tgindex
𝐎𝐥𝐢𝐲 𝐭𝐚'𝐥𝐢𝐦 𝐲𝐚𝐧𝐠𝐢𝐥𝐢𝐤𝐥𝐚𝐫𝐢 🎓

𝐎𝐥𝐢𝐲 𝐭𝐚'𝐥𝐢𝐦 𝐲𝐚𝐧𝐠𝐢𝐥𝐢𝐤𝐥𝐚𝐫𝐢 🎓

Статистика
@OTM_eduuzузбекский

༻Oliy taʼlimga oid barcha yangiliklar༺ 𝐑𝐚𝐬𝐦𝐢𝐲 𝐦𝐚𝐧𝐛𝐚𝐥𝐚𝐫: @eduuz @xushnudbek @z_amirqulov @abrorhamzauz #owner: 𝐀𝐡𝐫𝐨𝐫𝐤𝐮𝐥𝐨𝐯 𝐉𝐨𝐧𝐢𝐛𝐞𝐤 𝐎𝐭𝐚𝐛𝐞𝐤𝐨𝐯𝐢𝐜𝐡 ☆☆☆☆☆

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
7
Всего постов
129
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
2 185
+10 за 4 дн.
Сутки
+7
+0,32%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
309
40 постов
Вовлечённость
14,1%
к подписчикам
Постов в день
1,0
всего 129
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
172
1/48двое суток
197
1/72трое суток
212

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • #Rasman_mandat ❗️Aytishlaricha, bakalavriat mandati 16-avgust kuni rasman eʼlon qilinadi! 📢 #tarqting_tezkor 👉 @OTM_eduuz

  • #Tezkor_rasman 🔔2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim kvotalari tasdiqlandi! Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan respublikadagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkilotlariga jami 4 840 ta kvota ajratildi. 📊 Kvotalar taqsimoti: 🎓 Tayanch doktorantura (PhD): 3 900 ta 🔬 Doktorantura (DSc): 540 ta 📚 Stajyor-tadqiqotchilik: 400 ta ⚠️ Eslatma! Kvotalarning asosiy qismi (80% dan ortig‘i) tayanch doktoranturaga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa 2027-yilda ham ilmiy izlanuvchilar va PhD bosqichiga talab juda yuqori ekanligini anglatadi. 👉🏻 @OTM_eduuz

  • #perevod ❗️Bugun – “perevod” uchun to‘lov qilishning oxirgi kuni! Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan respublikadagi OTMlarga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha my.gov.uz orqali ariza topshirgan talabalar uchun bugun, 11-avgust kuni — xizmat uchun belgilangan to‘lovni amalga oshirishning oxirgi muddati. 💰To‘lov miqdori: BHMning 0,5 baravari (206 ming so’m). ℹ️ Eslatma: ariza holati bekor bo‘lib qolmasligi uchun to‘lovni bugun kun yakuniga qadar amalga oshirish lozim. 📱To‘lovni my.gov.uz portalidagi shaxsiy kabinet yoki mobil ilovalar orqali masofadan, uydan chiqmasdan amalga oshirish mumkin. 👉 @OTM_eduuz

  • #Tezkor ❗️Nodavlat universitet rektori bo‘lish uchun ilmiy daraja va kamida 5 yillik rahbarlik staji talab etiladi Bu to‘g‘risida Hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. ✅ Loyihaga ko‘ra, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari davlat OTT rektorlari uchun belgilangan malaka talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. ➖ Rektor oliy ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va zarur kasbiy hamda tashkilotchilik qobiliyatlariga ega bo‘lishi lozim. ➖ Rektor intellekt, yetakchilik, ijodiy qobiliyat, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik kabi shaxsiy fazilatlarga ega bo‘lishi talab etiladi. ➖ Rektor bakalavr va magistrlar tayyorlash yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha fan doktori yoki fan nomzodi ilmiy darajasiga, yoxud professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lishi kerak. ➖ Bundan tashqari, rektor kafedra mudiri, fakultet dekani yoki o‘rinbosari, prorektor kabi rahbarlik lavozimlarida yoxud oliy ta’lim sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida kamida 5 yil samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur. Mazkur talablarni Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Yagona nizomga kiritish rejalashtirilmoqda. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga qaror qabul qilingach, ikki oy muddatda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni yangi talablarga muvofiqlashtirish vazifasi yuklatiladi. 📝 Loyiha muhokamasida faol ishtirok etib, takliflaringizni regulation.gov.uz saytida qoldiring.  👉 @OTM_eduuz

