- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 5
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 94
- 1/48двое суток
- 107
- 1/72трое суток
- 116
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
Yashil gumbaz... Har kungi odatimga muvofiq, Masjidul Haromdan ketishdan oldin Bābussalom — Rasululloh ﷺ bilan salomlashish yo‘lagi tomon yurdim. Rasululloh ﷺga salom va salovatlar aytib bo‘lgach, kech bo‘lib qolgani uchun mehmonxona tomon yo‘l oldim. Yo‘lda Yashil gumbazga qarab xayol surib ketar ekanman, bir manzaraga ko‘zim tushdi. Bir o‘g‘il onasining ko‘zlarini yumgan holda qo‘lidan tutib, Yashil gumbaz kaftdek ko‘rinadigan joyga olib keldi. So‘ng onasidan ko‘zlarini ochishini so‘radi. Ona ko‘zlarini ochdi... Yashil gumbazni ko‘rishi bilan ko‘zlariga shashqator yosh keldi. Ko‘zlarida yosh bilan farzandi haqqiga duo qila boshladi. Bola esa onasining yelkasidan quchgancha, ko‘zlarida yosh bilan jim turardi. Rostini aytsam, bu manzarani ko‘rib etlarim junjikib ketdi. Qattiq ta’sirlandim. Hali-hanuz o‘sha manzara ko‘z oldimdan ketmaydi. O‘sha lahzada bir narsani his qildim: Baxt ba’zan juda oddiy narsalarda bo‘lar ekan... Yoningda onang, qarshingda esa Yashil gumbaz tursa — kifoya. Alloh taolo barcha musulmon farzandlarga mana shunday baxtni nasib qilsin.
Katta da’vo... Banda biror amalni «Alloh uchun qilyapman», deb da’vo qilsa, Alloh taolo uning bu da’vosi haqmi yoki yo‘qmi — sinab ko‘radi. Umra safariga yo‘l olar ekanmiz, aeroportda biz uchadigan reys biroz kechikishi ma’lum bo‘ldi. Shunda menda biroz hadik paydo bo‘ldi. «Odamlar bundan asabiylashib, qayerga ketayotganini esidan chiqarib, ibodatning haybatini unutib qo‘ymasin», degan xavotir uyg‘ondi. Chunki avval ham bunday voqealarga guvoh bo‘lgan edim. Men esa samolyotning kechikishini bir sabab, deb bildim. Barcha sabablarni qiluvchi Alloh. Shunday ekan, bunday paytda ko‘proq duo qilsak, istig‘for aytsak, foydali bo‘ladi, deb o‘yladim. O‘ylaganimdek, kechga borib odamlar: Endi qanday uyga qaytib boraman? O'sha mashhur "Odamlar nima deydi"? kabi gaplarni ayta boshlashdi. Allohning izni bilan samolyot ham uchdi. Madina va Makka shaharlarida ibodat qilish baxtini Alloh nasib qildi. Bu ikki shaharning ohangrabosi odamlarni o‘ziga oshiq qildi shekilli. Odamlarning og‘zidan yana bir gap chiqa boshladi: «Qaniydi, Alloh shu yerlarda jonimni olsa, Rasululloh ﷺ va sahobalarga qo‘shni bo‘lsam, shu yerlarda qolib ketsam...» Men esa bunday deya olmadim. Qo‘rqdim. Alloh taolo yana bizning niyatlarimiz xolismi yoki yo‘qmi, sinab ko‘rgandek bo‘ldi. Qaytish vaqtimiz yaqinlashganda yana reys kechikdi. Bir-ikki kun o‘tmay, odamlar: «Uyimni sog‘indim», «Uydagilar qaytishimga katta maraka belgilab, to‘yxona band qilib qo‘ygan edi», degan kabi gaplarni ayta boshlashdi. Hatto Masjidul Haromga, ya’ni Ka’baga ham borishni yig'ishtirib mehmonxonada mag'zun uyga qaytishni kuta boshlashdi. Imdodulloh Makkiy rahimahulloh ismli bir avliyo zot o‘tgan ekanlar. O‘zlari Makka shahridan bo‘lmasalar-da, bu shaharga bo‘lgan muhabbatlari sabab umrlarini Makkada o‘tkazganlar. Bir kuni shogirdlaridan biri: — Ustoz, men