Parkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi rasmiy kanali
СтатистикаToshkent viloyati Parkent tumani maktabgacha va maktab ta'limi boʻlimi rasmiy kanali 👨💻 Murojaat uchun: @parkent_aktmetodist Ⓜ️ Toshkent viloyati, Parkent tumani, Chamanzor ko‘chasi, 3-uy
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 43
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 134
- 1/48двое суток
- 153
- 1/72трое суток
- 165
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Respublikamizdagi barcha maktablar orasida eng yuqori natija koʻrsatgan 50 nafar ishtirokchi, jumladan Parkent tumani 18-sonli maktabining informatika fani oʻqituvchisi Umida Oyxoʻjayeva ham Xitoyda malaka oshirishga yoʻllanma oldilar! “Day of AI” loyihasi “Yangi Oʻzbekiston” universiteti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Massachusets texnologiya institutining (MIT) RAISE loyihasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Loyiha doirasida 1 400 nafar informatika fani oʻqituvchisi sunʼiy intellekt yoʻnalishida malaka oshirdi. Ular orasidan eng yuqori natijalarni koʻrsatgan 50 nafar ishtirokchi xalqaro malaka oshirish dasturiga yoʻllanma oldi. Tanlangan ishtirokchilar dunyoning TOP-50 oliy taʼlim muassasalari qatoridan oʻrin olgan Gonkong Fan va texnologiyalar universitetida (HKUST) oʻz bilim va koʻnikmalarini yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega boʻladilar. Quvonarlisi, Parkent tumanidagi Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 18-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining informatika fani oʻqituvchisi Umida Oyxoʻjayeva ham mazkur xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etadi. Ushbu dastur mamlakatimizda sunʼiy intellekt taʼlimini rivojlantirish, ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish va uni taʼlim jarayoniga keng joriy etish yoʻlidagi muhim qadamlardan biridir. https://t.me/Parkenttumanxtb
Iqtidorli ish yurituvchi mutaxassislar uchun imkoniyat! ⌛ Ish vaqti: To‘liq ish vaqti 🟡 Manzil: O‘zbekiston bo‘ylab nomzodlar qabul qilinadi 💡"Muhammad al-Xorazmiy vorislari" loyihasi doirasida maxsus guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish uchun ish yurituvchi lavozimiga nomzodlar qabul qilinmoqda. ✔️ Nomzodlar uchun talablar: ✔️Oliy ma’lumot (IT, pedagogika, menejment yoki turdosh yo‘nalishlar) ✔️IT ta'limga oid loyihalarni rejalashtirish va boshqarish ko‘nikmasi ✔️O‘quv jarayonlari va mentorlar faoliyatini muvofiqlashtirish ✔️LMS va onlayn platformalar bilan ishlash ✔️AKT vositalaridan samarali foydalanish ✔️Tahliliy fikrlash va hisobot yuritish ✔️Axborot xavsizligiga to'liq rivoya qila olish 🧳 Qo‘shimcha ko‘nikmalar: ➡️ Jamoa bilan ishlash va samarali muloqot ➡️ Hamkor tashkilotlar bilan ishlash tajribasi ➡️ Muammolarni tez va samarali hal qilish 🌚 Ariza topshirish uchun: havola 🚀 Telegram 📷 Instagram Agar Siz yuqori mas’uliyatga ega, tashabbuskor, natijaga yo‘naltirilgan va doimiy o‘sishga intiluvchi bo‘lsangiz - bu imkoniyat aynan Siz uchun! 🚀 Telegram
“Al-Xorazmiy vorislari” loyihasi uchun mentorlikka qabul ochildi 📖Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi "Al-Xorazmiy vorislari" loyihasi doirasida Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tuman va shaharlarida hamda Respublika bo‘ylab barcha viloyat markazlarida olib boriladigan mashg‘ulotlar uchun sun’iy intellekt, ma’lumotlar tahlili, kiberxavfsizlik, o‘yin yaratish va boshqa IT yo‘nalishlari bo‘yicha mentorlarni taklif etadi. ✅Mentorlik yo‘nalishlari: ➡️Game Development ➡️Artificial Intelligence & Machine Learning ➡️Data Analytics ➡️Cyber Security ➡️Frontend Development ➡️Backend Development ➡️Android Development ➡️iOS Development ➡️Cross-platform Mobile Development ✅Kerakli malaka va ko‘nikmalar: ➡️O‘quvchilar va hamkasblar bilan samarali muloqot qila olish; ➡️Talabalar o‘rtasida yuzaga keladigan muammolarni hal qilish qobiliyati; ➡️Yuqori darajadagi professionallik va mas’uliyat; ➡️Tahliliy fikrlash ko‘nikmalari. ⚡️Ish haqi suhbat asosida belgilanadi. ➡️Ariza qoldirish uchun: havola ⌛ Shoshiling, bunday qulay imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang! 🚀Telegram |📷 Instagram
#Rasmiy ⚡️⚡️⚡️TAYINLOV Aziz Husanov To‘xtamurodovich Parkent tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri lavozimiga tayinlandi. Aziz Husanov 1984-yil 30-mart kuni Toshkent viloyati Parkent tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2006-yilda O‘zbekiston Milliy universitetini, 2022-yilda esa mazkur universitetni sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha tamomlagan. Mutaxassisligi — matematika, iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha). U mehnat faoliyati davomida ta’lim tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Jumladan, Parkent tumanidagi kasb-hunar kollejlarida matematika fani o‘qituvchisi, direktor o‘rinbosari va direktor lavozimlarida ishlagan. 2020–2023-yillarda Parkent tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri lavozimida faoliyat olib borgan. Shuningdek, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tizimida ham turli mas’ul lavozimlarda mehnat qilgan. 2026-yildan buyon Parkent tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘ba boshlig‘i — boshliq o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Aziz Husanovni sharafli va mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan qutlab, tumanimiz ta’limi sohasini rivojlantirish yo‘lida ulkan yutuq va omad tilaymiz.
