MAKTABGACHA VA BOSHLANG'ICH TA'LIM FAKULTETI RASMIY KANALI
СтатистикаNavoiy davlat universiteti Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakultetining rasmiy telegram kanali
- Последний пост
- 5 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 172
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 284
- 1/48двое суток
- 325
- 1/72трое суток
- 351
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Channel photo updated
📌Bugun oʻqishni ko'chirishning soʻnggi kuni. Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn ro'yxatdan o'tiladi: ➡️ transfer.edu.uz — davlat oliygohining biridan boshqasiga, xususiy oliygohlarning biridan boshqasiga; ➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga hamda xorijiy oliygohlardan nodavlat oliygohlarga. Arizalar qachon beriladi? ● O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar har yili 15-iyuldan 5-avgustgacha beriladi – bugun soʻnggi kun. ● Arizalar har yili 5-avgustdan 30-avgustga ko‘rib chiqiladi. O‘zbekistondagi bir oliy ta'lim tashkilotidan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor: ■ Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga; ■ Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin. O‘qishini ko‘chirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi: ● ko‘chirishni istagan ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza; ● reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxalari; ● ichki perevod bo'lsa asoslantiruvchi hujjat; ● pasport yoki ID nusxasi. Quyidagi holatlarda o‘qishni ko‘chirish arizalari rad etilishi mumkin: ✅akkreditasiyaga ega bo‘lmagan xorijiy OTMda yoki ularning filiallarida o‘qiganlar; ✅mavjud ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shaklida o‘qiganlarga; ✅OTMning markazlari, bo‘limlari, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalarda o‘qiganlarga; ✅1-kurs 1-semestrni tugatmasdan o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lganlar; ✅OTMda mos ta’lim yo‘nalishi yoki shakli bo‘lmaganida, fanlar bo‘yicha farqlar 4 tadan oshganda; ✅kontrakt asosida o‘qiyotganlar to‘lovni o‘z muddatida to‘lamaganda; ✅talabaning shaxsiy yig‘ma jildi o‘z muddatida berilmaganida; ✅grant bilan ko‘chirish uchun bo‘sh o‘rinlar bo‘lmaganida; ✅OTM moddiy-texnika bazasi imkoniyati cheklanganda; ✅maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta’lim yo‘nalishiga, boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirmoqchi bo‘lganda; ✅kechki ta’limdan sirtqi ta’limga hamda kechki ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga; ✅ talaba O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi asosida qabul qilinib qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan bo‘lsa. ➡️Grant asosida o‘qishni ko‘chirish uchun faqat grantda o‘qiyotgan talabalar ariza berishi mumkin hamda ariza berilgan OTMning joriy yildagi qabul kvotasida grant o‘rinlar mavjud bo‘lishi kerak. ➡️Ko‘zi ojizlar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ajratilgan kvotada grant asosida o‘qiyotganlar o‘qishi granti asosida ko‘chiriladi. ➡️Xorijiy OTMdan o‘qishni O‘zbekiston OTMlariga ko‘chirmoqchi bo‘lganlar maxsus sinov (test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida) topshiradi.
📌1-avgustdan talabalar yotoqxonasiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish bitta xizmat orqali amalga oshiriladi Endilikda talaba yotoqxonaga joylashgach, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilishi shart emas. Buning uchun my.gov.uz portalidagi “Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish” (https://my.gov.uz/uz/service/get/870) xizmati orqali murojaat qilish kerak. Ariza ma’qullangach, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng esa turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingani haqida qayd varagʻi taqdim etiladi. ℹ️ Eslatma: Turgan joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga qoʻyish muddati to’lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada koʻrsatilgan muddatgacha amal qiladi. 📌 Yotoqxona to‘lovida kimlarga imtiyoz berilishi mumkin? ✅ Yotoqxona to‘lovi bo‘yicha imtiyozni oliy ta’lim muassasalari Kengashi belgilaydi va bu imtiyoz quyidagi shakllarda berilishi mumkin: ✅yotoqxona to‘lovlaridan butunlay ozod etiladi 👉 ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar; 👉 chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etganlar) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etganlar); 👉 mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari; 👉 hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar. ✅ umumiy to‘lovdan 50 foiz chegirma beriladi 👉 umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironlari; 👉 vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalarga.