ham siz bilan Makka shahrida yashasam, — deb izn so‘raganida, ruxsat bermagan va quyidagi so'zlarni aytgan ekanlar. «Bu yerda yashagan inson hech qachon ona vatanini sog‘inmasligi kerak. Chunki bu shaharning hurmatiga, haybatiga noloyiq ish. Sen bu yerda turib uyingni sog‘inib qo‘yasan. Undan ko‘ra, ibodatingni qilgin-u, qalbingdagi intizorlik va sog‘inch ketmasidan vataningga qaytib, uyingda turib bu shaharni sog‘inganining yaxshiroq». Ha, yaxshilar aytganidek, ba’zan bizning da’volarimiz amallarimizga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Alloh taolo barchamizni ixlos ila, xolis O‘zi uchun amal qiladigan bandalaridan qilsin.
без подписи
Uchrashuv... Umra safari davomida bir kuni Masjidul Haromning ikkinchi qavatida, shayxlar dars beradigan, Qur'on tilovati va mutolaa uchun qulay bo'lgan joyda kitob o'qib o'tirgan edim. Yonimda o'tirgan bir yigit e'tiborimni tortdi. Goh men unga, goh u menga qarab qo'yardi. Nihoyat u mendan: — Pokistonlikmisiz? — deb so'radi. — Yo'q, O'zbekistondanman, — dedim. So'ng sun'iy intellekt yordamida arab va o'zbek tillarida suhbat qura boshladik. Undan qayerlik ekanini so'radim. U aslida Falastinning G'azo hududidan ekanini, ammo urush sababli bu yerlarga kelib, muhojir bo'lib ishlayotganini aytdi. So'z orasida urush dahshatlarini, yaqinlaridan ko'pini yo'qotganini ham aytib berdi. Shu payt beixtiyor ko'zlarimga yosh keldi. Uni to'xtatishga qancha urinsam ham, uddalay olmadim. Buni ko'rgan falastinlik birodarim meni bag'riga bosdi. Men esa hanuz yig'imni tiya olmasdim. Tinmay undan uzr so'rardim. U esa tilimni tushunmas edi. Shunda telefonimni olib, tarjimon orqali shunday yozdim: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam mo'minlarni bir tanaga qiyos qilganlar. Tananing bir a'zosi og'risa, butun tana uning dardini his qiladi. Biz ham bir tan-u bir jon bo'lishimiz kerak edi. Ammo bugun sizlarga munosib yordam bera olmayotganimiz uchun bizni kechiring dedim...» U yozganlarimni jim o'qidi. So'ng hech narsa demadi. Faqat ikki barmog'ini ko'tarib, menga ishora qildi. Go'yo: «Biz baribir bir tan-u bir jonmiz», demoqchi bo'ldi. Uning ham ko'zlari namlandi. Keyin esa sekin o'rnidan turdi-da, odamlar orasiga kirib ko'zdan g'oyib bo'ldi. O'sha kuni Alloh taologa faqat dunyodagi mazlum musulmonlar haqqiga duo qildim. Chunki bundan boshqa qo'limdan hech narsa kelmayotgandek, o'zimni juda ojiz his qildim. Alloh bizni kechirsin. Bizni O'zi bergan ne'matlarga g'arq bo'lib, o'zimizdan boshqa dardlarni unutib qo'yganimiz uchun kechirsin. Hech bo'lmasa, bir kunda bir marta bo'lsa ham zulm ostida yashayotgan musulmonlarni eslab, ular haqqiga duo qilmayotgan bo'lsak, aniq ziyondamiz. Alloh taolo musulmonlarning holini isloh qilsin. Bizlarni haqiqatda o'ziga qaytadigan, O'zining arqonini mahkam tutadigan bandalaridan qilsin. Qalblarimizga ittifoq va birodarlik ato etsin. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ta'riflaganlaridek, bizlarni bir tan-u bir jon ummatga aylantirsin. Alloh ummatga nusrat ato etsin, izzatini qaytarsin va bizlarni yana insoniyatga yaxshilik yetaklaydigan ummatlardan qilsin. Omin.
