OSON ONA TILI
Статистика📚 O‘zbek tili va adabiyoti — barchaga oson va tushunarli! 🎯 Milliy sertifikat va attestatsiya imtihonlariga tayyorlaning biz bilan. 💬 Reklama va hamkorlik uchun: @Nozima_utkirovna Slogan: “Til oson bo‘lsin — OSON ona tili bilan!”
- Последний пост
- 24 июн.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 30
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
❗️arxiv Ona tili majburiy 15-iyul 2025-yil Tushadigan savollar ⬇️⬇️⬇️
📚 Ona tili va adabiyotdan asosiy blok Savollar soni: 30 ta To'g'ri javoblar: 1. c 2. d 3. a 4. a 5. b 6. d 7. c 8. c 9. b 10. d 11. d 12. b 13. d 14. b 15. b 16. b 17. C 18. a 19. c 20. d 21. a 22. b 23. a 24. a 25. d 26. a 27. d 28. a 29. d 30. c Abituriyentlar uchun kerakli fayllar
📚 Test: Blok test ⚡️ Asosiy fanlar: Ona tili va adabiyot, ingliz tili ❗️ Bilim va malakalarni baholash agentligi testi (2024) Ona tili va adabiyot fanidan muhim fayllar bu manzilda 👇👇👇👇
#abituriyent ❗️Texnikum bitiruvchilari OTMlarning 2-bosqichidan oʻqishni davom ettirishi mumkin boʻlgan oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari tasdiqlandi. 👉 @xushnudbek 👈
📌3,4-savollar uchun maxsus tushadigan Ko'rib qo'ying. 7-8-fevral imtihonga kiruvchilar tezda. 1. Marshrut | Yo‘nalish | 2. Link | Havola | 3. Diskussiya | Bahs, munozara | 4. Zona | Hudud | 5. Motivatsiya | Rag‘bat | 6. Lider | Yo‘lboshchi, yetakchi 7. Anomal | G‘ayritabiiy | 7. Brend | Belgi, tamg‘a, iz, nishona, alomat | 8. Vebinar | Masofaviy seminar | 9. Avans | Bo‘nak | 10. Dastavka | Yetkazib berish | 11. Kovorking | Ish markazi | 12. Kotlovan | Xandaq | 13. Lebyodka | Chig‘ir | 14. Format | Shakl, ko‘rinish | 15. Servis | Xizmat | 16. Progress | Taraqqiyot | 17. Proyekt | Loyiha | 18. Analiz | Tahlil | 19. Strategiya | Yo‘l-yo‘riq, reja | 20. Taktika | Usul, yo‘l | 21. Innovatsiya | Yangilik, ixtiro | 22. Platforma | Maydon, tizim | 23. Resurs | Manba | 24. Kontent | Mazmun, ichki material | 25. Auditoriy | Tinglovchilar, o‘quvchilar | 26. Eksperiment | Tajriba | 27. Statistika | Hisob-kitob, raqamlar| 28. Diagramma | Chizma, jadval | 29. Diplom | Sertifikat, hujjat | 30. Fakultet | Yo‘nalish, bo‘lim | 31. Seminar | Mashg‘ulot | 32. Trening | Mashq, tayyorgarlik 33. Konsultatsiya | Maslahat | 34. Rezume | Qisqa tarjimai hol | 35. Intervyu | Suhbat | 36. Monitoring | Kuzatuv, nazorat | 37. Reyting | Daraja, baho | 38. Ssenariy | Qisqa reja, matn | 39. Argument | Dalil | 40. Fakt | Haqiqat, dalil | 41. Versiya | Talqin, ko‘rinish | 42. Variant | Tanlov, ko‘rinish | 43. Abituriyent | O‘qishga kiruvchi talaba nomzod | 44. Adaptatsiya | Moslashish | 45. Aktual | Dolzarb | 46. Arxiv | Saqlanadigan hujjatlar to‘plami | 47. Audit | Tekshiruv, nazorat | 48. Avtomatizatsiya | Mexanizatsiya, jarayonni avtomatlashtirish | 49. Bankrot | Kasod, moliyaviy inqirozga uchragan | 50. Bonus | Qo‘shimcha mukofot | 51. Defitsit | Yetishmovchilik | 52. Delegatsiya | Vakillar guruhi | 53. Diskriminatsiya | Kamsitish | 54. Diversifikatsiya | Turli yo‘nalishlarga bo‘lish | 55. Dominant | Ustun, yetakchi | 56. Ekspo | Tashqariga chiqarish | 57. Import | Ichkariga olib kirish | 58. Investitsiya | Sarmoya | 59. Kredit | Qarzdorlik asosida beriladigan mablag‘ | 60. Marketing | Bozor faoliyati | 61. Motiv | Sabab, undovchi omil | 62. Normativ | Me’yoriy hujjat | 63. Obligatsiya | Majburiyat qog‘ozi | 64. Optimizatsiya | Eng maqbul shaklga keltirish | 65. Perspektiva | Kelajakdagi imkoniyat | 66. Prioritet | Ustuvorlik | 67. Progress | Taraqqiyot | 68. Protsedur | Tartib, yo‘l-yo‘riq | 69. Raqoba | Musobaqa, bellashuv | 70. Reyestr | Ro‘yxat | 71. Rezerv | Zaxira | 72. Rivojlanish | Taraqqiyot, o‘sish | 73. Risk | Xavf | 74. Sanksiya | Jazolash chorasi | 75. Sertifikat | Guvohnoma | 76. Simulyatsiya | Sun’iy o‘xshatish | 77. Standart | Me’yor, andoza | 78. Strategiy | Keng qamrovli reja | 79. Taktika | Amaliy usul | 80. Tarif | Narxlar jadvali | 81. Tendensiya | Yo‘nalish, moyillik | 82. Termin | Atama | 83. Transformatsiya | O‘zgarish, aylanish | 84. Variant | Tanlov, ko‘rinish | 85. Versiy | Talqin, ko‘rinish | 86. Virtual | Sun’iy, kompyuter muhitidagi | 87. Volontyor | Ko‘ngilli | 88. Zarurat | Majburiyat, ehtiyoj |
Avval bu testni ishlab, keyin imtihonga kiring. Ustoz: Farruh Qarshiyev @tiladabiyotN1
⚡️ Milliy sertifikat imtihonlari. 1-hafta haqida mulohazalar. ✅ Grammatikaga oid 1-12-savollarda deyarli hech qanday sifat ozgarishi yoq. ✅ Bazi smenalarda badiiy matnga oid ayrim savollarda javoblar bir-biriga juda yaqin qoyilgan. Testologiyaning umumiy qoidalariga zid ravishda muqobil javob tanlash holatlari mavjud. ✅ Javobi yoziladigan savollarda kichik ozgarishlar mavjud, ammo jiddiy emas. ✅ Ayrim javobi yoziladigan savollar javobi juda uzun bolib ketishi kuzatilgan. Xalqaro testologiyada, odatda, bu turdagi savollarda javob 1 yoki 2 sozdan iborat bolishi tavsiya etiladi. ✅ Dastlabki haftada badiiy asarlar boyicha savollar, asosan, hikoya va qissalardan shakllantirildi. Shu bois tavsiya etilgan adabiyotlar royxatidagi hikoya va qissalarni 1-navbatda qaytadan toliq oqishni maslahat beramiz. ✅ Dastlabki haftada "Evrilish", "Shamolni tutib bolmaydi", "Oq kema", "Kecha va kunduz" asarlaridan koproq savollar shakllantirilganini hisobga olsak, keyingi haftada bu asarlardan test tushish ehtimoli kam. ✅ Esse mavzulari endilikda ancha yaxshilangan. Bu borada agentlik mutaxassislari yaxshi ishlashgani ko`rinib turibdi.
