tgindex
Nurota davlat qo'riqxonasi

Nurota davlat qo'riqxonasi

Статистика
Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
11
Всего постов
23
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
14 авг.
Подписчики
349
+1 за 1 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
270
23 постов
Вовлечённость
77,4%
к подписчикам
Постов в день
1,6
всего 23
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
128
1/48двое суток
146
1/72трое суток
158

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • #Ilmiy_tadqiqot #Ilmiy_Monitoring Korolkov kuchalasi (Arum korolkowii Regel) — kuchaladoshlar (Araceae) oilasiga mansub ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik. Nurota davlat qo‘riqxonasi hududida monitoring davomida suratga olingan 🏔 Tarqalishi va ekologiyasi Korolkov kuchalasi asosan O‘rta Osiyoning tog‘li hududlarida, jumladan Tyan-Shan, Pomir-Oloy va Nurota tog‘ tizmalarida keng tarqalgan. U ko‘pincha tog‘ yonbag‘irlarida, toshloq yerlarda, butazorlar va yong‘oqzorlar orasidagi soya-salqin, namlik yuqori bo‘lgan joylarda o‘sadi. Nurota davlat qo‘riqxonasining boy bioxilma-xilligini aks ettiruvchi bu tur tabiatda o‘ziga xos manzara hosil qiladi, ayniqsa kuz faslida qizarib pishgan mevalari bilan e’tiborni tortadi. https://t.me/Nurata_eco

  • BO‘G‘IMOYOQLILAR TIPI – ARTHROPODA O‘RGIMCHAKSIMONLILAR SINFI – ARACHNIDA KALLIMAH Каллимах / Eversmann’s Hairstreak Tomares callimachus (Eversmann, 1848) Tangachaqanotlilar turkumi – Lepidoptera Feruzaqanotli kapalaklar oilasi – Lycaenidae   Toifa va maqomi. 2 – Zaif (O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobida 2019 y. – 2, Zaif, tabiiy kamyob, lokal tarqalgan janubiy g‘arbiy-palearktik tur); ZQ – Zaif, qisqarib borayotgan tur (O‘zbekistonda TMXI shkalasi bo‘yicha – VU, mezonlar D2).   Tarqalishi. Qorjontov, Nurota tizmalari. O‘zbekistondan tashqarida: Qozog‘iston va Turkmaniston janubi (Kopetdog‘), Qirg‘iziston shimoli, Rossiya Yevropa qismining janubi, Qrim, Kavkazorti, Turkiya, Eron. Yashash joylari va ekologik xususiyatlari. Tog‘ yonbag‘irlarining d.s. 700-1300 m balandliklarida turli o‘t o‘simliklarda uchraydigan tog‘-kserofitli. Bir yilda bitta avlod beradi. Urg‘ochilari aprel-may oylarida uchadi va tuxum qo‘yadi. Qurtlar may-iyun oylarida paydo bo‘ladi. Asosan, Astragalus sieversianus o‘simligida uchraydi. G‘umbak holatida qishlaydi.   Soni. Kam sonli, so‘nggi o‘n yillikda aksariyat yashash joylarida faqat yakka nusxalari qayd etilgan. 2020-2025-yillarda Toshkent viloyati Qorjontov tizmalarida (Qoraqiya daryosi qirg‘oqlari) 4 ta namuna qayd etilgan.  Asosiy tahdidlar. Xo‘jalik faoliyati natijasida yashash joylarining yo‘q bo‘lib ketishi, chorva mollarining haddan tashqari boqilishi. Ko‘paytirish. Ko‘paytirilmagan.   Qabul qilingan muhofaza choralari.O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan. Nurota qo‘riqxonasi va Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘ida muhofaza qilinadi.   Qo‘shimcha muhofaza choralari. Yashash joylari, soni va yashash tarzini mukammal o‘rganish lozim. (Ўзбекистон “Қизил Китоби”  2025й II-жилд 95-бет)

  • без подписи

  • без подписи

  • #Ilmiy_tadqiqotlar #Ilmiy_monitoring #Yirtqich_qushlar_kichik_burgut Nurota davlat qo‘riqxonasi ilmiy xodimlari tomonidan "Nurota davlat qo‘riqxonasida uchrovchi yirtqich qushlarning tarqalishi va tur tarkibi" ilmiy-tadqiqot mavzusi yuzasidan olib borilayotgan monitoring va ilmiy tadqiqot ishlari davomida qo‘riqxona hududida suratga olingan (Hieraaetus pennatus) Kichik burgut va uning poloponi. Qo‘riqxonada keng tarqalgan va uyalovchi yirtqich qush hisoblanadi. TMXI (LC) va O‘zbekiston Qizil kitobiga 3(NT) kiritilgan. https://t.me/Nurata_eco