Ba'zan odam uyalib ketadi-eyyyy shunaqa narsalarni o'qib biz ham odammizmi deb 😢😢😢😢😢
Yo'lingizni belgilab oling... (Avvalo o'zimga vaYosh ilm talabidagilarga nasihat.) Yaqinda kamina nomimga bir murojaat keldi. Unda shunday yozilgan ekan: "Men dars berishni istayman. Faqat mana shu kitobdan dars beraman, faqat shu soatlarda dars beraman. Boshqa hech qanday vazifa va mas'uliyatni zimmamga olmayman." Hozir eng ko'p uchraydigan holat shaxsan menda... (Men u kishidan uzr so'radim.) Yosh ilm talabasi nuqtayi nazaridan qaralsa, bu juda yaxshi istakdek ko'rinadi. Ammo bu go'yo: "Men asalni yeyman, lekin asal arisining zahmati, mehnati menga kerak emas", degandek gap edi. Shuni yaxshi anglab oling: agar siz biror kitobdan faqatgina dars berishni, talabaning dardi hamda maktabning tashvishi bilan shug'ullanmaslikni istasangiz, unda Telegram'da bir guruh oching va o'sha yerda o'zingiz xohlagan vaqtda, xohlagan usulda dars bering. Bu, albatta, o'zingizning ilmiy rivojlanishingiz va o'sishingiz uchun foydali bo'ladi. Vaqtingiz ham, mehnatingiz ham faqat dars berishga sarflanadi. Ammo buning bir kamchiligi bor: agar o'n yil davomida guruhda dars bersangiz, o'zingiz o'sasiz, rivojlanasiz. Lekin haqiqiy shogird yetishtirolmaysiz, ustoz-shogird silsilasini davom ettira olmaysiz. Agar shogird yetishtirishni istasangiz, haqiqiy ustoz bo'lishni maqsad qilgan bo'lsangiz, unda guruhda emas, jamoada; onlayn emas, jonli shaklda dars bering. Shogirdning dardi bilan dardlashing. Maktabning tashvishini o'zingizning tashvishingiz deb biling. Do'stlar davrasi, oila sayohatlari, ulfatlar yig'ilishlarini bir chetga surib, sizga omonat qilingan ilm talabalariga o'zingizni vaqf qiling. Agar ustozlaringiz ham shunday qilmaganlarida edi, bugun siz na ilm egasi bo'lar edingiz, na dars bera olar edingiz. Kelajagingizni o'zingiz tanlang. Ustoz-shogird oltin silsilasiga qo'shilish yoki qo'shilmaslik — bu sizning tanlovingiz. Ustozlaringiz yo'lidan yurish yoki yurmaslik ham o'zingizning ixtiyoringizdadir. Alloh taolo barchamizga ustozlarimizdek bo'lishni, ularning munosib davomchisi bo'lib, ulardek robboniy insonlar safidan joy olishni nasib aylasin. Omin. --- Bir ibrat... 2019-yil edi. Avvoma hazratga farzandim betob ekanini aytib, duo oldim. O'sha kundan boshlab hazrat har kuni farzandimning holidan xabar olib turdilar. Bir kuni shifoxonada bo'lganim sababli huzurlariga bora olmadim. Ertasi kuni meni ko'rishlari bilan: "Senga telefon qilmoqchi bo'lib turgandim. O'g'ling yaxshimi?" — dedilar. Farzandimning kasalligi tufayli ular ham g'am chekdilar. Allohning fazli bilan farzandim shifo topdi. Oradan vaqt o'tib, Avvoma hazrat mendan: "O'sha kunlari biror narsa yoza oldingmi?" — deb so'radilar. "Yo'q", deb javob berdim. Shunda menga umr bo'yi yodimdan chiqmaydigan bir saboq berdilar: "Insonning ko'ngli xotirjam bo'lmasa, boshida tashvish bo'lsa, ilmga xizmat ham qila olmaydi, biror foydali narsa ham yoza olmaydi." Ustozlarimiz bizga shunchalik mehribon va g'amxo'r edilar. Ular shunchaki o'qituvchi emas, haqiqiy murabbiy edilar. Biz-chi? Biz kimmiz? Muhammad Odil Hamid ustoz Tavfiq darddan keladi... Ho'sh siz qilayotgan ishingizda dardingiz nima? Agar faqat pul bo'lsa bilmadim bir to'xtab o'ylab ko'ring...