  • #Tezkor 🔔Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari sanasi e’lon qilindi! Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha imtihonlar 2026-yil 13-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. 📌 Asosiy ma’lumotlar: 📑 Ishtirokchilar ro‘yxati: Test topshiruvchilar ro‘yxati, ajratilgan fanlar va imtihon manzillari bilan rasmiy PDF faylda tanishishingiz mumkin. Buning uchun my.gov.uz yoki Davlat xizmatlari markazi orqali olgan ariza raqamingiz kerak bo‘ladi. 🪪 Zaruriy hujjat: Imtihonga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan belgilangan vaqtdan kechikmay kelishingiz shart. 🤖 O‘zgartirish kiritish: Test hududi yoki imtihon tilini o‘zgartirish uchun Telegram’dagi @NostrifikatsiyaBBA_bot manziliga ariza raqami va ism-familiyangizni yuborishingiz mumkin.   👉🏻 @OTM_eduuz

  • #Tezkor_xabarlar 🔔 Oliy ta’lim sohasidagi eng so‘nggi tezkor xabarlar 1️⃣ Ikkinchi mutaxassislikka ariza topshirish tugashiga 1 kun qoldi! Oliy ma’lumotli fuqarolar ikkinchi bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha arizalarini 10-avgustga qadar my.edu.uz platformasi orqali topshirishlari mumkin. ⚠️Muhim: Topshira olmaganlarga qayta imkon berilmaydi. Iltimos masʼuliyatli boʻling! 2️⃣ Tanlovning 2-bosqichi OTM va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash yakunlandi! 📆Muhim: Natijalar e’lon qilinishi uchun kamida 7 kun kutiladi. Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz! 3️⃣ O‘qishni ko‘chirish (perevod) arizalarini tahrirlash uzaytirildi Arizasida kamchiliklar sababli rad javobi olganlar 10-avgustga qadar ma’lumotlarni qayta tahrirlashlari mumkin: Xorijiy va nodavlat OTMlardan ko‘chirishda: my.uzbmb.uz Davlat OTMlari o‘rtasida ko‘chirishda: transfer.edu.uz ⏳Muhim: 10-avgustdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklari tuzatilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi. 👉🏻 @OTM_eduuz

  • ⚡️ Bog‘cha pedagoglarini dual ta’limda o‘qitish bo‘yicha nizom loyihasi muhokamaga qo‘yildi   📋 Loyihaga ko‘ra, dual ta’lim 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 321-son qarorida belgilangan pedagogika oliy ta’lim tashkilotlarida joriy etiladi. Asosiy yangiliklar: 🔸Qachondan boshlanadi? Dual ta’lim tizimi 2026/2027-o‘quv yilidan e’tiboran joriy etiladi. 🔸Kimlar o‘qishi mumkin? Bog‘chalarda ishlayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar va tarbiyachi yordamchilari. 🔸Yo‘nalish va shakli: “Maktabgacha ta’lim” bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida. 🔸O‘qish tartibi va muddati: Haftasiga 1 kun universitetda, 5 kun bog‘chada (ish joyida). O‘qish muddati — 4 yil. Jamoatchilik muhokamasida faol qatnashib, o‘z takliflaringizni regulation.gov.uz portali orqali yuborishingiz mumkin. 👉🏻 @OTM_eduuz

  • 7 авг.1 4144

    #perevod O‘qishni ko‘chirish (perevod) bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash imkoniyati berildi Xorijiy, nodavlat va davlat oliygohlaridan o‘qishini ko‘chirish uchun ariza topshirgan, biroq kamchiliklar sababli rad javobini olgan talabalar diqqatiga! Arizalardagi kamchiliklarni bartaraf etish va qayta tahrirlash uchun 10-avgustga qadar qo‘shimcha muddat berildi. Arizani qayerda tahrirlash mumkin? * my.uzbmb.uz — xorijiy va nodavlat oliygohlardan davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha; * transfer.edu.uz — davlat oliygohlari o‘rtasida hamda bir oliygoh doirasida ko‘chirish bo‘yicha. ⏰ Muhim: 10-avgustdan so‘ng arizalarni tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklari tuzatilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi. Imkoniyatni boy bermang! 👉🏻@OTM_eduuz

  • ❗️ Abituriyentlar diqqatiga! 📌 Yo‘nalish tanlash uchun 1 kun vaqt qoldi. ⏳ 2026-yil 8-avgust soat 23:59 ga qadar abituriyentlar tanlagan fanlar majmuasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari mumkin. ⚠️ Belgilangan muddatgacha yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar tanlovda ishtirok eta olmaydi va o‘qishga tavsiya etilmaydi, to‘plagan ballaridan qat’i nazar. ❗️ Yo‘nalishingizni o‘z vaqtida tanlashni unutmang. 👉🏻 @OTM_eduuz