🎮 Kibersport musobaqalariga start beriladi! Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park hamkorligida Navoiy viloyatida yoshlar o‘rtasida PUBG Mobile yo‘nalishi bo‘yicha kibersport musobaqalari bo‘lib o‘tadi. 👤 Ishtirokchilar: 14–30 yoshdagi yoshlar. 🎯 Musobaqaning maqsadi — yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kibersportni ommalashtirish hamda ularning jamoaviy ishlash, strategik fikrlash va raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish. 🗓 Sana: 08.08.2026 📍 Manzil: IT Park Startap Studiyasi, Navoiy shahar, I.Karimov ko'chasi 3A ‼️ Ishtirok etish bepul. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish — 🎮 Esports competitions to kick off! In partnership with the Ministry of Digital Technologies and IT Park, esports competitions for youth will be held in Navoi region. The featured game will be PUBG Mobile. 👤 Participants: Youth aged 14–30. 🎯 The goal of the competition is to provide meaningful leisure activities for young people, popularize esports, and develop their teamwork, strategic thinking, and digital skills. 🗓 Date: 08.08.2026 📍 Location: IT Park Startup Studio, 3A, I.Karimov str., Navoi city ‼️ Participation is free. 🔗 Register here
Umummilliy AI Hackathon – Navoiy bosqichi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi! 10–13-avgust kunlari Navoiy viloyati sun’iy intellektga qiziqqan yoshlarni bir maydonga jamlaydi! Bu imkoniyatdan foydalanib, AI sohasidagi bilim va g‘oyalaringizni amaliy loyihaga aylantiring hamda tajribali mutaxassislar bilan birga ishlang! 🗣 Navoiy bosqichi treklari: - Sоg’liqni saqlash va Farmatsevtika - Ta’lim - Tadbirkorlik - Qo’shimcha treklar e’lon qilinadi. © Qo‘shimcha nominatsiyalar - Eng qiziqarli taqdimot - Eng dolzarb ijtimoiy loyiha ⚙️ Ishtirok etish shartlari: • Har bir ishtirokchi yakka tartibda ro‘yxatdan o‘tishi lozim; • Faqat arizasi tasdiqlangan ishtirokchilar qatnashishi mumkin; • Ishtirokchi 16 yosh va undan katta bo‘lishi hamda pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lishi kerak; • Tanlovda faqat Navoiy viloyatida istiqomat qiluvchi yoshlar ishtirok etishi mumkin; • Umummilliy AI Hackathonning boshqa viloyat bosqichida ishtirok etgan nomzodlar ushbu bosqichda qatnasha olmaydi 🔗 Ro'yhatdan o'tish 8 avgust kuni yopiladi: https://eventflow.uz/en/events/national-ai-hackathon-navoi
#NavDU #Dolzarb_90_kun 🇺🇿 DIQQAT, TANLOV! 🎥 🏢 Navoiy davlat universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan "Yangi O‘zbekiston – mening Vatanim!" videoroliklar tanlovi e'lon qilinadi! 📹 Tanlov mavzulari: 🔹 Mustaqillik – eng ulug‘ ne’mat; 🔹 Yangi O‘zbekiston va yoshlar; 🔹 Vatan taraqqiyoti; 🔹 Milliy qadriyatlar va vatanparvarlik; 🔹 Universitet talabalari – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari. 📌 Talablar: ✅ Videorolik davomiyligi – 2–5 daqiqa; ✅ Format – MP4, Full HD; ✅ Original va ijodiy yondashuv asosida tayyorlangan bo‘lishi lozim. 👤 Tanlovda barcha bakalavriat va magistratura talabalari yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib ishtirok etishlari mumkin. Nizom 🏆 G‘oliblar diplom va pul mukofoti bilan taqdirlanadi. 📅 Videolar 30-iyul-25-avgustgacha qabul qilinadi. 📩 Videolaringizni belgilangan muddatda @Akmal_Najmiddinovich ga yuborishingiz so'raladi Bizni kuzatishda davom eting👇🏻 @NavDU_YI