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#VazirKubogi #4_kun ➖ Pedagog ayol-qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasi navbatdagi tur bahslari boshlandi. 👉 Voleybol musobaqasini YouTUBE orqali jonli efirda kuzatishingiz mumkin. 🌐 JONLI EFIR 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Qaror ijrosi amalda ✍️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-apreldagi 202-son qarori ilovasining 42-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Parkent tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida huquqiy nigilizm holatlarini oldini olish, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish hamda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. ✍️ Mazkur tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ul xodimlari, ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdilar. Tadbir davomida jamiyatda huquqiy nigilizmning kelib chiqish omillari, uning salbiy oqibatlari, fuqarolarning qonunlarga hurmat ruhida yashashi hamda korrupsiyaning taraqqiyotga to‘sqinlik qiluvchi illat ekani yuzasidan atroflicha tushuntirish ishlari olib borildi. t.me/Parkenttumanxtb
#TAQDIRLASH 😊Oltin orzular qanot yozgan kun: Parkent tumanida 2616 nafar bitiruvchilardan 52 nafar yosh muvaffaqiyat cho‘qqisini zabt etdi 🔵Umumta’lim maktablarini a’lo baholar bilan tamomlab, o‘z iqtidori va intilishi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan bitiruvchilarni taqdirlash marosimi yuqori ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi. ✍️Tantanali tadbirda tuman hokimi Elmurod Po’latov, tuman prokurori Qaxramon Haydarovich ,tuman IIB boshlig‘i Jamshid Qosimov , tuman DSI bo’lim boshlig’i Abduvali Mahamatov hamda maktabgachava maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Nurali Nig’matov ishtirok etib, oltin va kumush medal sohiblari, ularning ota-onalari va ustozlarini samimiy qutladi. ✅Ma’lumot uchun, joriy o‘quv yilida Parkent tumani maktablarining 11-sinfini 2616 nafar bitiruvchi tamomladi. Ulardan 40 nafari oltin, 12 nafari esa kumush medaliga quyidagi bitiruvchilarimiz munosib deb topildi. 13-maktab Salimova E’zoza Yoqubjon qizi Oltin 14-maktab Jumanova Ruxshona Umid qizi Oltin 16-maktab Xoldarova Mushtariy Nodir qizi Oltin 16-maktab Obidov Suxrob Nuriddin o‘g‘li Oltin 18-maktab Maxsutov Mansurxo‘ja Yorqin o‘g‘li Oltin 19-maktab To‘ychiyeva Sarvara Shavkat qizi Oltin 19-maktab Ziyotxonova Shaxnoza Xushnud qizi Oltin 20-maktab Toshboyeva Diana Asilbek qizi Oltin 24-maktab Perdibayev Nurtilek Nurseyit o‘g‘li Oltin 24-maktab Aripbayeva Zuxra Berkinbay qizi Oltin 27-maktab Qobilova Durdona Nabijonovna Oltin 27-maktab Mexmonxo‘jayeva Rayxona Davron qizi Oltin 40-maktab Qo‘chqorova Sarvinoz Shuxrat qizi Oltin 40-maktab Ibroximova Nigora Baxrom qizi Oltin 41-maktab Qurbonxo‘jayeva Marjona Sirojiddin qizi Oltin 41-maktab Ubaydullayeva Sevinch Islom qizi Oltin 41-maktab Zoirxonova Xonzoda Jasur qizi Oltin 44-maktab Egamberdiyeva Zaytuna Ma’murjon qizi Oltin 48-maktab Xikmatova Dilnura Elmurod qizi Oltin 49-maktab Latifboyev Quvonchbek Ilyos o‘g‘li Oltin 49-maktab To‘xtamboyeva Gulsevar San’at qizi Oltin 51-maktab Xamidullayeva Roxila Lutfulla qizi Oltin 51-maktab Obidova Ruxshona Ruxiddin qizi Oltin 51-maktab Olimboyeva Shirin Azimjon qizi Oltin 51-maktab To‘lqinova Moxichexra Usmonali qizi Oltin 57-maktab Davlatov Ortiqboy Sharopboy o‘g‘li Oltin 57-maktab Qurbonboyev Diyorjon Dilshod o‘g‘li Oltin 56-maktab Zayniddinov Ibroxim Zuxriddin o‘g‘li Oltin 16-maktab Qobuljonova Maloxat Olimjon qizi Oltin 11-maktab Ergashxonova Sarvinoz Azizxon qizi Kumush 20-maktab Dushayeva Shaxina Ilxom qizi Kumush 30-maktab Azamaliyeva Durdona Baxtiyor qizi Kumush 40-maktab Muzaffarova Shaxrizoda Rustamjon qizi Kumush 49-maktab Avazova Dildora Azizbek qizi Kumush 49-maktab Xoldarova Nilufar Elyor qizi Kumush 54-maktab Anorboyeva Taxmina Xayrulla qizi Kumush 54-maktab Ashurmatova Ruqayya Alijon qizi Kumush 54-maktab Fazliddinova Ozoda Shuxrat qizi Kumush 15-maktab Nazirboyeva Dilshoda Doniyor qizi Kumush 17-maktab Turg‘unboyeva Xushnoza Nurali qizi Kumush 42-maktab Nig‘matjonov Xushnud Laziz o‘g‘li Kumush 👑Bu e’tirof — nafaqat bir yillik mehnat samarasi, balki mamlakat kelajagi bo‘lgan yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor va ishonchning yana bir yorqin ifodasidir. t.me/Parkenttumanxtb
