Ko'pchilikni nozik nuqtasi shekilli shu mavzu. Do'stlarga ham ulashib qo'yamiz, ulargayam foydali bo'lsa kerak. Yana bir bor bot linki: @LingoMatch_bot @Muslimbek_01