  • 📚 O‘zbekistonda xorijiy universitetlar bilan 441 ta qo‘shma ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yilgan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ma’lum qilishicha: 🔹 Mamlakatda 32 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. 🔹 Xorijiy universitetlar bilan 441 ta qo‘shma ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yilgan. Shundan 42 tasi dunyoning TOP-500 universitetlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan. 🔹 2026/2027-o‘quv yilidan xorijlik talabalar uchun "Study in Uzbekistan" portali va "Yangi O‘zbekiston stipendiyasi" dasturi ishga tushiriladi. 🔹 So‘nggi 10 yilda oliy ta’lim muassasalari soni 77 tadan 207 tagacha, qamrov darajasi esa 9 foizdan 44 foizga oshdi. 🔹 Ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish hajmi 2025-yilda 484,2 mlrd so‘mga yetdi. Hozirda umumiy qiymati 1,1 trln so‘mlik 586 ta ilmiy loyiha amalga oshirilmoqda. 🔹 Shuningdek, oliygohlar huzurida 68 ta spin-off kompaniyasi, 17 ta muhandislik maktabi tashkil etilgan. Startaplarga 344,6 mln dollar yo‘naltirilib, 506 ta innovatsion korxona va 4 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratilgan. 👉🏻 @OTM_eduuz

  • Ey tolib va toliba, bu siz eshitadigan eng hayrli va eng qadrli nasihatlardan biridir! Ilm olish — har kimga ham nasib etavermaydigan ilohiy neʼmatdir. Inson bu foniy dunyoga shunchaki yashab o‘tish uchun kelmagan. Uni haq yo‘lda sobit qiladigan, qalbini yoritadigan va o‘zligini anglatadigan eng buyuk neʼmat — ilmdir. Ilm bu faqat biror fanni o‘rganish emas. Ilm — o‘zlikni anglashdir. Ilm — nima uchun yaratilganingni anglashdir. Ilm — Haqni tanish sari tashlangan eng ulug‘ qadamlardandir. Siz tunlari o‘qiysiz. Turli stresslar, oilaviy muammolar va sinovlar ichida o‘qiysiz. Ba'zan esa hammasiga qo‘l siltab, hammasini tashlab ketgingiz keladi. Ba'zan hech kim sizni tushunmayotgandek tuyuladi. Lekin... Yo‘q... Siz taslim bo‘lmaysiz. Siz uddalaysiz. Siz davom etasiz. Chunki eng katta g‘alaba boshqalarni emas, o‘zingizni yengishingizdir. "O‘qib kim bo‘lasan?" deganlar uchun emas... Siz o‘zingizni anglash uchun o‘qing. Siz haqni topish uchun o‘qing. Siz ilm bilan qalbingizni yoritish uchun o‘qing. Kun keladi... Bugungi mashaqqatlaringizni eslab, ko‘zlaringizga yosh keladi. Chunki bugungi og‘riqlar ertangi muvaffaqiyatning narxi ekanini o‘sha kuni anglaysiz. Bu sinovlar sizni sindirish uchun emas, sabringizni bilish uchun berilganini tushunasiz. Maqsad faqat o‘qishga kirish emas. Asl maqsad — to‘rt yil davomida qanday inson bo‘lib yetishishingiz va olgan ilmingiz bilan bu yurtga, bu xalqqa qanday foyda bera olishingizdir.  Siz o‘qing Vatan ravnaqi uchun o‘qing. Siz o‘qing mana shu xalqning buguni va ertasi uchun o‘qing. Siz o‘qing ota-onangizning ishonchi va duolari uchun o‘qing. Siz o‘qing o‘z kelajagingiz uchun o‘qing. To‘g‘ri, ilm olish qiyin. Juda ham qiyin. Chunki ilm olish — o‘z nafsini yengishdir. Bu har kimning ham qo‘lidan kelmaydi. Ammo siz qila olasiz. Chunki sizga buyuk neʼmat — ilm izlash baxti berilgan. Shunday ekan... Hozir... Ha, aynan hozir kitobingizni oching. Nafsingizni jilovlang. Haq uchun o‘qing. Kelajagingiz uchun o‘qing. Zero, eng go‘zal kunlar hali oldinda. Bir kun keladi... Ortga qaraysiz. Va o‘zingizga bir savol berasiz: "Nahotki, bu men bo‘lsam?" Ha... Bu siz bo‘lasiz. Faqat bugun taslim bo‘lmang. Bu gaplarni men oʻzimga aytmoqdaman. Ha oʻzimga chunki men bu siz siz va men bu xalqdir. Shu jamiyat, shu elning ertasi va buguni aynan bizmiz. Bu gaplarni qalbingizni bir joyiga muhrlab qoʻying va kun kelib oʻzingiz uchun aytasiz! 👉🏻 @OTM_eduuz