  • JO‘RCHI (KAL JO‘RCHI) Стервятник / Egyptian Vulture Neophron percnopterus (Linnaeus, 1758) Qarchig‘aysimonlar turkumi - Accipitriformes Qarchig‘aylar oilasi – Accipitridae    Toifa va maqomi. 2 – Zaif (O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobida 2019 y. – 2, Zaif, kamayib borayotgan, mozaik tarqalgan tur); ZQ – Zaif, qisqarib borayotgan tur (O‘zbekistonda TMXI shkalasi bo‘yicha – VU, mezonlar A3c+B2ab(iii)+C1); TMXI Qizil roʻyxatida – EN)).    Tarqalishi. G‘arbiy Tyan-Shan va Hisor-Oloy tizmalari, Qizilqumning cho‘l past tog‘lari, Ustyurt chinklari, Amudaryo qayirlari. O‘zbekistondan tashqarida: Janubiy Yevropa, Shimoliy Afrika, Arabiston yarim oroli, Janubi-g‘arbiy va Markaziy Osiyo, Kanar orollari va Hindiston.    Yashash joylari va ekologik xususiyatlari. G‘arbiy Tyan-Shan tog‘larining quyi qismida, Hisor Oloyning qurg‘oqchil chekka tizmalarida va cho‘l past tog‘lari-da, 1500 m gacha bo‘lgan balandlikda uyalaydi. Mart oyida uchib kelib, sentabr-oktabrda qishlash joyiga uchib ketadi. Qoya va jarliklardagi uyalarida 1-2 ta tuxum qo‘yadi, 5-7 yoshida jinsiy voyaga yetadi. Asosiy ozuqa obyektlari bo‘g‘imoyoqlilar, sudralib yuruv-chilar va mayda sutemizuvchilar (asosan nobud bo‘lganlar), chorvachilik chiqindilari va oziq-ovqat chiqindilari hisoblanadi.    Soni. Ilgari (2010-yilda) soni 135-140 juftga baholangan. 2019-yildan 2025-yilgacha Ustyurtning janubiy qismida 15 juftgacha, Qizilqum cho‘lining markaziy qismida 9 juft, Qarnobcho‘l cho‘lida 1 juft, Qo‘ytosh tizmasida 3 juft, Turkiston t. shimoliy etaklarida va Molguzar tizmasida 4 juft uyalashi qayd etilgan. Ko‘hitang, Qizilqum cho‘li, Nurota va Chotqol t. 1000 ga yaqin qush uchib o‘tishi va oziqlanishi kuzatilgan.     Asosiy tahdidlar. Chorvachilik amaliyotining o‘zgarishi va oziq-ovqat chiqindilarini utilizatsiya qilishning tartibga solinishi natijasida ozuqa bazasining yo‘qolishi; an’anaviy adovat tufayli yo‘q qilinishi; elektr uzatish liniyalari va shamol generatorlari bilan to‘qnashuvlar natijasida halok bo‘lishi.     Ko‘paytirish. Hayvonot bog‘larida ko‘paytiriladi. Qabul qilingan muhofaza choralari. O‘zbekiston Respublikasi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston Qizil kitobiga, CITES II Ilovasiga, Bonn konvensiyasi II ilovasi kiritilgan. "Zomin," "Nurota," "Hisor" davlat qo‘riqxonalari, "Ugom-Chotqol", "Markaziy Qizilqum," "Janubiy Ustyurt," "Bobotog‘" milliy tabiat bog‘larida muhofaza qilinadi.     Qo‘shimcha muhofaza choralari. Barcha ma’lum uyalarni monitoring qilish va qo‘riqlash; chorvadorlar bilan tushuntirish ishlari olib borish; elektr uzatish tarmoqlari va shamol generatorlarida nobud bo‘lish xavfini kamaytirish. (Ўзбекистон “Қизил Китоби”  2025й II-жилд 270-бет)

  • без подписи

  • без подписи

  • #Илмий_мониторинг #Илмий_тадқиқотлар         Нурота давлат қўриқхонасида суратга олинган Ўрта Осиё гюрзаси(кўлвор-илон) - (Macrovipera lebetina turanica). Гюрза - ўта хавфли ва заҳарли илон ҳисобланади.Унинг заҳари инсон танасига кирганда гемолитик таъсирга эга (эритроцитларни парчалайди, кучли ички қон кетишни чақиради).Илонни ўзига хос тўқ-кулранг туси ҳамда орқа томони бўйлаб жойлашган тўқ-сариқ қўнғир доғлар тош-қоя ва қуруқ ўтлар орасида ниқоб вазифасини ўтайди. https://t.me/Nurata_eco