#NavDU #NavDU_Sport_klub #Dolzarb_90_kun 🏆 "REKTOR KUBOGI – 2026" 🏆 ♟ Onlayn shaxmat musobaqasi 📣 Universitetimizda tahsil olayotgan barcha talaba-yoshlarni sportning shaxmat turi bo‘yicha "Rektor kubogi" onlayn musobaqasida ishtirok etishga taklif etamiz. 📌 Musobaqa tartibi: Ishtirokchilar Telegram guruhi orqali ro‘yxatdan o‘tadi. Qur'a tashlash natijalariga ko‘ra juftliklar aniqlanadi. Har bir bosqichda ishtirokchilar belgilangan vaqtda o‘zaro onlayn shaxmat o‘yinini o‘tkazadi. O‘yin natijalari hakamlar hay'atiga taqdim etiladi va keyingi tur e'lon qilinadi. 🏅 G‘olib va sovrindorlar diplom, hamda pul mukofati bilan taqdirlanadi. 📥 Ro‘yxatdan o‘tish uchun; @Akmal_Najmiddinovich ga murojaat qiling ♟ Intellektual bahsda o‘z mahoratingizni namoyon eting! 🏆 "Rektor kubogi" sohibi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Bizni kuzatishda davom eting👇🏻 @NavDU_YI
TABRIKNOMA Bugun, 17-iyul — Navoiy davlat universiteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti dekani, tajribali rahbar va fidoyi ustoz Shamsidinova Gulchehra Do‘stmurodovnaning tavallud ayyomi. Shamsidinova Gulchehra Do‘stmurodovna uzoq yillar davomida Navoiy davlat universitetida samarali mehnat qilib, ta’lim tizimini rivojlantirish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish hamda malakali pedagog kadrlarni tayyorlash yo‘lida munosib xizmat qilib kelmoqda. U kishining ko‘p yillik mehnat faoliyati, yuksak mas’uliyati, tashabbuskorligi, talabchanligi va jamoani ezgu maqsadlar sari birlashtira oladigan rahbarlik fazilatlari universitet jamoasi tomonidan yuksak e’tirof etiladi. Hurmatli Gulchehra Do‘stmurodovna! Sizni tavallud ayyomingiz munosabati bilan Navoiy davlat universiteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz. Sizning ta’lim va tarbiya tizimini takomillashtirish, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlarning ilmiy va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi samarali faoliyatingiz barchamiz uchun munosib ibrat maktabidir. Ko‘p yillik pedagogik va rahbarlik tajribangiz, kasbingizga bo‘lgan sadoqatingiz, yuksak insoniy fazilatlaringiz hamda fidokorona mehnatingiz tufayli fakultetimizning nufuzi va salohiyati yildan-yilga yuksalib bormoqda. Fursatdan foydalanib, Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq va mazmunli umr, oilaviy baxt-saodat, xonadoningizga tinchlik, fayz-u baraka, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, ilmiy va pedagogik faoliyatingizda yangi yutuqlar, amalga oshirayotgan barcha ezgu ishlaringizga ulkan zafarlar tilaymiz. Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! Umringiz mazmunli, hayotingiz fayzli, faoliyatingiz yanada sermahsul bo‘lsin. El-yurt ravnaqi, ta’lim taraqqiyoti va barkamol avlodni voyaga yetkazish yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz bardavom bo‘lsin. Sizga doimo sihat-salomatlik, yuksak e’tibor va yangi muvaffaqiyatlar hamroh bo‘lishini tilaymiz. Hurmat bilan, Navoiy davlat universiteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti jamoasi
видео или голосовое, без подписи
