Оҳангарон шаҳар ММТБ| Расмий канал |
СтатистикаТошкент вилояти Оҳангарон шаҳар мактабгача ва мактаб таълими бўлимининг расмий канали
- Последний пост
- 12 мая 2025 г.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
📚 Toshkent viloyati Bolalar kutubxonasi "Kitobxonlik festivali" doirasida joriy yilning 1-15-may kunlari "ENG KITOBXON OILA" ko'rik-tanlovi o'tkaziladi. Shu munosabat bilan Ohongaron shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi umumta'lim maktablar Ko'rik-tanlovning shahar, tuman bosqichi 2025-yil 12-may kuni ARM qoshida soat 9:00 da bo'lib o'tdi. Tanlovda jami 5 ta oila qatnashdi. Shulardan: 1️⃣-o‘rinni Nasrullayevlar oilasi 8-maktab. 2️⃣-o‘rinni Sayidaliyevlar oilasi 2-maktab. 3️⃣-o‘rinni Olimjanovlar oilasi 6-maktab. 🖌Toshkent viloyati Bolalar kutubxonasi Axborot xizmati. ———————————————————— Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ✅ Telegram 💬 Facebook 📹You tube 🌍 Web site 📸 Instagram
#Tabriklaymiz ✨Bugun Ohangaron shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i Xamrayev Abduhakim Ibragimkulovichning tavallud ayyomi. ✨Abduhakim Ibragimkulovich samimiy, ochiq ko‘ngil inson sifatida, qolaversa, yoshlarni kelajak hayotga har tomonlama tayyorlashga qo'shayotgan xissalari beqiyosdir. Shaharda ziyolilar safini kengaytirishga, yoshlarni zamon bilan hamnafas bo‘lishga, barcha pirovard maqsadlarga ilm-ma’rifat orqali erishishni asosiy omil deb hisoblaydi. ✨Abduhakim Ibragimkulovich , tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! Sizga mustahkam sog‘lik, metindek iroda, ta'lim sohasidagi ishlaringizga omad va zafarlar tilaymiz! Xurmat bilan Ohangaron shahar MMTB jamoasi
без подписи
без подписи
без подписи
O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida kitob mutolaa madaniyatini yanada oshirish, ular o‘rtasida o‘qigan kitoblari yuzasidan ma’lumot almashuvini yo‘lga qo‘yish, oilaviy kitobxonlikni targ‘ib qilish, maktab kutubxonalarida 2025-yil 4-aprel kuni “Farzandimga kitob sovg’a qilaman” va “Mening sevimli kitobim” shiori ostida o‘zlari tahsil olgan maktab kutubxonalariga kitob sovg‘a qilish bo‘yicha “Kitob yarmarkalari” o‘tkazildi.
https://t.me/+m5MpdQdNpC0zNTBi
https://t.me/+m5MpdQdNpC0zNTBi
#Xushxabar Maktab rahbar xodimlarining maoshi oshiriladi Pedagog xodimlar uchun navbatdagi muhim yangilikni e'lon qilamiz. Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova rahbar xodimlarining moashi oshirilishi haqida ma'lum qildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha yangi Farmon imzoladi. Unga ko'ra: – Maktab direktori va uning oʻrinbosarlari hamda maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari ish haqi miqdorlari oshirilmoqda. 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga, oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga oshirilib, bogʻcha direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari III va IV guruhdagi umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish orqali oshiriladi. Bunda respublikadagi 10 mingdan ortiq maktab direktorlari, 7 mingga yaqin bogʻcha direktorlari hamda 35 mingga yaqin maktab direktor oʻrinbosarlarining ish haqi miqdorlari oshirilishiga erishiladi. – 2026-yil 1-yanvardan boshlab umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan direktor va uning oʻrinbosarlariga faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari (KPI) natijasiga koʻra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi. – Tuman boʻlimlarida qoʻshimcha shtatlar ajratilyapti va bu oʻquvchilar bilimini baholashni monitoring qilish, oʻquvchilarga xorijiy til va kasbga oʻrgatish vazifalarini amalga oshirish uchun tegishli lavozimlarni