O'zbekiston XDP Toshkent shahar Kengashi
СтатистикаO'zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashining rasmiy kanali Birgalikda ijtimoiy davlat sari! https://t.me/POYTAXTXDP https://www.facebook. https://www.instagram.com/xdp_poytaxt/# Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 71-276-97-25
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 35
- Всего постов
- 74
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 45
- 1/48двое суток
- 51
- 1/72трое суток
- 55
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Mustaqillik bayrami arafasida mehr va saxovat ulashildi 🎉 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yashnobod tumanidagi “Donishmand” mahallasida O‘zbekiston XDP Yashnobod tuman Kengashi raisi O. Buzurukxodjayeva hamda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi K. Bobomurodova tashabbusi bilan ijtimoiy aksiya tashkil etildi. 🟣 Tadbir doirasida mahalla faollari, nuroniylar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar hamda ehtiyojmand fuqarolar uchun bayram dasturxoni yozildi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda ishtirokchilar bilan muloqot qilinib, ularning holidan xabar olindi, bayram kayfiyati ulashildi. ✅ Tadbir davomida yurtimiz mustaqilligi yillarida erishilgan yutuqlar, aholi farovonligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fikr almashildi. 🕊Telegram |📱Facebook | 📱Instagram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Deputatlar yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bilan tanishdi Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati A.Ibragimov hamda Shayxontohur tuman Kengashi deputati M. Rahmatillayeva tumandagi 157-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, ta’lim muassasasining 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi. ❗️ Tashrif davomida maktabdagi sinf xonalari, fan kabinetlari, sport zali, kutubxona, oshxona hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, hududni obodonlashtirish, ta’mirlash ishlari, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Deputat tomonidan yangi o‘quv yilini munosib kutib olish, o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish, ta’lim sifati hamda yoshlarning har tomonlama kamol topishi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi. Muloqot davomida mavjud ehtiyoj va takliflar ham o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 🕊Telegram |📱Facebook | 📱Instagram
#Deputat_kundaligi #Hafta_sarhisobi 🗓 Mahalliy Kengashlardagi deputatlarimiz faoliyatidan 🕊Telegram |📱Facebook | 📱Instagram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Elobod mahallasida deputat muloqoti o‘tkazildi 🟣 Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining 7-Alpomish saylov okrugidan saylangan deputati Shohzoda Kurbanova tomonidan Elobod mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi. Muloqot davomida fuqarolarning ijtimoiy, kommunal, huquqiy hamda kundalik hayotda duch kelayotgan muammolari, taklif va tashabbuslari atroflicha o‘rganildi. Aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar yuzasidan amaldagi qonunchilik talablari asosida batafsil tushuntirishlar berildi. ✏️ Uchrashuvda “Madad” davlat huquqiy xizmat markazi mutaxassislari, tuman elektr ta’minoti korxonasi, tuman gaz ta’minoti bo‘limi vakillari, mahalla yettiligi a’zolari hamda mahalla faollari ishtirok etdi. Bu esa fuqarolarni qiynayotgan masalalarni bevosita mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda yechish imkonini berdi. Bunday ochiq muloqotlar aholi bilan samarali aloqalarni mustahkamlash, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, hududlarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 🕊Telegram |📱Facebook | 📱Instagram
"Milliy mustaqillik – Yangi O‘zbekistonning mustahkam asosidir". O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev. 🕊Telegram |📱Facebook | 📱Instagram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Deputat yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bilan tanishdi 🟣 Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati D. Maxmudova o‘z saylov okrugidagi 128-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, ta’lim muassasasining yangi 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bilan yaqindan tanishdi. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan maktab binosida amalga oshirilgan joriy ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sinf xonalari, hududning obodonlashtirilishi hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ishlar muhokama qilindi. ✅ Tashrif davomida deputat maktabning pedagog jamoasi bilan uchrashib, ularni Mustaqillik bayrami hamda yangi o‘quv yili boshlanishi bilan samimiy tabrikladi. Uchrashuvda yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ularga sifatli ta’lim berish va Vatanga sadoqat ruhida voyaga yetkazishda ustozlarning o‘rni beqiyos ekani alohida ta’kidlandi. 🕊Telegram |📱Facebook | 📱Instagram
#munosabat Inklyuziv ta’lim — teng huquq va imkoniyatlar asosi Alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarning sifatli ta’lim olishi va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun zarur sharoitlarni yaratish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. So‘nggi yillarda mamlakatimizda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, ta’lim muassasalari infratuzilmasini moslashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda Prezidentimizning “Alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarni ta’lim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. Mazkur hujjatda “oilabay” ishlash tizimini joriy etish, ijtimoiy xodimlarni oilalarga biriktirish hamda bolalarning ehtiyojlarini kompleks baholash mexanizmlari nazarda tutilgan. Shuningdek, individual ta’lim rejalarini joriy etish va nodavlat ta’lim muassasalarida korreksion sinflarni qo‘llab-quvvatlash orqali alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarni qamrab olish imkoniyatlari yanada kengaytirilmoqda. Mazkur qarorning eng muhim jihati shundaki, unda e’tibor markaziga tizim emas, balki bola va uning oilasi qo‘yilmoqda. Bu esa ta’lim, ijtimoiy himoya va sog‘liqni saqlash tizimlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi har bir bolaning sifatli ta’lim olish huquqini ta’minlash, teng imkoniyatlar yaratish va inklyuziv jamiyatni barpo etishga qaratilgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Xayrulla Xamidov O’zbekiston XDP Olmazor tuman Kengashi raisi 🕊Telegram |📱Facebook | 📱Instagram