tgindex
🏆POSITIVE INTRIGA🏆

🏆POSITIVE INTRIGA🏆

Статистика
@POSITIVE_INTRIGAузбекский

👥 +400 ta obunachilariga ega kanallar bilan reklama almashamiz;) ✍️ Murojaat uchun: @Ahadov_Qudrat2101

Последний пост
4 июн.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
504
−4 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
323
20 постов
Вовлечённость
64,1%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 4 июн.380из POSITIVE_INTRIGA

    без подписи

  • 4 июн.330из POSITIVE_INTRIGA

    без подписи

  • 31 мая316615из POSITIVE_INTRIGA

    🟩 Sindromlar: 1-qism 40ta 2-qism 42ta 3-qism 61ta 🟪 Ideoma va iboralar: 40ta 🟦 Effektlar1: 64ta 🟦 Effektlar2: 50ta 🟨 Terminlar: 100ta *Orasida takroriy kelgan maʼlumotlar boʻlishi mumkin! 📮 @POSITIVE_INTRIGA

  • TILLA UZUK Ey qaldirg‘och qoshligim, Kel, ahdimiz bir bo‘lsin. Uchta odam bilgan gap Qanday qilib sir bo‘lsin? Tilla uzukka tilla Ko‘z bo‘lmaydi hech qachon. Qiz bolaga qiz bola Do‘st bo‘lmaydi hech qachon. Bordir saroy qurganlar, Bordir davron surganlar. Bormi bizdek bir tushni Birgalashib ko‘rganlar? Bitta qizga bir yigit Tilla uzuk taqibdi. Bitta dushman yigitga, Qizga qirqta raqibdir. Tilla uzukka tilla Ko‘z bo‘lmaydi hech qachon. Qiz bolaga qiz bola Do‘st bo‘lmaydi hech qachon. Xayolingni dugonang Buzganini bilmaysan. Yonginangdan menga ko‘z Suzganini bilmaysan. Iqbol Mirzo 2002 📮 @POSITIVE_INTRIGA

  • 💧COOLING BREAK Futboldagi sovish yoki suv ichish tanaffusi o‘yinchilarning sog‘lig‘ini asrash va ularga yuqori haroratda dam olish imkonini berish uchun mo‘ljallangan. Futbolchilar maydon chetiga chiqib suv ichishadi, tanalarini namlashadi va murabbiyning tezkor ko'rsatmalarini tinglashadi. 📜 Tarixi: 1-marta 2014-yilda Braziliya Jahon chempionatida (xususan, Niderlandiya va Meksika o'yinida) haddan tashqari issiq ob-havo tufayli rasman joriy etilgan. ⏳Vaqti: Tanaffus 1-bo'lim 22-25 daqiqalarida va 2-bo'lim 70-75 daqiqalarida e'lon qilinadi. ⏱️ Davomiyligi: Suv ichish tanaffuslari (drinks breaks) odatda 1 daqiqadan oshmasligi kerak. Sovish tanaffuslari (cooling breaks) esa 3 daqiqagacha davom etishi mumkin. 🔂 Qo'shilgan vaqt: Tanaffusga ketgan vaqt hakam tomonidan o'yin oxiriga qo'shib beriladi. 📮 @POSITIVE_INTRIGA

  • без подписи

  • 🏆 Chempionlar ligasini koʻrayotganlar uchun maxsus! 📮 @POSITIVE_INTRIGA

  • без подписи

  • 29 мая241101

    👲🏻 SEKA VINES 🇰🇿 Asl ismi Sergazy Toktarbek (Сержазы Токтарбек) 29.12.1987 Qozogʻistonlik mashhur vayner va komik aktyor, videoblogger, prodyuser. O'z faoliyatini KVN (Quvnoqlar va zukkolar) o'yinlaridan boshlagan. Videolarida oilaviy munosabatlar, mahalliy qadriyatlar, do'stlik va jamiyatdagi kundalik muammolar yumor orqali yoritadi. 🌐 Instagramda 7 milliondan ortiq, TikTok da 4 millionga yaqin, Youtubeda 850 ming obunachilari bor. 📮 @POSITIVE_INTRIGA

