- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- английский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 78
- 1/48двое суток
- 89
- 1/72трое суток
- 96
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
Process-oriented — tabiatan jarayondan zavqlanadigan insonman. O‘zini anglashga harakat qilayotgan inson sifatida o‘zim haqimda kashf qilgan eng qiziq narsalardan biri shu bo‘ldi: men natijadan ko‘ra, natijaga olib boradigan jarayondan ko‘proq zavqlanaman. “Hamman o‘zi shunaqa-ku”, deyishingiz mumkin. Lekin yo‘q. Menimcha, unday emas. Masalan, biror topshiriq berildi. Deadline ham aniq. Result-oriented inson uchun asosiy maqsad — ishning tugashi. Jarayon qanday kechdi: osonmi, qiyinmi, zerikarlimi, yoqimlimi — unchalik muhim emas. Muhimi, deadlinegacha natija tayyor bo‘lsin. Lekin men kabi process-centred inson uchun natijaning o‘zi yetarli emas. Men uchun natijaga qanday yetib borganim ham muhim. “Buni qanday qilib qilsam, jarayonning o‘zi men uchun qiziq bo‘ladi?” “Qanday qilsam, bu ish esda qolarli bo‘ladi?” “Qanday qilib bundan zavq olsam bo‘ladi?” Odatda, men o‘zimga shunday savollar beraman. Va qiziq tomoni — jarayondan zavqlanib qilgan ishlarimning natijasi deyarli har doim yaxshiroq chiqadi. Chunki men uchun ishni bajarish — shunchaki “bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga yetib borish” emas. O‘sha yo‘lning o‘zi ham tajriba. O‘sha yo‘lda o‘rganish, his qilish, yangilik topish, o‘zimni sinash, ba’zan qiynalish, ba’zan hayratlanish — bularning hammasi natijaning bir qismi. Ammo bu xususiyatning negativ tomoni ham bor. Agar men qilayotgan ishimdan ko‘nglim to‘lmasa, jarayonni mazmunsiz deb his qilsam yoki sarflayotgan vaqtim menga hech narsa bermayotganini sezsam — natija qanchalik yaxshi bo‘lishidan qat’i nazar, men o‘sha ishni to‘xtatishim mumkin. Va bu faqat topshiriqlarga tegishli emas. Karyerada ham. Do‘stlikda ham. Sevgida ham. Hayotda ham. Chunki men uchun “oxirida nima bo‘ladi?” degan savoldan tashqari yana bir savol bor: “Men shu yo‘lda qanday yashayapman?” Menimcha, inson hayotining juda katta qismini “natija”ni kutib o‘tkazib yuborishi mumkin. Diplomni olsam — baxtli bo‘laman. Ishga kirsam — xotirjam bo‘laman. Pul topsam — erkin bo‘laman. U inson bilan bo‘lsam — baxtli bo‘laman. Va shunday qilib, biz butun umr “keyin” degan nuqtani kutamiz. Men esa asta-sekin shuni tushunyapman: Agar yo‘lning o‘zi menga yoqmasa, manzilga yetib borish har doim ham arzimaydi. Chunki hayot — faqat yetib borishdan iborat emas. Hayot — yo‘lda ketayotgan paytingizda ham o‘zingizni his qila olish. Shuning uchun men uchun eng muhim savollardan biri: “Bunga qanday erishaman?” emas, “Bunga erishayotgan paytimda qanday yashayman?”
без подписи
без подписи
Oyga yetib borish osonroq edi, Dilimdagini aytgandan ko'ra.
Kichkina shaxzodaning hamma kattalar ham tushunmaydigan bir gapi bor, asarda dialog orasida keladi. -Gulga tikanning nima keragi bor? -Gulga tikanning sirayam keragi yo‘q! -Shunaqami?.. Gapingga ishonmayman! Axir gullar judayam zaif, oqko‘ngil-ku! O‘zlarini botir ko‘rsatish uchun ham tikan chiqarishadi, go‘yo shunda ulardan hamma qo‘rqadigandek.. @nigorabooklover
You can't lose what has never been yours.
Sometimes you just gotta say ''someone who truly values me would never do this" and move on.
Life is running fast.
Mening ko'nglim - kuygan kuy edi Suysang xatolarim bilan suy edi...
Never deprive someone of hope - It might be everything they have.
https://youtu.be/FyDVpXrHfcY?si=qv-38acHBBOe2YiE
https://youtu.be/FyDVpXrHfcY?si=qv-38acHBBOe2YiE
Ko'chada biri: Hozirgi zamonda qiz topib bo'lmayapti. O'qiganlari osmonda. Bir dunyo talablari bor. O'qimaganlari... Nimaga osmonda bo'lmasin? Nimaga talab qo'ymasin? Men o'zim o'qigan qiz sifatida aytolaman: O'qish hammagayam emas! Hammayam qoyillatib o'qib…
Ko'chada biri: Hozirgi zamonda qiz topib bo'lmayapti. O'qiganlari osmonda. Bir dunyo talablari bor. O'qimaganlari... Nimaga osmonda bo'lmasin? Nimaga talab qo'ymasin? Men o'zim o'qigan qiz sifatida aytolaman: O'qish hammagayam emas! Hammayam qoyillatib o'qib qo'ygani yo'q. O'qish uchun, avvalo shu o'qishga kirish uchun shu bechora qiz qancha narsadan voz kechgan, qancha bayramlarga bormagan, qancha narsadan o'zini va nafsini tiygan?! Har kuni turli kiyinmagan, eng qimmat restoranlarda ovqatlanmagan. Chunki bularni qilishga vaqti yo'q. Hatto tunlari uyqusidan kechib, ota-onasi ishonchi uchunam faqat o'qigan. Ota-onasichi? Ular qancha ter to'kkan shu farzandlarini oliy ma'lumotli qilaman deb? Kechalari bedor ishlagan, issiqni issiq, sovuqni sovuq demagan. Shu qizini o'qitguncha uyini dang'illama qilib qurib olsa, tagiga zo'r mashina olsa bo'lardi, chet elga sayohatga ketardi shuni puliga, lekin bunday qilishmadi. Endi, qiz o'zi uchun qaysidir ma'noda yaxshi kelajak qura olganda to'g'ri kelgan bitta oliftani tanlab, orzularidan voz kechib, nima desa xo'p deb yashashi kerakmi? Kechirib qo'yasiz. U qiz shuncha sarflaganiga va o'zidan voz kechib qilgan mehnatiga arziydigan, uni shu darajasini qadriga yetadigan, hurmat qiladigan va kelajakda qo'llab-quvvatlaydigan insonni tanlashga 1000% haqli. Bu hozirgi zamonda "kelin topish qiyin bo'lib qolgani" uchun chiqmadi. Ilmli qizlar o'tmishda ham qadrlangan. Hatto Islom dinida ham, agar ayolni ilmi bo'lsa, shu ilmiga qarab mahri oshirilgan!!! Ilmi va hunarli insonni oyoqosti qilishdan avval shularni bir o'ylang!
без подписи
без подписи
без подписи
~