😊YANGI DIRЕKTOR — YANGI MAKTAB QIYOFASI ✍️Maktabni o‘zgartirish uchun avvalo uni boshqaradigan insonning dunyoqarashi o‘zgargan bo‘lishi kerak. Chunki maktab taqdiri faqat binolar yoki jihozlar bilan emas, balki rahbarning g‘oyasi, tashabbusi va mas’uliyati bilan belgilanadi. 🔵Xabaringiz bor, joriy yilning 4-iyun kuni Toshkent gumanitar fanlar universitetida Toshkent viloyati Direktorlar kengashining menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlar uchun viloyatdagi vakant direktorlik lavozimlariga tayinlash bo‘yicha suhbat jarayonlari tashkil etilgan edi. ⚡Kuni kecha mazkur saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan bir guruh nomzodlar bilan Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shukur Burxonov hamda viloyat pedagogik mahorat markazi direktori Timur Kalmuratov uchrashuv o‘tkazdi. 🔎Samimiy muloqot ruhida kechgan uchrashuvda bo‘lajak direktorlar o‘zlarining ta’lim muassasalarini rivojlantirish bo‘yicha maqsadlari, rejalari va ustuvor vazifalari haqida so‘z yuritdilar. Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, jamoa bilan ishlash, o‘quvchilar uchun yanada qulay va zamonaviy muhit yaratish borasidagi tashabbuslari bilan o‘rtoqlashdilar. ✅Uchrashuv davomida rahbarlar tomonidan maktab boshqaruvida strategik yondashuv, mas’uliyat, liderlik va innovatsion fikrlashning ahamiyati haqida muhim tavsiyalar berildi. Yangi vazifa ostonasida turgan nomzodlarga kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyat, qat’iyat va yuqori natijalar tilab qolindi. 🔴Zero, har bir kuchli direktor — bu bitta maktabning emas, butun bir hudud ta’limining kelajagiga qo‘yilgan mustahkam poydevordir. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni muborak bo‘lsin! Bolalik — inson umrining eng sokin, eng beg‘ubor va hech qachon ortga qaytmaydigan oltin fasli. Bugungi sana biz kattalar uchun shunchaki bayram emas, balki qalbimizdagi eng muhim savolga javob izlash fursatidir: biz kelajagimiz egalariga qanday dunyo qoldiryapmiz? Bolalarni himoya qilish — ularni faqatgina tashqi xavf-xatarlardan asrash degani emas. Asl himoya — ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini sindirmaslik, qiziqish va iqtidorini bo‘g‘maslik hamda murg‘ak qalbini tushunishdir. Davlatimiz rahbari tomonidan yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga, ularning har tomonlama sog‘lom, el-yurtga kamarbasta va barkamol bo‘lib voyaga yetishiga eng ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaratilmoqda. Farzandlarimizning zamonaviy bilim olishlari hamda o‘z iqtidorlarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarishlari uchun yaratilayotgan barcha sharoitlar va keng ko‘lamli islohotlar zamirida xuddi shu oliy maqsad mujassamdir. Uyda, bog‘chada yoki maktabda bo‘lsin — qayerda bo‘lmasin, bolalarimizni qurshab turgan muhitni mehrga, e’tiborga va samimiyatga to‘ldiraylik. Har lahzada ularning kichik va mo‘jizaviy olamiga quloq tutib, orzulariga qanot, yiqilganida suyanchiq, xatolarida esa to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi mayoq bo‘laylik. Yurtimizdagi barcha bolajonlarni bugungi shodiyona bilan chin dildan tabriklayman! Osmonimiz doimo musaffo, bolalarimizning kelajagi nurli bo‘lsin. Hech bir xonadondan farzandlarning shodon va beg‘ubor kulgusi arimasin! Hurmat bilan, E’zoza Karimova Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri ✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