joriy etish imkoniyati yaratadi. – Hududiy boʻlinmalari xodimlaringning koʻp yillik xizmati uchun ragʻbatlantirish joriy etilmoqda (Vazirlik tizimidagi qariyb 15 ming nafar boshqaruv xodimlariga koʻp yillik xizmati uchun ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi). – Maktab xodimlari mukofot puli miqdorini mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 75 foizigacha (amalda 50 foizgacha) miqdorida etib belgilanmoqda. – Yana bir muhim oʻzgarish – avvallari maktablarimizning boʻsh turgan binolari ijarasidan tushgan mablagʻlarning 40 foizigina oʻsha maktabda qolardi. Endilikda ushbu mablagʻlarning 75 foizi oʻsha maktab rivojiga sarflanadi. Telegram I Facebook I YouTube
без подписи
без подписи
без подписи
⚡️Ohangaron shahar 3-sonli DMTT da 8-mart "Xalqaro xotin qizlar"bayrami munosabati bilan tadbir oʻtkazildi. Tadbirda 1-2 tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi. Tarbiyachilar: Ataxanova Shirin Yusupova Gulola. Musiqa rahbari: Sangilova Klara Ohangaron shahar MMTB rasmiy kanali 👇👇 https://t.me/OhangaronShXTB
#Tadbirdan_lavhalar ⚡️Ohangaron shahar MMTB tasarrufidagi Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotalarida Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ma’naviy ma’rifiy jarayonlar samaradorligini oshirish bo’yicha mart oyi uchun "Maktabgacha ta’limda tarbiya” oyligi chora-tadbirlar rejasining “Yashil sayyora” eko tadbiri hamda “Tabiat bolalarni nigohida” nomli bolalar rasmlari koʻrgazmasi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida keng targʻib etilib koʻrgazmalar tashkil etildi. ✨Shu bilan birga bolalarni ona tabiatga mehr muxabbatini oshirish bilan birga tabiatni asrab avaylashga oʻrgatib borildi. Ohangaron shahar MMTB rasmiy kanali 👇👇 https://t.me/OhangaronShXTB
Endi Sun’iy intellekt asoslari kursini Uzbekcoders.uzʼda BEPUL o’rganishingiz mumkin! 🧾"Cloud Computing" tomonidan ishlab chiqilgan 6 ta moduldan iborat ushbu kurs "Generativ Ai" nima ekanligi, undan qanday foydalanilishga qaratilgan boshlangʻich darajadagi bilimlarni beradigan onlayn kurs hisoblanadi. 🏷Shuningdek, ushbu kursda oʻz "Generativ Ai" ilovangizni ishlab chiqishda yordam beradigan "Google Tools"ni ham oʻrganishingiz mumkin. ➡️Hoziroq uzbekcoders.uz portaliga kiring, Sizga kelajakda yuqori daromad kasb egasi bo’lishingizga yordam beradigan 100dan ortiq Bepul resurslardan foydalaning!
♾O’zbekistonning raqamli kelajagiga o’z hissangizni qo’shing va IPHONE 16PRO yutib olish imkonini qo’lga kiriting! Salom, do’stlar! 👋 IT-ta’lim uyushmasi Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi bilan birgalikda aholining raqamli savodxonlik darajasini tahlil qilishga qaratilgan muhim tadqiqot o‘tkazmoqda. Olingan natijalar, IT sohasida samarali ta’lim dasturlarini yaratishda va yangi karyera imkoniyatlarini ochishda yordam beradi. Ushbu so’rovnoma jami 32-ta savoldan iborat bo’lib, atigi 10–15 daqiqa vaqtingizni oladi. ❗️Ha, aytgancha! Tadqiqot yakunida, ishtirokchilar orasida sovrinli o’yin o’tkazilishi rejalashtirilgan. Unda qanday qilib ishtirok etish mumkin, deysizmi?⬇️ 📌So’rovnomani to’ldiring 📌Aloqa uchun ma’lumotlaringizni qoldiring VA biz 📌Pochtangizga maxsus ID raqam va sovrinli o’yin shartlarini yuboramiz! Unda, eng omadli ishtirokchilarni: 📱iPhone 16 Pro 🎧 AirPods 4 🎓Coursera’dan bepul o’qish uchun vaucherlar va boshqa qimmatbaho sovg’alar kutmoqda! ✨Keling, birgalikda yangi imkoniyatlar beruvchi raqamli kelajak sari qadam tashlaymiz. Imkoniyatni boy bermang va so‘rovnomaga hoziroq o‘ting! 🚀 https://forms.gle/TfQMVMB2LwaL7oTf7 Sizning ishtirokingiz ta’limni barcha uchun yanada qulay va samarali qilishga yordam beradi!