без подписи
Sodiqlar bilan bo'ling... Madina, ya'ni Madinatun Nabiy — Rasululloh ﷺning shaharlarida mehmon edik. Ellikboshimiz bugun shomdan keyin Ravzaga, ya'ni dunyodagi jannat bog'laridan bir bog'ga kirishligimizni aytdi. O'sha kuni juda hayajonlandim. Kech qolmaslik uchun shom namozini Masjidun Nabaviy hovlisida o'qidim-u, namoz tugagach mehmonxonaga chopdim. Kelsam, guruhimizdagilardan hech kim yo'q. "Birinchi men keldim shekilli", deb o'yladim. Ammo biroz vaqt o'tsa ham hech kim kelmadi. Shunda qo'rquvim kuchaydi. Telefon ishlatmayotgan edim. "Biror o'zgarish bo'ldimikan?" deb yana masjidga chopdim. Yo'lda: "Nahotki Ravzaga kira olmayman", deb juda havsiradim. Chunki navbatim o'tib ketsa, ertasi kuni ketishimiz kerak edi. Masjidda ellikboshimizning yordamchilaridan birini ko'rib qoldim. — Sizni izlayotgan edim, — dedi. Keyin: — Yana bir o'zbek topaylik, bir o'rin bor, — dedi. Shu payt oldimizdan bir andijonlik yigit chiqib qoldi. — Ravzaga kirasanmi? Bir o'rin bor, — desak, u: — Subhanalloh! Alhamdulillah! Allohu Akbar! — deb yubordi. Keyin aytdiki, o'zi yolg'iz kelgani uchun Ravzaga kira olmay qolib, biroz oldin: "Yo Alloh! Rasulining ziyoratiga keldim. O'zing meni Ravzaga kirgaz", deb duo qilgan ekan. Men kulib: — Alloh taolo chevar Zot, aka. Sizning duoyingiz uchun meni kechiktirdi, — dedim. Keyin bildimki, o'sha kuni Ravzaga kirish vaqtida meni topa olmay, birodarimning dili juda vayron bo'libdi. Qayta-qayta ellikboshiga: "Kutaylik", deb iltimos qilibdi, atrofdan ham rosa qidiribdi. Keyin noiloj, hafa holda Ravzaga kirib ketishga majbur bo'libdi. Bu voqeani ertasi kuni bir tojik akamiz aytib: — Ana do'st, ana birodar qanday bo'ladi, — dedilar. Aka-ukachiligimizga havas qildilar. Rosti, men Umra safarida o'sha birodarimday ixlos bilan ibodat qila olmayotgan edim. Boyagi akamizga: — Inshaalloh, jannatda ham shunday izlasin, — dedim. Alloh taolo Qur'oni karimda: «"Ey imon keltirgan zotlar! Allohga taqvo qiling va sodiqlar bilan bo'ling."» — deb bejiz ta'kidlamagan. Kishi taqvoda yurishi uchun sodiqlar bilan bo'lishi kerak. Bu ilohiy qonuniyat. Muhitsiz esa qiyin. Men o'sha yigitni sodiqlardan deb bilaman. O'zi bir necha yil ilgari Umra safariga boshqa ikki birodarim bilan borishni niyat qilgan edim. Lekin Alloh o'sha yigit bilan nasib qildi. Bu ham behikmat emas. Alloh ular bilan ham tez fursatlarda yana nasib qilsin. Alloh bizni ham sodiqlardan qilsin va sodiqlar bilan birga qilsin.
Bizni kim to'g'ri tushunadi? Bizni kim rozi qiladi? Bugun maktabimizda ustozlar bilan kelasi o'quv yili uchun shartnomalarni yangilash va oyliklarni kelishib olishni boshladik. Bugunning o'zida uch nafar ustozga kelasi yil uchun oshirilgan miqdordagi oylikni taklif qilishga ulgurdik. Suhbatlar tugagach, sherigim bilan qolgan ustozlarga ham qanday oylik taklif qilishimizni yana bir bor muhokama qildik. Ikkimiz ham bir narsaga harakat qilamiz: o'zimiz ustoz bo'lganimizda bizga qanday muomala qilishlarini istagan bo'lsak, bugun boshqalarga ham shunday muomala qilish. Oylik belgilayotganda ham o'zimizni ustozning o'rniga qo'yib ko'ramiz. Imkoniyatimiz darajasida imkon qadar yuqoriroq taklif qilishga harakat qilamiz. Bugun ustozlar bilan suhbatlashib bo'lgach, sherigimga shunday dedim: — Aka, ustozlar maksimal darajada norozi bo'lib ketmasin. Kimga nima uchun aynan shunday taklif berayotganimizni yaxshilab tushuntiraylik. Iloji boricha hamma rozi, xursand va rizolik bilan ish boshlasin. Shunda u kutilmaganda menga shunday dedi: — Aka, biz hammani tushunishga, hammani rozi va xursand qilishga harakat qilaversak... bizni kim to'g'ri tushunadi? Bizni kim rozi va xursand qiladi? O'sha payt javob bera olmadim. Lekin bu savol uyga qaytgunimcha xayolimdan ketmadi. Uyga kelib Asr namozini o'qiganimdan keyin yana o'zimga shu savolni berdim. Shu onda javob qalbimda yalt etib paydo bo'ldi: Bizni Alloh to'g'ri tushunadi. Bizni Alloh xursand qiladi. Bizni Alloh rozi qiladi. Ha, javob aslida juda oddiy ekan. Agar mukofotni faqat Allohdan kutsangiz, hech qachon mahzun ham, noumid ham bo'lmaysiz. Bir ustoz suhbat davomida juda chiroyli gap aytgandi: «"Har qanday yuqori maosh ham uch oylik motivatsiya, xolos."» Shu bir yillik rahbarlik faoliyatim davomida turli insonlarni ko'rdim. Dastlab: "Pul muhim emas", — degan ayrim ustozlar vaqt o'tib, o'quvchilarni o'rgatib olgach: "Endi menga buncha oylik bering", — deya boshlashdi. Yana bir akamiz bor. Uch yildan beri birga ishlaymiz. Bir kuni ularga: — Aka, ayrimlar nega bunchalik pul masalasida sabrsiz bo'ladi? — deb so'raganimda, shunday javob bergan edilar: — Aka, inson Allohni tanimasa, oxiratni o'ylamasa, din uning hayotidagi eng oliy qadriyat bo'lmasa, qiyin. Qancha ko'p oylik bermang, agar Alloh o'sha pulga baraka bermasa, uning qadri bir tiyin bo'ladi. O'shanda ichimda: "Eh, demak, Allohsiz qiyin ekan", — degandim. Qiziq tomoni, o'sha akamiz ishxonamizdagi eng barakali insonlardan biri. Ha, boshliq bo'lish har doim ham mazza degani emas. Chunki u ham kimgadir hisob beradi. Eng oxirida esa Allohga. Shuning uchun biz qo'limizdan kelganicha odamlarni tushunishga, rozi qilishga va xursand qilishga harakat qilaylik. Bizni esa Alloh tushunadi, Alloh rozi qiladi va Alloh xursand qiladi.
Tilim qursin, e voh... Ba’zan inson o‘zidagi yaxshilikka qarab, boshqalarga yuqoridan qarab qo‘yishi mumkin. Ammo bilmaydiki, uni o‘sha yaxshilikka yetkazgan narsa uning kuchi emas — Allohning rahmatidir. 393-hijriy yilda vafot etgan faqih Abu Ishoq Sheroziy rahimahulloh bir voqeani hikoya qiladilar: Bir kecha otam bilan bedor o‘tirgan edim. Atrofdagilar esa qattiq uyquda edi. Men otamga: — Shuncha odam ichida turib, ikki rakat namoz o‘qiydigan biror kishi yo‘qmi ekan? — dedim. Shunda otam menga shunday nasihat qildilar: — Ey o‘g‘lim, odamlarni ayblab o‘tirganingdan ko‘ra, uxlaganing yaxshi edi. Sen to‘g‘ri yo‘lda ekaning boshqalarning xatosiga kulish yoki ularga tepada turib qarash huquqini bermaydi. Gunohkor bandaga nafrat ko‘zi bilan emas, rahm ko‘zi bilan qaragin. Chunki qalblar Rahmonning ixtiyoridadir. U Zot xohlagan qalbni hidoyatga boshlaydi, xohlaganini sinovga qo‘yadi. Seni hidoyat yo‘liga boshlagani — sening buyukligingdan emas. Bu Allohning senga bergan ulkan rahmatidir. U Zot xohlasa, bu ne’matni istagan bandasiga beradi. Shuning uchun ibodating bilan kibrlanma. Toating bilan o‘zingni boshqalardan ustun deb bilma. Bugun sen turgan joyda ertaga boshqasi turishi mumkin, bugun boshqasi qiynalayotgan joyda ertaga sen qolishing mumkin. Isti qomatda — Alloh yo‘lida sobit turishingni ham o‘zingning yutug‘ing deb bilma. Chunki Alloh taolo Payg‘ambarimiz ﷺ ga: "Agar Biz seni sobit qilmaganimizda, ularga ozgina bo‘lsa-da moyil bo‘lishingga yaqin qolgan eding", — degan bo‘lsa (Isro surasi, 74-oyat), biz kim bo‘libmizki, o‘zimizga ishonib qolaylik? Tilimizni emas, qalbimizni tekshiraylik. Boshqalarning kamchiligini emas, o‘zimizning holimizni ko‘proq o‘ylaylik. Chunki hidoyat — bizning haqqimiz emas, Allohning hadyasidir. Alisher Tursunov
Safarda edim. Bugun negadir Mulk va Yosin suralarini juda o'qigim keldi. O'qib bo'lganimdan bir necha soat o'tib, buvim omonatlarini topshirib, bu dunyo safarini yakunlab, Robbim huzuriga — oxirat safariga qaytganlari haqidagi xabarni oldim. Inna lillahi va inna ilayhi roji'un. Alloh taolo buvimni g'ariqi rahmatiga olsin. Qabrlarini iymon va Islom nuri bilan munavvar qilsin. So'roq-savollarini oson aylasin, qabrlarini jannat bog'laridan bir bog' qilsin va oxiratlarini go'zal etsin. Vidolashish nasib qilmadi. Bu ham Allohning taqdiri ekan. Endi diydor qiyomatga qoldi... Qariliklari og'ir kechayotgan edi. Bir necha yillardan buyon turli kasalliklar bilan kurashib, bu dunyoda ko'p mashaqqat ko'rdilar. Allohim, shu qiyinchiliklarni gunohlariga kafforat qilib, darajalarini yuksaltirsin. Azizlar, agar biroz vaqtingiz bo'lsa, bir lahza to'xtab, Ixlos va Fotiha suralarini o'qib, hatmi sag'ir qilib, savobini buvimning ruhlariga bag'ishlasangiz, behad xursand bo'lardim.
