NamDPI Pedagogika fakulteti
СтатистикаNamangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti rasmiy kanali
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 253
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 374
- 1/48двое суток
- 428
- 1/72трое суток
- 462
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA “Namangan haqiqati” gazetasining 59–60-sonida Namangan davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta’lim innovatsiyalari kafedrasi mudiri Feruza Xusanovaning “Yaponiya boshlang‘ich ta’limi: tarbiyani takomillashtirish imkoniyatlari” nomli maqolasi chop etildi. Maqolada Yaponiya ta’lim tizimining ilg‘or tajribalari, boshlang‘ich ta’limda tarbiya va shaxs kamolotiga qaratilgan yondashuvlar hamda mazkur tajribalarni O‘zbekiston ta’lim tizimida qo‘llash imkoniyatlari ilmiy tahlil asosida yoritilgan. Shuningdek, maqolada Namangan davlat pedagogika instituti hamda Yaponiya ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati, xalqaro tajribalarni o‘rganish va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. 🏛 Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari: 📱Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺YouTube
🟦🟦🟦🟦🟦🟦 💠 “Dolzarb 90 kun” onlayn viktorinasida qatnashib, qimmatbaho sovg‘alar yutib oling! 🏛 Viktorinada tyutorlar, talabalar, o‘quvchilar, ustozlar, qisqasi O‘zbekiston fuqarolari barcha qatnashishi mumkin. G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 🏆GranPri (1 nafar) – Planshet 17 Max; 🥇1-o‘rin (2 nafar) – RGB Smart Google; 🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smartwatch Ultra 3; 🥉3-o‘rin (4 nafar) – Quloqchin. ➡️ Batafsil ma’lumot olish ➡️ Viktorinada ishtirok etish ☑️G‘oliblar test va targ‘ibotchilik bo‘yicha alohida aniqlanadi va jami 20 kishi rasmdagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. ☑️Faol qatnashgan ishtirokchilar QR kodli, elektron sertifikatga ega bo‘ladi.
❗️Bugundan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi! Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin. Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi: 🔹 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz; 🔹 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz; 🔹 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi. Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. ℹ️ Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi. 🆕 Talabalar uchun qulaylik: Endi talabalar turar joyiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. ❓Nima o‘zgardi? Ilgari talabalar turar joyiga joylashgandan so‘ng vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi! Talabalar turar joyiga arizangiz ko‘rib chiqilib, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha ro‘yxatga olish uchun to‘lov shakllanadi. Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz bo‘yicha ro‘yxatga olinganligingiz haqida qayd varag‘i taqdim etiladi. Muhim eslatma: Turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish muddati to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Namangan davlat pedagogika institutida 60110400 – Boshlang‘ich ta’lim (bakalavriat) yo‘nalishi bo‘yicha Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturiga hujjatlar qabuli boshlandi. Dastur bitiruvchilariga O‘zbekiston va Belarus davlat namunasidagi diplomlar beriladi. Dastur afzalliklari: 🎓 Ikki davlat diplomi; 🌍 Xalqaro ta’lim imkoniyatlari; 👨🏫 Malakali professor-o‘qituvchilar; 📚 Ta’lim tili – rus tili; 📝 Kirish imtihoni – rus tili fanidan. 📅 Hujjatlar 2026-yil 15-sentyabrga qadar qabul qilinadi. Hujjatlarni onlayn topshirish: https://namspi.uz/joint-program/application Qo‘shimcha ma’lumot: 📞 +998 91 347 81 71 (Alisher Tursunpulatov) 📨 Telegram: @namdpiqoshmatalim 🏛 Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari: 📱Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺YouTube
📌 Abituriyentlar eng ko‘p adashadigan tanlov bosqichida nimalarga eʼtibor berish kerak Kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 25-iyuldan 8-avgustga qadar o‘zlari to‘plagan ballga mos ravishda oliy ta’lim tashkiloti, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlashlari mumkin. Bu jarayon “avval test – so‘ng tanlov” tamoyili asosida amalga oshiriladi. Oliy ta’lim tashkiloti va yo‘nalish tanlashda tanlov ustuvorligini to‘g‘ri belgilash muhim ahamiyatga ega! 📹 Ushbu video “Tanlov ustuvorligi nima?” deb so‘rayotgan abituriyentlar uchun. 🤖 Qulaylik: O‘z natijangizga mos yo‘nalish tanlashda @Uzbmb_MandatiBot sizga mukammal yordam beradi! ✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#Yangi_o‘quv_yiliga_tayyorgarlik #O‘rganish YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI KO‘ZDAN KECHIRILDI Namangan davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari izchil davom ettirilmoqda. Institut rektori Bahodir Xusanov yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rganish maqsadida o‘quv binolari, auditoriyalar, laboratoriyalar, o‘quv-amaliy xonalar hamda mavjud infratuzilma obyektlarini ko‘zdan kechirdi. O‘rganish jarayonida auditoriyalarning yangi o‘quv yiliga tayyorligi, jihozlarning sozligi, xonalarning sanitariya holati, olib borilayotgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari, shuningdek, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi. Mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, o‘quv xonalarini zarur jihozlar bilan to‘liq ta’minlash hamda yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Institutda talabalarning zamonaviy, qulay va sifatli ta’lim muhitida tahsil olishi uchun tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. 🏛 Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari: 📱Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺YouTube
💧Suvni asrashni bugundan boshlaylik Suv – hayot manbai bo‘lib, uni asrash va oqilona foydalanish har birimizning muhim burchimizdir. Bugungi kunda suv resurslaridan samarali foydalanish, isrofning oldini olish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Qizlar, navbat sizda! 🤝 "Qizlar Akademiyasi" va "WikiMarafon" hamkorligida xotin-qizlar uchun maxsus tanlov — WikiAyollar tashkil etilmoqda. Unda ishtirok eting va sovg‘alar to‘plamini qo‘lga kiriting. 🤩 Tanlov yakunida 30 nafar g‘olib "Qizlar Akademiyasi"ning maxsus sovg‘a setlari bilan taqdirlanadi. Eng muhimi, g‘oliblarga diplom, faol ishtirokchilarning barchasiga esa elektron sertifikat topshiriladi. ‼Tanlov nizomi va batafsil shartlar tez orada e’lon qilinadi. Siz esa hozirdanoq tayyorgarlikni boshlashingiz mumkin! Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
⚡️Rasman: Yo‘nalish tanlash boshlandi. 8-avgustgacha vaqt berildi! Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi. ↪️Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi. ↪️Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi. ↪️Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin. ↪️Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi. 🖥 Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin. Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin. Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram