Norin tuman IM
СтатистикаIxtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi rasmiy kanali Facebook sahifamiz https://www.facebook.com/norinpm
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 11
- Всего постов
- 196
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 573
- 1/48двое суток
- 656
- 1/72трое суток
- 708
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#diqqat_tanlov 📢 “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi e’lon qilinadi! Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida bolalar va o‘smirlar uchun mazmunan boy, tarbiyaviy ahamiyatga ega, zamonaviy va qiziqarli badiiy asarlar yaratishni rag‘batlantirish maqsadida “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi tashkil etilmoqda. 📚 Badiiy asarlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi: — Oila va insoniy qadriyatlar; — Vatan, mahalla va jamiyat; — Ustoz, maktab va ta’lim; — Tabiat, texnologiya va kelajak; — Orzular va kelajakdagi kasblar. Tanlov uchun 6–10, 11–14 hamda 15–17 yoshdagi bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan badiiy asarlar taqdim etilishi mumkin. 🏆 G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Eng yaxshi deb topilgan asarlar esa maxsus to‘plam shaklida nashr etiladi. 📌 Batafsil shartlar, asarlarni taqdim etish tartibi va muddatlari tez orada e’lon qilinadi. 📤 Tanlov uchun ijodiy ishlarni yuborish: @trm_hikoya_yuborish_bot ☎️ +998 55 519-02-02 Balki bolalar kutayotgan eng yaxshi badiiy asarni aynan siz yozarsiz. Bolalarimiz eng yaxshi asarlarga munosib! 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
#YagonaVatan35 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman” ijodiy chellenji e’lon qilinadi. Chellenj quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi: ✅ #YagonaVatan35 chellenji — o‘quvchilarning Vatan haqidagi fikrlari, tabriklari va ezgu tilaklari; ✅ “Mustaqillik menga nima berdi?” mavzusida 30–60 soniyalik videorolik; ✅ “Bir bayroq – bir yurak” fleshmobi; ✅ O‘quvchilar ijrosida Vatan haqidagi she’r yoki vatanparvarlik qo‘shig‘i; ✅ Mustaqillik aks etgan binolar va manzillarda rasmga tushish; ✅ “Mening maktabim – Yangi O‘zbekiston kelajagi” mavzusida ijodiy videorolik; ✅ Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan va sport maktablari yutuqlarini aks ettiruvchi motivatsion video; ✅ O‘qituvchi, ota-ona va bitiruvchilarning Mustaqillik haqidagi samimiy fikrlari jamlangan videorolik; ✅ Davlat ramzlariga hurmat, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi kreativ videolar. Qatnashish uchun: ⚪️ O‘zingiz tanlagan yo‘nalishda ijodiy ish tayyorlang. ⚪️ Ishingizni Telegram yoki Instagram sahifangizga joylang. ⚪️ Postga #YagonaVatan35 heshtegini qo‘ying. Eng muhimi — ijodingizni namoyon eting va “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman!” degan g‘oyani o‘z uslubingizda ifodalang! 🏆 Eng faol va kreativ ishtirokchilarning ijodiy ishlari e’tirof etilib, munosib taqdirlanadi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#Islohotlar_samarasi #Fan_olimpiadalari ✅ Oʻquvchilarning xalqaro fan olimpiadalaridagi ishtiroki yoʻnalishida 👉 2026-yilda yurtimiz oʻquvchilari xalqaro olimpiadada munosib ishtirok etdi va 220 ta medal (35 ta oltin, 81 ta kumush, 104 ta bronza)ni qoʻlga kiritdi. Xususan: 🔰 Joriy yilda ilk marotaba Xalqaro sun’iy intellekt olimpiadasida qatnashdi hamda 3 ta (1 ta kumush, 2 ta bronza) medalni qoʻlga kiritdi. ➖ Fan olimpiadalari tarixida yangi natija qayd etildi hamda Oʻzbekiston mezbonligida oʻtkazilgan Xalqaro kimyo olimpiadasida — 1 ta oltin bilan taqdirlandi. ➖Toshkent viloyatida boʻlib oʻtgan Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro matematika va informatika olimpiadasida 61 ta (11 ta oltin, 22 ta kumush, 28 ta bronza) ➖ Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasida 11 ta medal (2 ta oltin, 3 ta kumush, 6 ta bronza) bilan yakka peshqadam sifatida tan olindi. 👉 Joriy yilda yurtimiz oʻquvchilari eng nufuzli xalqaro olimpiadalarda 16 ta medal (1 ta oltin, 7 ta kumush va 8 ta bronza), xususan: ➖ Oʻzbekiston mezbonligida 96 davlat ishtirokida oʻtkazilgan Xalqaro kimyo olimpiadasida — 1 ta oltin, 3 ta kumush; ➖ Xitoyda 119 davlat ishtirokida oʻtkazilgan Xalqaro matematika olimpiadasida — 2 ta kumush, 3 ta bronza; ➖ Kolumbiyada 96 ta davlat ishtirokida oʻtkazilgan Xalqaro Fizika olimpiadasida — 2 ta kumush, 2 ta bronza; ➖ Litvada 80 dan ortiq mamlakat ishtirokida boʼlib oʻtgan 37-Xalqaro biologiya olimpiadasida — 3 ta bronza; 👉 Xalqaro olimpiadalarda 4 ta medal (1 ta oltin, 3 ta bronza), xususan: ➖ Germaniya 51 ta davlat ishtirokida oʻtkazilgan Xalqaro nemis tili olimpiadasida — 1 ta oltin, 1 ta bronza; ➖Xitoyda 60 ta davlat ishtirokida oʻtkazilgan Xalqaro iqtisod olimpiadasida — 2 ta bronza medalni qoʻlga kiritdi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
🇺🇸Mukofot puli jami $400,000 bo'lgan videolar tanlovi —Breakthrough Junior Challenge Moliyalashtirish: Mukofot Til talabi: Ingliz tili Kimlar uchun ➡️Tanlovda 13-18 yosh oralig'ida bo'lgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin; ➡️Topshirilgan video ishlar, ularning matni va berilgan ovozi ingliz tilida boʻlishi kerak. Foydali tomonlari ➡️G’olibning o'qishi uchun $250,000 miqdorda stipendiya beriladi; ➡️G’olibning maktabini ta'mirlash uchun $100,000 mablag'; ➡️G'olibni ilhomlantirgan o'qituvchiga $50,000 mukofot puli beriladi. 🕓Oxirgi muddat: 15-sentyabr, 2026 ➡️Batafsil: grantgo.uz/go/71683 #tanlovlar #mukofot #AQSh 💼 GrantGO | MentorGO | EventGO 🎫 Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi MATBUOT XIZMATI, 2026 . Facebook | Telegram |You Tube | Instagram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🌟 NORINLIK O‘QITUVCHINING XALQARO EʼTIROFI: PEKINDAN XUSHXABAR! Joriy yilning 16–23-iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida O‘zbekistonning iqtidorli va ilmli ayol-qizlari yutuqlariga bag‘ishlangan “The Timeless Beauty of Uzbekistan: Identity, Culture, Heritage” nomli xalqaro antologiya (kitob) taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 📖 Ushbu nufuzli to‘plamdan respublikamiz bo‘yicha saralab olingan 20 nafar ilmli ayol-qizlarning saralangan maqolalari joy oldi. 💥 Quvonarlisi shundaki: Ushbu xalqaro kitobda Norin tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi Alimqulova Zuhra ustoz ham o‘z ilmiy-ijodiy maqolasi bilan munosib ishtirok etdi va xalqaro sertifikat hamda yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi! 💐 🎉 Tumanimiz va maktabimiz sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilgan Zuhra ustozimizni ushbu yuksak muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz! Siz bilan faxrlanamiz! 🎫 Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi MATBUOT XIZMATI, 2026 . Facebook | Telegram |You Tube | Instagram
💥 Siz kutgan lahza nihoyat keldi! 💥 Young Climate Champions 3-mavsumiga arizalar rasman OCHILDI! 🎉 Agar siz faol yosh bo‘lsangiz, iqlim va ekologiyaga qiziqsangiz hamda, hamda kelgusi bir yil davomida haqiqiy o‘zgarish yaratishga tayyor bo‘lsangiz - bizga qo‘shiling!! 🚀 YCC nima? Young Climate Champions - bu 1 yillik ekologik liderlik dasturi. 🏕️ Dastur avgustdagi liderlik oromgohidan boshlanadi. U yerda siz O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan tengdoshlaringiz bilan tanishasiz va iqlim lideri bo‘lish uchun kerakli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz. 🌱 Keyin esa bilimlaringizni amalda qo‘llaysiz! 2026–2027 o‘quv yili davomida jamoangiz bilan ekologik loyihalar amalga oshirasiz. Faol ishtirok etsangiz milliy va xalqaro iqlim tadbirlarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. 🎉 Yil yakunida esa erishgan yutuqlaringizni YCC oilasi bilan birgalikda nishonlaysiz! 🌟 Sizni nimalar kutmoqda? 🏕️ Toshkent shahridagi liderlik oromgohlari 🌍 Iqlim o‘zgarishi va ekologik liderlik bo‘yicha amaliy bilimlar 🎤 Milliy va xalqaro iqlim konferensiyalari va tadbirlarida ishtirok etish imkoniyati 🤝 O‘zbekistonning barcha hududlaridan yangi do‘stlar 💡 O‘z ekologik va iqlim loyihalaringizni yaratish va amalga oshirish uchun mentorlik va yordam 📜 Sertifikat va tavsiyanomalar 📌 Kimlar ariza topshirishi mumkin? ✅ 14–18 yoshdagi o‘quvchilar ✅ Iqlim, ekologiya va ijobiy o‘zgarishlar yaratishga qiziqadiganlar ✅ 2026–2027 o‘quv yili davomida o‘z hududida ekologik va iqlim loyihalarini amalga oshirishga tayyor bo‘lganlar 🚀 Young Climate Champion bo‘lishga tayyormisiz? 📝 Ariza topshirish uchun: link ⏰ Arizalar qabuli: 2026-yil 14-avgustgacha ⚠️ Joylar soni cheklangan! 💚 Bu shunchaki oromgoh emas. Bu 1 yil davomida o‘rganish, yangi do‘stlar orttirish va haqiqiy o‘zgarish qilish imkoniyati. Balki keyingi Young Climate Champion aynan SIZ bo‘larsiz! 🌍 ———————————— Young Climate Champions dasturi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, "Zamin" xalqaro jamoat fondi va UNICEF Uzbekistan hamkorligida amalga oshiriladi.
#Vatanim_uchun_olimpiadachiman 🇺🇿 «Vatanim uchun olimpiadachiman» — challenge! Agar siz olimpiadachi o‘quvchi, olimpiadaga qiziqadigan yosh, olimpiadachi farzandning ota-onasi yoki olimpiada ustozi bo‘lsangiz, ushbu challenge aynan siz uchun! ✅ 30–90 soniyalik ijodiy video tayyorlang va «Vatanim uchun olimpiadachiman» mavzusida o‘z hikoyangizni ulashing. ✅ Videoni Instagram sahifangizga joylashtiring, #Vatanim_uchun_olimpiadachiman xeshtegidan foydalaning hamda Fan olimpiadalari markazini belgilang yoki izohlarda havolasini qoldiring. ✅ Eng kreativ va ta’sirli 10 ta video saralab olinadi. G‘oliblar xalqaro fan olimpiadalariga tayyorgarlik uchun maxsus kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi. ✅ Challenge 29-avgustga qadar davom etadi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
"Diqqat, kitobxonlik tanlov" #bolalar_kutubxonasi MUHAMMADSHARIF SO'FIZODA NOMIDAGI NAMANGAN VILOYAT BOLALAR KUTUBXONASI TOMONIDAN YOZGI TA'TILDA O'QUVCHI-YOSHLARNI BO'SH VAQTLARINI MAZMUNLI O'TKAZISH MAQSADIDA “MENING SEVIMLI KITOBIM” SHIORI OSTIDA KITOBXONLIK TANLOVINI E’LON QILADI. 🗓Tanlov 2026-yil 18 avgust soat 8:00 dan 17:00 gacha viloyat bolalar kutubxonasi binosida bo'lib o'tadi. 📑📌 Tanlov shartlari: Quyidagi sinflar uchun belgilangan asarlar ta’til davomida mutolaa qilinadi va asar asosida ochiq yozma test savollariga javob beriladi. 📖 Tavsiya etilgan asarlar: 1–4-sinflar uchun Lyuis Kerrollning "Alisa mo'jizalar mamlakatida" kitobi 👉Kitobning elektron shakli👈 5–6–7-sinflar uchun Abdulla Qahhorning – “Sinchalak” tarixiy romani 👉Kitobning elektron shakli👈 8–9–10–11-sinflar uchun Go'fur G'olomning – “Yodgor” kitobi 👉Kitobning elektron shakli👈 🏆 1-2-3-o’rinlar hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi. G’olib o’quvchilarga kutubxona tomonidan diplom va esdalik sovg’alari topshiriladi. 👨💻 Tanlovda Namangan viloyatining barcha tuman (shahar) umumta'lim maktablarining o'quvchilari ishtirok etishlari mumkin. 📍Bolalar kutubxonasi manzili🚘 Bolalar kutubxonasi axborot xizmati Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube|Telegram bot
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
👋😊 Barchaga salom! ♻️ Kecha Toshkent shahrida "Eco-Schools Uzbekistan" loyihasining yozgi ta’lim oromgohi o‘z ishini boshladi. 🚩 Oromgohda Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 128 nafar ishtirokchi qatnashmoqda. ✍️ To‘rt kunlik ta’lim dasturi davomida o‘quvchilar va ularning o‘qituvchilari uchun ekologiya sohasidagi ekspertlar hamda loyihaning hududiy koordinatorlari tomonidan ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar loyihaning asosiy tamoyillari, "7 qadam" metodologiyasi, liderlik, jamoaviy ishlash, mentorlik hamda loyihalarni boshqarish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallaydilar. ~~~ 👋😊 Всем привет! ♻️ Вчера в Ташкенте стартовал летний образовательный лагерь проекта «Eco-Schools Uzbekistan». 🚩 В лагере принимают участие 128 участников со всех регионов нашей Республики. ✍️ В течение четырёхдневной образовательной программы для школьников и их учителей будут организованы лекции и практические занятия, которые проведут эксперты в сфере экологии и региональные координаторы проекта. Обучение охватывает основы проекта, методология «7 шагов», лидерство и командная работа, наставничество, управление проектами. 😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
🎓 RASMAN: DAVLAT UNIVERSITETIGA QABUL DAVOM ETMOQDA! 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-iyundagi PQ-4350-sonli Qaroriga asosan tashkil etilgan Toshkent shahridagi "MEI" milliy tadqiqot universiteti Federal davlat budjeti oliy ta'lim muassasasi filialiga hujjatlar qabuli davom etmoqda. 🤍 Elektronika va nanoelektronika — zamonaviy energetika, mikroelektronika, aqlli qurilmalar, energiya tejamkor texnologiyalar va kelajak sanoatining poydevori. 🤖 Fundamental informatika va axborot texnologiyalari (Sun'iy intellekt tizimlari) — raqamli iqtisodiyot, avtomatlashtirish, sun'iy intellekt, raqamli boshqaruv va shaffof tizimlarni yaratishga xizmat qiladigan eng istiqbolli yo‘nalishlardan biridir. Shuningdek, quyidagi ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha ham qabul davom etmoqda: ⚡️ Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi ⚡️ Elektr energetikasi va elektr texnikasi ⚡️ Iqtisodiyot ⚡️ Elektronika va nanoelektronika ⚡️ Sifatni boshqarish Nega aynan bizni tanlashingiz kerak? 😄 Davlat oliy ta'lim muassasasi. 😄 Qabul kvotalarining 30 foizi grant asosida ajratilgan bo‘lib, grant to‘liq 4 yillik ta'lim davri uchun beriladi. 😄 Kirish imtihonlari atiga ikki fandan o'tkaziladi: Matematika va rus tili 😄 Filialda viloyatlardan kelib tahsil oluvchi talabalar uchun barcha zarur sharoitlarga ega talabalar turar joyi mavjud. Rus tilini mukammal bilmasligingiz o‘qishga kirishingizga to‘sqinlik qilmaydi. Imtihonda asosiy ustuvorlik matematika faniga beriladi. O‘qish davomida rus tilini yaxshi bilmaydigan talabalar uchun mutlaqo bepul rus tili to‘garaklari tashkil etiladi. Hujjat topshirish juda oson! 👉 qabul.mpei.uz 📞Call Center (Maslahat markazi): ☎️ +998555007740 ☎️ +998951457741 ☎️ +998951457742 👩🏻💻 Onlayn murojaat: @meiqabul Web-sayt | Telegram | Instagram | You tube