- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 27
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 769
- 1/48двое суток
- 881
- 1/72трое суток
- 950
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
- > AI: Mana universitetni bitirib ishlayapman deyapsan, senga savolim shuki, oʻsha universitet paytingdagi 2-kurs oʻzing bilan uchrasha olganingda nimalarni maslahat bergan boʻlar eding? @tatuda
Ko'z tegmasin e'tirof tarzida aytaylik, ushbu OcoderX kanalida 1 oy ichida ko'rishlar soni obunachilar sonidan 2 karra ko'p bo'lmoqda ekan (1500+ obunachiga 3000+ ko'rishlar soni). 🟢D = Daraja 🔝 ["Bir tiyinga qimmat" ] -desangizlar ham e'tirof qilmasak bo'lmaydi😅)
Bundan 30 yil oldin Mustaqil boʻlganimizga 5 yil toʻlganda senga bir gap aytganman doʻstim: "Oshna bu qiz yaxshi, ozgina gaplashgan boʻlsa ham, sen ham oppoqmassan, oʻzingga oʻxshagan. Hech boʻlmasa buni senda koʻngli ozgina bor. Anovi sen ketidan yurgan qiz bir kun senga javobingni beradi. Ushla shu qizni " degandim. Xullas, haligi itdek yugurgan qizi aytganimdek: "biz bir-birimizga mosmasmiz"dan berdi. Uni ustiga bugun doʻstim anovi yaxshi qizni ham boshqasi bilan toʻy taklifnomasini qabul qilibdi... Oʻzing qora eding, endi taqdiring ham qoralik tomon ketyapti oshna....
Google 18 oylik offer ni rasman yakunlabdi, boshqa bunday taklif boʻlmaydi endi. 18 oyga olganlarni sim karta egalari (yaʼni hindlar) faol ushlab turmasa, olgan nomeri tarmoqdan 60 kun faolsiz tursa undagi Google obuna ham avtomatik bekor qilinadigan boʻlibdi (meni obunam ham 6 oy deganda bekor boʻldi🤦🏻♂️)
Dori tegmagan, yovvoyi mevadek pishgan, oʻzim ekkan shaftoliga kelilar jigarlar🙂
Ajoyib diolog: - Odamlar o'limdan qo'rqishadi, u tushga o'xshaydimi? - Deyarli shunday. - Unda nega o'limdan qo'rqishadiyu, uyqudan qo'rqishmaydi? Uyqu ham deyarli o'limdek narsaku?! - Chunki uyqudan ertalab uyg'onishadi. - Buni qayerdan biladi, balki u oxirgi uyqusidir?! - Odamlar bunga shunchaki ishonishadi, sababi esa bundan oldingi uyqularlaridan uyg'onganidir. Aslida odamlar o'limdan ko'ra no'malumlikdan ko'proq qo'rqishadi. O'zlariga rost bo'lmasa-da to'qigan "hali ko'p yashash"ligi illuziyasiga ishonadi. Bu juda koʻp oʻylashdan koʻra osonroq va yoqimliroq. ©️The First Clone
Hech qachon umidni so'ndirmaslik kerak faqat va faqat Allohdan so'rash kerak, taqdirni faqatgina duo o'zgartira oladi doimo duoda bo'lish kere, mani onamlar ham 2021chi yil shu dard bn og'ridilar ko'zimmi oldida sochlar olindi, yura olmasdilar hech narsa yeyolmas, xattoki bir qultum suv ichish ham azob edi, onamlani yoqotib qo'yaman dib o'ylaganidim, boshqa ko'rmayman, operatsiyadan chiqmidi diyishuvdi doxtirla, ushanda balnitsada yerga o'tirib yig'laganidim ichimdan nimadir uzilib tushgande, bir bo'shliq yutib yuborgande bo'ganidi, ln alhamdulillah Allohim onamlani qaytarib berdi, chekkan azoblariga mukofot sifatida esa o'z uyiga Ka'batullohlariga mehmonga chaqirdi, Allohning rejasi go'zal va mukammaldir🥰😇😇😇, usha vaqtda onamladan sabr va shukrni o'rgandim shuncha og'risalar ham bir og'izgina "ox" degan so'z chiqmadi og'izlaridan🥺🥺❤️🩹
Kecha saratonga uchragan yaqin qarindoshimni koʻrgani bordim. Sochlar toʻkilib ketgan, oʻrnidan tura olmaydi, ovqat ham yeya olmaydi. Suvni ham xoʻplab icha olmaydi... Xullas umidsiz nigoh bilan menga qarab turardi... Tasavvur qilyapsizmi? Oʻlim shu qadar yaqin nafasi bilan yaqinlashgan, sogʻayib yana oyoqqa turishga uni umidi yoʻq. Umidsiz nigohdan daxshatli narsa yoʻq ekan... "Meni qutqar" degisi keladi lekin bunga ishonchi qolmagan. Koʻngliga hech narsa sigʻmaydi. Uy-joy, mol-mulk, kimnidir u haqidagi fikri, boylik, mansab, obroʻ va boshqa shu kabi narsalar... Tanasi ogʻrimasa, bemalol nafas olsa va tinch yotogʻida yotsa unga shu baxt hozir. Biz sogʻlar-chi, nimalar bilan ovvoramiz? Ishdagi mayda kayfiyat buzarlik, oiladagi arzimas muammo, doʻstlar ichidagi keraksiz ortiqcha obroʻga qayg'urish...
