tgindex
MATEMATIKA📏📐🇺🇿 Nodirbek Ismoilov

MATEMATIKA📏📐🇺🇿 Nodirbek Ismoilov

Статистика

Nodirbek Ismoilov!! Matematikaga oid post va fikrlar 🔥 Mantiqiy va qiziqarli savollar 🤯 Qiyin masalalarga oson, hayotiy yechimlar 🎯 Kanal admini: @nodirbek8949

Последний пост
10 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
104
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
743
−6 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
448
40 постов
Вовлечённость
60,3%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 104
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
100
1/48двое суток
114
1/72трое суток
123

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Dofamin: Motivatsiya kalitimi yoki tuzoq? Dofamin — bu shunchaki «rohatlanish gormoni” emas, bu bizni harakatga keltiruvchi ishtiyoq kuchidir. Dofamin biz biror ishni qilganimizdan keyin emas, balki o‘sha ishni kutayotganimizda ajraladi. U miyaga: "Shu ishni qil, mukofot olasan!" degan signalni beradi. ✅ Foydali dofamin manbalari: Sport bilan shug‘ullanish; Yangi bilim olish; Kunlik rejadagi kichik ishlarni yakunlash; To‘yimli uyqu va sog‘lom oqsilli taomlar. ❌ "Arzon" dofamin (tuzoqlar): Tinimsiz ijtimoiy tarmoqlarni varaqlash (Reels, Shorts); Tezkor va zararli yeguliklar (fastfud, shirinliklar); Kompyuter o‘yinlariga mukkasidan ketish. Agar biz doimiy ravishda "arzon" dofamin manbalariga bog‘lanib qolsak, miya oddiy quvonchlarni (kitob o‘qish, sayr qilish, mehnat qilish) his qilmay qoladi. Bu esa dangasalik va tushkunlikka olib keladi. Dofaminni nazorat qiling — uni behuda varaqlashga emas, maqsadlaringizga erishishga sarflang! 👉 @Nodirbek_math 🇺🇿

  • #bloknot #Fikrlash Psixopatlar haqida gaplashamiz Atrofingizda shunday insonlar bormi: juda jozibali, aqlli va muomalali, lekin ularning yonida o'zingizni xuddi manipulyatsiya qilinayotgandek his qilasiz? Kinolarda psixopatlarni faqat xavfli jinoyatchi deb ko'rsatishadi. Lekin hayotda ular orasida muvaffaqiyatli rahbarlar, jarrohlar yoki hatto do'stlaringiz ham bo'lishi mumkin. Psixopatiya nima? Bu ruhiy kasallik emas, balki shaxsiyatning chuqur buzilishidir. Psixopatlarning boshqalardan bosh xususiyati — empatiya (boshqalarning og'rig'ini his qilish) va vijdon hissining yo'qligidir. Ularni qanday tanib olish mumkin? 1. Soxta joziba va doimiy manipulyatsiya: Ular bir qarashda juda samimiy va kirishimli ko'rinadi. Odamlarning zaif nuqtalarini tezda topib, o'z manfaatlari yo'lida ustalik bilan foydalanadilar. 2. Hissiy sovuqqonlik: Qo'rquv, xavotir yoki afsus kabi tuyg'ular ularga yot. Lekin jamiyatda o'zlarini "mehribon" ko'rsatish uchun boshqalarning emotsiyalariga zo'r taqlid qilishadi. 3. Aybni hech qachon bo'yniga olmaslik: Xato qilishsa ham, zarracha aybdorlikni his qilishmaydi. Har doim aybni boshqalarga ag'darishning uddasidan chiqishadi. 4. Tavakkalchilik va mas'uliyatsizlik: O'z qilmishlarining oqibatini o'ylamay, tavakkal harakat qilishadi va bunda hech qachon xavotirga tushishmaydi. Psixopatlarni tarbiyalab yoki o'zgartirib bo'lmaydi. Ulardan himoyalanishning eng yaxshi yo'li — shaxsiy chegaralarni mustahkamlash va ularning manipulyatsiyasiga uchmaslikdir. 👉 @Nodirbek_math 🇺🇿

  • #bloknot If ocean water was sweet. People would have filled it into bottles as well. Its saltiness is its freedom. And this is not about water. Okean suvi chuchuk bo‘lganda edi, odamlar uni ham idishlarga quyib olgan bo‘lardilar. Uning sho‘rligi – uning erkinligidir. Bu gap suv haqida emas. 👉 @Nodirbek_math 🇺🇿

  • #bloknot 🧠 Mindset nima va u sizning natijalaringizni qanday belgilaydi? Ko‘pchilik muvaffaqiyat siri faqat bilimlarda deb o‘ylaydi. Lekin aslida hammasi Mindset — ya'ni fikrlash tarzimiz va ruhiy pozitsiyamizdan boshlanadi. Sodda qilib aytganda, mindset — bu "miyangizning operatsion tizimi". U muammolarga qanday yondashishingiz, xatolarga munosabatingiz va o‘zingizga bo‘lgan ishonchingizni shakllantiradi. Stenford universiteti psixologi Carol Dweck fikrlash tarzini 2 ta asosiy turga ajratadi: 1️⃣ Fixed Mindset (O‘zgarmas fikrlash tarzi) Insonning iqtidori, zakovati va qobiliyatlari tug‘ma beriladi va ularni o‘zgartirib bo‘lmaydi deydi Xatolardan va mag'lubiyatdan qo'rqadi. Qiyinchilik duch kelganda tez taslim bo'ladi. Boshqalarning muvaffaqiyatidan tahdid his qiladi. Ular: "Men matematikaga uquvsizman, baribir eplay olmayman." 2️⃣ Growth Mindset (Rivojlanuvchi fikrlash tarzi) Har qanday ko‘nikma va aqliy salohiyatni mehnat va to‘g‘ri yondashuv bilan rivojlantirsa bo‘ladi. Xatolarga tajriba va o‘rganish imkoniyati deb qaraydi. Qiyinchiliklarni chorlov (challenge) sifatida qabul qiladi. Doimiy izlanishda va rivojlanishda bo‘ladi. Ular: "Men buni hozircha bilmayman, lekin harakat qilsam o‘rganib olaman!" Siz qanday fikrlasangiz, harakatlaringiz va hayotingiz ham shunga mos ravishda shakllanadi: Muammoni "to‘siq" deb ko‘rasizmi yoki *"o‘sish nuqtasi"*mi — buni mindset hal qiladi. Rivojlanuvchi fikrlash tarziga ega insonlar uzoq muddatda sezilarli darajada yuqoriroq natijalarga erishadilar. Mindset qotib qolgan narsa emas — uni o‘zgartirish va qayta sozlash mumkin. O‘z fikrlash qoliplaringizni anglang va har kuni o‘zingizga "Hozircha eplay olmayapman, lekin tez orada o‘rganaman" deyishni odat qiling! 👉 @Nodirbek_math 🇺🇿

  • 2023-yil o’quv markazimdagi 6-7-sinflar oʻrtasida oʻtkazilgan Olimpiadadan ekan 3-yil bo’libdi. Qani edi shu paytdagi energiyam bo’lganda🙄

  • Imtihon oldidan o‘qiladigan duolar: 🤲 🔸 «Robbi yassir va la tu’assir, Robbi tammim bil-xoyr» Robbim, oson qilgin, qiyin qilma. Ishimni yaxshilik bilan tugatgin. 🔸 «Robbi zidni ilman va fahman» Robbim, ilmimni va zehnimni ziyoda qilgin. 👉 @Nodirbek_math 🇺🇿

  • Bugungi ob-havo ma'lumotlari😁 Bu qor nima deyapti endi): 👉 @Nodirbek_math 🇺🇿

  • ⚡️ Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining 1-bosqich imtihon natijalari eʼlon qilindi! 👉 @Nodirbek_math 🇺🇿

  • 9 июл.577141

    #bloknot Hech kim kalitsiz qulf yasamaganidek, hayot ham yechimi bo’lmagan muammoni bermaydi. — Fridrix Nitsshe Ko'pincha hayotda murakkab vaziyatga duch kelganimizda, tushkunlikka tushamiz. Lekin keling, buni haqiqiy matematiklar ko'zi bilan tahlil qilamiz: Har bir tenglamaning ildizi bor: Agar hayot sizga "tenglama" taqdim etgan bo'lsa, demak, uning noma'lumlarini (x va y) topish imkonini ham bergan. To'g'ri burchak ostida qarash: Geometriyada ba'zan qiyin masalani yechish uchun shunchaki bitta qo'shimcha chiziq o'tkazish yoki shaklga mutlaqo boshqa burchakdan qarash kifoya qiladi. Hayotdagi "qulflar" ham ba'zan qarashlarimizni o'zgartirishimizni kutadi. Mantiqiy izchillik: Eng chalkash masalalar ham bosqichma-bosqich, zanjirsimon mantiq bilan yechiladi. Hayotiy muammolarni ham birdaniga emas, bo'laklarga bo'lib hal qilish kerak. Matematikada yechilmaydigan masala bo'lmaganidek, hayotda ham har qanday vaziyatdan chiqish yo'lini topishni imkoni bor. 👉 @Nodirbek_math 🇺🇿

  • #bloknot Xato qilayotgan insonlarning xatolarini o’zlariga ayting (yolg’iz holatida). Yengil bo’lasiz. Buni sinab ko’rganlar biladi. Sinab ko’rmaganlar, aytishdan foyda yo’q bo’lgan insonlarga nolib o’shani mazasi bilan yashayverishadi.

  • 8 июл.415112

    #ózimga Mohir manipulyatorlar-o’zlari nohaq bo’la turib qarshi tarafni uzr so’rashga majbur qilishadi. 👉 @Nodirbek_math 🇺🇿

  • #Critical_thinking Mana nega Tanqidiy fikrlashni maktablarga joriy qilish kerak. Qaysi javob to’g’ri deb o’ylaysiz P.s: Prezident maktabiga tayyorgarlik kitobidan

  • 1 июл.517211

    #ózimga #bloknot Baliq daraxtga chiqish bo’yicha baholansa, u o’zini qobiliyatsiz deb hisoblaydi Ko’plab insonlar ham shunday Aslida muammo ularda emas. Ularni baholayotgan mezonda (insonda) To’g’ri muhit esa oddiy insonda ham katta salohiyatni ochishi mumkin Qadringizni faqatgina uni qadrlaydigan insonlargina tushunadi. Energiyangizni keraksiz joyga, keraksiz insonlarga sarflamang. Hayotni o’zgartirish uchun ba’zan o’zingizni emas atrofingizni o’zgartirish kifoya 👉 @Nodirbek_math 🇺🇿

  • Xay mayli, yutqizdik! Yaxshilanishga harakat qilish kerak! Keyingi o’yinlarda omadimizni, o’yinimizni bersin! Ko’proq dars qilinglar, kuchli ilm olinglar! Chunki sport millatni dunyoga tanitishi mumkin, ilm esa millatni rivojlantiradi.

  • Goool😅😅🇺🇿

  • Goooolll

  • Kino boshlandi😊 Olg’a O’zbekiston🇺🇿🔥✊🏻 Kim qayerda tomosha qivotti?

  • видео или голосовое, без подписи

  • #ózimga #bloknot Ichki va tashqi bosim haqida. Inson qachon "portlaydi"? Kuzatganmisiz, ba’zida hayotimizda ham, ishimizda ham bir vaqtning o’zida ulkan bosim ostida qolib ketamiz. Insonning ichki bosimi (o’zidan qoniqmaslik, haddan tashqari mas’uliyat va mukammallikka intilish) uning tashqi (ishidagi) bosimi (topshiriqlar ko'pligi, muddatlar qisqaligi, talabchan rahbar yoki mijozlar) bilan to’qnashganda nimalar sodir bo’ladi? Fizika qonunlariga ko'ra, har qanday jism ichki va tashqi bosim teng bo'lmaganda yoki har ikkala bosim haddan tashqari ortganda shaklini yo'qotadi yoki portlaydi. Inson ruhiyati ham bundan mustasno emas. Bu qanday oqibatlarga olib keladi? 1. "Kasbiy kuyish" (Burnout) Ishga bo’lgan ishtiyoq butunlay so’nadi. Kecha sizni ilhomlantirgan loyihalar bugun shunchaki og’ir yukka aylanadi. Ertalab turish va ishga borish eng azobli jarayonga aylanib qoladi. 2. Emotsional portlash yoki Tuyg'ular so'nishi Kishi juda ta'sirchan bo'lib qoladi — arzimagan xato yoki oddiy gap ham asabiy portlashga sabab bo'lishi mumkin. Yoki aksincha, inson "robot" holatiga o'tadi: hech qanday quvonch, qayg’u yoki motivatsiyani his qilmay qo’yadi. 3. Psixosomatika va Sog'liq muammolari Surunkali bosim tanada o'z asoratini ko'rsatmay qolmaydi. Doimiy bosh og’rig’i, uyqusizlik, immunitet zaiflashishi va yurak sanchishlari — bular tanangizning "To'xta, menga dam kerak!" degan signalidir. 4. Samaradorlikning keskin tushishi Qanchalik ko’p ishlashga urinmang, diqqatni jamlash qiyinlashadi. 10 daqiqalik ishga soatlab vaqt sarflay boshlaysiz. Sifat yo'qoladi, xatolar ko'payadi. Bu holatdan qanday chiqish mumkin? Bosimni kamaytiring (Delegatsiya): Barcha ishni bir o’zingiz yelkangizga olmang. Ishingizda ham, hayotingizda ham majburiyatlarning bir qismini boshqalarga topshirishni (delegatsiya qilishni) o'rganing. "Yo'q" deyishni mashq qiling: Imkoniyatingiz va vaqtingiz chegaralanganini tan oling. Qo'shimcha yuklamalarga o'z vaqtida rad javobini bera olish — o'zingizni asrashning birinchi qadamidir. Sifatli dam olish (Raqamli detoks): Dam olish kunlari ish rejalari, xabarlar va notification'larni mutlaqo o'chiring. Miyaga "qayta yuklanish" (reset) uchun vaqt bering. Jismoniy faollik: Sport, yugurish yoki oddiy toza havoda sayr qilish tanadagi stress gormoni — kortizol darajasini pasaytiradi. Xulosa: Muvozanatni saqlash — bu zaiflik emas, bu professionalizm va o'ziga bo'lgan hurmatdir. O'zingizni asrang, zero eng katta loyihangiz — bu sizning o'zingiz! 👉 @Nodirbek_math 🇺🇿

  • Uning o’ziga ishonchi shunchalik past ediki, o’zini yuqoriga ko’tarib maqtashi, faqatgina boshqalarni yerga urish evazigagina bo’lardi.