🟦🟦🟦 1-IYUN — XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI MUNOSABATI BILAN Aziz bolajonlar, muhtaram ota-onalar! Barchangizni 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan samimiy muborakbod etaman. Bolalar — yurtimizning eng katta boyligi, millatimiz kelajagi va ertangi kunimizning ishonchli egalaridir. Ularga munosib ta’lim va tarbiya berish, sog‘lom va baxtli ulg‘ayishi uchun sharoit yaratish barchamizning muqaddas burchimiz hisoblanadi. Bugungi sana nafaqat quvonchli bayram, balki har bir katta inson zimmasidagi mas’uliyatni yana bir bor esga soluvchi muhim kundir. Bolalarni himoya qilish — ularni tushunish, qo‘llab-quvvatlash, mehr berish, orzu va intilishlarini qadrlash, bilim olishlari va kamol topishlari uchun imkoniyat yaratish demakdir. Farzand tarbiyasida birinchi va eng muhim maskan — oiladir. Shu bois har bir ota-ona bolasiga mehr, e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishi, uning huquq va manfaatlarini himoya qilishi zarur. Zero, bolalarning kelajakda hayotda o‘z o‘rnini topishi, komil inson bo‘lib voyaga yetishi, avvalo, ota-onaning mas’uliyati va irodasiga bog‘liq. Qadrli ota-onalar! Farzandlarimiz cheksiz mehr, e’tibor va bag‘rikenglikka munosib. Keling, ularning baxtli kelajagi, orzu-umidlari va yuksak maqsadlari yo‘lida birgalikda harakat qilaylik. Barcha bolajonlarimizning yuzidagi tabassum so‘nmasin, qalbidagi orzular qanot yozsin! Bayramingiz muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, Shukur Burxonov Toshkent viloti Makiabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎 Veb-sayt | 🌐 Instagram|▶️ YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Qadrli bolajonlar ! Barchangizni bugun keng miqyosda nishonlanayotgan “1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bilan qizg‘in tabriklayman. Shubhasiz, ushbu bayram butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi… Shu aziz bolajonlar borki, kattalarning ko‘ngli quvonchga, faxrga to‘lib yashaydi. Farzandlar borki, ota-onalar kelgusi hayotiy maqsadlarini shu qorako‘zlar bilan bog‘laydi. Bu samimiy e’tiroflar bejizga emas. Bolalar kulgusi xonadonlarga fayz olib kelishi bilan birga uni baxt va shodliklarga to‘ldiradi. Kattalarning kundalik tashvishlari bolajonlarning shirin tabassumi va qiyqiriqlari ortida yengillashadi.Men istardimki, dunyodagi barcha bolalar o‘z oilasi va ota-onalari bilan shodumon hayot kechirsin. Har bir bolaning bolalik yillari o‘zi uchun eng baxtli va beg‘ubor davrlarga aylansin. Bayramingiz yana bir muborak bo‘lsin, qadrli bolajonlar! Nurali Nig'matov, Parkent tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo’lim boshlig’i
📚Parkent tumani Davlat Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “O’YINGA ASOSLANGAN TA’LIM :PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR VA DIDAKTIK O’YINLAR FESTIVALI” O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining 2026-yil 27-martdagi 111-sonli buyrug‘iga asoslanib joriy yilning 25-may kuni hududdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlari hamda mutaxassislari o‘rtasida o‘tkazilgan “O‘yinga asoslangan ta’lim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik o‘yinlar festivali” bo‘lib o‘tdi. Festivalda ish faoliyatdagi 23 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan 21 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglar ijodiy jamoasidan 5 nafardan jami 105 nafar pedagog xodimlar ishtirok etishdi. Festivalda g‘olib jamoa 7-DMTT jamoasi, sovrindor jamoa 22-DMTT jamoasi hamda 18-DMTT jamoasi olib, diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Parkent tumani MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIM BO’LIMI
без подписи
без подписи