  • 11 авг.1651из kshokirov

    Fabaceae (Leguminosae) - Burchoqdoshlar oilasi – Семейство Мотыльковые (Бобовые)  Astragalus nuratensis Popov Nurota astragali / Астрагал нуратинский  Maqomi. 1 (YK) – Yo‘q bo‘lib ketayotgan, B1b(i,iii)+2b(ii,iv);C2a(i). Oqtov tizmasidagi kamyob endem tur.  Tahdidlar. Chorva mollarini tizimsiz boqilishi, tog‘-kon sanoatining rivojlanishi va rekreasiya yuklamasi.   Qisqacha tavsifi. Serpoyali ko‘p yillik o‘t. Poyasi ancha yo‘g‘on, uzunligi 8–15 cm, siyrak, hurpaygan tukli, ular keyinchalik to‘kilib ketadi. Barglari, asosan, poyaning yuqori qismida joylashgan. Bargchalari 4–6 juft, yuqori qismi to‘mtoqroq, deyarli teskari yuraksimon, uzunligi 1–2 cm. Gulpopugi siyrak, 5–10 gulli. Gultoji och sariq rangli. Dukkagining uzunligi 10–20 mm, o‘tkir uchli (tumshuqchali), siyrak, uzun, hurpaygan tukli, ikki uyali. May–iyun oyida gullab, mevasi iyulda yetiladi.    Tarqalishi. Samarqand va Navoiy viloyatlari: Nurota tizmasida (Oqtov) tarqalgan. Tarqalish maydoni (EOO) – 81 km2 va tur populyatsiyalari egallagan maydon (AOO) – 20 km2.    O‘sish muhiti. Tog‘larning pastki va o‘rta qismidagi toshli yonbag‘irlarda, qoyalarda o‘sadi. Soni. Turning umumiy soni 1000 tadan ziyod baholangan.    Foydalanilishi. Foydalanilmaydi.    Madaniylashtirilishi. Madaniylashtirilmagan.    Muhofaza choralari. Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Tur o‘sadigan hududlarda chorva boqish va tog‘- kon sanoatini nazorat qilish, shuningdek, turning in situ* va ex situ** sharoitida ko‘paytirish tavsiya etiladi. (Ўзбекистон “Қизил Китоби”  2025й I-жилд 183-бет) in situ*- ўсадиган жойида табиий шароитда кўпайтириш, бунда инсон аралишуви бўлмайди. ex situ**- ўсимлик ўсадиган жойда эмас бошқа жойда суъний муҳитда ўстириш, бунда бевосита инсон аралашиб, табиий шароитга яқин муҳит яратиш, ишлов бериш ва б.

  • 11 авг.155из kshokirov

    без подписи

  • 5 авг.3562из Ю.М.С

    без подписи

  • 5 авг.3342из Ю.М.С

    без подписи

  • 5 авг.3402из Ю.М.С

    без подписи

  • 5 авг.3292из Ю.М.С

    без подписи

  • Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 35 йиллиги муносабати билан жорий йилнинг 28-июлидан 6-сентябрига қадар республика бўйлаб "Долзарб 40 кун" тадбирлари доирасида ободонлаштириш ва санитария-тозалаш ишлари олиб борилмоқда. Мазкур тадбирлар Ўзбекистон Республикаси Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси раисининг 2026-йил 31-июлдаги видеоселектор йиғилишида берилган топшириқлар ижросини таъминлаш мақсадида Нурота давлат қўриқхонасида ҳам изчил амалга оширилмоқда.

  • Vitaceae - Uzumdoshlar oilasi – Семейство Виноградные Vitis vinifera L. Yovvoyi uzum (tok) / Виноград винный (дикий)   Maqomi. 2 (ZQ) – Zaif, qisqarib borayotgan, B2ab(i,ii,iii,iv,v). O‘zbekistondagi areali ajralgan kamyob tur.  Tahdidlar. Chorva mollarining tizimsiz boqilishi.  Qisqacha tavsifi. Uzunligi 30 m gacha yetadigan o‘ralib o‘suvchi o‘simlik. Barglari oddiy, deyarli yumaloq, 3–5 bo‘lakli yoki panjasimon qirqilgan, asosi o‘yilgan, chetlari o‘tkir tishli yoki kungirali. To‘pguli tig‘iz yoki yoyiq ro‘vak. Mevasi turli rang va shaklda. May-iyun oyida gullab, iyul-oktyabrda yetiladi.  Tarqalishi. Jizzax, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari: Nurota tizmasi (Gurdara va Bolosoy daralari), Hisor tizmasi, G‘arbiy Tyan-Shan tizmalarida tarqalgan. Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonda ham uchraydi. Tarqalish maydoni(EOO) – 45 041 km2 va (AOO) 28 km2 ni tashkil etadi.   O‘sish muhiti. Daryo yoqalari, daralarda, shag‘al, mayda zarra jins tuproqli yonbag‘irlarda o‘sadi.   Soni. Populyatsiyalarining umumiy soni 500 ta atrofida baholanadi.   Foydalanilishi. Mevasi iste’mol qilinadi.   Madaniylashtirilishi. Botanika bog‘larida, bog‘dorchilik tajriba uchastkalarida o‘stiriladi.   Muhofaza choralari. Nurota va Chotqol davlat qo‘riqxonalarida va Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘ida muhofaza qilinadi. (Ўзбекистон “Қизил Китоби”  2025й II-жилд 326-бет)