Yigitlarni sadoqatsiz deyishadi... 7 yildan beri shu bitta roʻmolchaga sodiq turgan men:
Kuz qishga nasib-u, yozga bahordir, Teng tengga, tezaklar qopiga yordir, Yerda yashasak-da atalgan bizga, Koʻlmakka koʻnuvchi nilufar bordir... [Toʻliq buyerda] ©️ OcoderX , 28-oktabr 2025
Shanba dam olish kuni. Kechki payt havo bulutli, oy nuri umuman yoq, yomg'ir esa sevalamoqda. Yengil shamol, atrofda daraxtlarning shamoldan chiqadigan shuvillashi, tarnovda esa chakkillayotgan tomchilar... Ichkarida sukunat... Chunki elektr yo'q... Men va quvvati [10 soatga yetadigan] noutbuk. Va kelajagim uchun kerakli o'qilayotgan kitob... O'zgacha atmosfera-a?
"Ey Allohim farzandim Xojiakbarni oʻzingdan boshqasiga ishonmayman. Oʻzing himoya qilguvchisan, oʻzing saqlovchisan. Bolamga uzoq umr emas, barakali va mazmunli umr bergin. Insonlarga, xalqiga va musulmonlarga foydali bandalaringdan qilgin. Haloli pok rizq va haloli pok insonlarga doʻst qilgin. Paygʻambarimiz "ummatim" deb faxrlanadigan darajada inson boʻlishini nasib qilgin. Dunyodagi maqomini vazirlikka koʻtarib, eliga manfaati tegadigan vatanimiz boshqaruvchilaridan qilgin. Prezidentlar va dunyo podshohlari maslahat oladigan maqomlarga koʻtargin. Olgan ilmiga amal qiladigan, ulamolarni hurmat qiladigan, ulamolar ham uni hurmat qiladigan inson boʻlishlik sharafiga muyassar qilgin. Oʻzing eshitguvchi, oʻzing bilguvchi va oʻzing berguvchisan. Omin." - deb har doim duo qiladi onam (tahajjudlarda va bomdod namozlarida). Endi oʻylab koʻring, meni haqqim bormi shunchaki yashab oʻlib ketishga? Yoʻq. Onamni shunday qilgan duosini amalga oshishini kim toʻxtata oladi? - hech kim (illo Alloh xohlamasa).
Gap topome qolsa, "qizim bor zato" deb yutadiganlarga ham Xudo bordir-aa🙂 @tatuda
Men bor kamchiliklarimni 5 xil AI ga aytib yorildim. Unga eng kuchli rol promptini berdim. Kelajakni his qila oladigan dono kabi gapirishi aytdim. Natija qanday bo'ldi aytaymi? Super. ChatGPT 5.4 pro - 19 daqiqa 32 soniya o'yladi va vaziyatga umumiy qarab tushunarsiz lug'atlar bilan menga quruq gapni olib qochdi. Qandaydir quruq maslahatlar berdi [men gpt ni eng zo'r va qulay deb bilaman hali ham lekin]. Deep Research ga soldim (34 daqiqa o'yladi) unda batafsil va men xohlagandek kuchli yondashdi lekin. ChatGPT baribir boshqacha... Claude 4.7 Sonnet Adaptive thinking - 15 sekund o'yladi, asosiy muammoga e'tibor qaratdi va bu sohada (shaxsiy muammo va fikrlarda) usta emasligini tan olib, qisqacha menga o'zimga kelishimni maslahatini berdi. Xuddi bilmaganini bilmasligini tan olgan donodek Gemini Pro 3.1 - 2 daqiqa o'yladi va vaziyatga ochiq qarab qisqa tanqid qildi va o'zini maslahatlarini men haqimdagi fikrini qisqacha va umumiy aytdi. GrokAI expert thinks hard - 20 sekund o'yladi va vaziyatga sal chuqurroq maslhatlar bilan e'tibor berdi. Muammolarimni sabablarini bittalab aytib berdi, o'zimga eslatib ko'rsatib, bunday fikrlarni to'girlash haqida yumshoq maslahatlar berdi. Lekin yaxshi maslahatlar ham berdi. DeepSeek DeepThink expert - 30 sekund o'yladi va 2 daqiqa generatsiya qildi. Bu AI rostakamiga miyami yondirib tashladi. Be ayov tanqid qildi. Har bir aytgan muammoyimga alohida to'xtalib oxirigacha yetdi masalaga yechimni. Hech qaysi muammoyim chetdan qolmadi va oxirida o'ta qat'iy maslahat berdi. Ayrim maqsadlarim meni hozirgi holatimda xato ekani va baland dorga osilmay kichigidan boshlashim haqidagi keskin maslahati esa prosta gangiratib qo'ydi meni. Xullas menga aniq xarita ham tuzib berdi hozir nima qilishim va keyinroq nima qilishimgacha. Xatto gapni oxirida "Menga shu maslahatim(menga bergan asosiy maslahat va kasblari)ga amal qilayotganingni bildirmaguningcha yozma. Qat'iyatsizlar bilan chatni cho'zgim yo'q" deb keskinlashdi. Manabuni haqiqiy monstr desa bo'ladi (shunday senzurasiz maslahat olishda). Haligacha qayta-qayta o'qiyapman. Reallik va inson tabiati juda kuchli o'qitilgan ekan modelga. Shokdaman to'g'risi. Bunaqa kuchli udar kutmagandim AI dan. Ajabo!
Kolumb Amerika ochaman deb yo’lga chiqmagan. U shunchaki Hindistonga olib boradigan qisqa savdo marshrutini qidirgan. U mis qidirdi. Lekin, Tilla topdi. Mana buni omad desa bo’ladi. Biz ham mis qidirsakkina omadimiz kelishi mumkin xolos. Faqat tilla qidirib tilla topganlar kam. Shuning uchun, Karyerani ideal ish qidirishdan emas, shunchaki ish qidirishdan boshlaylik. Balkim shunda tilla toparmiz. ©️Mashrabov A