⚡️44-savolda savolda tushib kelayotgan tuyuq janri bo‘yicha o‘quv qo‘llanma. Unda tuyuqlar sharhi berilgan. Muallif: professor Isʼhoqjon Ismoilov
👨💻Vada qilingan (Aprelda tushish ehtimoli yuqori bo'lgan) esselar 📍Esselar shu kanalda👇👇👇 @ona_tili_ibrohim_qayumov
✅️ 27-aprel 2-smena. Esse mavzusi: Dori mahsulotlarining ommaviy axborot vositalari orqali keng miqyosda reklama qilinishi muhokamalarga sabab bo'lmoqda. Ba'zilar ularning salbiy tomonlari borligini ta'kidlasa, ayrimlar bu jarayonni ijobiy baholaydilar.
Bundan keyin tushishi mumkin bo‘lgan esse mavzularini so‘rashibdi. Quyidagi mavzular bilan shug‘ullanib yurish faqat foyda. ⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️ ➡️1. Xorijiy oʻzlashma atamalarni oʻzbekchalashtirish hukumat masalasida: - ayrimlar buni milliy o‘zlikni asrash va til nufuzini oshirish yo‘lidagi muhim qadam deb hisoblaydi; - boshqalar esa buni global dunyodan uzilish sari tashlangan qadam, deb baholaydi. ➡️ 2. Ayrimlar farzand xato qilsa, bunga uning o'zi aybdor desalar, ayrimlar bunda ota-onaning ham tarbiya berish borasida kamchiligi borligini ta'kidlaydi. ➡️ 3. Naqd pul ko'plab muhokamalarga sabab bo'lmoqda: -ayrimlar uni iste'moldan chiqarib kartalardan foydalanish kerak desa; -ayrimlar buni qulay deb hisoblashadi. ➡️ 4. Ko'pchilik tibbiy xodimlarining unumdorligini oshirish uchun ish vaqtini qisqartirish kerak desa, ayrimlar ish vaqtini qisqartirish xizmat ko'rsatish sifatiga ta'sir qilishi mumkinligini ta'kidlaydi. ➡️ 5. Ayrimlar shaharda yashashni afzal ko'rsa, ayrimlar qishloq muhitini ma'qullaydi. ➡️ 6. Ayrimlar reklamani foydali deb bilishsa, ayrimlar unga cheklov qo'yish kerakligini aytadi. ➡️ 7. Ayrimlar chet tillarini o'rganish zamon talabi desa, ayrimlar avval milliy tilni o'rganib, unga e'tibor qaratish kerakligini ta'kidlaydi. ➡️ 8. Onlayn ishlash qulayliklarni taqdim qiladimi yoki insonni ijtimoiy hayotdan ajratadimi? ➡️ 9. Ayrimlar sifatli mahsulotga reklama shart emas desa, ayrimlar har qanday mahsulot reklama qilinishi sotuv jarayoni uchun ijobiy ta'sir qiladi deb ta'kidlaydi. ➡️ 10. Ayrimlar ijtimoy tarmoqlarni inson ma'naviyati uchun foydali desa, ayrimlar uni qaramlikni yuzaga chiqaruvchu omil sifatida baholaydi. ➡️ 11. Ayrimlar onlayn xaridni qulay desa, ayrimlar sifatsiz mahsulotni targ'ib qiladi hamda an'anaviy savdo muassasalariga zarar yetkazadi deb hisoblaydi. ➡️ 12. Baʼzilar kasb tanlashda qiziqish ustunlik qilishi kerak desa, boshqalar ota-onaning xohishi to‘g‘ri tanlov deb biladi ➡️ 13. To‘lov tizimidagi o‘zgarishlar bo‘yicha jamiyatda turli munozaralar yuzaga kelishni boshladi. Baʼzilar to‘lovlarning naqd pul ko‘rinishida amalga oshirilishini maʼqullasa, boshqalar elektron to‘lov usulining ijobiy ekanligini eʼtirof etishmoqda Tushadigan savollar va esse mavzulari