Sinov... Biz sinovdamiz. Imtihondamiz. Ustoz shogirdi bilan, shogird esa ustozi bilan sinaladi. Bu imtihonning savoli esa bitta, xolos — ixlos. Ba'zan ustoz shogirdi bilan shunday qattiq sinaladiki, oxir-oqibat qalbida yashirib yurgan gapi tiliga chiqadi: "Seni shunday qilib o'qitganman, bunday qilib tarbiya berganman..." deydi. Ana shu paytda uning ixlosi qay darajada ekani bilinadi. Shogird ham ustozi bilan sinaladi. Vaqti kelib, qalbida yashirinib yotgan gaplari so'zlarida namoyon bo'ladi. Natijada ustoz ham, shogird ham bir xil imtihon oldida turadi. Bu — ixlos imtihoni. Shogird sahoba bo'lmasa ham, sahobalarning shogirdlik maqomida o'tiribdi. O'sha maqomning haqqini ado qila olmasa, imtihondan yiqiladi. Ustoz esa Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning merosxo'ri bo'lishdek ulug' maqomda turibdi. Bu maqomga munosib voris bo'la olmasa, u ham imtihondan yiqiladi. Ustozning shogirdidan moddiy manfaat kutishi, cho'ntagiga ko'z tikishi haqiqiy ta'magirlikdir. Hatto oddiy ta'magirlikdan ham og'irroqdir. Chunki bu ustozlik maqomiga xiyonatdir. Shogird esa ustoziga vafodor bo'lishi, fidokorlikni sahobalardan o'rganishi kerak. Agar buning teskarisini tutsa, tolibi ilm maqomiga xiyonat qilgan bo'ladi. Afsuski, bugun mezonlar o'zgarib ketdi. Fidoiy ustozlar ham, fidokor shogirdlar ham kamayib bormoqda. Holbuki, shu ikki toifa isloh bo'lsa, ummat ham isloh bo'ladi, millat ham o'zgaradi. Istanbuldagi 13 yillik madrasa va ta'lim xizmatim menga bir haqiqatni o'rgatdi: ummatning eng iste'dodli yetim farzandlarini o'qitish, ularga imkon berish va ummatga yangi Imom Buxoriylarni yetishtirish kerak ekan. Chunki ota-onasiz ulg'aygan ko'plab yetimlarning qalbida uchraydigan ixlos, samimiyat, siniqlik va fidokorlikni boylar, zodagonlar, mansabdorlar, hatto imom-mudarrislarning ayrim farzandlarida topish qiyin bo'ladi. Albatta, ilm faqat yetimlar uchun emas. Ilm hammaga kerak. Ammo ummat sifatida yetimlarni alohida qo'llab-quvvatlashimiz, ularning ta'limiga ko'proq e'tibor berishimiz va ularga suyanch bo'lishimiz kerak. Muhammad Odil Hamid Sinovdan ixlos ila o'tishlikni Alloh nasib qilsin... Bizga ham shogirdlarimizga ham...
Hech narsa hech qachon "har doim" bo'lavermaydi... Ha, ba'zi holatlar uzoq davom etishi mumkin. Hatto yillar davomida o'zgarmayotgandek tuyuladi. Ammo bu uning doim shunday qolishini anglatmaydi. Qiyinchilik ham o'tadi. Qulaylik ham. Boylik ham abadiy emas. Kambag'allik ham. Sog'lik ham, kasallik ham. Maqtov ham, tanqid ham. Hayotning tabiati — o'zgarish. Shuning uchun bugungi holatingizga qarab ertangi kun haqida umidsizlikka ham, ortiqcha xotirjamlikka ham berilmang. Boqiy va O'zgarmas Zot faqat Allohdir. Shu bois bugun o'zimizdan bir savol so'raylik: Bugun Alloh uchun nima qildim? Islom uchun qanday foydam tegdi? Qilgan ishlarim Alloh uchun edimi yoki nafsim uchun? Mana shu savollarga beradigan javobimiz ertangi kunimizdan ham muhimroqdir.