  • без подписи

  • 🎙️STAND-UP – Senzurasiz tanqidiy yakkalik yumor janri XIX asr oxiri XX asr boshlarida AQShda paydo boʻlgan. 🎩 Darg'alari: Artemus Ward - ko'pchilik fikricha AQShdagi birinchi stand-up komik. Mark Tven: Sayohat monologlari va xalqona hazillari bilan zamonaviy uslubning tamal toshini qo'ygan. Bert Williams va Will Rogers: Shou-biznesdagi hazil va ijtimoiy tanqidni uyg'unlashtirgan birinchi yulduzlar. 📈 Davrlari: Vodevil davri (1880–1930): Teatrlashtirilgan estrada shoulari. Klublar va tungi hayot (1940–1950): Nyu-York va Los-Anjeles kabi shaharlarda xususiy komediya. Ommalashish davri (1970-hozirgacha): Televizor, "HBO" kabi kanallar orqali. 🇺🇿 O‘zbek tilidagi stand-up janri asosan oxirgi 5-6 yil ichida (YouTubeda) ommalasha boshladi. Mirshakar Fayzulloyev, Islom Karimov, Ozod Shukrulloyev rivojlantirdi. Ilk yirik yakkaxon (stand-up) konsert 2019-yilning dekabr oyida komik Mirshakar Fayzulloyev "Shakar yil yakuni". Keyinchalik "Borim shu!" (2021), "Malades" (2023). 📮 @POSITIVE_INTRIGA

  • 🇺🇿 Javohir Sindarov (8.12.2005 Toshkent) 📊 Reyting: Klassika-2773.8 (5-o'rin), Rapid-2727 (10-o'rin), Blits-2662 (40-o'rin). 🏆 Asosiy yutuqlari: 🎗️12 yoshida grossmeyster bo‘lgan (tarixdagi eng yosh GMlardan biri) 🎗️2025-yilda Jahon kubogi g‘olibi bo‘lgan 🎗️2026-yil Kandidatlar turniri ishtirokchisi (Jahon chempionligi uchun kurashadi) 🎗️ Oʻzbekiston terma jamoasi bilan Shaxmat olimpiadasi chempioni 🇰🇿 Bibisara Asaubayeva (26.02.2004 Taraz) 📊 Reyting: Klassika-2516 (Top10), Rapid-2439 (Top20), Blits-2457 (Top3). 🏆 Asosiy yutuqlari: 🎗️3 karra Jahon blits chempioni (ayollar) 🎗️2021-yilda Osiyoning eng yaxshi ayol shaxmatchisi deb topilgan 🎗️Ginnes rekordiga kirgan (eng yosh jahon chempioni sifatida) Friendship or Love? 📮 @POSITIVE_INTRIGA

  • 🐎 JUFTAK ROSTLAMOQ Orqa-oldiga qaramasdan qochish maʼnosida keladi. Ibora tarkibidagi juftak soʻzi fors tilidan olingan boʻlib, ikki oyoqlab tepish maʼnosini anglatadi. Forschada ot, mol kabi hayvonlarning keyingi ikki oyoq bilan tepishi, tepinishiga ham shu soʻz ishlatiladi. 📮 @POSITIVE_INTRIGA

  • 👲🏻BACKBENCHERS Eng orqa partada o'tirib bezorilik qiladigan va yaxshi o'qimaydigan o'quvchilar ya'ni orqa partachilar. Lekin bu faqatgina slang, ko'cha tilidagina shunday ma'noni anglatadi. 🏛 Parlamentda ko'p narsani hal qiluvchi, old qatorda o'tiradigan notiqlar "frontbencher" deyilgan. Shundan kelib chiqib orqada o'tiradigan va qo'lida hozircha hech qanday hokimiyati yo'q, yangi a'zolarni "backbencher" deb nomlab qo'ya qolishgan. 📮 @POSITIVE_INTRIGA