TABRIKNOMA Bugun, 17-iyul — Navoiy davlat universiteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti dekani, tajribali rahbar va fidoyi ustoz Shamsidinova Gulchehra Do‘stmurodovnaning tavallud ayyomi. Shamsidinova Gulchehra Do‘stmurodovna uzoq yillar davomida Navoiy davlat universitetida samarali mehnat qilib, ta’lim tizimini rivojlantirish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish hamda malakali pedagog kadrlarni tayyorlash yo‘lida munosib xizmat qilib kelmoqda. U kishining ko‘p yillik mehnat faoliyati, yuksak mas’uliyati, tashabbuskorligi, talabchanligi va jamoani ezgu maqsadlar sari birlashtira oladigan rahbarlik fazilatlari universitet jamoasi tomonidan yuksak e’tirof etiladi. Hurmatli Gulchehra Do‘stmurodovna! Sizni tavallud ayyomingiz munosabati bilan Navoiy davlat universiteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz. Sizning ta’lim va tarbiya tizimini takomillashtirish, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlarning ilmiy va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi samarali faoliyatingiz barchamiz uchun munosib ibrat maktabidir. Ko‘p yillik pedagogik va rahbarlik tajribangiz, kasbingizga bo‘lgan sadoqatingiz, yuksak insoniy fazilatlaringiz hamda fidokorona mehnatingiz tufayli fakultetimizning nufuzi va salohiyati yildan-yilga yuksalib bormoqda. Fursatdan foydalanib, Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq va mazmunli umr, oilaviy baxt-saodat, xonadoningizga tinchlik, fayz-u baraka, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, ilmiy va pedagogik faoliyatingizda yangi yutuqlar, amalga oshirayotgan barcha ezgu ishlaringizga ulkan zafarlar tilaymiz. Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! Umringiz mazmunli, hayotingiz fayzli, faoliyatingiz yanada sermahsul bo‘lsin. El-yurt ravnaqi, ta’lim taraqqiyoti va barkamol avlodni voyaga yetkazish yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz bardavom bo‘lsin. Sizga doimo sihat-salomatlik, yuksak e’tibor va yangi muvaffaqiyatlar hamroh bo‘lishini tilaymiz. Hurmat bilan, Navoiy davlat universiteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti jamoasi
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
ABITURIYENTLAR, O'QUVCHILAR VA O'QITUVCHILAR DIQQATIGA! 🎓 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul boshlandi! ❗️QABUL 20- IYULDAN 31-IYULGACHA ❗️ 🔴DARSLAR 1-AVGUSTDAN BOSHLANADI🔴 Siz ham tibbiyot oliygohlariga yuqori ball bilan talaba bo‘lishni maqsad qilganmisiz? Unda sizni 25 yillik tajribaga ega, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Hayitov Rizamat Shonazarovich rahbarligidagi o‘quv markaziga taklif qilamiz. Biz sizga quyidagilarni taklif etamiz: ✅ Qisqa vaqtda yuqori natijaga erishish🔝🗓 ✅ Tahliliy ma'ruzalar📈 ✅ Individual savol-javoblar↗️🎯 ✅ Kunlik, haftalik va oylik sinov testlari va ularning tahlili📝 ✅ Kreativ, talabchan va tajribali ustozlar👨💻 ✅ DTM testlarining tahlili📖 ✅ Olimpiadalarga tayyorlov kurslari🥇 ✅ Milliy sertifikat tayyorlov kurslari✍️ O'quvchilarimizning to'liq natijalari: MILLIY SERTIFIKAT NATIJALARI (ko'rish uchun bosing). Olimpiada natijasi (ko'rish uchun bosing). 📞Murojaat uchun telefon: 📞 +998 99 201-78-70 +998 91 333-78-70 Telegram:💬 @Hayitov_R_Biologiya 📱Manzil: Navoiy shahar ,,Korzinka'' magazini yoki ,,Uch qozon” osh markazining orqa tomonida. ✅️Talim markazining rasmiy sahifalari: 📱Telegram | 📱 Instagram