26-aprel 1-smenaga tushgan savollar: 5-savol. Qaysi biri uslubiy xato hisoblanmaydi? Odamlar suratini bezatsa, sen siyratingni beza. Odamlar boshqalar aybidan so‘z ochsa, sen o‘z qusuringni o‘yla. Javob: tushum kelishigini ko‘makchi bilan almashtirish mumkin ✅ (qusuringni= qusuring haqida) 8-savol. Fe'llar haqida hukmlarning nechtasi to‘gri? Iskandar o‘zining yaqin kishilaridan biriga saqlab yurgan sirini aytdi va uni hech kimga oshkor qilmaslikni qayta-qayta ta'kidladi, u esa sirni saqlay olmay boshqasiga aytdi Javob: 4tasi ✅ 1. Harakat nomi shaklidagi fe’l 2. Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi 3. Ravishdosh shaklidagi fe'l 4. Sodda va qo‘shma yasama fe'l 9-savol. Bog‘lovchi vositani qo‘ying Hayot har kimga tanlovni beradi: (1) dunyoni o‘zgartir, (2) o‘zingni o‘zgartir. Javob: yoki ✅ 11-savol. Amal qilinmaydigan bilimni mevasiz shoxga, jonsiz tanaga qiyos qilishadi, zero bilim daraxt, amal esa uning mevasidir Javob: vositali to'ldiruvchi kesimga tobelangan ✅ 10-savol. Kitob so‘zi qaysi so‘zga tobelangan? Kitob faqat muqovasi zarhalli bo'libgina qolmay, uning mazmuni oltinga teng bo‘lganda qadrli Javob: qadrli ✅ 12-savol. Tinish belgisi bilan bog'liq xatolikni aniqlang. Ey shoir, xalning dardini olib, umrbod xor bo‘lgan shoir faqat sen bilasan: dard bilan yashamoq go‘zal — yashamoq og‘ir. Javob: undalmani boshqa gap bo‘laklaridan ajratuvchi tinish belgisi tushirib qoldirilgan ✅ 38-savol. Okkozional(muallif to‘qimasi) bo‘lgan qo‘shimchani ma’nodoshi bilan almashtiring “Alpomish”ni o‘qiding, u qachondir qayerdadir bo‘lgan yo bo‘lmagan voqealar silsilasi, lekin bu muhim emas. So‘zning go‘zalligi va betakrorligi, so‘zning qudratini his qilish va undan ta’sirlanish qo‘lidan keladigan odamni tayyorlash kerak. O‘qirman shuning uchun kerak, kitob shuning uchun kerak. Javob: o‘quvchi (=o‘qirman) ✅ 33. She'rlarim! Undalmali gap 34. Tanish terak. Ariq yoqasi. Bo‘tana suv. Shirin loyqa suv Atov gap 35. Bir so‘z demas aziz odaming ( Bo‘yin eggan taqdir ra'yiga) Kirish gap 37. Tinish belgisi bilan bog'liq xatolik Taniqli san'atkor Chexov adabiyotda muammoni yoritish masalasida qisqa qilib; «Yozuvchi muammoni yoritishi mumkin. Ammo uni hal qilish— hayotning ishi.. », — degan edi. Javob: nuqtali vergul —> ikki nuqta ✅ 39. Qavs bilan ajratilishi kerak bo‘lgan birlikni yozing Eslaymanki, bolalagimdan beri kitoblar bilan o‘ralashaman. Barchamiz biz oilada 5 farzand edik tancha atrofida tizilishib o‘tirgancha... Javob: biz oilada besh farzand edik ✅ 40. Qarashlarning xilma-xilligi stol ustidagi olmaga(1) bir bor ko‘rish ilinjida bo‘ynini cho‘zayotgan bolakayning qarashi qanday(2) va hech bir malol chekmay, olmani olib, uni ilhaq bo‘lib turgan bolakayga uzatayotgan uy egasining qarashi qanday ekanligidan farqlash mumkin a) (1) raqami bilan ajratilgan