  • 🔮 DOKTOR FOKS EFFEKTI Tajribasiz va bilimsiz insonning ishonarli nutqi orqali odamlarni o'ziga ishontirishi hisoblanadi. 1970-yil Kaliforniya universitetida matematika fanlari doktori Mayron Foks tibbiyotda matematikaning o'rni haqida ma'ruza o'qish uchun taklif qilinadi. Tinglovchilar esa asosan magistrantlar, psixologlar va psixoterapevtlardan iborat edi. Ikki soatlik ma'ruza davomida "Doktor Foks" barcha tinglovchilarni "og'ziga qaratib" qiziqarli va tushunarli tarzda tushuntirishlar olib boradi. Ma'ruza yakunidan so'ng barcha qoyil qolganini va tibbiyotda matematikaning o'rni katta ekani haqida bilib olishganini aytishadi. Lekin ma'ruza qilgan inson Doktor Foks emas balki na matematikani va na tibbiyotni tushunadigan aktyor ekanligini e'lon qilishganidan so'ng hamma "shok" holatiga tushib qoladi. 📮 @POSITIVE_INTRIGA

  • #MindLine Keyingisini sizdan 🫵🏻 olishim mumkin tayyor turing 😉 📮 @POSITIVE_INTRIGA

  • 🧕🏻 ANDISHA VA GʻURUR Avvallari, Kavkazda musulmon erkaklar jamoasi o‘rtasida o‘zaro qurolli to‘qnashuv yuzaga kelgudek bo‘lsa, ovuldan biror ayol chiqib, hijobini yechgancha mojaroga aralashgan, nizolashuvchi taraflarning nomahram ayolning ro‘molsiz holatiga nazar solishga g‘ururlari yo‘l qo‘ymagan va darrov yuzlarini burib, ortlariga qaytib ketganlar, shu tariqa, qon to‘kilishining oldi olingan P.S. Rassom Vadim Kadjayevning "Ajdodlar irodasi" nomli kartinasidan foydalanildi 📮 @POSITIVE_INTRIGA

  • 📇DEEPFAKE Deepfake (deep — chuqur, fake — soxta) bu sun’iy neyrotarmoqlar asosida ishlaydigan texnologiya bo‘lib, u mavjud odamning yuz ifodalari, ovozi va harakatlarini taqlid qilib, yangi, lekin yolg‘on video yoki audio yaratadi. Bu texnologiyada deep learning (chuqur o‘rganish) usuli qo‘llaniladi. Kompyuter yuzlab surat va videolarni o‘rganib, insonning yuz harakatlari va ovoz ohangini mukammal o‘zlashtiradi. 📮 @POSITIVE_INTRIGA

  • 👨🏻‍💻 HIKKIMORI Yaponiyada keng tarqalgan ijtimoiy-psixologik hodisa bo'lib, unda odam uydan chiqmay, jamiyatdan uzoqlashib, o'zini izolyatsiya qiladi. Bu hodisa asosan yoshlar orasida kuzatiladi. - Psixologik muammolar (depressiya, tashvish, ijtimoiy fobiya) - Oiladagi muammolar (o'quvchilar bilan bog'liq muammolar, oiladagi zo'ravonlik) - Ijtimoiy bosim (maktabda, ishda, jamiyatda) - Texnologik izolyatsiya (kompyuter, internet, video o'yinlar) - Shunchaki katta bo’lishni xohlamaslik 📮 @POSITIVE_INTRIGA

  • 👨🏻‍🦯 GOSTING Yozishmalarda suhbatdoshlardan birining hech qanday sababsiz to'satdan aloqani to'xtatishi. Bu so'z inglizcha "ghosting" - arvoh kabi yo'q bo'lib ketish so'zidan kelib chiqqan. Gosting har qanday do'stona, romantik va hatto ishga doir munosabatlarda ham yuzaga kelishi mumkin. 👨🏻‍⚕️ Psixolog Vendi Uolsh gostingni 3 turga ajratgan: 1. Ziddiyatli vaziyatdan keyin bir nechta xabarlarga ataylab e'tibor bermaslik. Bu holatda ikkala suhbatdosh ham gosting nima sababdan sodir boʻlayotganini biladi. 2. Tanish bilan aloqani to'xtatish. Misol uchun, siz bir necha marta bir odam bilan uchrashgansiz, hammasi yaxshi boʻlgan va birdan u odam siz bilan aloqalarini butunlay uzib qo'ydi. Siz esa gosting sabablarini bilmaysiz. 3. Yaqin odam bilan aloqalarni uzish. Bunda yaqin odamingiz hech qanday sababsiz siz bilan muloqot qilishni to'xtatadi. 📮 @POSITIVE_INTRIGA