Oxirat tashvishi bilan yashang dunyoyingiz ham obod bo'ladi... Reja tuzayotganimizda, uni faqat bugungi hayot bilan cheklab qo'ymasligimiz kerak. Chunki bugun qilayotgan har bir ishimiz ortimizdan iz qoldiradi. Insonning umri tugashi mumkin, ammo uning boshlab bergan ishlari davom etaveradi. Kimdir foydali bir ishga sababchi bo'ladi, boshqasi esa aksincha. Shuning uchun ham har bir qadamimizning nafaqat bugunga, balki kelajakka qanday ta'sir qilishini o'ylab yashash muhim. Aytgan so'zimiz, yozgan maqolamiz, chiqargan kitobimiz, suratga olgan videomiz, ijtimoiy tarmoqlarda ulashgan postimiz yoki tarbiyalagan shogirdimiz... Bularning barchasi bizdan keyin ham yashashi mumkin. Shu sababli nima qoldirayotganimiz haqida ko'proq o'ylashimiz kerak. Chunki ba'zan insonning eng katta merosi mol-dunyosi emas, balki odamlar hayotiga bergan ijobiy ta'siridir. Ayniqsa, boshqalarga yo'l ko'rsatadigan, qaror qabul qiladigan yoki ko'pchilikka ta'sir o'tkaza oladigan insonlarning mas'uliyati yanada kattaroq. Ortingizdan yaxshi iz qoldirishga harakat qiling. Chunki inson ketadi, ammo uning ta'siri uzoq vaqt davom etishi mumkin.
Ba'zan solihlarning qalbi bilan qarashni o'rganish kerak... Buyuk ulamolardan Ma'ruf Karxiy Dajla daryosi bo'yida bir guruh shirakayf kishilarni ko'rib qoladilar. Atrofdagilar u zot endi ularni qarg'aydilar, deb o'ylashadi. Lekin Ma'ruf Karxiy qo'llarini osmonga ko'tarib shunday duo qiladilar: "Allohim, ularni bu dunyoda quvontirganingdek, oxiratda ham quvontirgin." Atrofdagilar hayrat bilan: — Ular gunoh qilib o'tirishibdi-ku, nega bunday duo qilyapsiz? — deyishadi. U zot: — Agar Alloh ularni oxiratda ham quvontirsa, demak bundan oldin ularga tavba nasib qiladi, — deya javob beradilar. Biz esa ko'pincha odamlarning xatosini ko'rib hukm qilishga shoshilamiz. Solihlar esa gunohni emas, hidoyatni ko'rishni istashgan. Chunki huddi din nasixatdir hadisidagi kabi mo'minning qalbi la'natlashdan ko'ra, hidoyat tilashga yaqinroq bo'ladi. Balki kimnidir qoralash o'rniga, uning haqiga chin dildan duo qilishni o'rganishimiz kerakdir.
Pul (yoki mukofot) berib kitob o‘qitish foyda beradimi? Ayni shu savolni Garvard ta’lim iqtisodchilari ham berishgan edi. 250 ta maktabda 10 mln dollar sarflab, tekshirib ham ko‘rishdi. 2$ gina mukofot olgan bolalar 40% ko‘proq kitob o‘qishgan. Mukofot to‘xtaganidan keyin ham, odatlari saqlanib qolgan. Ko‘p kitob o‘qish yo‘lida ikkita asosiy to‘siq bor: 1. Odatlanmaganlik 2. Lug‘at kichikligi sabab tushunmaslik. Mukofotga qiziqib, muntazam o‘qish, ikkisiga ham yechim bo‘la oladi.
25.06.2026