  • без подписи

  • 29 июл.386из kshokirov

    TASQARA Чёрный гриф / Cinereous Vulture Aegypius monachus (Linnaeus, 1766) Qarchig‘aysimonlar turkumi – Accipitriformes Qarchig‘aylar oilasi – Accipitridae  Toifa va maqomi. 2 – Zaif (O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobida 2019 y. – 3, Zaifga yaqin, o‘t-roq, mozaik tarqalgan tur); ZQ – zaif, qisqarib borayotgan tur (O‘zbekistonda TMXI shkalasi bo‘yicha – VU, mezonдфк A3c+B2ab(ii, iii)+C2a(i) ; TMXI Qizil ro‘yxatida – NT)).   Tarqalishi. G‘arbiy Tyan-Shan, G‘arbiy PomirOloy, Bo‘kanatog‘, Tomditog‘, Muruntov qoldiq tog‘lari. O‘zbekistondan tashqarida: Janubiy Yevropa, Shimoliy Afrika, G‘arbiy, O‘rta va Markaziy Osiyo, Hindiston, Oltoy, Mo‘g‘uliston, Xitoy.        Yashash joylari va ekologik xususiyatlari. Tog‘larning dengiz sathidan 500-2500 m balandlikdagi quyi va o‘rta mintaqasi (uyalash); tog‘lar va tekisliklar (ko‘chish) Daraxtlar, butalar (alohida juft-juft bo‘lib) va qoyalarda uyalaydi; fevralaprelda 1 ta tuxum qo‘yadi; 54-56 kun bosib yotadi; polaponlari iyul-sentabrda ucha boshlaydi. Asosan yovvoyi va xonaki tuyoqli hayvonlar o‘laksasi, ba’zan toshbaqalar bilan oziqlanadi.    Soni. Ilgari turli yillarda 100 dan ortiq qushlar va 40-80 ga yaqin uyalaydigan juftlar qayd etilgan. 2019- 2021-yillarda Nurota t. 19 tasi qayd etilgan. 2022- yilda Turkiston t. (Molguzar) 7 tasi; 2023-yilda Qurama t. bitta juft, 2024-yilda Oqtog‘da 6 juft, Bo‘kanatog‘da 4 ta, Qoratog‘da 1 tasi qayd etilgan. 2024-2025-yillarda Nurota t. Hayotsoy hududida har birida bittadan polapon bo‘lgan 3 ta uya aniqlangan. Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘ida 2021-2025- yillarda 3 tadan 18 tagacha hisobga olingan. 2025- yilda Ustyurt platosi va Orolqum cho‘li o‘rtasidagi sharqiy chink bo‘ylab bitta qushning uchib o‘tishi qayd etilgan.     Asosiy tahdidlar. Yovvoyi tuyoqlilar sonining kamayishi, brakonerlik.         Ko‘paytirish. Dunyo hayvonot bog‘larida muvaffaqiyatli ko‘paytirilmoqda.     Qabul qilingan muhofaza choralari. O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston Qizil kitoblariga, shuningdek, CITES II va CMS ilovalariga kiritilgan. Nurota, Chotqol, Zomin, Hisor va Surxondaryo qo‘riqxonalarida hamda bir qator milliy bog‘larda muhofaza qilinadi.     Qo‘shimcha muhofaza choralari. Energetika infratuzilmasining umumiy ta’sirini hisobga olish; o‘laksaxo‘rlar uchun xavfli bo‘lgan veterinariya preparatlarini nazorat qilish va qo‘llashni cheklash; xavfsiz ozuqa maydonchalarini yaratish; reabilitatsiya markazlarini tashkil etish va qo‘llabquvvatlash. Tuzuvchilar: A. G. Ten, N. N. Azimov. (Ўзбекистон “Қизил Китоби”  2025й II-жилд 276-бет)

  • 29 июл.275из kshokirov

    без подписи