so‘z tobelangan hokim so‘zni yozing Javob: bo’ynini cho’zayotgan ✅ b) (2) raqami bilan ajratilgan so‘zga tobelangan so‘z? Javob: qarashi ✅ 41. Gaplarni mazmunan bog‘lang. 1. Go‘zal tabiatli yomg‘ir ming yog‘sin. 2. Bog‘dan lola o‘sadi, sho‘rxok yеrdan o‘t o‘sadi. a) qanday vosita yordamida? Javob: lekin ✅ b) o'rtasidagi mazmun? Javob: zidlik ✅ 44-savol Bo'ldi chun umring kunining vaqti tush. Nafsi sarkash otini ko'b chopma, tush. Xobgoh etkil qanoat manzilin, Yo'qsa hargiz ko'rmagung rohatni tush a) she'riy parcha janri: tuyuq ✅ b) qaysi so‘z she'riy parcha janrini belgilovchi vosita bo‘lgan? Tush ✅ 42-savol Harflar ichra "mim"ning chunki nuqtasi o‘zi yo‘q Hayrat ichindamen o‘shul og‘iz ustinda xolidin a) mim harfi qaysi tana a'zosiga ishora qilgan? Javob: og'iz ✅ b) shoirni hayratlantirgan narsa nima? Javob: xol ✅ 43-savol. Nasimekim yuki siym o'lg'ay oxir. Taharrukda anga biym o'lg'ay oxir a) raviy: m ✅ b) qofiya turi: muqayyad ✅
❗️ 26 TA OMONIM IBORA ✔️
38-savolda Okkazional qo'shimcha haqida savol tushgan Okkazional qo‘shimcha — bu tilshunoslikda odatiy (doimiy) qo‘shimchalardan farqli ravishda faqat ma’lum bir nutq vaziyatida, ijodiy maqsadda yaratilgan yoki qo‘llangan qo‘shimcha hisoblanadi. Ular ko‘pincha yozuvchi yoki so‘zlovchining individual uslubiga xos bo‘ladi. Asosiy belgilar: Doimiy emas — lug‘atga kirmagan bo‘lishi mumkin. Ijodiy — yangi ma’no yoki obraz yaratadi. Kontekstga bog‘liq — faqat shu matnda tushunarli bo‘ladi. Ekspressivlik beradi — nutqni ta’sirchan qiladi. Misollar: Kitobxo‘r-ona (odatiy emas, ijodiy qo‘llanish); Kulimsirabgina-sifatli kabi sun’iy kengaytirilgan shakllar; Yuraksizlarcha — muallifona kuchaytirish
3-savol Negativ — haqorat Rekomendatsiya — tavsiya Abzas — hatboshi Sotsial — ijtimoiy Javob : A
11408 natijalar. @milliy_sertifikat_bot.pdf
🔴 Test yakunlandi! Test: Ona tili va adabiyot MS test Test muallifi: Yoqubov Odilbek Test kodi: 11408 Savollar soni: 49 ta Jami qatnashuvchilar: 643 ta Statistika: A+: 17 ta (2.64%) A: 30 ta (4.67%) B+: 42 ta (6.53%) B: 105 ta (16.33%) C+: 129 ta (20.06%) C: 85 ta (13.22%) Sertifikat ololmaganlar: 235 ta (36.55%) http://t.me/Ona_tili_YoqubovOdilbek
RASH TESTI Barchangizga omad yor bo'lsin... Alloh ilmingizni ziyoda qilsin...
☄️Samgin Qurbonov tomonidan tuzilgan namunaviy milliy sertifikat testi. 🤖 Bot manzili: @stm_testbot 👩💻 Test kodi: 0EFB47 ✅Test javoblarini 21.00 dan 23.00 ga qadar maxsus botga yuborasiz. ✅ Esse degan joyga o`zingiz hozirda o`rtacha olayotgan esse ballingizni kiriting (masalan, 60). ❗️ Esse ballingizni sun`iy oshirmang. ✅ Javoblarni faqat 21.00 dan keyin yuborish mumkin, ungacha javobni yuborib bo`lmaydi, bot qabul qilmaydi. ✅ Test tahlili ertaga 21.00 da bo'lib o'tadi. ✅ Javoblarni botga kiritish yo`riqnomasi bu yerda. ✅@samgin_qurbonov
без подписи