  • #Tezkor 🔁 ⁉️O‘QISHNI KO‘CHIRISH (“PEREVOD”) TARTIBI: KIM QAYERGA VA QANDAY KO‘CHIRA OLADI? #abituriyent #perevod O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha eng ko‘p berilayotgan savollarga rasmiy manbalar asosida qisqa va tushunarli javob beraman. 📌 1. DAVLAT OTMIDAN…

  • #Abituriyent2026 📈 Test natijalari: 234 mingdan ortiq abituriyent minimal ballni yig‘a olmadi 2026-yilgi OTMga kirish test sinovlari yakunlariga ko‘ra, 234 072 nafar abituriyent belgilangan minimal o‘tish bali — 56,7 ballni to‘play olmagan. Shu bilan birga, 7 579 nafar abituriyent 189 va undan yuqori ball qayd etib, eng yuqori natija ko‘rsatganlar qatoridan joy oldi. Qisqa qilib aytganda 2 ta abutrentdan 1 tasi talaba bo’lmaydi ❗️ 👉🏻 @OTM_eduuz

  • #Qabul2026 #Abituriyent2026 📣 Hurmatli abituriyentlar! 📆 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlash (2-bosqich) 8-avgust kuni yakunlanadi. 📝 Mandat (yakuniy natijalar) tanlov tugagach, bir hafta ichida eʼlon qilinadi. 💡 Tanlovni so‘nggi daqiqalarga qoldirmang! O‘z imkoniyatlaringizni to‘g‘ri baholash va reytingdagi o‘rningizni bilish uchun mandat.uzbmb.uz saytidan foydalaning: 1️⃣ Saytdagi "Kengaytirilgan qidiruv" bo‘limiga kiring; 2️⃣ Test topshirgan fanlar majmuasini tanlang; 3️⃣ Barcha abituriyentlar ro‘yxati va ularning o‘rni bilan tanishib, tanlovni amalga oshiring. ⚠️ Fursatni boy bermang, tanlovda adashmang! 👉🏻 @OTM_eduuz

  • #stipendiya ❗️Prezident va nomli davlat stipendiyalariga hujjatlar qabuli boshlandi 2025/2026-o‘quv yili yakunlari bo‘yicha Prezident hamda nomli davlat stipendiyalari tanlovi uchun hujjatlar qabuli 1-avgustdan 15-avgustga qadar my.edu.uz platformasi orqali onlayn amalga oshiriladi. Tanlovda oliy ta’lim tashkilotining birinchi bosqich saralashidan muvaffaqiyatli o‘tgan iqtidorli bakalavriat talabalari ishtirok etishlari mumkin. 📌 Talablar: • Prezident davlat stipendiyasi uchun nomzodlarning barcha baholari faqat “5” bo‘lishi lozim. • Nomli davlat stipendiyalari uchun “4” baholar ulushi 25 foizdan oshmasligi, “3” bahosi mavjud bo‘lmasligi talab etiladi. 📝 Hujjat topshirish muddati: 1-avgust – 15-avgust 💻 Platforma: my.edu.uz ℹ️ Eslatma: Vazirlar Mahkamasining yangi qaroriga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab Prezident va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan axborot texnologiyalari, O‘zbekiston tarixi hamda xorijiy tillar fanlaridan maxsus test sinovlarini topshiradilar. 👉🏻 @OTM_eduuz

  • #Rasman ⚡️ Abituriyentlar diqqatiga! Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan abituriyentlarning fanlar majmuasi bo‘yicha reytingdagi o‘rnini ko‘rish xizmati ishga tushirildi. ✅ Endilikda abituriyentlar: • fanlar majmuasi bo‘yicha reytingdagi o‘rnini; • mutaxassislik fanlari va ta’lim tili kesimida nechanchi o‘rinda turganini onlayn tarzda bilishlari mumkin. 📝 Reytingdagi o‘rningizni tekshirish: https://mandat.uzbmb.uz/Bakalavr 👉🏻 @OTM_eduuz